ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

UMUMIY O’RTA TALIM MAKTABLARIDA SMM BO’LIMINI O’QITISH METODIKASI

초록

Ushbu maqolada SMM –ijtimoiy mediya marketing haqida ma’lumot berilgan, hamda umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanida SMM bo‘limini o‘qitish  metodikasi yoritilgan  va  SMM  bo‘limini o‘qitish  foydali  jihatlari haqida tushunchalar berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

O’QITISH METODIKASI

Buxoro innovatsiyalar universiteti 2-bosqich magistranti

Temurova Maftuna Tolibjonovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada SMM –ijtimoiy mediya marketing haqida ma’lumot berilgan, hamda umumta’lim maktablarida informatika va axborot texnologiyalari fanida SMM bo‘limini o‘qitish metodikasi yoritilgan va SMM bo‘limini o‘qitish foydali jihatlari haqida tushunchalar berilgan.

Kalit so‘zlar:SMM, ijtimoiy media marketing, Ijtimoiy media, maqsadli auditoriya, platforma.

Ijtimoiymediamarketing(SMM–socialmediamarketing)–mahsulot va xizmatlarni reklama qilish, xaridorlarni jalb qilish va mahsulotlarni to‘g’ridan to‘g‘ri sotish faoliyatini ijtimoiy medialar orqali amalga oshirish. Ijtimoiy media–ko‘plab faol foydalanuvchilarga ega bo‘lgan internet platformasi. Maqsadli auditoriya – mahsulotingizni sotib olish yoki xizmatingizdan foydalanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslar. Platforma –o‘zining imkoniyati va funksiyalari orqali boshqa tizimlarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi o‘zak dastur.

Kontent –maqsadli loyiha uchun yaratilgan sahifa, videorolik yoki tasvir.Millionlab foydalanuvchilar deyarli har kuni o‘z vaqtining kata qismini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadi maqola o‘qishadi ,rasm va video tomosha qilishadi, do‘stbirodarlari bilan suhbatlashishadi.Bunday katta auditoriya marketing faoliyatini yuritish uchun eng katta yutuq hisoblanadi.Shu sababli,ijtimoiy media marketing tez suratlarda rivojlanib bormoqda.

Umumta’lim maktablarining 8-sinf Informatika va axborot texnalogiyalari fanida SMM ijtimoiy media marketing sohasini o‘quvchilarga tanitish, SMM ga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, SMM ni ommalashtirish, rivojlantirish va uni o‘rganish uchun 10 soatga mo‘ljallangan mavzulashtirilgan darslar mavjud.Ushbu darslikda SMM –ijtimoiy media marketing bobi quyidagi mavzular yordamida o‘quvchilarga o‘rgatilib, ularning SMM ga bo‘lgan qiziqishlari oshirilmoqda.

1-dars. SMM (Social media marketing –ijtimoiy media marketing) haqida.

2-dars SMM platformalari bilan tanishish. Facebook tarmog‘i.

3-dars SMM platformalaribilan tanishish. YouTube sayti.

4-dars SMM platformalari bilan tanishish. Telegram tarmog‘i.

5-dars SMM platformalari bilan tanishish. Instagram tarmog‘i.

6-dars SMMni internet tizimida harakatlantirish.

7-dars Nazorat va loyiha ishi. Maqsadgayо’naltirilgan tadqiqot loyihasi rejasini tuzish

.8-dars SMM asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish. YouTube saytidakanal ochish

.9-dars SMM asosida tadqiqot loyihalarini boshqarish. Facebook tarmog’ida sahifa ochish.

10-dars SMM asosida tadqiqotloyihalarini boshqarish.Telegram tarmog’ida kanal ochishSMM ning afzalliklari:

•Ulkan axborot: matn, grafika, audio, video va boshqa turdagi reklama xabarlarini uzatish imkoniyati.

•Keng auditoriyaga samarali ta‘sir ko‘rsatish.

•Maqsadli auditoriya bilan real vaqtda muloqotni tashkil etish.

•So‘rovnoma, statistika va forumlar asosida maqsadli auditoriyaning fikr-mulohazalarini o‘rganish.

•Doimiy xaridor va hamkorlar bilan aloqada bo‘lish va ularning talablariga javob berish.

•Mablag’ning kam sarflanishi.SMM da katta e’tibor ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumot tarqatuvchi qiziqarli kontent yaratishga qaratilgan. SMM mutaxasislarining asosiy vazifalaridan biri ijtimoiy media platformalari bilan ishlash. O‘zbekistonda keng tarqalgan ijtimoiy media platformalari bu –Facebook, Instagram, Telegram va Youtubedir. Ushbu platformalar yurtimizda juda ko‘p sonli obunachilariga ega. Shuning uchun ham maktab darsliklarida yuqorida qayt etilgan platformalarda ma’lumot tarqatuvchi qiziqarli kontent yaratishga qaratilgan

Bugungi ta’lim tizimi eski mazmundagi о‘quv dasturlaridan voz kechib, innovatsion raqamli iqtisodiyot va axborotli jamiyat uchun kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradigan о‘qitish tizimiga о‘tmoqda. Shunga mos ravishda, ta’lim berishga yondashuvlar ham о‘zgarib, internet va axborot texnologiyalari imkoniyatlari tufayli о‘qituvchilar oddiy bilim beruvchidan, asosiy tashkilotchiga aylanmoqdalar [2].

Shulardan kelib chiqib, ta’lim sifatini oshirish maqsadida so‘nggi yillarda ta’limning barcha tizimida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanib kelinmoqda. Bunda ayniqsa internet texnologiyalarining ta‘lim jarayonida qo‘llanilishi yanada samaraliroq natijalar beradi. Shulardan YouTube haqida to‘xtalib o‘tamiz.

YouTube katta hajmdagi video fayllar jamlangan sayt hisoblanadi. Tizimdan professional videolavhalardan tortib, havaskorlar videolarini hamda videoblogerlar materiallarini topish mumkin. YouTube sayti yordamida kanal ochib, u orqali biznes loyihalarni yuritish mumkin. YouTube sayti Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim tomonidan amalga oshirilgan loyiha bo‘lib, 2005-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan[3].

YouTube, foydalanish oson va qulay bo‘lganligi sababli, tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2006-yilda YouTube tarmog‘ini Google kompaniyasi sotib olgan. YouTubeda ro‘yxatdan o‘tmagan holda ham videoroliklar bilan tanishish va ularni ko‘rish mumkin.

YouTubedagi videofayl o‘chirilgani bilan, u batamom o‘chmagan bo‘ladi va maxsus dasturlar yordamida uni ko‘rish mumkin. YouTube saytidan foydalanish uchun

YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni koʻpligi boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir. Saytda video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, video bloglargacha taqdim etilgan.

YouTube domeni 2005-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, unda foydalanuvchilar videolarni yuklashlari, koʻrishlari va bir-birlari bilan baham koʻrishlari mumkin. Videolar reyting orqali baholanishi mumkin.

Dastlab YouTube sayti video tanishuvni amalga oshirish uchun yaratilgan edi, keyinchalik bu sayt video xosting bo‘ldi. Ro‘yhatdan o‘tgan YouTube foydalanuvchilarining 70 %i AQSh fuqarolaridir. Amerikaliklar saytga eng ko‘p video fayllarni joylashtiradiganlar ekan, ulardan so‘ng Buyuk Britaniya joy olgan. Eng ko‘p videolarni tomosha qiladigan davlat ham AQSh ekan, 2 chi o‘rinda Yaponiya davlati turadi. 2006 yilda Google kompaniyasi YouTube ni sotib olgan. Hozirgi kunda sayt 30 ga yaqin tillarga tarjima qilingan.

Quyida biz “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan “SMM - ijtimoiy media marketing” bobini o‘qitishda, nazariy bilimlarni berishda ko‘rgazmalilik tamoyillarini amalga oshirish uchun Youtube Videohosting platformasi imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha namuna keltirdik.

Informatika va AT o‘quv predmeti - umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining tarkibiy qismi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari to‘g‘risidagi bilimlarni amaliyotga joriy qilish, inson faoliyati, umumiy, raqamli va moddiy madaniyatning turlarini shakllantirishning umumiy tamoyillari, o‘ziga xos ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida amaliy muammolarning innovatsion yechimlarini topish va hayotga tadbiq etish imkonini beradi [1].

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika va AT fani bo‘yicha o‘quv dasturida ko‘rsatilgani bo‘yicha 8-sinflarda jami haftasiga 1 soatdan jami 34 soat mashg‘ulotlar o‘tilishi rejalashtirilgan. Shundan I bob – “SMM - ijtimoiy media marketing” bobi uchun 5 soat rejalashtirilgan:

I bob. SMM – IJTIMOIY MEDIA MARKETING

SMM (Social Media Marketing – ijtimoiy media marketing) haqida. SMM imkoniyatlari: afzalliklari, kamchiliklari. Brend tushunchasi. SMMning asosiy vazifalari. Amaliy mashgʻulot.

SMM platformalar bilan tanishish. Facebook tarmogʻi. Facebook tarmogʻida roʻyxatdan oʻtish. Facebook tarmogʻi boʻlimlari bilan ishlash. Amaliy mashgʻulot.

SMM platformalar bilan tanishish. YouTube sayti. YouTube saytida roʻyxatdan oʻtish va foydalanish. Amaliy mashgʻulot.

SMM platformalar bilan tanishish. Telegram tarmogʻi. Telegram tarmogʻida roʻyxatdan oʻtish. Telegram tarmogʻini sozlash. Amaliy mashgʻulot.

SMM platformalar bilan tanishish. Instagram tarmogʻi. Instagram tarmogʻida roʻyxatdan oʻtish. Instagram tarmogʻidan foydalanish. Instagram sahifalarini koʻrib chiqish va xabarlar bilan tanishish. Amaliy mashgʻulot [1].

Quyida ushbu mavzularni yoritishda ko‘rgazmalilik hamda raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini qo‘llash maqsadida mashg‘ulotlarda YouTube saytidan foydalanish ketma-ketligini ko‘rib chiqaylik.

Bobning har bir mavzulari uchun oldindan videoroliklarimizni tayyorlab olamiz.

YouTubeda kanal ochib ularni quyidagi tartibda joylashtiramiz:

1. YouTube saytining o‘ng yuqori qismida joylashgan avatarni bosib, Your Channel, so‘ng ochilgan oynada Customize channel tanlanadi (1).

2. Аvatar ustida qatlamchani tanlab, Edit channel icon oynasida Edit tugmaсhasini bosgan holda Google+ ga o‘tib, kanalga mos rasm (shaxsiy foto, kompaniya yoki brend logotipi) o‘rnatiladi (2).

3. Add channel art yordamida kanal yuqori qismi uchun o‘zingiz yaratgan yoki YouTube galereyasidan olingan tasvirni o‘rnatish mumkin. Tasvir o‘lchami 2048 × 1152 pikselda bo‘lishi tavsiya etiladi (3).

4. Sozlash tugmachasi yordamida “Overview” sahifasi yoqib qo‘yiladi. Aynan shu sahifa yordamida: asosiy, video, pleylist, kanallar hamda kanal haqidagi menyulari ochiladi (4).

5. About bo‘limi orqali kanal haqida qisqacha ma’lumot, turli so‘rovlar uchun elektron pochta manzili, ijtimoiy tarmoqlar va sayt manzili kiritiladi.Mashg‘ulotlarda ko‘rgazmali videoroliklarni yuklab olib nazariy materiallarni yoritishda foydalanish mumkin. Bunday zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar ta‘lim oluvchilar bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgandir.

Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak kafolatli natijalarga erishishdir, bu talabni yuzaga keltirishda ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyalar to‘la ishonchli vosita bo‘la oladi.

Umumiy holda xulosa chiqarish mumkinki, zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li - bu mashg‘ulotlarni zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tashkil etish va o‘quv jarayonida foydalanishdir.

ADABIYOTLAR

1. Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv dasturi. Informatika va AT. 2021 yil.

2. Informatika va axborot texnologiyalari. 8-sinf: O‘qituvchilar uchun o‘quvmetodik qo‘llanma. M. R. Fayziyeva, D. M. Sayfurov. – Тoshkent: Тasvir, 2020. – 112 b.

3. Meyliev, O., & Gofurova, K. (2023). WAYS TO INCREASE THE

REVENUES OF LOCAL BUDGETS WHILE ENSURING THE ECONOMIC

DEVELOPMENT OF REGIONS. Science and innovation, 2(A9), 130-135.

4. Аскарова, Р., & Джуманиязова, З. (2023). Значение Gen-Expert с наборами тест-систем по применению в диагностике активного туберкулеза . in Library, 17(4), 69–72. извлечено от

5. M. R. Fayziyeva, D. M. Sayfurov. “Informatika va axborot texnologiyalari”: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik: - Тoshkent: “Тasvir”, 2020. - 112 b.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.