XX asr II yarimida Afgonistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi
O’roqova Dilnoza Ilhom qizi
Qarshi Davlat Universiteti Tarix fakultet 1-bosqich talabasi
dilnozaoroqava722@gmail.com
Tel: +998938388482
Annotatsiya. Ushbu maqolani negizi shundan iboratki 1945-1995 yillardagi Afgʻoniston davlatining hayot tarzi. Afgʻonistondagi xilma-xil partiyalar va ularning oqibatlari hamda Afgʻonistonning urush davridagi holatlari maqolada yoritib oʻtilgan.
Kalit so'zlar: Afg'oniston, «Vatan», «Sovuq urush», AQSH, AXDP, Kobul, «mujohidlar», Pushtuniston, BMT, «Parcham», «Tolibon», «Hezb-e Vahdat», ALJ, «Xalq».
Абстрактный. В основу данной статьи положен образ жизни государства Афганистан в 1945-1995 гг. В статье освещаются различные партии в Афганистане и их последствия, а также положение Афганистана во время войны.
Ключевые слова: Афганистан, «Родина», «Холодная война», США, ДПА, Кабул, «Моджахеды», Паштунистан, ООН, «Парчам», «Талибан», «Хизб-е Вахдат», ALJ, «нация».
Abstract. The basis of this article is the way of life of the state of Afghanistan in 1945-1995. Various Parties in Afghanistan and their consequences and the situation of Afghanistan during the war are covered in the article.
Key words: Afghanistan, "Motherland", "Cold War", USA, ADP, Kabul, "Mujahideen", Pashtunistan, UN, "Parcham", "Taliban", "Hezb-e Wahdat", ALJ, "Nation".
Ikkinchi Jahon urushi Afg'onistonning iqtisodiy holatiga salbiy ta'sir qildi. Garchi, Afg'oniston urushga tortilmagan bo'lsada, mamlakatning Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan o'rnatilgan savdo munosabatlariga putur yetdi hamda mamlakat daromadi keskin kamayib ketdi. Afg'onistonga muhim iste'mol tovarlari olib kirilishining keskin cheklanishi natijasida mamlakatda narx-navo bir necha barobarga oshdi va urushning boshi (1939-yil)dan to urushning oxiri (1945-yil)gacha narx-navo yetti barobarga qimmatlashdi.
Afg'on mahsulotlari eksportining cheklanishi bilan bir qatorda chet el mahsulotlari importining kamayishi bojxona va boshqa tushumlarning ham qisqarishiga olib keldi. Mamlakatdagi moliyaviy nochorlik milliy pul birligi afg'oniyning qadrsizlanishini yuzaga keltirdi va urushning dastlabki yillarida inflyatsiya yillik o'rtacha 20% ni tashkil etib turgan bo'lsa, urush oxirida uning miqdori yillik 300%gacha ko'tarilib ketdi. 1944-1945-yillarda Afg'onistonda ichki siyosiy vaziyat birmuncha keskinlashdi. Bir tomondan hukumatning soliq siyosatidan norozi bo'lgan ba'zi pushtun qabilalari qurolli qoʻzgʻolon ko'tarishgan bo'lsa, ikkinchi tomondan hukumat ba'zi isyonchi qabilalarni qurolsizlantirishga intildi hamda barcha qabilalar uchun umumiy harbiy majburiyat qat'iy belgilab qo'yildi. Bunday holat erksevar afg'on qabilalari noroziligiga sabab bo'ldi. 1945-yil mayida Paktiya viloyatida istiqomat qiluvchi mangal qabilasi, iyun oyida esa Sharqiy hududlarda yashovchi afg'on qabilalari qo'zg'oloni ro'y berdi. Hukumat mazkur qo'zg'olonlarni bostirish uchun keskin chora-tadbirlar ko'rishga majbur bo'ldi va o'sha yilning noyabriga kelib bu qoʻzgʻolonar bostirildi.[1-119] Urush yillarida Afg'oniston faqat Buyuk Britaniya bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni olib bora oldi, xolos. Ikkinchi Jahon urushi nihoyasiga yetgach, Afg'oniston ham ichki siyosatda, ham tashqi siyosatda bir qator jiddiy muammolarga to'qnash keldi.
1946-yilda ichki siyosatda afg'on xalqi ustida juda ham qattiq nazorat yuritib kelgan M.Hoshimxon (podshoh M.Zohirshohning amakisi) boshchiligidagi hukumat Shoh Mahmud (M.Zohirshohning boshqa bir amakisi) yetakchiligidagi hukumat bilan almashgan bo'lsa ham afg'on qabilalari orasidagi norozilik kayfiyati hamon ustun bo'lib turar, mamlakat iqtisodiyoti va xo'jaligi zudlik bilan hal etilishi lozim bo'lgan bir qator muammolarga to'qnash kelgan edi. Mamlakatda hukumat almashinuvi bilan ijtimoiysiyosiy hayotda ham birmuncha oʻzgarishlar ro'y berdi. Jumladan, bir qator ommaviy va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning paydo bo'lishiga hamda faoliyat yuritishiga sharoit yuzaga keldi.[2-175] Ushbu davrda Afg'onistonda vujudga kelgan yana bir ijtimoiysiyosiy harakat sifatida «Vatan» tashkilotini ko'rsatib o'tish mumkin. 1951-yilda tashkil etilgan ushbu tashkilot o'z oldiga nisbatan keng ko'lamdagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni hal etish yo'lida kurashishni qo'ygan edi. «Vatan» tashkiloti saflarida turli qatlam vakillari bor edi. Jumladan, mashhur afg'on tarixchisi Mir G'ulom Muhammad G'o'bor tashkilot rahbari va g'oyaviy yetakchisi bo'lgan. Davlat xizmatchisi Mir Muhammad Siddiq Farhang, ziyoli Ahmad Ali Koʻhzod, Kobul universiteti o'qituvchisi Farux Ettemodiy, shoir Sarvar Jo'yo, yozuvchilar Ali Ahmad Naimiy va Abduhalim Atefiy kabilar tashkilot a'zolari edi.[3-206] «Sovuq urush» davrida Afg'oniston Sovet Ittifoqi hamda AQSH manfaatlari doirasidagi hududlarni ajratib turuvchi davlat sifatidagi roli ham Sovet Ittifoqi ham AQSH manfaatlariga to'liq mos kelardi. Shunga qaramasdan, dunyoning ikki yetakchi davlatlari Afg'onistonni o'z nazoratlarida ushlashga, afg'on zaminida harbiy jihatdan hozir boʻlish (presence)ni" kuchaytirishga, Afg'onistonni iqtisodiy qaram qilishga intilib keldilar.[4-8]
1964-yilning 1-oktabrida podshoh Muhammad Zohirshohning tasdiqlashi bilan zamonaviy davlatlar andozasi asosida ishlab chiqilgan hamda toʻla ma'noda demokratik xarakterdagi yangi Konstitutsiya kuchga kirdi. Afg'onistonning demokratiya yo`lidagi rivojlanishiga yo'l ochib bergan 1964-yilgi Konstitutsiya bir qator olimlar va mutaxassislar tomonidan «islom olamidagi eng maqbul Konstitutsiyalardan biri» sifatida talqin qilinadi”. Chunki, aynan ushbu Konstitutsiyada g'arbga xos demokratik qadriyatlar va tamoyillarning afg'on jamiyatiga xos an'anaviy siyosiy tizim bilan uygʻunlashuvi o'z aksini topgan edi. Shuning uchun ham ushbu Konstitutsiya amalda boʻlgan o'n yillik muddat (1963-1973) manbalarda «Yangi davr», «Demokratiya o'n yilligi» (Decade of Democracy) deb ataladi.[5-34]
AXDP yetakchilarining rasmiy Moskva bilan aloqalari ham alohida e'tiborga loyiqdir. G'arb manbalarida berilgan ma'lumotlarga koʻra, AXDP kommunistik partiyaga xos qarashlarni oʻzida mujassam etganligi hamda maqsad va vazifalari ham mushtarakligi bois butkul Sovet Ittifoqi nazoratida bo'lib kelgan».[6-244]
1973-yil 17-iyulida Afg'onistonda ichki siyosiy keskinlik kuchayishi oqibatida mamlakat sobiq bosh vaziri Muhammad Dovud rahbarligida armiya ofitserlari tomonidan amalga oshirilgan harbiy to'ntarish mamlakatda monarxiyaga barham berib, Afg'onistonni Respublika deb e'lon qilinishiga olib keldi». Mazkur davlat to'ntarishi vaqtida podshoh Muhammad Zohirshoh Italiyaga davolanishga ketgan edi. Davlat to'tarishi haqidagi xabarni eshitgach, Muhammad Zohirshoh taxtdan voz kechganligini e'lon qildi va Italiyada qolib o'z mamlakatiga qaytmaslikka qaror qildi.
Davlat to'ntarishi amalga oshirilgan kuniyoq Muhammad Dovud mamlakat radiosi orqali chiqish qildi va monarxiya tuzumi mamlakatdagi har qanday islohotlar hamda oʻzgarishlarga to'g'anoq boʻlib turganligini, endilikda haqiqiy islohotlarni amalga oshirish vaqti yetganligini ma'lum qildi. 1973-yilning 23-avgustida Muhammad Dovud «Xalqqa murojaat» nomi bilan mashhur bo'lgan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga oid o'z harakat dasturini e'lon qildi. Ilgarigi tuzumni keskin tanqid qilgan davlat rahbari afg'on xalqi irodasiga muvofiq holda jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan isloh qilishni ilgari surdi.[7-128]
1973-yil oxirida Afg'onistonda Oliy Iqtisodiy Kengash tuzildi va ushbu tuzilma mamlakat sanoati va qishloq xo'jaligi tarmoqlari faoliyatini rejalashtirish hamda o'zaro muvofiqlashtirish bilan shug'ullanishi ma'lum qilindi. 1973-1977-yillarga mo'ljallangan besh yillik dastur o'rniga, yangi keng qamrovli va 1976-1982-yillarga moʻljallangan yetti yillik dastur qabul qilindi. Mazkur yetti yillik dasturga muvofiq mamlakatda asosan energetika, tog'-kon sanoati, transport sohalariga oid 200 dan ortiq yirik loyihalar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan edi.
1974-yildan boshlab Muhammad Dovud o'z hokimiyatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga kirishdi va hukumatda yangi shakldagi Konstitutsiyani ishlab chiqish bo'yicha komissiya ish olib bordi va 1977-yilda 13 bob, 136 moddadan iborat Afg'onistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mazkur Konstitutsiyaga muvofiq, mamlakat parlamentining huquq va vakolatlari keskin qisqartirildi hamda ijro hokimiyatining huquq va vakolatlari koʻpaytirildi. Shuningdek, Konstitutsiyada davlat rahbari sifatida prezidentga ham keng huquq va vakolatlar berilgan edi. Mazkur Konstitutsiyaning 1964-yilgi Asosiy Qonundan bunday farq qilishiga sabab sifatida ilgarigi parlament va hukumat faoliyatida kuzatilgan nomuvofiqliklarning yana takrorlanishiga yo'l qo'ymaslikni ta'kidlab o'tish mumkin.[8]
1975-yil Muhammad Dovud Eronga rasmiy tashrif bilan keldi. Eron shohi Rizoshoh afg'on davlatiga 300 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratishini ma'lum qildi. Shuningdek, 1975-yilda rasmiy Tehron va Kobul o'rtasida transafg'on temir yo'lini qurish maqsadida Eron tomonidan Afg'onistonga 1,5 mlrd. AQSH dollari qiymatida investitsiya kiritish to'g'risida bitim imzolandi. Lekin Eronning bunday yirik loyihalarini amalga oshirilishiga Eronga chet davlatlardan kelib tushadigan valuta hajmining qisqarib ketishi hamda 1978-1979-yillar davomida ikki davlatda yuz bergan siyosiy o'zgarishlar to'sqinlik qildi.
Muhammad Dovudning Pokiston bilan munosabatlari yaxshi kechmadi. Shu davrdan boshlab Pokiston o'z tashqi siyosatida Afg'oniston muhim omil ekanligi va uning keyingi taraqqiyoti ushbu mamlakat orqali amalga oshiradigan maqsadlariga bevosita bog'liq ekanligi namoyon bo'la boshladi. Pokiston hukumati Afg'onistonda hokimiyatni Muhammad Dovud tomonidan qo'lga kiritilishini rasman tan olgan bo'lsada, Dovud rejimini «musulmonlarga qarshi» va hatto «Pokistonga qarshi» deya hisobladi. Shu bilan bir qatorda, Pokiston tomoni Muhammad Dovudni bosh vazir bo'lgan davridagidek yana Pushtuniston masalasini ko'tarishidan xavotirda edi. Chin ma'nodagi pushtun millatchisi hisoblangan Muhammad Dovud Pokiston hududida istiqomat qilib kelayotgan pushtun millatiga mansub aholi manfaatlarining himoyachisi sifatida maydonga chiqdi.[9-130]
1978-yil may oyidan boshlab «mujohidlar» din uchun kurashuvchilar, islom himoyachilari mavjud kommunistik rejimga qarshi kurashni boshladilar. 1978-yilning yozi o'rtalaridan boshlab afg'on viloyatlaridan biri Nuristonda markaziy hukumatga qarshi birinchi qurolli qo'zg'olon alanga oldi va ushbu harakat shu yil- ning oktabriga kelib shafqatsiz ravishda bostirildi. Biroq, Nuristondagi xalq harakati butunlay to'xtab qolmadi, 1979-yil bahoridan yangi kuch bilan qayta boshlangan ushbu xalq harakati natijasida qo'zg'olonchilar tomonidan «Ozod Nuriston» tuzilganligi e'lon qilindi. 1979- yilning mart oyida Hirotda boshlangan xalq qo'zg'olonidan so'ng, norozilik harakatlari shu yilning aprel-may oylarida Bagʻlon, Uruzgon, Faroh, Bodg'is, G'ur va Lugar kabi viloyatlariga ham tarqaldi.[10-9]
1980-yil 7-yanvarda BMT Xavfsizlik Kengashi Sovet qo'shinlarining Afg'onistonga kiritilishini qattiq qoralab chiqdi va Sovet hukumatidan o'z qoʻshinlarini Afg'onistondan tezda olib chiqib ketish lozimligi to'g'risida rezolyutsiya qabul qildi hamda Sovet Ittifoqini agressor davlat deb e'lon qildi.[11-157] O'sha yil 14-yanvarda BMT Bosh Assambleyasi hech bir shartlarsiz zudlik bilan chet davlat qo'shinlarini Afg'onistondan olib chiqib ketilishiga chaqiruvchi qaror qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyaning qabul qilinishini yoqlab 104 ta davlat ovoz bergan bo'lsa, 18 ta sotsialistik blokka kiruvchi davlatlar bunga qarshi chiqdi hamda Sovet qo'shinlarining Afg'onistonga kiritilishini qo'llab-quvvatladi.[12-156]
1990-yil mart voqealari Afg'oniston siyosiy sahnasida hamon yakdillik yo'qligini, xususan AXDP saflarida bo'linish yaqqol namoyon bo'lib turganligini koʻrsatib berdi. Bu AXDPning «Xalq» oqimi hukumatga qarshi radikal kayfiyatda ekanligining, mamlakat rahbari va AXDPning «Parcham» oqimi yetakchisi Muhammad Najibullo esa AXDP saflaridagi kelishmovchiliklarni hal etishda faqat «Parcham» oqimiga tayanganligi va undan foydalanmoqchi bo'lganligining natijasidir.
1990-yilda Kobulda AXDP o'rniga «Vatan» partiyasi tuzildi. Bu partiya o'zining yangi siyosiy dasturini e'lon qilib, keng ommaviy ishlarni boshlab yubordi. «Vatan» partiyasi mamlakatda demokratik islohotlar o'tkazishni, xalq istagidan kelib chiqib qonunlar yaratish, sotsializmdan islom foydasi uchun voz kechish kabi g'oyalarni ilgari sura boshladi.
Partiya rahbarlari hatto, Sovet-afg'on do'stlik shartnomasini ham tan olmadilar. Ular Moskva bilan aloqalarini butunlay uzish, mamlakatning chet davlatlar aralashuvisiz mutlaq mustaqilligini ta'minlash va ijtimoiy-siyosiy hayotni islom xarakteriga moslab o'zgartirishni talab qila boshladilar. Partiya tarafdorlari kommunizm afg'on jamiyati uchun o'ta xavfli ekanligini uqtirib, AXDPning siyosiy faoliyati ko'pdan-ko'p salbiy oqibatlarga olib kelganligini bildirdilar. Afg'on xalqining muayyan qismi bu partiyani qo'llab-quvvatladi. O'z navbatida Najibullo ham mazkur siyosiy partiya harakatiga ijobiy munosabat bildirib, uning siyosiy faoliyatiga to'sqinlik qilmadi.[13-21]
1991-yil 16-aprel kuni Najibullo muvaqqat hukumatga hokimiyatni topshirdi va shu yilning 28-aprel kuni Afg'onistonni qutqarish milliy fronti yetakchisi S.Mujaddadiy boshchiligidagi Peshavarda shakilangan mujohidlarning muvaqqat Kengashi vakillari Kobulga yetib keldilar. Ushbu Kengash mamlakat qonuniy huku- mati funksiyalarini o'z zimmasiga oldi, mamlakat parlamenti tarqatib yuborildi, shariatga mos kelmaydigan barcha qonunlar bekor qilindi hamda davlat boshqaruvida islom qonun-qoidalari asos qilib olindi. Mamlakat yangi rasmiy nom bilan Afg'oniston Islom Davlati deb atala boshlandi va uni darhol Pokiston, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar tan oldilar.
Mujohidlar hokimiyatni qoʻlga kiritgach, «Afg'onistonni qutqarish milliy fronti» yetakchisi S.Mujaddadiy ikki oy muddatga davlat rahbari lavozimini egalladi. Undan so'ng hokimiyat «Afg'oniston islom jamiyati» yetakchisi B.Rabboniy qo'liga o'tdi va u to'rt oy muddat davomida hokimiyatda boʻlishi, undan so'ng mujohidlarning vakolatli shaxslardan iborat Kengashi ikki yil muddatga davlat prezidentini saylashi lozim edi.
1992-yil dekabr oyi so'nggida Xalq vakillari vakolatli kengashi delegatlarining ovoz berish yakunlariga ko'ra, etnik kelib chiqishi tojik millatiga mansub boʻlgan, Afg'oniston Islom Jamiyati (ALJ) yetakchisi Burhoniddin Rabboniy Afg'oniston Islom Davlati prezidenti etib saylandi.[14-81,87]
1993-yilning boshida Afg'onistonda turli siyosiy-harbiy guruhlar tomonidan hokimiyat talashish bahonasida yangidan-yangi kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Bunday kelishmovchiliklarga barham berish maqsadida Saudiya Arabistoni qiroli Fahd 1993-yilning yanvarida tinchlikka erishish chaqirig'i bilan chiqdi. Natijada 1993- yilning fevralida Afg'onistonda hokimiyat talashayotgan turli siyosiy-harbiy guruhlar Saudiya Arabistoni, Pokiston va Eron shafeligida mojaroga barham berishga qaratilgan Islomobod kelishuvini imzoladilar. Mazkur kelishuv imzolangach, barcha ishtirokchilar Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar Makkaga safar uyushtirib, «Muqaddas Ka'ba»ni tavof qildilar va Islomobod kelishuviga qat'iy amal qilishga qasamyod qildilar.
Islomobod kelishuviga binoan B.Rabboniy mamlakat prezidenti sifatida faoliyat yuritishi, G.Hikmatyor esa bosh vazir lavozimini egallashi lozim bo'lsa ham, G.Hikmatyor hukumatda Ahmadshoh Mas'udning mudofaa vaziri sifatida faoliyat yuritishiga butkul qarshi chiqdi va yana mamlakatda harbiy to'qnashuvlar davom etaverdi hamda ichki siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi.
1993-yilda G.Hikmatyor, A.Do'stum, S.Mujaddadiy va «Afg'oniston islomiy birlik partiyasi»ning A.A.Mazoriy yetakchiligidagi bir bo'g'inidan iborat kuchlar «Afg'oniston Islom inqilobining muvofiqlashtiruvchi Kengashi»ga birlashdi va B.Rabboniy hukumatiga qarshi harakat yurita boshladi. Bu jarayonda 40 ming nafar ko'ngilli askarlarga ega bo'lgan general A.Do'stum va G.Hikmatyor birlashdilar hamda prezident B.Rabboniyni hokimiyatni bosib olganlikda ayblab, uni ag'darishga urindilar. Bunday salbiy holat Afg'onistondagi boshqa siyosiy partiyalar va janubda kuch to'playotgan «Tolibon» harakatining bosh ko'tarishi uchun zamin yaratib berdi va afg'onlar o'rtasidagi nizoni yangi bosqichga olib chiqdi.[15]
1994-yilda «Tolibon» harakati siyosiy rahbariyati afg'on jamiyatining an'anaviy elitasi tarkibiga kirmaydigan yetakchilardan iborat edi. Jumladan, siyosiy rahbar mulla Muhammad Umar Oxunzoda ilgari mujohidlarning dala qo'mondonlaridan biri hisoblangan Nabi Muhammadiy yetakchiligidagi qarshilik harakatining oddiy a'zosi bo'lgan bo'lsa, harakat asoschilaridan yana biri Abdurahmon Sovet qo'shini afg'on zaminiga kirib kelganda Pokistondan panoh topgan qochoqlardan biri edi. Bundan tashqari, «Tolibon» rahbarlari orasida maxfiy politsiya departamentining sobiq amaldori Muhammad Akbar, general Muhammad Jiloniylar bor edi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, afg'on jamiyatida turli sabablarga ko'ra barqaror aloqalarga ega bo'lmagan kishilardan tuzilgan «Tolibon» harakati Pokistonning qo'llab-quvvatlashi bilan Afg'onistonda tartib o'rnatish, uning parchalanishini bartaraf qilish va Markaziy Osiyo mintaqasiga transport yo'lagini ochish vazifasini bajara olishi lozim edi. Bunda Pokiston tashqi siyosatining mintaqada yetakchilikni qo'lga kiritish hisoblangan asosiy maqsadlariga sodiq bo'lib qolishi rasmiy Islomobod uchun muhim edi.[16-215]
Shuningdek, aynan shu davrda Turkmaniston hududidan Pokistonga qadar qariyb 1500 km ga cho'ziluvchi «transafg'on gaz quvuri»ni yotqizish rejasi ham yuzaga chiqdi. Bunday yirik loyihaning amalga oshirilishida Saudiya Arabistonining «Delta Oyl» neft kompaniyasi va AQSHning «Unocal» (United Oil of California) kompaniyasi asosiy ishtirokchilar ekanligi «Tolibon» harakatini mazkur gaz quvuri oʻtadigan shimoliy-g'arbiy hududlarni imkon boricha tezroq oʻz nazoratiga olishga undar edi.
1995-yilga kelib toliblar Hirot shahrini bosib oldilar va Afg'onistonning Turkmaniston bilan chegarasiga chiqdilar. Shunday qilib, 1995-yildayoq Pokistondan Markaziy Osiyo mintaqasiga transport yoʻlagini ochishdan iborat geosiyosiy vazifaning birinchi bosqichi bajarildi.
1995-yilga kelib toliblar Afg'oniston markazi va shimolida nisbatan qattiq qarshilikka duch keldilar. Bunda toliblar etnik jihatdan oʻzbek millatiga mansub jangchilarni birlashtirgan general Abdurashid Do'stum boshchiligidagi «Jumbushe Melliye Eslomiye Afgʻoneston» (Afg'oniston milliy islomiy harakati), etnik tojiklarning Burhoniddin Rabboniy va Ahmad Shoh Mas'ud bosh- chiligidagi «Afg'oniston Islom Jamiyati» va hazoriy shialarining Muhammad Xaliliy rahbarligidagi «Hezb-e Vahdat» (Afg'oniston Islom birligi partiyasi) kabi siyosiy tashkilotlar qarshiligiga uchrab, Afg'oniston ichkarisiga kirib borishni vaqtincha to'xtatdi.[17-120]
1997-yil iyunida A.Mas'ud, A.Do'stum va A.Xaliliy yetakchiligidagi kuchlar ishtirokida toliblarga qarshi «Afg'onistonni qutqarish boʻyicha birlashgan islomiy ittifoq» (Jabha-ye Muttahide Eslomi baroye Nejote Afg'oncston) yoki ilmiy manbalarda «Shimoliy Alyans» deb ataluvchi ittifoq tuzildi. Biroq, ushbu ittifoq ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro ishonchning yo'qligi bois, ular umumiy dushmanga qarshi o'z harakatlarini birlashtira olmadilar va natijada 1998-yil oxiriga kelib A.Do'stum qo'l ostidagi shimoliy hududlar, A.Xaliliy nazoratidagi hazoriylar istiqomat qiladigan Bomiyon hududi toliblar qo'liga o'tdi. Shunday qilib, shimolga yurish oldidan «Tolibon» kuchlari mamlakatning 75% hududini nazorat qilib turgan boʻlsa, shimoliy hududlar zabt etilgach Afg'onistonning 90% hududi ularning qo'l ostiga o'tdi.[18-123]
XULOSA
Xulosa shundaki Afg'oniston boshqa bir davlat koloniyasiga aylanishdan o'zini himoya qila olgan sanoqli mamlakatlardan biridir. Tog'li hududlar, an'analarga sodiqlik va ularni himoya qilish – mamlakat mustaqilligini ta'minlagan bo'lsada, ayni paytda uning taraqqiy etishiga to'sqinlik ham qildi. Shu bilan birga, Afg'onistonning geopolitik joylashuvi – Janubiy va Markaziy Osiyo o'rtasida ko'prik ekani qo'shni davlatlar va jahon liderlari uchun uni muhim hududga aylantirardi. Uzoq yillar davomida mamlakat ustida siyosiy va harbiy kurashlar davom etdi.
Adabiyotlar
1 A.M.MANNONOV N.A.ABDULLAYEV R.R.RASHIDOV, AFG'ONISTON
TARIXI, o'quv qo'llanma. -T.: «Barkamol fayz media», 2018, 119-bet, ISBN 978- 9943-5517-5-6.
2 Ghobar, Mir Gholam Mohammad. Afghanistan in the Course of History. Volume II. – Alexandria (USA): Hashmat K. Gobar, 2001, 175-page.
3 Ghobar, Mir Gholam Mohammad. Afghanistan in the Course of History. Volume II. – Alexandria (USA): Hashmat K. Gobar, 2001, 206-page.
4 Сафоев С.С. Марказий Осиёнинг геосиёсати. Тошкент: Патент, Пpecc, 2005, 8- стр.
5 Rashidov R. Afg'onistonda davlatchilik masalasi: tarix va hozirgi zamon. Monografiya. -T.: Navro'z, 2017, 34-bet.
6 Poullada Leon. The Failure of American Diplomacy in Afghanistan / World Affairs. Winter 1982-1983, 244-bet.
7 Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History of Afghanistan. – New York: Facts On File, 2007, 128-page.
8 The Constitution of Republic Afghanistan. Year 1977 / The Europe Year Book. A World Survey. – London, 1978.
9 Wahab, Sh.& Youngerman, B. A Brief History of Afghanistan. – New York: Facts On File, 2007, 130-page.
10 The Soviet-Afghan War. How a Superpower Fought and Lost. The Russian General Staff (Translated and edited byLester W. Grau and Michael A. Cress), Lawrence (Kansas): University Press of Kansas, 2002, 9-page.
11 Umarzai, G. Nights in Kabul: Action Behind the Curtain during the Last Two Decades in Afghanistan// Area Study Centre (Central Asia).- Peshavar: University of Peshavar, 2004, 157-page.
12 Misdaq, N. Afghanistan: Political Frailty and External Interference. –London and New York: Routledge. 2006, 156-page.
13 Anthony, A. The Ephemeral Elite. TheFailure of Socialist Afghanistan. Political Parties and Restructuring Order in Socialist Afghanistan. New York, 1988, 21- page.
14 Микориз А. Ҳакойек ва таҳлил-е вакайо-и сиёси-йе Афғонестон (1973- 1999). Аз сукут-е салтанат то зухур ва ижроот-е Толибон. (Афгонистон сиёсий воқеалари ҳақиқатлари ва таҳлили (1973-1999). Салтанатнинг ағдарилишидан толибларнинг келгунига қадар). – Пешовар: Майванд, 1378 (1999), 81-87-стр.
15 Rubin, B. The Fragmentation of Afghanistan: State Formation and Collanse in the International System – London Yale University Press 2002.
16 Rashid, A. Jihad the Rise of Militant Islam in Central Asia. London: Penguin books, 2003, 215-page.
17 Шухрат Эргашев, ЭРК ИСТАР КЎНГИЛ, ТОШКЕНТ -
«O'ZBEKISTON» - 2017, 120-bet.
18 Runion, M.L. The History of Afghanistan. – London: Greenwood Press, 2007, 123-page.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.