--⊱⊱ 547 ⊰⊰--
SHAKLLANTIRISH ZARURIYATI
Jovmirzaeva Nargiza Quvondiqovna
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor
va mutaxassislarini qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish instituti
tadqiqotchisi
Annottasiya Mazkur maqolada maktabgacha taʻlim tashkilotlarida tarbiyachi-pedagoglarning emotsional kompetentsiyasini shakllantirish mexanizmlari, his-tuygʻularni boshqarish, muloqot, bolalar bilan ishlashda emotsiyaning tarbiyachi-pedagoglar faoliyatidagi oʻrni tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar: Emotsiya, xis-tuygʻu, malaka, shakllantirish, munosabat, yondashuv, muloqot, bolalar, ijobiy natija, samarali metodlar, texnologiya, tamoyil.
Аннотация: В данной статье анализируются механизмы формирования эмоциональной компетентности педагогов дошкольных образовательных организаций, управление эмоциями, общением, роль эмоций в работе педагогов-педагогов по работе с детьми.
Ключевые слова: Эмоция, чувство, компетентность, формирование, отношение, подход, общение, дети, положительный результат, эффективные методы, технология, принцип.
Abstract: This article analyzes the mechanisms of developing emotional competence of teachers in preschool educational organizations, managing emotions, communication, the role of emotions in the work of teachers working with children.
Keywords: Emotion, feeling, competence, formation, attitude, approach, communication, children, positive result, effective methods, technology, principle.
Pedagog-tarbiyachilarning hissiy kompetentsiyasini rivojlantirish bir qator omillar evaziga shakllanadi. Xususan, birinchi omil – bu oʻz his-tuygʻularini va hissiyolarini tan olish va tushunishdir. Emotsional ongning eng yuqori darajasi insonning nafaqat his-tuygʻularni idrok etishi va tasvirlashi, balki uning paydo boʻlish sabablarini ham tushunishi bilan tavsiflanadi. Emotsional kompetentsiyaga ega boʻlgan pedagoglar stressli vaziyatlarni boshqalarga qaraganda osonroq yengishadi va tezda hissiy muvozanatni tiklaydilar32 .
Psixologlarning taʼkidlashicha, his-tuygʻularni samarasiz boshqarish nevrozlarga, odamning aqliy, somatik, jismoniy sogʻligʻining buzilishiga va natijada faoliyat va hayot sifatining pasayishiga olib keladi.
Nazariya va amaliyot shuni koʻrsatadiki, hissiy jihatdan barkamol tarbiyachi pedagogik improvizatsiya va ijodkorlik qobiliyatiga ega boʻladi va bu omil pedagogni professional sifatida tavsiflaydi. Oʻzining professionalligi va mahoratida u oʻziga ishonch, hissiy sherik topadi. Ishonch va improvizatsiya pedagogik faoliyatdagi stressning oldini olishda eng samarali vosita hisoblanadi.
Oʻzining va boshqa odamlarning his-tuygʻularidan xabardor boʻlgan malakali tarbiyachipedagog ularga qanday munosabatda boʻlishidan qatʼi nazar, ularni ijobiy qabul qiladi va professional
1. 32 Сергиенко Е. А., Ветрова И. И., Волочков А. А., Попов А. Ю. Адаптация теста Дж. Мэйера, П. Сэловея и Д. Карузо «Эмоциональный интеллект» на русскоязычной выборке // Психологический журнал. 2010. Т. 31. № 1. С. 121–139.
--⊱⊱ 548 ⊰⊰-- manba sifatida koʻradi. Yuqori darajadagi hissiy kompetentsiyaga ega boʻlgan tarbiyachilar oʻzlarini, oʻz qadriyatlarini, ehtiyojlarini yaxshi bilishadi va ularga muvofiq yashaydilar. Kasbiy faoliyatni amalga oshirish va munosabatlarni oʻrnatish oʻz-oʻzidan muvofiqlik holatida sodir boʻladi. Bunday pedagog-tarbiyachilar ochiqlikka asoslangan munosabatlarni quradilar. Ular jamoada hamda guruh bolalari oʻrtasida ijobiy his-tuygʻularni uygʻotishga va ulardagi eng yaxshi holatlarni ochib berishga qodir. Bunday pedagoglar ijobiy taʼsir qilishni yaʼni qoʻllab-quvvatlash, ilhomlantirish, rivojlanish taktikasini tanlaydilar.
Pedagogik muloqot – tarbiyachi faoliyatining uzviy va qismidir. Shuning uchun hissiy kompetentsiya muhim ahamiyatga ega, bu hissiy kelishuvga, konstruktiv muloqotga yordam beradi va vaziyatdan, ular qanchalik noqulay boʻlishidan qatʼi nazar ijobiy munosabatlarni saqlab qolishga imkon beradi. Bu oʻz-oʻzidan tarbiyachilar, ota-onalar, hamkasblar va taʼlim muassasasi rahbariyati bilan muloqotni uygʻunlashtirish shartidir.
Tarbiyachi hissiy kompetentsiyani mustaqil ravishda ham rivojlantirishi mumkin. Buning uchun hozirgi vaqtda keng tarqalgan texnikalarni qoʻllash muhimdir: his-tuygʻularni aniqlash; hissiyotlar manbasini aniqlash; reaktsiyaning eng mos turini tanlay olish. Bunda his-tuygʻular va hissiyotlarning ahamiyatini va ularning har bir inson hayotida qanday rol oʻynashini bilish kerak.
Emotsional kompetentlik bu – pedagogning salbiy omillarga dosh berish, hissiy qoʻzgʻalish holatini yengish va stressdan keyin tezda ruhiy muvozanat holatiga qaytish qobiliyati. Empatiya esa boshqalarning hissiy holatini aks ettirish va tushunish, boshqasiga hamdardlik, faol yordam berish xulq-atvorini oʻz ichiga oladi.
Ushbu xususiyatlaprga ega pedagog tarbiyalanuvchilarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Xususan, bolalar quyidagi xususiyatlarga ega boʻlgan pedagoglarni afzal koʻrishlari isbotlangan:
1. Insoniy fazilatlar – mehribon, xushchaqchaq, masʼuliyatli.
2. Tashkiliy fazilatlar – adolatli, halol, boshqalarga hurmat koʻrsatadigan.
3. Uddaburonlik fazilatlari – faoliyatga undovchi, qiziqishlarni inobatga oluvchi.
4. Tashqi koʻrinishi – yaxshi kiyingan, yoqimli ovoz, muloyim qarashga ega. Hissiy jihatdan barkamol pedagog taʼlimiy improvizatsiya va ijodkorlik qobiliyatiga, har qanday faoliyatni qiziqarli qilish mahoratiga egaligi bilan ajralib turadi.
Bolalar bilan birgalikdagi faoliyat jarayonida emotsional kompetentli pedagog quyidagi usullardan foydalanadi:
– guruhda ijobiy hissiy muhit yaratish;
– bolalarga toʻgʻri yondashuvni topish va ularning individual va psixologik-yosh xususiyatlarini bilish;
– bola bilan muloqot qilishda koʻz bilan verbal aloqa qilish zarurligini anglash;
– tashkilotchilik qobiliyatlari koʻnikma va malakalariga ega boʻlish; - “passiv” bolalar soni tobora kamayib borishini taʼminlash;
– bolalarning birgalikdagi faoliyatini ragʻbatlantirish;
– bolalarga oʻz his-tuygʻularini nomlash va ular bilan muhokama qilish;
– hissiy stress holatida bolalarning eʼtiborini neytral faoliyatga (rasm chizish, ochiq oʻyin) oʻtkazish. Bularning barchasi bolalarning hissiy intellektini rivojlanishiga olib keladi. Yuqoridagi taʼkidlangan emotsional kompetentlik talablariga rioya qilish tarbiyachi pedagogning psixologik malaka darajasini oshirishga yordam beradi. Agar tarbiyachi emotsional yetuk boʻlsa, psixologik kompetensiyasi yetarlicha tez shakllanadi va uning kasbiy faoliyatida bolalar bilan til topishi osonroq boʻladi. Shuningdek, emotsional kompetentsiyani rivojlantirish ijodiy individuallikni rivojlantirish,
--⊱⊱ 549 ⊰⊰-- pedagogik yangiliklarga sezgirlikni shakllantirish, oʻzgaruvchan pedagogik muhitga moslashishni ham taʼminlaydi.
Adabiyotlar roʻyxati:
1. Xushnаzаrovа M.N. “Mаktаbgаchа tаʼlim tаshkilotlаri tаrbiyаchilаrining kаsbiy kompetensiyаsini tаkomillаshtirish” Pedаgogikа fаnlаri boʻyichа fаlsаfа doktori (PhD) dissertаtsiyаsi аvtoreferаti. –Toshkent 2021.
2. Е.К.Хакимова, дисс. автореферат на тему “Формирование эмоциональной компетентности у будущих педагогов-психологов”, Казань, 2018.
3. Сергиенко Е. А., Ветрова И. И., Волочков А. А., Попов А. Ю. Адаптация теста Дж. Мэйера, П. Сэловея и Д. Карузо «Эмоциональный интеллект» на русскоязычной выборке // Психологический журнал. 2010. Т. 31. № 1. С. 121–139.
4. Н.А.Рыбакова Эмоциональная компетентность педагога: сущностная характеристика / Н.А. Рыбакова // Педагогика. Вопросы теории и практики.2019. С. 190-195.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.