ResearcherUz LogoResearcherUz
모든 출판물로

Yer kadastri uchun ortofotoplanlarni tayyorlashda geodezik-kartografik ta’minotini takomillashtirish

초록

Mazkur monografiya yer kadastri tizimi uchun ortofotoplanlarni tayyorlash jarayonida geodezik-kartografik ta’minotni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ortofotoplanlarning yer resurslarini boshqarishdagi o‘rni, ularning aniqlik ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi geodezik va kartografik omillar hamda zamonaviy fazoviy texnologiyalarning imkoniyatlari kompleks ravishda tahlil qilingan. Ishda davlat geodezik tarmog‘i, GNSS o‘lchovlari, koordinata tizimlari transformatsiyasi, raqamli relyef modeli va ortorektifikatsiya jarayonining nazariy asoslari yoritilgan. Ortofotoplanlarni yaratishda geodezik asosning aniqligi, tayanch punktlar zichligi va kartografik proyeksiyani tanlashning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, ortofotoplanlarni yer kadastri ma’lumotlari bilan integratsiyalash, aniqlikni optimallashtirish hamda fazoviy ma’lumotlar bazasini shakllantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur monografiya yer tuzuvchilar, yer tuzish va yerdan foydalanish, geodeziya, kartografiya va kadastr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavr, magistr, ilmiytadqiqotchilar foydalanishlari uchun mo‘ljallangan.


전체 PDF 문서

관련 논문