ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

“Yosh xivaliklar” harakatining vujudga kelishi, uning maqsad va vazifalari.

초록

Mazkur maqolada “Yosh xivaliklar” harakatining vujudga kelishi va uning maqsad vazifalari, uning a’zolari hamda ularning faoliyati va undagi qiyinchiliklar, ushbu faoliyatning ommaviy axborotlarda yoritilishi, o’ng va so’l oqimning faoliyati haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

“Yosh xivaliklar” harakatining vujudga kelishi, uning maqsad va vazifalari.

Yo'ldashev Safoxon A'loxon o'g'li

Namangan davlat universiteti

Tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Annotatsiya: Mazkur maqolada “Yosh xivaliklar” harakatining vujudga kelishi va uning maqsad vazifalari, uning a’zolari hamda ularning faoliyati va undagi qiyinchiliklar, ushbu faoliyatning ommaviy axborotlarda yoritilishi, o’ng va so’l oqimning faoliyati haqida qisqacha to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar: A.S.Safranov, Bobooxun Salimov, ”, “Taraqqiy”,”Yulduz” ro`znomalari, so’l oqim, “Известия” gazetasi, “Tarjimon”, “Vaqt”, “Yulduz”, “Jamiyati hayriya”.

Xiva xonligida jadidchilik harakatining vujudga kelish shart sharoitlar xususida gapiganda, avvalo, 1905-1907-yillardagi birinchi rus burjua demokratik inqilobi, 1907- 1909-yillarda Eron va Turkiyada bo`lib o`tgan burjua inqiloblarning samarali tasirini aloxida takidlash lozim. Virinchi rus burjua-demokratik inqilobi mag`lubiyatidan keyin xiva xonligiga badarg`a qilingan N.A.Andreev, A.M.Kislikov, A.S.Safranov, L.S.Babrovskiy, B.E.Kroshilov va boshqa rus sotsial demokratlarning Xiva xonligidagi inqilobiy faoliyati ham xonlikda taraqqiyparvar- demokratik harakarlarning shakllanishida xonlikdan uzoq Rossiya va Turkistonga mavsumiy ishlarga ketib, ishlab qatygan kishilarning ham malum darajada xissalari bor. Xonlikda har yili o`rtacha 3000 yaqin kishi Turkistonning turli shaharlarda mavsumiy ishlarda ishlab ilg`or demokratik g`oyalarni o`zlari bilan olib kelayotgan edi.

Xiva xonligida jadidchilik harakatining shakllanishida turli sabablar bilan xonlikka kelib qolgan tatar millatiga mansub kishilarning ham malum darajada xizmatlari bor edi. Ular o`zlari bilan mahalliy aholiga tushunarli bo`lgan tatar tilida nashr qilingan oynoma va ro`znomalarni keltirib, fuqarolar o`rtasida tarqatayotgan edilar. Jumladan rossiyaning turli shaharlarda chiqayotgan “Vaqt”, “Ittifoq”, “Taraqqiy”,”Yulduz” ro`znomalari, “Din va Maishat” oynomasini, Istambulda turk tilida nashr qilingan “Vaqdat” ro`znomasini va qo`shimcha ko`pgina ijtimoiysiyosiy adabiyotlarni xonlik huududida tarqatib yerli aholini, xuxusan ziyolilarning siyosiy ongining uyg`onishiga ijobiy tasir ko`rsatadilar.

Xivada jadidchilik harakatining shakllanishida xonlikda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarning rivojlanishiga jiddiy to`siq bo`lib turgan feodal hamda patriarxal urug`chilik munosabatlarni tugatish, xonlikda mavjud boshqaruv usullarni o`zgartirish zarurligini tushunib yetgan savdo-sanoat qatlamlarning, ilg`or taraqqiy demokratik kayfiyatdagi ziyolilarning vujudga kelganligi ham katta ro`l o`ynadi.

Xonlik hududida asta sekinlik bilan bo`lsada kapitalistik taraqqiyot kurtaklarikatta kichik zavodlar, Rossiya savdo sanoat kompaniyalari, banklari bo`limlarning paydo bo`lishi, ularda ishlash uchun Rossiyadan ko`plab savodli kishilarning kela boshlashi, ularni mahalliy aholi bilan doimiy muloqati va unga tasiri ham Xiva xonligida Jadidchilik harakatining shakllanishida malum darajada ahamyat kasb etdi1.

Shu omillarning tasirida asrimiz boshlarida Turkiston o`lkasida bo`lganidek Xiva xonligiga ham mahalliy burjuaziyasining ilg`or vakillari, savdo sanoat doiralari, mayda burjuaziya va hunarmandlar orasida jadidchilik harakatining tarqalishi uchun zarur sharoit vujudga keldi.

XX asr boshlarida shakllangan Xiva jadidchilik harakati, asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning o`ng oqimi o`lkada rivoj topib kelayotgan savdo sanoat korxonalari egalarini hamda yirik boylarning vakillarini o`ziga bo`ysundirgan edi. Bu oqimga xonning bosh vaziri Islom Xo`ja boshchilik qilardi2. Islomxo`ja Xorazmda eng nufuzli bo`lgan Said Otoyi Xo`jalardan said Muhammadxo`ja mutavallining nabirasi bo`lib, 1872-yilda tu`gildi. Otasi Ibrohimxo`ja Feruzxonning tog`asi bo`lib, Xonqa hokimi bo`lgan, keyinchalik bosh vazir lavozimini egallagandi. Maktab va madrasa tahsilini olgan Islomxo`ja oldiniga xon saroyida zakotchi sifatida ishlaydi. 1889-yilda esa 17 yoshli Islomxo`jani Feruz Xivadan keyin ikkinchi o`rinda turuvchi Hazoraspdek muhim strategik, savdo shahriga hokim qilib yuboradi. Oradan vaqt o`tib, tajribaga ega bo`lgan Islomxo`ja 26 yoshida Feruzxonning bosh vaziri sifatida yana Xivada ish boshlaydi3. Jadidchilining o`ng oqimi o`z oldiga mamlakatdagi xon hokimyatini saqlab qolgan xolda, sotsial iqtisodiy isloxotlar o`tkazish orqali kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga keng yo`l ochib berishni maqsad qilib qo`ydi. 1 М.Матниѐзов.”Хоразм тарихи”. I жилд.Урганч.”Хоразм” 1996-йил. – Б.321 2 Полвонниѐз Хожи Юсупов. “Ёш Хиваликлар Тарихи”.Урганч.“Xоразм”.2000. – Б.5 3 Умид Бекмухаммад.“Хоразм тарихидан сахифалар”.1-китоб.Тошкент.“Янги аср авлоди”.2009-йил. – Б.107

Islomxo`ja xonlikda amalga oshirish kerak bo`lgan islohot dasturini ishlab chiqadi. Islohot dasturi 10 banddan iborat bo`lib, o`sha vaqt uchun taraqqiyparvarlik mezonlarga asosalangan edi. Isfandiyarxon dasturni ko`zdan kechirib, 10 bandni ham tasdiqlaydi:

1. Xonlikdagi barcha mansabdor shaxslar davlat tomonidan maosh bilan taminlanadilar. Oldingi qoida bo`yicha, soliqlardan tushadigan daromadlarning bir qismini maosh tariqasida xarajat qilish bekor qilinsin.

2. Dehqonlardan olinadigan yer solig`i, qazuv puli, yiliga begar qazuviga davlat hisobiga 12 kun tekin ishlab berish bekor qilinadi. Soliq to`lovchilarning toifasi qatiy belgilab qo`yiladi.

3. Zakot, boj va xiroj soliqlari qayta ko`rib chiqiladi, savdo-sotiq soliqlari muvofiqlashtiriladi.

4. Suvdan foydalanish tartibga solinadi. Suvdan foydalanish miroblar yordamida hukumat nazorati ostiga olinadi.

5. Bozor to`lovlari tartibga solinadi.

6. Yo`l qurulishi va ariqlardagi ko`priklarni yahshilashga kirishiladi.

7. Barcha shahar va noibliklarda bemorlarni davolash uchun zamonaviy kasalxonalar quriladi, aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish yahshilanadi.

8. Barcha turdagi vaqf yerlar qayta hisob qilinadi va ulardan tushgan daromadlar madaniyat va maorifni rivojlantirishga sarflanadi.

9. Barcha maktablarda o`qitish dasturiga, shuningdek, yangi usul maktablarda rus tili, jug`rofiya, tarix darslik sifatida kiritiladi.

10. Xon xazinasida hisob kitob qattiq nazorat qilinib, aloxida kirim chiqim daftarlari yurutiladi.

Ushbu islohotlarni o`tkazilishi xonlikda qattiq tartib intizom o`rnatish, davlat mulkini talon taroj qilmaslik, soliq to`lovchilarning uni o`zlashtirilishi, oldinlari soliq tufayli kelib chiqadigan isyonlarni oldini olishga sabab bo`lardi. Shu kabi islohotlar Xorazmga jadidlar orzu qilgan taraqqiy etgan davlatlarning ilmu-fan texnika yutuqlarini olib kirishga xizmat qilardi4.

Xiva jadidchilik harakatining so`l oqimi esa mayda burjuaziya, hunarmandlar va mehnatkashlarning turli tabaqa vakillarini birlashtirgan edi. Bobooxun Salimov so`l 4 Умид Бекмухаммад.“Хоразм тарихидан сахифалар”.1-китоб.Тошкент. “Янги аср авлоди”.2009. – Б. 109 oqimning rahbari edi5. Bobooxun Salimov (asl ismi Muhammad) 1874-yil Gurlan bekligida Shayxulislom (qozikalon) Salimoxun oilasida dunyoga keldi. Xiva shahrida Olloqulixon madrasasini tugallab, dunyoviy bilimlarni, shuningdek, arab, fors, rus va boshqa tillarni yaxshi bilgan, shoir sifatida sherlar yozgan. 1910-1918-yillarda otasi o`rniga Shayxulislom vazifasida ishlagan. Taraqqiylikparvarlik g`oyalarga moyilligi tufayli jadidchilik harakatining yirik namoyondasiga aylandi6. Bobooxun Salimov maslakdosh do`sti, tajribali muallim, Istanbulda talim olib kelgan Bekjon Raxmanov bilan hamkorlikda

“Alifbe”, “O`qish kitobi” darsligini yaratdi. Bobooxun Salimov oily diniy ulamoqozikalon bo`la turib, yangicha o`qitish uslubi, yangiliklarga hayrihohlik bilan qarab, ularni shariat aqidalaridan himoya qilgan bo`lsa, ikkinchi tomondan istiqlol va taraqqiyot uchun kurashuvchilar ishiga zimdan rahbarlik qilgan hamda Yosh Xivaliklar partiyasining tashkilotchilardan biri hisoblangan7.

Bobooxun Salimovga ergashgan Avaz O`tar o`g`li, Poyoz Xoji Yusupov, Otajon Safayev, Xudaybergan Devanov, Mulla Bekchan Rahmanov, Otajon Abdalov, Xusaynbek Matmuradov devonbegi o`g`li, Mulla Jumaniyoz Sultonmuradov va boshqa ko`pgina taraqqiyparvar kishilar jadidlar harakatining so`l oqimi azolari edilar.

Xiva jadidlar harakatining so`l oqimi avval boshdanoq, o`zlarining Turkistonlik fikrdoshlari qatori Xiva xonligida yangi uslubdagi jadid maktablari ochish orqali xalq ommasining siyosiy aktivligini o`stirishni o`z oldlariga maqsad qilib qo`ygan edilar. Progressiv kayfiyatdagi savdo sotiq doiralari jadidlar so`l oqimini quvvatlab, 1904-yili “Jamiyati xayriya”ni tuzdilar. Bu jamiyatning maqsadi jadidlarga yangi uslubdagi maktablar ochishda yordam uyushtirishdan iborat edi. “Jamiyati hayriya”ning moddiy yordami tufayli Xiva shahrida Qozondagi yangi usul “Muhammadiya” madrasasini bitkazgan Xusayn Qo`shaqov boshchiligida 1904-yil 10-noyabrda yangi uslubdagi jadid maktabi ochildi. Dastlab bu maktabda 12 ta, keyinroq esa 55 ta bola talim oldi. Shulardan 45 nafari o`zbek bolalari edi8. Xusayn Qo`shayev tashabbusi bilan 1906- 5 Полвонниѐз Хожи Юсупов. “Ёш Хиваликлар тарихи”.Урганч.“Xоразм”.2000. – Б 5 6 М.Матниѐзов.”Хоразм тарихи”. I жилд.Урганч.”Хоразм” 1996– Б.122 7 Отамурод Қушжонов, Неьматжон Полвонов. “Хоразмдаги ижтимоий-сиѐсий жараѐнлар ва ҳаракатлар” Тошкент.Abu Matbuot-Konsalt. MCHJ.2007-йил..279-280-бетлар. 8 Ж.Йолдошев, С.Хасанов.”Жадид тарихшунослиги асослари”.”Халқ талими” журналида. Тошкент. 1992йил. 11- 1907-o`quv yilida ilgo`r marifatparvar kishilar va oqsoqollar istak va yordamlari bilan Urganchda qizlar maktabi ochilgan. Feruz Urganchga borib, maktab ishi bilan tanishib, Xusayn Qo`shayevga sarupo kiygizgan, xazina hisobidan yordan ajratgan9.

Jadidlar yordamida 1906-1911-yillarda Xo`jayli, Qo`ng`irot, To`rtko`l, Gurlan va Shovotda ham yangi uslubdagi maktablar ochishga kirishildi. Bu maktablarda Xusayn Qo`shaqov bilan birgalikda Komila Qo`shaqova, Yusuf Ahmadov, Muhammad Sharif Xudayberganov va boshqalar o`qituvchilik qildilar. Xiva jadidlari yangi uslubdagi maktablar ochish bilan birga, ular uchun darsliklar yaratish borasida ham katta ishlar qildilar. Bobooxun Salimov maslakdosh do`sti Turkiyaning Istambul shahrida tahsil olayotgan Mulla Bekchon Rahmanov bilan hamkorlikda “Alifbe” va “O`qish kitobi” darsliklarni yaratdilar.10

Diniy va dunyoviy fanlarni qo`shib o`qitishga asoslangan yangi uslubdagi jadid maktablari hech mubolag`asiz aytish mumkunki, Xiva xonligida madanyat va maorif taraqqiyotiga ijobiy ahamyat kasb etib, aholi o`rtasida bilim tarqatish imkonini berdi; qisman bo`lsada xonlikda progressiv kayfiyatdagi kishilar ko`paydi, aholi siyosiy ongining o`sishida muhim ro`l o`ynadi.11

Polvonniyoz Xoji Yusupov (1861-1936-yy.) Xiva shahrida mayda savdagor oilasida tug`ilgan. U 10 yoshigacha ota-onasi qanoti ostida g`am-g`ussani bilmay bolalik chog`larini o`tkazgan. Keyin ota-onasi olamdan o`tgach, amakisi Yusufboy uni o`z tarbiyasiga olgan. Xivadagi ko`xna uslub maktabida o`qib, savod chiqargan. So`ngra tijorat ishlari bilan Moskva, Peterburg shaharlariga, Turkiya, Suriya, Misr mamlakatlariga safar qilgan. Bu davlatlarning ijtimoiy iqtisodiy hayoti bilan tanishib katta tasurotlar bilan Xivaga qaytib kelgan. U arab, fors va rus tillarida bemalol gapirisha olgan. Polvonniyoz Xoji Yusupov XIX asr oxirlarida Xivada paydo bo`lgan jadidchilik harakatining so`l oqimi Yosh xivaliklar harakatiga boshchilik qilgan12.

U Rossiya va Turkistonda chop qilingan “Tarjimon”, “Vaqt”, “Yulduz”, 9 Отамурод Қушжонов, Неьматжон Полвонов. “Хоразмдаги ижтимоий-сиѐсий жараѐнлар ва ҳаракатлар” Тошкент.Abu Matbuot-Konsalt. MCHJ.2007. – Б.273 10 Ж.Йолдошев, С.Хасанов.”Жадид тарихшунослиги асослари”.”Халқ талими” журналида. Тошкент. 1992йил. 11- 11 Н.Қаландаров.образование и деятелность Хорезмской комунистической партии. Ташкент; Узбекистон. 1975. с 23. 12 Матѐкуб Матниѐзов, Абдулла Сотлиқов.“Жаҳон тарихи ва маданиятида Хоразм”.Урганч”.Хоразм”.1999- йил. . – Б. 167

“Taraqqiyot” kabi ro`znoma va oynomalarni olib, o`z vaqtida o`qib borar edi. U Rossiyaga bir qancha marotaba borib, yirik sanoat, fan va madanyat markazlarda bo`ldi. Musulmonlarning muqaddas sajdagohi Makkada, shuningdek Turkiya, Suriya va Misr kabi mamlakatlarda bo`ldi. Bu davlatlarning siyosiy hayoti bilan yaqindan tanishib, juda katta tasurot bilan Xivaga qaytdi. Polvoniyoz Xoji Yusupovning bizga qo`lyozma xolida 323 varaqdan (645 betli matn) iborat qimmatli estalik meros bo`lib qolgan. Bu esdalik Xiva xonligining inqilob arafasidagi axvolini va inqilobiy harakat tarixini o`rganishda muhim manbadir.

“Yosh xivaliklar” siyosiy harakatining faoliyatini yo`lga qo`yishda Otajon Safayev, Bobojon Yoqubov, Hakimboy Jonmuhammedov, Muhammadyor Xoji Abdullayev, Xudaybergan Devanov, Otajon Xo`ja Niyazov, Rahmonbergan

Yoqubov, Muhiddin Umarov, Husaynbek Matmuradov, Mulla Jumaniyoz

Sultonmuradov, Nazir Sholikarovlar va boshqalarning xizmati katta bo`lgan.13

1918-yil iyul oyida Yosh xivaliklar o`z dasturlarni ishlab chiqdilar. Bunda ular o`zlarini Xiva inqilobiy partiyasi deb ataganlar. “Manifest” tarzidagi bu dasturni dastlab quyidagi punktlari bo`lgan.

1. Xon va uning hukumati tomonidan mamalaktdagi yakka boshqaruvni butunlay tugatish.

2. Xiva hududini Turkiston respublikasiga qo`shib, RSFSR tarkibiga kiritish.

3. Xiva xoni, to`ralar, beklar va vazirlarning boyligi, har xil ko`rinishdagi mol mulklari xalq boyligi deb elon qilish.

4. Yirik yer egalari mulklaridan kambag`allar hayotini yahshilashda foydalanish.

5. Shariat hukmi bilan vaqflarni barcha daromadini faqat xalq maorifi uchun sarflash.

6. Xivadagi yangi yerlarni o`zlashtirish uchun Amudaryodan ariqlar chiqarish.

7. Bolalarni bepul o`qitish uchun Xivada maktablar ochish.

8. Xivadagi shahar va qishloqlarda bepul davolovchi kasalxona va davolash muassasalarni ochish. 13 М.Матниѐзов.”Хоразм тарихи”. I жилд.Урганч.”Хоразм” 1996. . – Б . 224

9. Xiva xoni tomonidan kambag`al aholidan majburan tortib olingan yer va boshqa boyliklarni o`z egalarga qaytarish.

10. Asfandiyorxon hukmronligi davrida xazinaga tushgan xalq boyligining nimaga sarflanganligini aniqlashtirish.

11. Ko`priklar va aloqa yo`llarini yahshilashga kirishish.

12. Beklar tomonidan kambag`al aholidan majburan tortib olingan yer va mulklarni o`z egalarga qaytarish.

13. Majburan tekin mehnat (begor) ni butunlay tugatish.

14. Xon va uning hukumatini tugatish, xalq hokimyatini tuzish va yuqoridagi dasturni amalga oshirishga tezda kirishish, xalq hokimyatiga qarshi bo`lgan xon tarafdorlari, burjuaziya va aksilinqilobchilarga qarshi ayovsiz kurash olib borish.

Ushbu dastur aniqlashtirilgan va RSFSRga qo`shilish to`grisidagi moddasi olib tashlanib, 12 moddadan iborat variant “Xiva inqilobchilar partiyasining yaqin vazifalari” nomi bilan 1920-yil 8-yanvarda Toshkentdagi “Известия” gazetasida bosib chiqarilgan14.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Матѐкуб Матниѐзов, Абдулла Сотлиқов.“Жаҳон тарихи ва маданиятида Хоразм”.Урганч”.Хоразм”.1999- йил. 167-бет.

2. Полвонниѐз Хожи Юсупов. “Ёш Хиваликлар Тарихи”.Урганч.“Xоразм”.2000. – 245 бет.

3. Отамурод Қўшжонов, Неьматжон Полвонов. “Хоразмдаги ижтимоий-сиѐсий жараѐнлар ва ҳаракатлар” Тошкент. Abu Matbuot-Konsalt. MCHJ.2007-йил.. 292-293-бет.

4. Ж.Йолдошев, С.Хасанов.”Жадид тарихшунослиги асослари”.”Халқ талими” журналида. Тошкент. 1992йил. 11-12-сонлар. – Б.34

5. Умид Бекмухаммад.“Хоразм тарихидан сахифалар”.1- китоб.Тошкент.“Янги аср авлоди”.2009-йил. – 255 бет.

6. М.Матниѐзов.”Хоразм тарихи”. I жилд.Урганч.”Хоразм” 1996. – 336 бет. 14 Отамурод Қўшжонов, Неьматжон Полвонов. “Хоразмдаги ижтимоий-сиѐсий жараѐнлар ва ҳаракатлар” Тошкент. Abu Matbuot-Konsalt. MCHJ.2007-йил.. 292-293-бет.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.