Xalq qo‘shiqlari vositasida o‘quvchilarning ma‘naviy-axloqiy fazilatlarini
shakllantirishning pedagogik asoslari
To‘xtasin Rajabov Ibodovich
Buxoro davlat universiteti Musiqa ijrochiligi va
madaniyat kafedrasi professori, p.f.b.f.d.(PhD)
Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida yosh avlodga musiqiy tarbiya berish ishlari umumdavlat ahamiyatga ega bo‘lib, shaxsni shakllantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Har bir mamlakatning musiqa tarbiyasi g‘oyaviy-siyosiy jihatdan xalqning sotsial tuzumiga xizmat qiladi.
Har bir xalqning maorifida musiqa tarbiyasi, qonuniyatlari va shu xalqning milliy musiqa madaniyati, tili, madaniy an‘analariga asoslanadi. Shu bilan birga musiqa tarbiyasning strukturasi, sistemasi (tizimi) va ilmiy-metodik yutuqlar boshqa millatning ma‘rifiy madaniyatiga ham ijobiy ta‘sir etadi.
Jamyatimiz taraqqiyotida ma‘naviy va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash bugungi kunda bizning eng ustuvor vazifalarimizdan biri sanaladi. Zeroki, qator aytilgan bu fikrlar zamirida har doimgidek yoshlar turadi, sababi ularning bugungi kundagi olgan ta‘lim- tarbiyasi nafaqat o‘zlari uchun balki yurtimiz taraqqiyoti uchun eng muhim poydevordir. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga “Agar mendan sizni nima qiynaydi”deb so ‘rasangiz, farzandlarimizning ta‘lim va tarbiyasi deb javob beraman“- degan purma‘no fikrlari fikrimiz yaqqol dalilidir.
Biz yashab turgan jamiyat taraqqiyotida musiqa va san‘atning o‘rni beqiyosdir. Har bir millat va elatlarni birlashtiradigan an‘analarimizni mustahkamlaydigan ham mana shu hisoblanadi. Har qanday ko‘ngilni o‘ziga rom eta oladigan, insonlarni qalbiga ezgulik urug‘ini ekib boshqa yomon illatlarga qarshi kurashadigan ham musiqa desak mubolag‘a emas.
Aholi ma‘naviyatini yuksaltirish, kishilarda, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlod ma‘naviy tafakkurni shakllantirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash davlat siyosati darajasida ko‘tarildi. Yangi O‘zbekiston sharoitida ham bu an‘ana davom etayotganligi davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Xalqimizning o ‘tmish an‘analari, milliy urf-odatlari, milliy musiqa san‘atining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, milliy musiqa an‘analarini saqlash va rivojlantirish, yosh avlodda san‘atga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish hamda xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik, o‘zaro hamjihatlik, madaniyma‘naviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida yurtimizda keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Musiqa ohanglari lad va ritm tiyg’usi usullari asosida o’rgatiladi. Musiqa ta’limining milliy asosini tarkib toptirishda pianino cholg’u asbob bilan birgalikda o’zbek milliy cholg’u asboblaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa doira chertib, qo’shiq kuylash, milliy raqs elementlarini ijro etish, ijodkorlik bilan shug’ullanish o’quvchilarni sehrli musiqa olamiga oshufta etadi. O’quvchilar bu jarayonda o’zbek xalq musiqa madaniyatini ijobiy an’analarini bevosita idrok etadilar. Maktabda sinfdan tashqari mashgʻulotlar jarayonida xalq qoʻshiqlari turkumiga kiruvchi bolalar folklor qoʻshiqlarini oʻrgatish o’quvchilar musiqiy estetik tarbiyani xalq musiqasi na’munalari orqali o’rganadilar. Hozirgi kunda barcha umumta’lim maktablarida bolalarni xalq musiqasi bilan tanishtirish DTS musiqa dasturi asosida olib borilmoqda. Ta’limni milliy ruhda rivojlantirish maqsadida birinchi sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasi bilan tanishtirib boriladi. Bunga misol qilib, I dasturida tinglash uchun birinchi “Dutor bayoti”, “Andijon polkasi”, “Farg’onacha”, “Olmacha anor”, “Allama yorim” kabi kuyqo’shiqlarni keltirishimiz mumkin. Xalq musiqasi bolalar ongiga tez yetib boradi, ularni zavqlantiradi. Ijodiy kechinmalar uyg’otadi. Chunki xalq musiqasi o’ziga xos badiiy tilga egdir. Unda milliy musiqa san’atimizning eng yorqin na’munalari o’z aksini topgan. Xalq musiqasi eng sodda eng ixcham ravon yorqin ohangda ijro etiladi. Shuning ushun ham beshikda yotgan go’dak alla qo’shig’ini eshitishi bilan orom olib uxlab qoladi.Chunki, bu ohangda so’z, kuy, mutanosibligi og’zaki ijro etiladi. Shuning uchun ham ohanglar birbiriga payvastdir. Asrlar davomida o’zbek kuy-qo’shiqlari xalqimiz orasida mehnat, to’ymarosim, kurash bayramlarida insonlar uchun ilhom manbai bo’lib kelgan. Biz musiqa madaniyati darslarida boshlang’ich sinfdan boshlab o’zbek xalq musiqasining ommaviy janrlarini bolalarga tushunarli, tez va ifodali qilib yetkazish uchun turli metodlardan va innovatsion texnologiyalardan foydalanishimiz zarur. Musiqa san’ati boshqa san’at turlariga qaraganda insonlarga yaqin bo’lgan muhim san’at turidir. Xalqimiz azal-azaldan boy musiqa merosiga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy merosimiz jahonni xayratga slogan mumtoz musiqa san’atimiz mavjud. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmunli va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilangan. Aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, milliy ma’sulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazish mamlakatni mustaqil va barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi.
Hozirgi davrda shaxs ma’naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta’lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko’tarishni taqozo etadi. Bugungi kunda musiqa, ta’lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim.
Musiqa ta’lim tarbiyasining maqsadi va yosh avlodni musiqa merosimizga vorislik qila oladigan yoshlar qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga yetkazishdan iborat. Buning uchun har bir o’quvchining musiqaga bo’lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san’atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar shart-sharoitlar yaratib berish maktab musiqa darslariga bevosita bog’liq. bolalar folklor qoʻshiqlarini oʻrgatish musiqa ta’lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirish ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog’liq.
Musiqa ta’lim tarbiyasining konsepsiyasida maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limini sifatli bosqichga ko’tarish uchun maktabda teng huquqli fan hisoblanadi.Bu esa hozirgi zamon o’quvchisidan dars mashg’ulotlariga ijobiy munosabatda bo’lishi, o’quvchilar musiqiy faoliyatlarini oshirishni to’g’ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars mashg’uloti sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega . Bu xususiyatlarni esa har bir o’qituvchi bilishi kerak.
Birinchidan musiqa tarixi nazariyasi ijrochilikka doir turli namunalardan ayrim mashqlari, musiqa savodi mashg’ulotlari, musiqa tinglash, musiqa ta’limi va adabiyoti, bolalar cholg’u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlari, musiqada ijodkorlar faoliyatlaridan iborat darslar kiradi.
Ikkinchidan musiqa boshqa san’at turlaridan o’zining ifoda vositalar ya’ni “tili” bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so’z bilan tasviriy san’at bilan, raqs badiiy harakatlar bilan ifodalansa, musiqiy tovushlardan vujudga kelgan ohang vositasidan foydalanadi.
Uchinchidan musiqa bolalarda faol hissiy ta’sir ko’rsatadi, ijobiy ko’rsatmalar, kechinmalar uyg’otadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani bo’yicha dasturi bir dars o’zida ta’limning musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash, musiqa savodxonligi bolalar cholg’u asboblari va ritmik harakatlar bajarish musiqa ijodkorlari kabi bosqichlar bir-biri bilan bog’lanib yaxlit holda amalga oshirilishi nazarda tutilishi kerak. Zamonaviy mashg’ulotlardan musiqa idroki yetakchi faoliyat sifatida muhim rol o’ynaydi. Chunki bu bosqichda o’quvchilar faoliyatida ko’proq o’yin xususiyatlari bo’lib turadi. Shunday qilib ta’lim va tarbiyaning maqsad va vazifalari to’laligicha amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni ilmiy uslub jihatdan yetakchi darajada ta’minlash, milliy musiqa ta’lim mazmunini anglash kabi muhim tadbirlar, shubhasiz musiqa tarbiya samaradorligini oshirishga imkon beradi. Bu esa musiqani maktab hayotida o’quvchilar qalbida keng o’rin egallashi va ularning ma’naviyatlarini shakllantirishga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasinining tarkibiy qismi sanalmish xalq qo’shiqlari vositasida ma’naviy-axloqiy sifatlarni o’shirish albatta ta’lim metodikasiga bevosita bog’liqdir. Musiqa tarbiyasi metodikasi fan sifatida tizimiga mansub bo’lib o’zining mustaqil o’rniga ega. Bu fan musiqa tarbiyasi metodikasi mazmuni, metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida uning qonuniyatlarini o’rganadi. Musiqa ta’limi muassasalarida nafosat, musiqashunoslik fiziologiya, ruxshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanadi. Musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa nafosat musiqashunoslik fanlari bilan uzviy bog’liq. Nafosat nomi uning metodikasining asosini tashkil etsa, tarbiyaning mazmun va metodlariga bevosita ta’sir ko’rsatadi. bolalar folklor qoʻshiqlarini oʻrgatish dolzarb metodik muammo sifatida bo`lib o’quvchilarning kuylash holatidagi muammolarni hal qilishda metodika fiziologiya tadqiqotlariga taniladi.Musiqa tarbiyasi metodikasining mohiyati musiqa san’ati hamda madaniyati o’sib kelayotgan yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega. Metodikaning fan sifatida rivojlanishi jamiyatda maorif va musiqa san’atini takomillashib borishi bilan bevosita bog’liqdir. Shular bilan birgalikda musiqa tarbiyasi metodikasi umumiy prinsiplarini ilgari suradi. Bular onglilik badiiy va texnik rivojlanish prinsiplarga ega, bu prinsiplar o’quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish musiqaga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytirish, badiiylikni tarbiyalashga qaratilgandir.
Musiqa asarni ongli idrok etish asar mazmunini ochishda va o’quvchilarga musiqiy tajribalarni to’plashda, ularning ma’naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik prinsipi uyg’unlashish ko’payishi orqali tinglanadigan asarni to’g’ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi. Ularning musiqaga qiziqishida didlari tarbiyalab boriladi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlar talab etadi. O’quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e’tibor beradi. O’quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to’g’risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular ular yana musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. Musiqa tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida ko’pgina omillarga bog’liq ekanligini e’tirof etadi. Kishilarning musiqiy madaniyati faqatgina maktabning ta’siri ostidagina shakllanmaydi.nO’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O’rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq musiqa madaniyati fani to’rtta tarkibiy qismdan iborat”.
Musiqa tinglash. Musiqa savodi.
Musiqa ijodkorligi. Jamoa bo’lib kuylash.
Albatta har bir darsda bu tarkibiy qismlar bir biri bilan bog’langan ravishda o’tiladi va ular har darsda turli variantlarda o’rin almashib kelishi mumkin. Darsning maqsadi esa o’z navbatida beshta yo’nalishni o’z ichiga oladi.
Tarbiyaviy maqsadi
Ilmiy maqsadi
Bilimlarni rivojlantiruvchi maqsad
Kasbga yo’naltiruvchi maqsad
Milliy mafkura g’oyalarni singdirish maqsadi
Bu maqsadlar ham albatta bir-biri bilan bog’langan holda amalga oshiriladi. Dars mavzusi maqsadlardan kelib chiqqan holda o’qituvchi har bir jarayonida o’quvchilar ongiga milliy mafkurasi g’oyalarini muntazam ravishda singdirib borishi lozim. Buni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’zining keng dunyo qarashi pedagogik-psixologik bilimi darsga ijodiy yondashish notiqlik qobiliyati va kasbiy mahorotidan unumli foydalangan holda har biri zarur bo’ladi. Bu esa o’qituvchining hozirgi davrda dunyoda sodir bo’layotgan voqealar, ichki va tashqi siyosat siyosiy-ijtimoiy vaziyatni tinmay o’rganib, tahlil qilib, turishni va bilimlarni darsda o’quvchilarni yoshiga mos ravishda tushuntira olishi talab qilinadi. Hozirgi kunda koplab bastakorlarimiz va shoirlarimiz tomonidan zamon bilan hamnafas bo’lgan vatanparvarlik ruhida muhim tarbiyaviy estetik ahamiyatga ega bo’lgan qo’shiqlar yaratilayapti va bu jarayon hukumatimiz tomonidan munosib rag’batlantirilayapti. Musiqa madaniyati faning boshqa aniq fanlardan farqli tomoni shundaki u doimo zamon bilan hatto an’anaviy bayram va milliy qadriyatlarimiz bilan hamohang holda olib borishni o’qituvchidan uzluksiz ijodiy faoliyatni talab etadi.
Adabiyotlar.
1. Sh.M.Mirziyoevning ma’ruzasidan O‘zbekiston adabiyoti va san’ati
gazetasining 2017 yil 4 avgustda 32 (4431)-sonida chop etilgan.
2. Safarov O. O‘zbek bolalar folklori.T:O‘qituvchi 1985yil.
3. D.Rajabov va T.Rajabov “Xalq qo‘shig‘i va musiqa ijrochiligi”
Toshkent “Navro‘z” nashriyoti 2018 yil.
4. Ражабов, Т. И. (2020). Педагогические возможности использования
детских фольклорных песен в духовно-нравственном воспитании младших
школьников. Вестник науки и образования, (5-2 (83)), 34-37.
5. Раджабов, Т. И. (2019). Описание вековых ценностей в песне”
тутовое дерево-балх” и его место в воспитании учащейся молодежи. In
Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-
культурные технологии: векторы развития (pp. 70-71).
6. Ражабов, Д. З., & Ражабов, Т. И. (2018). Формирование и развитие
узбекской народной лирики. In Международная образовательная
деятельность как фактор развития и сотрудничества высших учебных
заведений в современном поликультурном мире (pp. 207-212).
7. Ражабов, Т. И. (2023). Совершенствование Механизма Духовно-
Нравственного Формирования Учащихся Через Узбекские Народные Песни.
Miasto Przyszłości, 33, 167-176.
8. Ражабов, Т. И. (2021). Ўкувчи-ёшларга ўзбек миллий мусиқа
фольклори намуналари воситасида эстетик тарбия бериш. Science and
Education, 2(11), 1094-1103.
9. Тўхтасин, Р. И. (2022). ЎЗБЕК ХАЛҚ ҚЎШИҚЛАРИ ВА
ИЖРОЛАРИ ҲАҚИДА. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary
Studies (CARJIS), (Special issue), 64-71.
10. Rajabov, T. I. The Mechanism of Teaching Uzbek Musical
11. Ражабов, Т. (2023). O ‘zbek bolalar musiqiy o ‘yin folklorining
mavzuviy tasnifi. Общество и инновации, 4(5/S), 340-345.
12. Ражабов, Т. И. (2022). Совершенствование Механизма
Духовно-Нравственного Формирования Учащихся Через Народные Музыки
И Песни. Miasto Przyszłości, 29, 363-367.
13. Rajabov, T. I. (2023). Distinctive Features of Folk Songs that Serve
in the Spiritual and Moral Formation of Bukhara Pupils. Pioneer: Journal of
Advanced Research and Scientific Progress, 2(3), 59-68.
14. Rajabov, T. I. (2022). The role of bukhara folklore songs in youth
education in the system of continuous education.
15. Rajabov, T. I. The Mechanism of Teaching Uzbek Musical
16. Rajabov, T. I. (2023). Distinctive Features of Folk Songs that Serve
in the Spiritual and Moral Formation of Bukhara Pupils. Pioneer: Journal of
Advanced Research and Scientific Progress, 2(3), 59-68.
17. Madrimov, B. K., & Rajabov, T. I. (2022). Uzbek Ceremonial
Folklore and its Characteristics. Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering
Science, 1(4), 53-56.
18. Rajabov, T. (2022). UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA O ‘ZBEK
MUSIQA FOLKLORINI O ‘RGATISH DOLZARAB PEDAGOGIK MUAMMO
SIFATIDA. IJODKOR O’QITUVCHI, 2(21), 21-31.
19. Ibodovich, T. R. (2022). PRACTICAL SITUATION OF
TEACHING UZBEK MUSICAL FOLKLORE IN THE CONTINUOUS
EDUCATION SYSTEM. International Journal of Early Childhood Special
Education, 14(6).
20. Ibodovich, R. T. (2021). EDUCATIONAL IMPORTANCE OF
CHILDREN’S FOLKLORE SONGS IN MUSIC CULTURE CLASSES.
Thematics Journal of Arts and Culture, 5(1).
21. 21.Ibodovich, R. T. (2020). Аesthetic education of students through
national values (on the example of bukhara children’s folklore). European Journal
of Research and Reflection in
22. Urinov, Sh K. "THE MAIN CRITERIA OF CULTURAL
CENTERS IN THE FORMATION OF CREATIVE ABILITY." Multidisciplinary
Journal of Science and Technology 3.5 (2023): 52-59.
23. KO‘rinov, Sh, and G. Bozorboyeva. "MADANIYAT SOHASIDA
PABLIK RILEYSHNZ (JAMOATCHILIK BILAN ALOQALAR) VA
REKLAMA." TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN 1.4 (2023)
217-224.
24. O’rinov, SH K., and E. Sultonmurodova. "MENEJERNING
MADANIYAT SOHASIDAGI KASBIY MALAKASI, USLUBLARI VA
REJALASHTIRISH." TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN 1.4
(2023): 225-230.
25. KO‘rinov, Sh. "LOYIHA MENEJMENTINING ASOSIY
TAMOYILLARI." TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN 1.4
(2023): 136-143.
26. Ne'matullayeva, Sh. "MADANIYAT MARKAZLARINING
PROFESSIONAL JAMOALAR BILAN HAMKORLIKNI TASHKIL ETISH
MASALALARI." Педагогика и психология в современном мире:
теоретические и практические исследования 2.3 (2023): 25-29.
27. KO‘rinov, Sh, and S. Sadullayeva. "MUZEYSHUNOSLIK
ISTIQBOLLARI." IJODKOR O'QITUVCHI 3.26 (2023): 97-101.
28. Orinov, Sh K., and S. Rozimurodova. "Maqom Sanʼatiga Eʼtibor
Milliy Sanʼatimizga Eʼtibor." " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM. 2023.
29. O‘rinov, Sh K., and G. Halimova. "HAVASKORLIK BADIIY
JAMOALARI TUSHUNCHASI VA FUNKSIONAL
VAZIFASI." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 2. 2023.
30. KOrinov, Sh, and M. Ismoilova. "BOSHQARUV KONSEPSIYASI
VA ASOSIY TUSHUNCHALAR." PEDAGOGS jurnali 26.2 (2023): 62-64.
31. KOrinov, Sh, and M. Hasanova. "BOSHQARUV MADANIYATI
TARKIBI FUNKSIYALARI MEZONLARI-MADANIYAT MARKAZLARI
MISOLIDA." PEDAGOGS jurnali 26.2 (2023): 65-66.
32. KOrinov, Sh, and M. Habibullayeva. "ART MENEJER–
MARKETING FAOLIYATINING ASOSIY YO'NALISHLARI
SIFATIDA." PEDAGOGS jurnali 26.2 (2023): 59-61.
33. KOrinov, Sh, and N. Jahongirova. "O'ZBEKISTONDA TEATR
FAOLIYATIDA MARKETINGNING RIVOJLANISHI." PEDAGOGS
jurnali 26.1 (2023): 161-162.
34. KOrinov, Sh, and M. Raupova. "BOZOR IQTISODIYOTI
SHAROITIDA MUZEYLARNING RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI." PEDAGOGS jurnali 26.1 (2023): 116-118.
35. KOrinov, Sh. "NOANANAVIY MAYDON TOMOSHA
DRAMATURGIYASIDA INVERSIYA USLUBI, KOMPOZITSION BIRLIK
ASOSI." PEDAGOGS jurnali 26.1 (2023): 113-115.
36. O‘rinov, Sh K., and G. A. Nurilloyeva. "TASVIRIY SAN’AT
MARKETINGINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI." INTERNATIONAL
CONFERENCES. Vol. 1. No. 1. 2023.
37. O'rinov, Sh K., and X. Abduraxmonova. "MADANIYAT VA
SAN’AT SOHASIDAGI BOSHQARUVNING O ‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI." PEDAGOG 6.1 (2023): 226-231.
38. Orinov, Sh K., and S. Boboqulova. "MADANIYAT VA SAN'AT
BOSHQARUVINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI." ta'lim va
rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali (2022): 78-82.
39. Orinov, Sh K., and N. Sadriddinova. "MADANIYAT
MARKAZLARIGA AHOLINI JALB ETISH OMILLARI." TA'LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI (2022): 123-129.
40. Orinov, Sh K., and E. Sultonmurodova. "XALQ OGʻZAKI
IJODINING TARIXIY TARAQQIYOTI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN ILMIY JURNALI (2022): 166-172.
41. Orinov, Sh K., and M. Rahmatova. "MADANIYAT VA SAN’AT
MUASSASALARINI BOSHQARISHDA IJRO INTIZOMINI TATBIQ ETISH
MASALALARI." TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY
JURNALI (2022): 130-135.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.