ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

YONG’OQ O’SIMLIGINING TURLARI, ISTIQBOLLI NAVLARINI YARATISH.

초록

Dunyo mamlakatlarida yong’oqning istiqbolli nav va shakllarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari keng rivojlangan. Ushbu maqolada yong’oq o’simligini istiqbolli navlari, shakllarini yaratish bo’yicha va ularning tarkibi bo’yicha ma’lumotlar berilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

YARATISH.

G‘afforov Sherali Boltayevich

To’rayev Sanjar

Qobilov Sarvar

Sayfullayev Abbos

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Annotatsiya: Dunyo mamlakatlarida yong’oqning istiqbolli nav va shakllarini yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari keng rivojlangan. Ushbu maqolada yong’oq o’simligini istiqbolli navlari, shakllarini yaratish bo’yicha va ularning tarkibi bo’yicha ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:Yong’oq , kalloriya, modernizatsiya, istiqbolli nav, ekologik turizm, Juglans regia.

Xozirgi vaqtda axolining jadal so’ratlar bilan ko’payishi bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. SHunday muamolardan biri bu axolini to’yimli oziq-ovqat maxsulotlariga bo’lgan talabni qondirishdir. Bu muamoni bartaraf etish uchun esa mavjud yer maydonlaridan unumli foydalanish va yuqori to’yimliylik darajasiga ega bo’lgan o’simliklar maydonini ko’paytirish zarur [5].

Insonning hayot faoliyatida yong’oqning ahamiyati juda katta. Yong’oq mevasi boshqa mevalardan oziqaviy xususiyatlariga ko’ra yuqori kalloriyaligi bilan ajralib turadi. Yong’oq mag’zi kalloriyaliligi jihatidan mol go’shtidan 7 barobar ustun turadi. Yong’oq mag’zida temir, fosfor, mis, serotin moddalari, 58–77 % yog’, 12–25 % oqsil va 5–25 % uglevodlar mavjud. Uni iste’mol qilgan kishi quvvatini oshirib, asab tizimining faoliyatini me’yorlashtiradi. Yong’oq moyi qondagi xolesterinni kamaytirib, yurak-qon tomirlarida tiqinlar, buyrak va o’t pufagida tosh paydo bo’lishini bartaraf etadi. Yong’oqni mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitida tog’ va tog’ oldi hududlarida, daryo va soylar bo’ylarida, qir-adirliklaru tekisliklarda, aholi tomorqalarida ko’plab yetishtirish mumkin. Qolaversa, yong’oq daraxtlari 300–400 yilgacha yashab, hosil berishini inobatga olsak, uning hosilidan bir necha avlodlar bahramand bo’ladi. Daraxti–o’rmon melioratsiya ishlarida katta ahamiyatiga ega. Plantatsiyalari asosan tekisliklarda sug’oriladigan maydonlarda barpo etiladi. SHuningdek, yong’oqni yog’insochin miqdori 750–800 mm, dan kam bo’lmagan tog’li hududlarda lalmikor sharoitda ham yetishtirish mumkin.

O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasida “Qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish” bo’yicha bir qator tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilab berilgan [1; 25-28-b.].

Yuqoridagi maqsadlarga erishish uchun o’rmonchilarning oldiga bir qancha vazifalar qo’yilishi kerak.

Xususan, «O’rmon to’g’risida» gi (2018 yil 16 aprel) Qonun [2, 6]

Respublikamiz o’rmon resurslarining boy salohiyatidan to’la-to’kis va oqilona foydalanishni ta’minlash, o’rmon xo’jaligi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, o’rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga ilg’or ilmiy-texnika yutuqlarini joriy etish, o’rmon xo’jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni yanada faol jalb etish va ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida:

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 11 mayda qabul qilgan “O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” PQ-2966-son qarori sohaning moddiy-texnika bazasi jismonan va ma’nan eskirgani va yetarli darajada modernizatsiya qilinmayotgani, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlarini sohaga jalb qilish ishlarining sustligi, ushbu tarmoqda yuqori malakali mutaxassislar yetishmasligi, o’rmon qonunchiligidagi ayrim me’yorlarning amaliy ahamiyati va ularni amalga oshirish mexanizmi yo’qligi soha faoliyatini rivojlantirish, o’rmonlarni ko’paytirish, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan [3; 25-28-b.].

O’zbekiston Respublikasining O’rmon xo’jaligiga tegishli maydonlari 2018-yil dekabr oyi holatiga nisbatan 11 mln 500 ming gektarni tashkil qiladi [7].

Lalmi yerlardan foydalanishni rag’batlantirish va samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lgan yong’oq ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yong’oq plantatsiyalarini barpo qilish hamda yong’oq yetishtirish bo’yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida, Yong’oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyunь PQ3025-son qarori.

O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi, «Sag agro» va «Sam antep gilam» mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining: Yong’oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini Uyushma tarkibida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida yong’oqchilik ilmiy-tadqiqot markazi, yong’oq logistika markazi, «Sag agro mtp» MCHJ, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida hududiy «Yong’oq agro» MCHJ tashkil etish to’g’risidagi taklifiga rozilik berilsin. Hozirgi vaqtda qandolat sanoatining yong’oqqa bo’lgan ehtiyoji ortib bormoqda, ammo bizda yong’oq mevasi yetishtirish masalasi talab darajasida emas. SHu sababga ko’ra, yong’oqqa bo’lgan sanoat va aholi talablarini to’la qondirish uchun tog’li hududlarimizda sanoat asosida yangi yong’oqzorlar barpo qilishga imkoniyatlarimiz yetarli.

Bu oilaning vakillari daraxt o’simliklardir. Ularning tanasi baland bo’yli, sershox, keng shox-shabbali bo’ladi. Barglari yirik, toq patsimon murakkab tuzilgan bo’lib, ma’lum bezchalaridan hidli efir moyi chiqadi. Ular navbat bilan joylashadi, kuzda to’kiladi, yon bargchalari yo’q. Bular bir uyli, ayrim jinsli o’simlik, erkak gullari kuchala hosil qiladi. Kuchalalari barglar qo’ltig’ida vujudga keladi. Urg’ochi gullari shingilchalar shaklida bo’lib, sergbarg novdalar uchida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. Gulyon bargchalari bor. Gulqo’rg’oni oddiy bo’lib, gulyon bargcha bilan qo’shilib o’sib, meva po’stini hosil qiladi. Mevasi danakli soxta meva. Mag’zi burishgan, yirik urug’pallali. Urug’i endospermasiz. Yog’ochi qattiq, chiroyli bo’lganidan undan turli buyumlar ishlanadi. Ayrim turlarining mevasi, ya’ni yong’og’i iste’mol qilinadi.

Oilaning 8 turkumi va 50 ga yaqin turi bor. Ular shimoliy yarim sharning mo’’tadil iqlimli zonalarida tarqalgan. Yong’oqdoshlar oilasida keng tarqalga turkumlar yong’oq, gikori (kariya) va lapina (pterokariya) dir.

Yong’oq (Juglans) turkumi. Bu turkumning vakillari katta daraxt bo’lib, tanasi yo’g’on, shox-shabbasi yoyiq. Yon novdalari qirrali. Barglari yirik, toq patsimon bo’lib, spiralь shaklida joylashadi. Qo’ltiq kurtaklari 2-3 tadan qalin joylashadi. Barglari to’kilgach, o’rnida yuraksimon iz qoladi. Bir uyli, ayrim jinsli o’simlik. Barg yozish bilan bir vaqtda gullaydi, shamol vositasida changlanadi. Kuzda vujudga kelgan kuchalaning guldorpoyasi gullash vaqtida nihoyatda uzuyadi va kuchala pastga osilib qoladi. Urg’ochi guli siyrak shingilcha hosil qiladi va novdaning uchki qismida joylashadi. Urg’ochi va erkak gullari turli muddatda ochiladi. Bu hodisa odatda, dixogamiya deb ataladi.

Gulko’rg’onning tugunchasi va yon barglari o’zaro qo’shilib o’sishi natijasida tashqi yashil rangli et-po’st hosil bo’ladi. Mevasi kuzda yetiladi, ayrim turlarida yetilganida yorilib, yong’og’i po’stidan ajraladi. Yong’og’i ikki pallali, yog’ochlangan qobiqli, bir urug’li bo’lib, tarkibida moy va oqsil moddalar ko’p. Yong’oq daraxtlarining yog’ochi qattiq, chiroyli, mevasining mag’zi juda mazali bo’ladi.

Quyida ularning ayrimlari haqida to’xtalib o’tamiz.

Grek yong’og’i (Juglans regia L.) bo’yi 25-30 m ga, diametri 1-2 m ga yetadigan daraxt. SHox-shabbasi keng, sharsimon. SHox va novdalarining po’stlog’i silliq, oqish po’st tashlab turadi. Barglari toq patsimon, bo’yi 40 sm gacha yetadi, 7-9 ta bargchalari bor, uchidagisi eng yirik, tubidagisi ancha mayda bo’ladi. Barglari hidli efir moyi chiqarib turadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Barg yozish bilan bir vaqtda (aprel oyida) gullaydi. SHamol vositasida chetdan changlanadi. Mevasi bitta yoki bir nechtadan to’da bo’lib joylashadi. Ular sentyabr oyida yetiladi, qo’ng’ir-yashil, oval shaklda ustki seret po’sti mevasi yetilganda yoriladi. Undan yong’oq osonlik bilan ajraladi, yong’oqning qobig’i qalin, ustki tomoni cho’tir, och-g’isht rangda. Ayrim navlarining qobig’i yupqa bo’lib, ularni chaqish ancha oson, bunday navlar ayniqsa diqqatga sazovor. Mag’zi to’siqlar bilan qismlarga ajraladi. Uning tarkibida 60-70 % moy bor, S vitaminga nihoyatda boy. Mag’zi iste’mol qilinadi va texnikaviy xususiyatlari yuqori.

O’zbekistonda mahalliy xalq yong’oq deb ataydigan yong’oqmevali daraxtning nomi (Juglans regia orex gretskiy) bo’lib, u yong’oqdoshlar (Juglandaceae) oilasiga mansubdir. Yong’oq daraxti 20 m balandlikka va 1-1,5 m diametrga ega bo’lib, 100- 150 yilgacha o’sib hosil beradi. Sernam, unumdor tuproq sharoitlarida 300-400 yilgacha yashashi mumkin. Yong’oq 70 yoshigacha mo’l hosil beradi, ayrim tuplaridan 300-350 kg gacha hosil yig’ib olingan. O’rtacha 150-200 kg hosil beradi.

Mevasi – yolg’on danak, po’sti yog’ochsimon, qobiq va urug’i ikki pallali, mazali. O’zbekistonda yong’oq mevasi odatda sentyabrning oxiri-oktyabr boshlarida pishib yetiladi. Erkak gullari erta bahorda barg yozishdan oldin paydo bo’ladi va 15-25 kun rivojlanadi. Urg’ochi gullari ham erta bahorda hosil bo’ladi va changlanib rivojlanadi. Gullari sarg’ish- yashil rangli bo’ladi. Mevasi kuz oyida sentyabr oktyabrda yetiladi va suv hamda kushlar yordamida tarqaladi. Urug’lari yong’oqcha, ovalsimon, och-jigar rangda, uzunligi 3-5sm. gacha yetadi. 1000 dona urug’ og’irligi 6500-15000 gr., ni tashkil etadi.

Grek yong’oqlari O’rta Osiyoda - Kirg’iziston, Tojikiston, Kozog’iston O’zbekistonda va Kavkaz mamlakatlarida tarqalgan. O’rta Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida keng madaniylashtirilgan hamda ekib o’stiriladi. Janubiy o’lkalarda yaxshi o’sadi. Bulardan tashqari Ukraina, Yevropa mamlakatlari, SHimoliy Amerikagacha yong’oq turlari tarqalgan. U yaproqli va aralash o’rmonlarda boshka daraxtlar bilan birga o’sadi. U sovuqqa chidamli. Tuproqqa unchalik talabchan emas, baquvvat yengil tuproqlarda yaxshi o’sadi, qurg’oqchilikka chidamli, sernam tuproqlarda ham juda yaxshi o’sadi.

O’rmon melioratsiyasi ishlarida xam muxim o’rinni egallaydi. Tog’ o’rmon melioratsiya ishlarida terassali katorlarga ekish tavsiya kilinadi. Keng bargli o’rmonlar esa 2 kg organik moddalarni chiqarishadi. Masalan, efir moyli daraxtlar (yong’oq, tuya, biota, archa, va boshqalar) mikroblarni 67 % gacha kamaytiradilar. Bu o’simliklar oddiy mikroorgonizimlarni 3,5 - 5 daqiqalarda o’ldiradilar. SHuning uchun tog’ yon bag’irlariga ko’proq ekilsa, havodagi mikroblar kamayadi, kislorod, ozot ko’payadi.

Qora yong’oq - (Juglans nigra). O’rta Osiyoda-Kirg’iziston, Tojikiston, Kozog’iston va O’zbekistonda va Kavkaz mamlakatlariga introduksiya qilingan. O’zR FA Botanika bog’iga 1950 - yillardan boshlab introduksiya qilingan va hozirgacha o’sadi. U sovuqqa chidamli. Tuproqqa unchalik talabchan emas, qurg’oqchilikka chidamli.

Kaliforniya yong’og’i - (Juglans californica). Yong’oqdoshlar (Juglandaceae) oilasiga mansub ko’p yillik daraxt o’simligidir, vatani Amerikaning Kaliforniya shtati. Uning bo’yi vatanida 25 m bo’lgan daraxtdir. Tanasining rangi och-kulrangda, pastki qismi chiziq bo’lib yorilgan, shoxlari och yoki to’q yashil ranli bo’ladi.

Mevasi kuz oyida yetiladi. Mevasi mayda, po’stlog’i qalin. Urug’lari yong’oqcha, ovalsimon, qora rangda, og’irligi 3 - 12 gr. ni tashkil etadi.

Kaliforniya yong’oq O’zR FA Botanika bog’iga 1952 yillardan boshlab introduksiya qilingan va hozirgacha o’sadi. U sovukka chidamli. Tuproqqa unchalik talabchan emas, qurg’oqchilikka chidamli.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947-sonli farmoni O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. B. 25-28.

2. O’zbekiston Respublikasining “O’rmon to’g’risida” gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisning 2018 yil 16 apreldagi sessiyasi. – Toshkent, 2018.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. O’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasini tashkil yetish to’g’risida PQ-2966 qarori. O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 y., 20-con, 358- modda. B. 36-40

4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyunь PQ-3025-son qarori

5. Karimov I.A. asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada oshirish. Toshkent: O’zbekiston, 2010.

6. O’rmon to’g’risida” gi qonun. O’z. Res. Oliy majlisining xv-sessiyasi materiallari.

7. O’zbekiston o’rmonlari. Toshkent: Abu matbuot konsalt, 2009. - 5-13 bet.

8. Ablaev S.M., Yuldashov Ya.X. Madaniy o’rmonlar. – Toshkent, 2008.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.