ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

YANGI O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA TA'LIM TASHKILOTLARINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI TAKOMILLASHTIRISH

초록

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda raqamli transformatsiyalash  sharoitida davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash va Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi boshqaruv kadrlarida  IT- sohasidagi zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishning  barqaror strategik vazifalari  haqida fikr yuritilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

--⊱⊱ 17 ⊰⊰--

TAKOMILLASHTIRISH

Muxamedov Sherzod Nurmuxammedovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

rahbarining taʻlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari

boʻlinmasi loyiha koordinatori

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda raqamli transformatsiyalash sharoitida davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash va Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi boshqaruv kadrlarida IT- sohasidagi zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishning barqaror strategik vazifalari haqida fikr yuritilgan.

Kalit soʻzlar: Raqamli transformatsiya, boshqaruv kadrlari,boshqaruvni avtomatlashtirish, ITsohasidagi zamonaviy ko‘nikmalar (AI, Big Data, IoT, Blockchain, Cloud computing), maqsadli va manzilli o‘qitish, axborot-didaktik.

Аннотaция: В данной стате рассматриваются устойчивые стратегические задачи обеспечения ускоренного цифрового развития системы государственного управления в условиях цифровой трансформatsiи Нового Узбекистана и формирования современных ИТнавыков у управленческих кадров в системе дошколного и школного образования.

Ключевые слова: Цифровая трансформatsiя, управленческий персонал, автоматизatsiя управления, современные ИТ-навыки (AI, Big Data, IoT, Blockchain, облачные вычисления), целевое и адресное обучение, информatsiя и дидактика.

Abstract: This article examines sustainable strategic objectives for ensuring accelerated digital development of the public administration system in the context of the digital transformation of New Uzbekistan and the development of modern IT skills among management personnel in the preschool and school education system.

Keywords: Digital transformation, management personnel, management automation, modern IT skills (AI, Big Data, IoT, Blockchain, cloud computing), targeted and targeted training, information and didactics.

Xalqaro iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tganligi, jahon ta’lim tizimidagi islohotlar hamda mehnat bozoridagi zamonaviy talablarning oshishi va raqobatning paydo bo‘lishi natijasida raqamli texnologiyalarning jamiyat taraqqiyotida o‘rni va ahamiyati oshib borishi har bir davlatning ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarining ortishiga olib keldi. Mamlakatimizda texnologik jarayonlarning jadallashuvi, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyotga о‘tish bilan bog‘liq bо‘lgan holatlar yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tub о‘zgarishlarni yuzaga keltirmoqda. Bu esa о‘z navbatida, globallashuv va integrallashuv sharoitida barcha sohalarda kuchli raqobat muhitini shakllantirib, ta’lim natijalari (Learning outcomes)ga asoslangan zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga joriy etishni taqoza etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 noyabrdagi F-68-sonli “Davlat boshqaruvini raqamli tranformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy choratadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bosqichlarini maqbullashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarga ortiqcha majburiyatlar yuklatilishining oldini olish, davlat

--⊱⊱ 18 ⊰⊰-- tashkilotlari, aholi va biznes o‘rtasida raqamli muloqotni to‘laqonli yo‘lga qo‘yish va bu boradagi islohotlar samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan quyidagi vazifalar belgilangan:

-2026 yil 1 yanvardan boshlab davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan “Byurokratiyani bartaraf etish -2030” dasturini ishga tushirish;

-davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash;

-tadbirkorlikni rag‘batlantirish, xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlikni oshirish;

-raqamli va davlat boshqaruvi sohalarida mamlakatimizning ijobiy imijini shakllantirish; -ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik xavfini kamaytirish. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079 sonli farmonida ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari va raqamli texnologiyalarni o‘qitish markazlari negizida davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’ul rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etish, axborot texnologiyalari sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borish, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish. Ushbu belgilangan vazifalarni amalga oshirishda Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi boshqaruv kadrlarida IT- sohasidagi zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishda quyidagi didaktik jarayonlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: Jumladan:

- Raqamli tranformatsiyalash sharoitida ta’lim tashkilotlarining boshqaruv kadrlarini maqsadli

va manzilli o‘qitishni zamonaviy axborot-didaktik nuqtai-nazaridan tadqiq qilish;

- Raqamli tranformatsiyalash sharoitida ta’lim tashkilotlarining boshqaruv kadrlarini

rivojlangan davlatlarning IT- sohasidagi zamonaviy ko‘nikmalarni (AI, Big Data, IoT,

Blockchain, Cloud computing) o‘rganish hamda ularni amaliyotiga joriy etish;

- Raqamli tranformatsiyalash sharoitida ta’lim tashkilotlarining boshqaruv kadrlarini IT-

sohasidagi zamonaviy ko‘nikmalarni (AI, Big Data, IoT, Blockchain, Cloud computing)

o‘rganishga maqsadli yo‘naltirishning ijtimoiy-iqtisodiy, zamonaviy pedagogik va amaliy

asoslari ishlab chiqish;

Xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va

g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy

salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni

shakllantirish, IT- sohasidagi zamonaviy ko‘nikmalarni (AI, Big Data, IoT, Blockchain, Cloud

computing) qo‘llagan holda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tamonlama tahlil qilib

borish tizimini yaratishdan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston —

2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PF-6079 sonli farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 28 noyabrdagi F-68-sonli “Davlat

boshqaruvini raqamli tranformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy

chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi.

3. Norenkov I.P., Zimin A.M. “Informatsionniye texnologii v obrazovanii. Uchebnoye

posobiye” M.: Izd. MGTU im. N.Baumana, 2002.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.