XITOY IQTISODIY MO‘JIZASI: TARAQQIYOT SABABLARI
Murodkulova Dilnoza Mahmud qizi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro
iqtisodiy munosabatlar” fakulteti 1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Xitoy iqtisodiyotining rivojlanish strategiyalari tahlil qilinadi. Xitoy so‘nggi 50 yil ichida tez sur’atlarda o‘sib, global iqtisodiyotda yetakchi o‘rin egalladi. Tadqiqotda islohotlar, eksportga yo‘naltirilgan strategiyalar va JSTga a’zo bo‘lishning iqtisodiy o‘sishga ta’siri o‘rganiladi. SWOT tahlili asosida Xitoy iqtisodiyotining kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlari baholanadi. Maqolada, shuningdek, Xitoyning kelajakdagi iqtisodiy istiqbollari ham muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar: Xitoy iqtisodiyoti, islohotlar, global bozor, SWOT tahlili, JST, eksport strategiyasi
КИТАЙСКОЕ ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ЧУДО: ПРИЧИНЫ РАЗВИТИЯ
Муродкулова Дильноза Махмуд кызы
Студент 1 курса факультета «Мировая экономика и международные
экономические отношения» Университета мировой экономики и дипломатии
Аннотация: В данной статье анализируются стратегии развития экономики Китая. За последние 50 лет Китай значительно вырос и занял лидирующую позицию в мировой экономике. Исследование охватывает реформы, экспортноориентированные стратегии и влияние членства в ВТО на экономический рост. На основе SWOT-анализа оцениваются сильные и слабые стороны, возможности и угрозы китайской экономики. Также рассматриваются будущие перспективы развития Китая.
Ключевые слова: Экономика Китая, реформы, глобальный рынок, SWOTанализ, ВТО, экспортная стратегия
THE CHINESE ECONOMIC MIRACLE: REASONS FOR DEVELOPMENT
Murodkulova Dilnoza Makhmud kizi
1st year student of the faculty of "World Economy and International Economic
Relations" of the University of World Economy and Diplomacy
Abstract: This article analyzes the development strategies of China’s economy. Over the last 50 years, China has rapidly grown and taken a leading role in the global economy. The research examines reforms, export-oriented strategies, and the impact of WTO membership on economic growth. A SWOT analysis evaluates the strengths, weaknesses, opportunities, and threats of China's economy. The article also discusses China’s future economic prospects.
Keywords: Chinese economy, reforms, global market, SWOT analysis, WTO, export strategy
Xitoy dunyodagi eng yirik ishlab chiqarish markazlaridan biridir va eksport hajmi bo’yicha ham eng yuqori o’rinlarda turadi. Shubhasiz, hozirgi vaqtda Xitoy jahon iqtisodiyotida eng katta rol o’ynaydigan davlatlardan biridir, ammo yarim asr oldin Xitoyning iqtisodiyoti havas qilarli holatda emas edi. Xitoy juda katta tezlikda rivojlandi va XXI asrning boshlarida iqtisodiyot bo’yicha yetakchi davlatlarga qo’shildi. 1978 yilda Xitoy o'z iqtisodiyotini isloh qilishni boshlaganidan beri yalpi ichki mahsulotning o'sishi yiliga o'rtacha 9 foizdan oshdi va yalpi ichki mahsuloti 2023-yilda 17.79 trillion dollarni tashkil etadi. Bunday rivojlanishning sababi ko’plarni qiziqtirdi, buning asosiy sabablari maqolada ko’rib o’tiladi.
Xitoy iqtisodiyotining bu darajada rivojlanib ketganligining sabablari borasida ko’plab olimlar tadqiqot olib borganlar. Iqtisodiyot rivojlanishining asosiy sabablari sifatida Deng Syaopinning to’liq rejalashtirilgan iqtisodiyotdan sotsialistik bozor iqtisodiyotiga o’tishga oid tashabuslari, Xitoyning strategik rejalashtirish tizimi, arzon ishchi kuchini misol qilib keltirish mumkin.
1978 yilda Deng Syaoping Xitoyning sotsialistik bozor iqtisodiyotiga o’tishi va ochiq iqtisodiyotni qurishi iqtisodiy rivojlanish uchun asos bo’ldi. Bunda iqtisodiyotda hukumat nazorati kamaydi, xususiy sektorlarning o’rni oshdi. Xitoy xalqaro savdoni hamda to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalarini rag’batlantirdi. Ushbu tashabbuslar Xitoy aholisining aksariyatining turmush darajasini oshirishga xizmat qildi (Xitoy iqtisodiy mo’jizasining yetti siri, 2015).
Xitoyning kapital va resurslarni barcha hududlarga teng taminlamasdan, aynan sanoat yaxshi rivojlangan hududlarni ko’proq resurslar bilan ta’minlashga asoslangan iqtisodiy strategiyasi uning rivojlanish sabablaridan biridir. Chunki, resurslardan noto’g’ri maqsadda foydalanishning oldi olinadi (Юйшань Ван, И. В. Новикова, 2022).
Xitoyning rivojlanish modeli Osiyoning Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan kabi davlatlarining modellariga o’xshashdir. Bu modelning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: korxonalar uchun ishchi kuchi, eksportga asoslangan iqtisod, iqtisodiyotda quvvatlashi. Bularning bari Osiyo iqtisodiy rivojlanish modelini tashkil qiladi. (Максимова Елена Ивановна, 2016).
Xitoyning rivojlanishida JST ning o’rnini ham ko’zdan qochirmaslik lozim. Xitoy JSTga a'zo bo’lganidan beri jahon zavodi rolini o’z zimmasiga olib, eksport hajmini barqaror oshirib bordi. Masalan, 2001-yilda JSTga a’zo bo’lganidan so’ng 20 yil ichida tashqi savdo hajmini 9 barobar oshirdi (Nuritdinov J. T. va Abdullayev A. A, 2023). Demografik holati
2024-yil holati bo’yicha Xitoyning aholisi 1.4 milliardni tashkil etadi. Aholi
sonining ko’pligi arzon ishchi kuchi bo’lib xizmat qiladi. Ammo “Bir oila – bir bola”
siyosati tufayli Xitoyda hozirda qariyalar sonining o’sishi kuzatilmoqda.
4 ta mamlakat miqyosida 60 yoshdan katta aholi foizi
Manba: UN population division BBC
2000-yilda 60 yoshdan katta qariyalar 10 % bo’lgan, ammo 2025-2030-yillarga borib bu ko’rsatkich 30 % dan oshishi kutilmoqda. Resurslar va Ekologik muammolar
Xitoy neft va tabiiy gazning yirik importchisidir, shu kabi resurslarnning narxi o’zgarishi esa uning iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ko’p miqdordagi sanoat korxonalaring ishlashi mamlakat havosi va atrof muhitning ifloslanishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyot
Xitoy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Buning yaqqol misoli sifatida: Xitoy sun’iy intellekt, 5G texnologiyasi yoki elektr mashinalarini ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Xalqaro hamkorlik
“Bir makon- bir yo’l” loyihasi - Buyuk ipak yo’li konsepsiyasiga asoslangan Osiyo, Yevropa mamlakatlarida orasida iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tuzilgan. Bu loyiha Xitoy uchun yangi ish o’rinlari yaratilishi, savdo hajmi osishi kabi foydali jihatlari mavjud. Xitoy iqtisodiyotining SWOT tahlili quyida keltirilgan:
Kuchli tomonlari
• Yuqori ishlab chiqarish
quvvati – Xitoy dunyoning
eng yirik ishlab chiqarish
markazlaridan biridir
• Arzon ishchi kuchi
• Eksportga asoslangan
iqtisod
• Texnologik innovatsiyalar
Kuchsiz tomonlari
• Demografik muammolar
• Xitoyda ishlab
chiqarishning katta hajmi
tufayli atrof – muhitga
bo’lgan salbiy ta’sirlari
Imkoniyatlar
• Yashil iqtisodiyot –
barqaror rivojlanishga
o’tish yangi texnologiya va
investitsiyalarni jalb qiladi
• Bir makon - bir yo’l
tashabbusi Xitoy uchun
yangi bozorlarni ochadi va
xalqaro hamkorlikni
mustahkamlaydi
Tahdidlar
• Xorijiy investitsiyalarning
davlat sarmoyalaridan
ko’pligi
• Tez o’zgaruvchan bozor va
narx raqobati
• Gaz, neft kabi resurslarni
import qilishga muhtojlik
Xitoy oxirgi 50 yil davomida jadal rivojlanib dunyoning yetakchi davlatlaridan biriga aylandi. Bu muvaffaqiyatning asosiy omillari sifatida islohotlarga asoslangan strategik rejalashtirish, sotsialistik bozor iqtisodiyotiga o‘tish, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish modeli va xalqaro bozordagi faol ishtirokni ko‘rsatish mumkin. Biroq keljakdagi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun mamlakat hududidagi demografik va ekologik muammolarni hal qilish talab etiladi. Xitoyda yana bir rivojlanayotgan sohalardan biri raqamli iqtisodiyotdir. Shu barcha omillar birlashib Xitoyning iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha beradi. Foydalanilgan adabiyotlar
1. Nuritdinov Jalolxon Tursunboy o‘g‘li and Abdullayev Axrorjon Axadjon o‘g‘li
(2023). O‘ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZO
BO‘LISH UCHUN UZOQ YO‘LI VA XITOY TAJRIBASI. QO‘QON
UNIVERSITETI XABARNOMASI, 6, pp.43–47.
2. Obshchaya Gazeta. (2014). Семь секретов китайского экономического чуда.
[online] Available at:
3. Pettinger, T. (2022). Problems and strengths of the Chinese economy. [online]
Economics Help. Available at:
of-the-chinese-economy/
4. World Bank (2024). The World Bank In China. [online] World Bank. Available at:
5. www.robert-schuman.eu. (n.d.). China’s Strengths and Weaknesses. [online]
Available at: https://www.robert-schuman.eu/en/european-issues/235-china-s-
strengths-and-weaknesses.
6. Максимова Елена Ивановна (2016). Экономика Китая: перспективы мены
модели экономического роста. Восточная аналитика, [online] (4). Available
at: https://cyberleninka.ru/article/n/ekonomika-kitaya-perspektivy-meny-modeli-
ekonomicheskogo-rosta
7. Юйшань Ван, И. В. Новикова (2022). Стратегическое планирование
экономического развития Китая. [online] Available at:
razvitiya-kitaya/viewer
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.