ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

XALQARO HAMJAMIYATDA BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING AHAMIYATI

초록

Mazkur maqolada Xalqaro hamjamiyatda bola huquqlarini himoya qilish masalalari hamda xalqaro tashkilotlarning shu yo‘nalishdagi  faoliyatlari to‘g‘risida yoritib oʻtilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 92 ⊰⊰--

AHAMIYATI

Hamroyev Shuhrat Sharofovich

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va

mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini

oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi

katta o‘qituvchisi

Annotatsiya: Mazkur maqolada Xalqaro hamjamiyatda bola huquqlarini himoya qilish masalalari hamda xalqaro tashkilotlarning shu yo‘nalishdagi faoliyatlari to‘g‘risida yoritib oʻtilgan.

Kalit soʻzlar: Bola huquqlari, BMT, YUNISEF, Konvensiya, Deklaratsiya, Bola huquqlarini himoya qilish, Xalqaro tashkilotlar, qonunlar.

Abstract: This article explores the issues of protecting children's rights within the international community and highlights the activities of international organizations in this direction.

Keywords: Children's rights, UN, UNICEF, Convention, Declaration, Protection of children's rights, International organizations, Laws.

Yer yuzida 1919 yilda bola huquqlarini himoya qilish borasida jahonning turli mamlakatlarida turli tashkilotlarning vujudga kelishidan boshlanadi. AQShning Baltimor shahrida istiqomat qilgan 8 yoshli Mari Elen Uilson ismli qizaloqning onasi tomonidan muntazam kaltaklanishini ko‘rgan hayvonlarni qiynoqqa solishga qarshi kurashish jamiyatining mahalliy bo‘limi a’zolari unga yordamga kelib, qizini xo‘rlagani uchun onasini sudga beradilar.

Ana shu voqea bola huquqlarini himoya qilish borasida qo‘yilgan ilk qadamlardan biri edi. 1919 yil 19 may kuni Londonda Djebb Eglantin va uning singlisi Doroti Bakston tomonidan "Bolalarni qutqaring" tashkiloti tuziladi. Mazkur tashkilot keyinchalik Bolalar xavfsizligi jamg‘armasining vujudga kelishiga turtki bo‘ladi. Natijada jahonda Bola huquqlariga oid bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilina boshlandi. Jumladan 1924 yilgi “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Jeneva deklaratsiyasi, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon” deklaratsiyasi, 1959 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi deklaratsiyasi, 1973 yil 26 iyunda “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi konvensiyasi, 1989 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasi, 1999 yil 17 iyunda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi konvensiyalari shular jumlasidandir.

BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasida 18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti – bola hisoblanishi, bola uchun ishtirokchi davlatlar o‘z yurisdiksiyasi doirasida bo‘lgan har bir bola uchun ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘i va tug‘ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki biror bir boshqa holatlardan qat’iy nazar, hurmat qilishi belgilab qo‘yilgan.

Faqat bolalar muammolari bilan shug‘ullanadigan tashkilot - bu BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) hisoblanadi. YUNISEF BMT Bosh Assambleyasining 1946 yil 11 dekabrda qabul qilingan 57(1)-Rezolyusiyasi asosida tashkil etilgan. Ushbu rezolyusiyada urushdan keyingi Yevropada bolalarga yordam ko‘rsatish maqsadida Jamg‘arma tashkil qilinishi belgilangan.

Jahonning eng rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarida bolalarning huquqlari turlicha ko‘rinishda bo‘ladi. Xususan Roman-german huquqida bolalarni huquqini himoya qilish davlat

--⊱⊱ 93 ⊰⊰-- siyosati darajasida bo‘ladi. Anglo-saks huquqida bolalarni ko‘proq ijtimoiy jihatdan himoya qilish ko‘zda tutilgan.

Sharq xalqlarida hindu-xitoy huquqida bolalarni huquqini himoya qilishda umummilliy va umumetnik jihatlar olib qaraladi. Chunki sharq xalqlarida bolalarni e’zozlash, qadrlash va ularning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi, hamda buning ildizi uzoq tarixga borib taqaladi.

Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiya inson huquqlari tarixidagi eng muhim hujjatlardan biridir. Bugun bolani himoya qilish va ularning huquqlari to'liq amalga oshirilishini ta’minlash mamlakatlar hukumatlarining majburiyatlariga aylandi. Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiya bunga to'liq asos bo'la oladi.

Ma`lumki, Bola huquqlari bo'yicha xalqaro Konventsiya yaratish g'oyasi 1959 yil Bola huquqlari haqidagi Deklaratsiya qabul qilingandan so'ng paydo bo'lgandi. Biroq uni tayyorlash jarayoni ko'p vaqtni talab qildi.

1989 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiyani qabul qildi.Ushbu sanadan eъtiboran, bola huquqlari dunyoning qaysi mintaqasida buzilmasin, uni himoya qilish borasida xalqaro imkoniyat vujudga keldi. Konventsiya bola huquqlarini himoya qilishning kafolatlari mus¬tahkamlangan birinchi xalqaro huquqiy hujjat 1989 yilda imzolangan Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiya O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin ratifikatsiya qilgan eng birinchi xalqaro-huquqiy hujjatlardan hisoblanadi. 1992 yilda mazkur Konventsiyaga qo'shilib, O'zbekiston bola huquq va erkinliklarini ta’minlash bo'yicha bir qancha xalqaro-huquqiy majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi. Bundan tashqari, Konventsiya qoidalariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining bola huquqlari bo'yicha Qo'mitasiga Konventsiyaning bajarilishi to'g'risida doimiy ravishda hisobotlar ham taqdim etib turadi.

Mazkur Konventsiya bola hayoti bilan bog'liq 54-moddani o'z ichiga olgan. Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo'shilgan har bir mamlakat o'z milliy qonunchiligini uning qoidalariga muvofiq qayta ko'rib chiqishlari lozim. Ilgari bola haqida g'amxo'rlik u himoyaga muhtoj bo'lgan taqdirdagina amalga oshirilar edi. Konventsiya qabul qilinishi munosabati bilan mutlaqo yangi kontseptsiya belgilandi. Unda ta`kidlanishicha, g'amxo'rlik va himoya bu — muruvvat masalasi emas, balki huquqdir. Konventsiya kuchga kirishi bilan, u bolalar uchun asosiy ijtimoiy va huquqiy mezonlar, tartib va qoidalar qat’iy belgilangan majmuaga aylandi.

Konventsiyaning ikkinchi qismida, uni ratifikatsiya qilgan davlatlar unga qatъiy rioya etish ustidan nazorat tizimi va uning mazmuni haqidagi ma`lumot tartibi belgilab qo'yilgan. Bola huquqlari bo'yicha juda keng vakolatga ega bo'lgan BMT Qo'mitasini ta’sis etish haqida yo'riq berilgan.

Konventsiyaning uchinchi qismida uning talablari davlatlar tomonidan qabul qilinishi va rioya etilishining huquqiy jihatlari belgilab qo'yilgan. Ushbu Konventsiyani AQSh va Somali davlatlaridan tashqari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari imzoladi.

O'zbekiston ham o'z davlat mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng, oradan ikki yil o'tgach, mazkur Konventsiyaga qo'shilish istagini ma`lum qildi va bugungi kunda bola huquqlarini himoya qilish borasida dunyo e`tirofiga sazovor bo'ldi. Shunday qilib, Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya xalqaro hamjamiyatga bola huquqlari borasida voqelikka aylangan, avval mavjud bo'lmagan huquqiy mexanizmni taklif qildi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida “Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi,

--⊱⊱ 94 ⊰⊰-- sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi” deb belgilab qo‘yilgan.

Mustaqillik yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo'naltirilgan davlat xarajatlari 5 barobar ko'paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Xususan, “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O'zbeksiston bolalar salomatligi mustahkamlash borasidagi katta g'amxo'rlik ko'rsatayotgan eng ilg'or etakchi o'n mamlakat qatoridan joy oldi.

O'zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda BMT ning Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyasini ratifikatsiya qilishi bola huquqlariga oid davlat siyosatining shakllanishi uchun zamin yaratdi va ushbu siyosat bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bog'liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun samarali mexanizimni yaratishga qaratilgan davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan faoliyatida namoyon bo'lmoqda.

Shu bois, bola huquqlarini ta`minlash va himoya qilish uchun zarur bo'lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlar yaratish O'zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, jamiyatda inson huquqlarini himoya qilish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog‘likdir. Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim asoslardan biridir.

Yuksak huquqiy ong va madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim etukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko‘maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi omildir.

Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati 1. Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya. BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi

44/25-qarori bilan qabul qilingan. Nyu-York, 1989 yil 20 noyabr. 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.— T.: “O‘zbekiston”, 2023. 3. Valiyeva F.R. The importance of educational content in preparation of competative personnels//

2nd International Conference BRIDGE TO SCIENCE: RESEARCH WORKS San Francisco, USA

February 28, 2018 4. Abdullayeva N.Sh. Pedagogical Conditions for the Development of Artistic Perception in

Children of the Fifth Year of Life in the Process of Familiarization with Works of Fine Art//

International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print): 2643-9840,

Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323 5. Abdullayeva N.Sh. The role of modeling in the development of coherent speech of senior

preschoolers// International journal of multidisciplinary research and analysis ISSN(print):

2643-9840, ISSN(online): 2643-9875 Volume 03 Issue 12 December 2020 DOI:

10.47191/ijmra/v3-i12-09, Impact Factor: 5.522 Page No.- 321-323

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.