ULARNI JALB QILUVCHI OMILLAR.
M.B.Doschanova,
Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi.
Annotatsiya: Xorazm viloyatida termitlar bilan kuchli zararlangan uylarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan dala tadqiqotlari natijalari bayon etilgan. Termitlar asosan uylardagi isitish trubalari atrofiga to‘planib, sellyulozali materiallarga zarar yetkazayotgani aniqlangan. Ushbu holatlar termitlarning nam va issiq muhitga moslashgan yashirin hayot tarzini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari termitlarga qarshi ekologik xavfsiz kurash usullarini qo‘llash va doimiy monitoringni amalga oshirish zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: sellyuloza, biozararlanish, isitish trubasi, ekologik xavfsizlik, monitoring.
Аннотация: Приведены результаты полевых исследований по выявлению домов, сильно повреждённых термитами в Хорезмской области. Установлено, что термиты в основном скапливаются вокруг отопительных труб в домах и повреждают материалы, содержащие целлюлозу. Эти случаи свидетельствуют о скрытом образе жизни термитов и их адаптации к тёплой и влажной среде. Результаты подчёркивают необходимость применения экологически безопасных методов борьбы с термитами и проведения регулярного мониторинга.
Ключевые слова: целлюлоза, биоповреждение, отопительная труба, экологическая безопасность, мониторинг.
Abstract: Results of field research conducted in the Khorezm region to identify houses heavily affected by termites are presented. Termites were mainly found to accumulate around heating pipes and damage cellulose-based materials. These findings highlight the termites’ hidden lifestyle and their adaptation to warm and humid environments. The study suggests the need to apply environmentally safe termite control methods and to implement ongoing monitoring.
Keywords: cellulose, biodamage, heating pipe, environmental safety, monitoring.
Dunyoda ekologik muhitning keskin o‘zgarib borishi va inson omili ta’sirida ekotizimlarning (o‘rmon, to‘qay, dasht, cho‘llar va boshqalar) o‘zlashtirilishi zararkunanda hasharotlarning ko‘payishi va inson tomonidan yaratilgan har xil konstruksiyali bino va inshootlarning biozararlanish ko‘lamining ortishiga olib kelmoqda. Shu o‘rinda, hasharotlar, jumladan termitlar tomonidan keltiriladigan biozararlanish darajasining iqtisodiy zarari alohida ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, bu zararkunandani bioekologik xususiyatlari hulq-atvori, atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatlarini e’tiborga olgan holda ularga qarshi atrof-muhit uchun zararsiz bo‘lgan yangi biologik kurash usullarini ishlab chiqish va tabiiy kushandalaridan foydalanish bugungi kunda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Termitlar bilan kuchli zararlangan uylarni aniqlash maqsadida Xonqa tuman ehtirom, navro`z, Yangibozor tumani Navro`z, Xiva shahar gulirayhon, Qo`shko’pir tumani Tarqqiyot mahallari fuqorolar yig`ini raisi bilan gaplashildi va bitta vakil olinib xonadonlar o`rganildi. Termitlar — yog‘och va boshqa sellyulozali materiallarga zarar yetkazuvchi hasharotlar bo‘lib, ularning uy-joylarga kirib borishi jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Xorazm viloyatining ayrim hududlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida bir nechta mahallalarda termitlar bilan zararlangan binolar aniqlangan. Quyida ushbu holat bo‘yicha qisqacha tahliliy ma’lumot berilgan. Jadvalga ko‘ra, jami 5 ta hududdagi mahallalarda 50 ta bino termitlar tomonidan zararlangani qayd etilgan[2]. Eng ko‘p zarar ko‘rilgan mahalla — Qo‘shko‘pir tumani Taraqqiyot mahallasi bo‘lib, bu yerda 14 ta binoga termitlar zarar yetkazgan. Bu jami holatlarning 28 foizini tashkil etadi. Shuningdek, Xiva shahri Gulirayhon mahallasi va Xonqa tumani Navro‘z mahallasida ham har birida 12 tadan bino zarar ko‘rgan. Bu ikki mahalla jami zarar ko‘rgan binolarning qariyb yarmiga yaqinini tashkil qiladi. Xonqa tumani Ehtrom mahallasi va Yangibozor tumani Navro‘z mahallasida esa nisbatan kamroq — 6 tadan bino termitlar ta’sirida zararlangani aniqlangan. Bu esa har bir hudud uchun umumiy holatning 12 foizini tashkil qiladi. Ushbu holat mahalliy hokimiyatlar va tegishli tashkilotlar tomonidan ekologik xavfsizlikni ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash va binolarning barqarorligini saqlab qolish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishni talab qiladi. Termitlarga qarshi kurashish uchun maxsus dezinfeksiya ishlari, muntazam monitoring va fuqarolar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishi lozim. Shuningdek, termitlar ko‘p uchraydigan hududlarda qurilish materiallari tanloviga alohida e’tibor qaratish, texnik nazoratni kuchaytirish zarur. Ushbu muammo uzoq muddatli ekologik va iqtisodiy yo‘qotishlarning oldini olish uchun dolzarb masala hisoblanadi. Xorazm viloyatining eski uylardan 50 tasi o`rganilganda shularning 47 tasi asosan uyning isitish trubalari atrofida termitlar tomonidan zararlanish holatlari kuzatildi.(1- rasm). Termitlarning hayoti yashirin bo`lganligi sababli ularning binolardagi zararini aaniqlashda hosil qilgan loy suvoqlar orqali aniqlandi. Loy suvo`lar nam bo`lsa ular yangiligini bildiradi. Agar qurib qolgan bo`lsa zararlanish erta paydo bo`lganligini bildiradi.
1- Jadval.
Xorazm viloyatida kuchli zararlangan uylarni aniqlash yuzasidan olib
borilgan izlanishlar natijalari. № Mahalla Zararlangan uylar soni 1. Xonqa tumani Ehtrom mahallasi 6 2. Xonqa tumani Navro`z mahallasi 12 3. Yangibozor tumani Navro`z mahallasi 6 4. Xiva shahri Gulirayhon mahallasi 12 5. Qo`shkupir tumani Taraqqiyot mahallasi 14 Jami: 50 Loy suvoqlar sindirib ko`rilganda ularning ichidan termitlar chiqdi. Ayrim holatlarda ularning chiqishi kuzatilmadi. Termitlar tashqi muhit omillariga bog`liq ravishda aholi turar joylarida paydo bo`lishi yoki yo`qolib ketishi kuzatiladi.
1-rasm. Eski uylarda isitish trubalari yaqinda termitlarning to`planishi. Xulosa: Olib borilgan tadqiqotlar natijasida Xorazm viloyatining bir nechta mahallalarida termitlar bilan kuchli zararlangan uylar mavjudligi aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, termitlarga qarshi kurash nafaqat sanitariya va qurilish xavfsizligini ta’minlaydi, balki uzoq muddatli iqtisodiy yo‘qotishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Ushbu muammo Xorazm viloyatida ekologik va texnik barqarorlikni saqlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.
1. Aïchatou Nadia, Christelle Dao, & Fernand Sankara, & Salimata Pousga, &
Kalifa Coulibaly, & Jacques Philippe Nacoulma, & Somalgré Ouedraogo, &
Marc Kenis, & Irénée Somda 2020 Traditional methods of harvesting termites
used as poultry feed in Burkina Faso // International Journal of Tropical Insect
Science (2020) 40:109–118 https://doi.org/10.1007/s42690-019-00059-w
2. Ikram Abdullaev, Lola Gandjaeva, Zafar Matyakubov, Manzura Doschanova,
Bakhtiyor Kholmatov, Rasul Ruzmetov, Abdulla Iskandarov, Odilbek Otaev,
Shodlik Ibragimov, Shirin Atajanova Survival of A. Ahngerianus (Isoptera:
Hodotermitidae) Under the Influence of External Factors (Relative Humidity
and Temperature) and Use of Different Water Sources// WSEAS
TRANSACTIONS on ENVIRONMENT and DEVELOPMENT Volume 18,
2022, 1208 -1215 s DOI: 10.37394/232015.2022.18.113
3. M.B. Doschanova “Anacanthotermes Jacobs avlodi Termitlarning ekologiyasi
xulq-atvori xamda kasaliklarga moyilligi” (Monografiya) Xorazm Ma`mun
akademiyasi noshirlik bo`limi. 2024y. 118 bet
4. Rasul Ruzmetov, Ikram Abdullaev, Muzaffar Bekchanov, Shirin Atajanova,
Zafar Matyakubov, Manzura Doschanova, Jalol Doschanov, Shodlik Ibragimov,
Abdulla Iskandarov, Tendencies of Termites of the Genera Anacanthotermes
Jacobson to Damage the Wooden Parts of Buildings// WSEAS
TRANSACTIONS on ENVIRONMENT and DEVELOPMENT Volume 19,
2023, DOI: 10.37394/232015.2023.19.92
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.