TRANSPARENCY IN INTERNATIONAL ARBITRATION
Zokirov Xusniddin Zarif o‘g‘li,
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
Tel: 90 992 80 48
TDYU professori, Hazratqulov O.T taqrizi ostida
Abstract
This article is devoted to the analysis of the role of the principle of confidentiality and transparency, which are considered as important features of the international commercial arbitration process, in maintaining the values of arbitration, and the conflicting situations between them. Also, the article examines how confidentiality and transparency are ensured and protected during the arbitration process in the world‘s leading international arbitration centers on the example of arbitration institutions.
Key words: arbitration, international commercial arbitration, confidentiality, arbitration parties, transparency, arbitration decision, arbitration proceedings.
Аннотация
Данная статья посвящена анализу роли принципа конфиденциальности и прозрачности, которые рассматриваются как важные черты международного коммерческого арбитражного процесса, в поддержании ценностей арбитража, а также конфликтных ситуаций между ними. Также в статье рассматривается, как обеспечивается и защищается конфиденциальность и прозрачность при арбитражном процессе в ведущих мировых арбитражных центрах на примере арбитражных учреждений.
Ключевые слова: арбитраж, международный коммерческий арбитраж, конфиденциальность, стороны арбитража, прозрачность, арбитражное решение, арбитражное разбирательство.
XALQARO ARBITRAJDA MAXFIYLIK VA SHAFFOFLIK
O‘RTASIDAGI QARAMA-QARSHILIKLAR
Annotatsiya:
Ushbu maqola xalqaro tijorat arbitraji jarayonining muhim xususiyatlari sifatida qabul qilinadigan maxfiylik va shaffoflik prinsipining arbitraj qadriyatlarini saqlab qolishdagi o‘rni, ular o‘rtasidagi ziddiyatli holatlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Shuningdek, maqolada maxfiylik va shaffoflik dunyoning eng yetakchi xalqaro arbitraj markazlarida arbitraj jarayonida qanday ta’minlanishi va himoya etilishi arbitraj institutlari misolida ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar: arbitraj, xalqaro tijorat arbitraji, maxfiylik, arbitraj taraflari, shaffoflik, arbitraj qarori, arbitraj muhokamasi.
Xalqaro tijorat arbitrajida maxfiylik va shaffoflik o‘rtasidagi bahsli holatlar yaqinda paydo bo‘lmagan. Maxfiylik xalqaro tijorat arbitrajining muhim o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lsa-da, so‘nggi vaqtlarda nizolarni hal qilishning samarali va ishonchli usuli sifatida arbitraj jarayoni muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun shaffoflik zarurligi ta’kidlab kelinmoqda. Arbitrajda maxfiylikka yanada nozik yondashuv arbitrajning qadriyatlarini saqlab qolishi va shu bilan birga shaffoflik orqali erishiladigan natijalarni samarali qilishi mumkin. Ushbu prinsiplar haqida biz xalqaro tijorat arbitrajiga oid qonunlarda yoki konvensiyalarda batafsil tushunchaga duch kelmaymiz. Lekin bir qator mutaxassis va olimlar ularni o‘z ilmiy maqolalarida va ilmiy-tadqiqotlarida tushuntirib berishga harakat qilishgan.
Ushbu soha bo‘yicha amalga oshirilgan bir qator ilmiy tadqiqotlar mavjud. Janubiy Illinois universiteti professori Cindy Galway Buys o‘z maqolasida “maxfiylik ko‘pincha sud muhokamasidan farqli ravishda arbitrajning asosiy afzalliklaridan biri sifatida tilga olinishi, lekin olimlar va amaliyotchi mutaxassislar ko‘pincha maxfiylik nima uchun muhimligini aniq o‘rgana olmasligini”1 ta’kidlab o‘tadi. Bundan tashqari, Richard Naimark va Stefani Keer tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, aslida, maxfiylik xalqaro tijorat arbitrajining eng qimmatli jihatlaridan biri emas. Tadqiqotlarga ko‘ra, so‘rovnomada qatnashganlarning o‘ndan kamrog‘i arbitrajning eng muhim atributlaridan biri sifatida maxfiylikni sanab o‘tgan.2 Shuningdek, Srishti Kumar 1 Cindy Galway Buys. The tensions between Confidentiality and Transparency in International arbitration, American Review of International Arbitration, Vol. 14, No. 121, 2003 2 Alexis C.Brown, Presumption Meets Reality: An Exploration of the Confidentiality Obligation in International Commercial Arbitration, 16 AM. U.L. Rev. 969, 972 n. 6 (2001). hamda Mayami universiteti o‘qituvchisi Ragvendra Pratap Singh o‘z izlanishlarida maxfiylik va shaffoflik har doim ham qarama-qarshilik emas va maxfiylikni talab qiluvchi arbitraj tomonlar manfaatlari va shaffoflikni oshirish zarurati o‘rtasida to‘g‘ri muvozanatga erishish mumkinligi g‘oyasini ilgari surishadi. Ular arbitraj jarayonini va uning turli bosqichlarini shaffofroq qilishning maqsadga muvofiqligini tekshirishga harakat qilganlar.3
Ushbu sohani tartibga keltiruvchi UNCITRALning “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi namunaviy qonuni 1985-yilda qabul qilingan va 2006-yilda unga bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan. U arbitraj jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi milliy qonunchilikni kerakli uyg‘unlashtirish va takomillashtirish uchun mustahkam asos yaratadi. Ushbu qonunning 2-moddasida “arbitraj doimiy arbitraj instituti tomonidan boshqariladigan yoki boshqarilmaydigan har qanday arbitrajni anglatadi”4 deyilgan. Dunyodagi deyarli barcha davlatlar 1958-yildagi Nyu-York konvensiyasi asosida “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi o‘z qonunlarini ishlab chiqishgan.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasida “arbitraj ― doimiy arbitraj muassasasi yoki muayyan nizoni hal qilish uchun tashkil etiladigan arbitraj sudi tomonidan amalga oshirilishidan qat’i nazar, nizoni hal etish tartib-taomili”5 deb o‘tilgan. Shuningdek, arbitraj xususiy sudlov tizimi bo‘lib, bunda nizo taraflari nizolarni har qanday sud tizimidan holi hal qilishga kelishishadi. Ko‘p hollarda arbitraj qarori milliy sudlarda ijro etish mumkin bo‘lgan qaror chiqarilishiga asos bo‘ladigan yakuniy va majburiy qarorni o‘z ichiga oladi.
Xalqaro tijorat arbitraji savdo-iqtisodiy nizoni nizolashayotgan tomonlar tanlagan va kelishib vakolat bergan bir yoki bir necha arbitrlar tomonidan ko‘rib hal etishga qaratilgan nodavlat sud organi hisoblanadi. Uning qarorlari majburiy tarzda bajarilishi nazarda tutiladi.
Maxfiylik prinsipi shuni anglatadiki, arbitraj jarayoni yopiq eshiklar orqasida o‘tkaziladi, arbitrajda chiqariladigan qarorlar e’lon qilinmaydi yoki 3 Kumar, Srishti vs.Pratap Singh, Raghvendra. Transparency and Confidentiality in International Commercial arbitration. Arbitration: The Int’l J. of Arb., Med. Vs. Dispute Mgmt 86, no. 4 (2020): 463-481. 4 UNCITRAL Model Law on International Commercial Arbitration,1985. Article 2. 5 “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonun. Toshkent sh., 2021-yil 16-fevral, O‘RQ-674-son. bosma nashrlarda chop etilmaydi. Arbitraj jarayoni ommaviy axborot vositalarida yoritilmaydi, jamoatchilik vakillari institutsional arbitrajning arxiv materiallaridan foydalana olmaydi va hokazo. Shu bilan birga, maxfiylik prinsipi yuzasidan istisnolar arbitraj qoidalari va xalqaro shartnomalarda o‘rnatilishi mumkin. Bundan tashqari, maxfiylik prinsipi arbitraj jarayoni doirasi bilan cheklanganligini qayd etish lozim.
Shaffoflik xalqaro huquqda aniq tushuncha ta’rifiga ega emas.6 Bu ochiqlik yoki hisob berish sinonimlari sifatida tilga olinadi, lekin kamdan-kam hollarda ushbu tushunchaning aniq ma’nosi berib o‘tiladi.7 Bu axborotga asoslangan tushunchadir. Arbitraj sohasida u hujjatlar yoki boshqa materiallarni jamoatchilikka oshkor qilish, ochiq sud majlislarini va unda uchinchi shaxslarning ishtirokini o‘z ichiga oladi. So‘nggi yillarda shaffoflikni amalda qo‘llash bo‘yicha xalqaro tijorat arbitrajida ko‘p tendensiyalar va mutaxassislar tomonidan chaqiriqlar kuzatilmoqda. Ushbu vaziyatda ba’zilar agar tomonlar e’tiroz bildirishmasa, arbitraj prezumpsiyasi e’lon qilinishini himoya qilishsa-da, boshqalar arbitraj qarorlarining chop etilishini nazorat qiluvchi xalqaro nazorat tashkilotini tuzishni taklif etadilar.
Yakuniy xulosa shundan iborat bo‘ladiki, deyarli barcha institutsional arbitraj qoidalari tinglovlarning o‘zlari va ko‘pincha ushbu sud majlislari bilan bog‘liq holda taqdim etilgan dalillarning maxfiyligini himoya qiladi. BIMT bundan mustasno, hech kim taraflarga arbitraj mavjudligini oshkor qilishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘sqinlik qilmaydi.
Investitsion nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markaz (ICSID) davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi investitsion nizolarni hal qilishga ko‘maklashish maqsadida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki homiyligida tashkil etilgan. ICSID Konvensiyasining 48-moddasi 5-bandi tomonlarning roziligisiz arbitraj qarorlarini nashr qilishni taqiqlaydi. Biroq ICSIDning barcha eshituvlari yopiq bo‘lishi shart emas. 6 Pedro J.Martinez-Fraga, Juridical Convergence in International Dispute Resolution: Developing a Substantive Principle of Transparency and Transnational Evidence Gathering, 10 Loy. U. Chi. Int’L L. Rev. 37, 71 (2012) 7 Julie A.Maupin, Transparency in International Investment Law: The Good, the Bad, and the Murky, in Transparency in International Law 142, 142 (Andrea Bianchi vs. Anne Peters eds., 2013).
Shaffoflikning oshirilishi arbitraj jarayoni haqidagi bilim va tushunchani oshiradi va shu bilan birga xalqaro arbitrajdan foydalanishning qonuniyligini oshiradi. Xususan, yakuniy qarorni e’lon qilish orqali xalqaro arbitrajda shaffoflikni oshirish, jumladan, mavjud bo‘lgan sabablar bir qator afzalliklarga olib kelishi mumkin.
Birinchidan, asoslantirilgan qarorlarning e’lon qilinishi arbitraj huquqining rivojlanishiga va izchilligiga olib keladi. Arbitraj qarorlari faqat arbitraj kelishuvi taraflari uchun majburiy bo‘lsa-da, yaxshi yozilgan va asoslantirilgan qarorlar taraflar jarayon haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lishlariga va kelgusida bunday holatlarda ularni nima kutayotganini bilishlariga yordam beradi.
Ikkinchidan, sud qarorlarining e’lon qilinishi tomonlarga kelajakdagi nizolarning oldini olishda ularga yordam berishi mumkin, chunki ular boshqa tomonlarning xatolaridan saboq olishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida, arbitraj taraflari tomonidan takrorlanishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning kamayishida ko‘mak bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Uchinchidan, agar jamoatchilik jarayonning adolatli ekanligiga ishonch hosil qilsa, arbitraj qarorlarini ijro etish ehtimoli yanada oshadi. Qarorlarni nashr qilish, ularning amaldagi ijrosi uchun jamoatchilikdan o‘ziga xos ijobiy bosim yuzaga keltirishi mumkin.
To‘rtinchidan, yanada shaffoflik amaliyotchilar va akademiklarga muammoli nizolarni hal qilish tizimini tushunish, tahlil qilish, tanqid qilish va takomillashtirish imkonini beradi.
Beshinchidan, qarorlarni nashr etish, shuningdek, bo‘lajak arbitrlik qiluvchi tomonlarga ma’lum bir arbitrning o‘tmishdagi arbitrajlarni qanday ko‘rib chiqqanligini va bu shaxsni joriy nizoning arbitri sifatida tanlash uchun munosib nomzod bo‘ladimi-yo‘qligini baholash imkonini beradi.
Maqolaga yakuniy xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, arbitrajda maxfiylikka yanada nozik yondashuvni qo‘llash tegishli hollarda shaffoflikni oshirishga imkon berish orqali olinadigan foydalar butun xalqaro tijorat arbitrajiga katta foyda keltirishi mumkin. Shu sababli olimlar, amaliyotchilar, arbitraj taraflari, arbitrlar va sudyalar ma’lum bir vaziyat faktlari ostida ko‘proq shaffoflikka qarshi maxfiylikning foydalari va xarajatlarini sinchkovlik bilan o‘rganishlari kerak va maxfiylikni saqlashning umumiy majburiyati mavjudligini taxmin qilishga shoshilmasliklari kerak. Fikrimizcha, arbitraj institutlari, agar har ikki tomon oldindan e’tiroz bildirmasa, qarorlar e’lon qilinadi degan taxminni yaratish uchun o‘z qoidalariga o‘zgartirish kiritish haqida o‘ylashlari kerak. Bunday qoida maxfiylik burchining hech bo‘lmaganda bir jihatini aniqlab beradi va yuqoridagi maqolada tahlil qilib o‘tilgan imtiyozli holatlarga sabab bo‘ladi.
Adabiyotlar:
1. Cindy Galway Buys. The tensions between Confidentiality and Transparency in International arbitration, American Review of International Arbitration, Vol. 14, No. 121, 2003.
2. Alexis C.Brown, Presumption Meets Reality: An Exploration of the Confidentiality Obligation in International Commercial Arbitration, 16 AM. U.L. Rev. 969, 972 n. 6 (2001). https://papers.ssrn.com/sol3/papers.cfm?abstract_id=1769047
3. Kumar, Srishti vs.Pratap Singh, Raghvendra. Transparency and Confidentiality in International Commercial arbitration. Arbitration: The Int’l J. of Arb., Med. Vs. Dispute Mgmt 86, no. 4 (2020): 463-481. f+Arbitration,+Mediation+and+Dispute+Management/86.4/AMDM2020037
4. UNCITRAL Model Law on International Commercial Arbitration,1985.
5. Рустамбеков И.Р. Международный коммерческий арбитраж. Учебное пособие. – Т.: ТГЮИ, 2013. 125 стр.
6. “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonun. Toshkent sh., 2021-yil 16- fevral, O‘RQ-674-son. https://lex.uz/docs/-5294106
7. Christoph Henkel, The Work-Product Doctrine as a Means toward a Judicially Enforceable Duty of Confidentiality in International Commercial Arbitration, 37 N.C.J. of Int’L L.1059, 1060 (2012).
8. Pedro J.Martinez-Fraga, Juridical Convergence in International Dispute Resolution: Developing a Substantive Principle of Transparency and Transnational Evidence Gathering, 10 Loy. U. Chi. Int’L L. Rev. 37, 71 (2012).
9. Julie A.Maupin, Transparency in International Investment Law: The Good, the Bad, and the Murky, in Transparency in International Law 142, 142 (Andrea Bianchi vs. Anne Peters eds., 2013).
10. ICC Arbitration Rules, (1998). https://www.trans-lex.org/750200/_/iccarbitration-rules-1998/
11. WIPO’s Arbitration Rules, (2021).
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.