ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

TA’LIM VA TARBIYA TINCHLIK VA FAROVONLIK ASOSI

초록

Ma’lum bir xalqning farovonligini ta’minlashda Davlat mas’ul hisoblanadi. Shu bilan birga xalq oʻz navbatida mazkur jarayonda oʻz islohotchilik faoliyati orqali davlatga yordam beradi. Xalqning islohotchilik faoliyatining eng asosiy yoʻnalishi esa eng avvalo ta’lim va tarbiyaga borib taqaladi. Shu boisdan farovonlikning negizi, bu ta’lim va tarviyaning oqilona tashkil etilishi hamda taraqqiyoti bilan belgilanadi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

TA’LIM VA TARBIYA TINCHLIK VA FAROVONLIK ASOSI

Shamsiyev Mirjalol Umirzoqovich

Sharof Rashidov nomidagi SamDU mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya. Ma’lum bir xalqning farovonligini ta’minlashda Davlat mas’ul taraqqiyoti bilan belgilanadi.

Kalit so‘zlar: tinchlik, farovonlik, xavfsizlik, xavf-xatar, himoyalanish, ma’naviyat, ma’naviy tarbiya.

Аннотация. Государство несет ответственность за обеспечение благосостояния конкретного народа. В то же время народ, в свою очередь, помогает государству в этом процессе своей реформаторской деятельностью. Главным направлением реформаторской деятельности народа является прежде всего образование и воспитание. Поэтому основа благосостояния определяется рациональной организацией и развитием этого образования и воспитания.

Ключевые слова: мир, процветание, безопасность, опасность, защита, духовность, духовное образование.

Annotation. The state is responsible for ensuring the welfare of a particular people. At the same time, the people, in turn, help the state in this process with their reformist activities. The main direction of the people's reformist activities is, first of all, education and upbringing. Therefore, the basis of well-being is determined by the rational organization and development of this education and upbringing.

Key words: peace, prosperity, security, danger, protection, spirituality, spiritual education.

Farovonlik deyilganda ko‘p hollarda jamiyat a’zolarining moddiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi, davlatning o‘z fuqarolariga nisbatan har tomonlama ijtimoiy ta’minot olib borish siyosati tushuniladi. Bir qator xorij manbalarida farovonlik tushunchasi aynan, moddiy ta’minot bilan bog‘liq holatda tushuntirib o‘tiladi. Jumladan, ingliz enseklopediyasida mazkur tushunchaga quyidagi ta’rif berilgan. “Farovonlik yoki odatda ijtimoiy farovonlik jamiyat a’zolarining oziq-ovqat va boshpana kabi asosiy insoniy ehtiyojlarini qondirishini ta’minlash uchun moʻljallangan davlat yordami turidir”1. Yana bir ta’rifga binoan “Ijtimoiy ta’minot soʻzi oʻz navbatida farovonlik soʻzi bilan sinonim boʻlishi mumkin, yoki u maxsus ijtimoiy sug‘urta dasturlaridan iborat boʻlishi mumkin, ular faqat ilgari oʻz hissalarini qoʻshganlarga (masalan, koʻpchilik pensiya tizimlari) yordam beradilar”2. Ushbu ta’riflarda farovonlik asosan iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq tomonlari ochib beriladi. Ammo “kengroq ma’noda, farovonlik sogʻliqni saqlash, ta’lim, infratuzilma, kasbiy ta'lim va uy-joy qurish kabi bepul yoki subsidiyalangan ijtimoiy xizmatlar orqali farovonlikning asosiy darajasini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham oʻz ichiga qamrab olishi mumkin.

Farovon davlatda davlat sogʻliqni saqlash, ta’lim, infratuzilma va jamiyat moddiy fayrovonligi uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga oladi va tavsiflanganlar kabi bir qator ijtimoiy xizmatlarni taqdim etadi”3. Demak, farovonlik deyilganda, ma’lum bir jamiyatning har tomonlama rivojlanganlik, yuksaklik darajasi, ya’ni ta’lim-tarbiya, moddiy va ma’naviy ta’minot, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanganligi nazarda tutiladi. Bunda esa, ya’ni jamiyatdagi farovonlikni ta’minlashda eng asosiy mexanizm davlat hisoblanadi.

Demak, ma’lum bir xalqning farovonligini ta’minlashda davlat mas’ul taraqqiyoti bilan belgilanadi. Farovonlikning bir qator turlarini keltirib oʻtish mumkin. Jumladan:

 Moddiy, yoki iqtisodiy farovonlik;

 Ijtimoiy;

 Siyosiy farovonlik;

 Milliy farovonlik va h.k.

Moddiy farovonlik - jamiyat, ayrim kishilar va ijtimoiy guruxlarning moddiy neʼmatlar bilan taʼminlanganligi, kishilar moddiy ehtiyojlarining qondirilish darajasi 1 „Social welfare program“ (en). Encyclopedia Britannica. 2 David S. Weissbrodt. International Human Rights Law: An Introduction. University of Pennsylvania Press, 2007. – P.130. 3 https://uz.wikipedia.org/wiki/Farovonlik. hisoblanadi. Gʻarb mamlakatlari amaliyotida moddiy farovonlik aholi daromaddari darajasi bilan bogʻlanib, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) koʻrsatkichi asosida izohlanadi. Biroq, YAIM mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim koʻrsatkichi boʻlsada, moddiy farovonlikni, uning moddiy asosini aniq va toʻla ifodalamaydi4. Jamiyatning, kishilarning tabiiy va ishlab chiqarilgan moddiy neʼmatlar bilan umuman va aholi jon boshiga taʼminlanganligi ular moddiy farovonligining asosidir.

Shuning uchun hozirgi paytda dunyoda har bir mamlakat milliy boyligini, shu jumladan, milliy tabiiy va ishlab chiqarilgan boyligini hisoblashga alohida ahamiyat berilmoqda. Moddiy farovonlikni ta’minlanishida hamda jamiyatda iqtisodiy oʻsish kuzatilishida bugungi kunga kelib ta’lim-tarbiya sistemasining ahamiyati yanada oshib borayotganligi kuzatilmoqda. “Bugun dunyoda ta’lim jarayoni shu qadar ilgarilab ketdiki, endi rivojlangan mamlakatlar hech bir qo‘shimcha moddiy va tabiiy resurslarni sarflamasdan, hech bir energiyani ishlatmasdan faqat aql bilan yuksak iqtisodiy salohiyatga erisha olyapti. Yaponiya, Janubiy Koreya mamlakatlarining qo‘shimcha tabiiy va moddiy boyliklarsiz aqliy mehnat, ilm va istiqbolli ta’lim-tarbiya tizimi orqaligina moʻjizaviy rivojlanish darajasiga ega bo‘lganligidan xabardormiz”5.

Jamiyat hayotining, insoniyat munosib turmush tarzining eng muhim jihati ijtimoiy farovonlik hisoblanadi. Ijtimoiy farovonlik, bevosita a’lim va tarbiya bilan aloqadorlikda amalga oshadi. “Har bir mamlakatdagi, jamiyatdagi ijtimoiy farovonlikka erishish darajasi quyidagi xususiyatlar orqali namoyon bo‘lishi mumkin:

• Mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishi;

• Jamiyat a’zolarining oqilona ijtomoiy ta’minoti;

• Davlat tomonidan xalqni ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarining kafolatlanishi;

• Jamiyat a’zolarining malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi;

• Oqilona, zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va madaniyatini joriy etilishi;

• Yosh bolalar, ayollar, mehnatga layoqatsizlar, keksalarga nisbatan alohida ijtimoiy himoya tizimining faoliyat olib borishi;

 Jamiyatda barcha uchun yaxshi mehnat sharoitining yaratilganligi va h.k”6.

Har qanday mamlakatning oqilona ijtimoiy siyosat olib borilishi hamda tinchlikni ta’minlanishi natijasidagina ijtimoiy soha, shu jumladan, ta’lim va tarbiya 4 Qarang: Ergasheva M.X. Ta’lim falsafasi. Uslubiy qoʻllanma. Samarqand: SamDU, 2018. 5 Эргашева М.Х. Таълим тараққиёти: синергетик таҳлил. Монография. – Самарқанд: Самарқанд давлат чет тиллар институти нашриёти, 2022. - Б. 30. 6 Ergasheva M.X. Ta’lim va tarbiya falsafasi. Darslik. – Samarqand: SamDU Tahririy nashriyoti, 2025. sistemasi ham taraqqiy etadi, rivojlanadi.

Ma’lumki, jamiyat a’zolarining siyosiy huquqlarining davlat tomonidan kafolatlanishi, siyosiy farovonlik asosi hisoblanadi. Siyosiy farovonlik, ayniqsa, mamlakatdagi erkin, teng, ochiq, raqobatga asoslangan saylovlarni tashkil etilishi hamda bu jarayonda xalqning siyosiy faolligi darajasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuningdek, jamiyat a’zolarining saylash va saylanish huquqini ta’minlanishi, xalqning osoyishtaligi, tinchligi, chegaralar daxlsizligi, davlatning harbiy amaliyotlarga nisbatan oqilona siyosat olib borishi ham siyosiy farovonlikni ta’minlovchi eng muhim omillar hisoblanadi.

Har bir mamlakat tomonidan qonunchilik sistemasi asosida jamiyat a’zolari siyosiy huquqlarining kafolatlanishi siyosiy farovonlik asosi sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2-bo‘limida “Siyosiy huquqlar” bobi kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi…”7. Har bir mamlakatda siyosiy farovonlik darajasi mazkur zaminda shakllangan va olib borilayotgan oqilona siyosat hamda xalq siyosiy huquqlarining qay darajada ta’minlanganligi orqali namoyon bo‘ladi.

Siyosiy farovonlikni ta’minlanishida, xususan, jamiyat a’zolarining siyosiy faolligi, ongi hamda siyosiy madaniyatini oshirishda ta’lim-tarbiya sistemasi muhim ahamiyat ega bo‘lgan eng asosoiy bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi. Har bir mamlakatning, millat va jamiyatning eng umumiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy osoyishtaligi, rivoji, yuksalish darajasini qamrab oluvchi jarayon, bu – “Milliy farovonlik” hisoblanadi.

Davlat jamiyatdagi milliy farovonlikni ta’minlash maqsadida, ya’ni mamlakatning tinchligi, ozodligi, erkinligi daxlsizligini himoyalash uchun, o‘z xalqining farovon turmush kechirishi uchun, ulkan strategiyalarni, muhim vazifalarni amalga oshiradi. O‘zbekiston bosib o‘tgan istiqlol yillari, ayniqsa, milliy farovonlikni ta’minlash borasida juda katta islohotlar amalga oshirildi. Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, milliy farovonlikni ta’minlashda xalqning milliy o‘zligini anglashi muhim ahamiyat kasb etadi. 7 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2023. – B. 24.

Xulosa qilib aytganda, farovonlik, nafaqat, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotini, balki, ularga erishish usullari, yoʻllari, vositalari, yangi texnologiyalarini ham ishlab chiqish hamda amalga oshirish bilan bogʻliq tizimli jarayon hisoblanadi. Jamiyat va mamlakat farovonligini yuksaltirish, tinchlikni, barqarorlikni ta’minlaydigan hamda xalqni bir maqsad yoʻlida birlashtira oladigan asosiy kuch sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2023. 2. David S. Weissbrodt. International Human Rights Law: An Introduction. University of Pennsylvania Press, 2007. 3. Ergasheva M.X. Ta’lim falsafasi. Uslubiy qoʻllanma. Samarqand: SamDU, 2018. 4. Эргашева М.Х. Таълим тараққиёти: синергетик таҳлил. Монография. – Самарқанд: Самарқанд давлат чет тиллар институти нашриёти, 2022. 5. Ergasheva M.X. Ta’lim va tarbiya falsafasi. Darslik. – Samarqand: SamDU Tahririy nashriyoti, 2025. 6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Farovonlik. 7. Social welfare program“ (en). Encyclopedia Britannica.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.