AXBOROTLASHUVINING O‘RNI VA ROLI
Xidirov Xoshim Ibodullaevich
Jizzax politexnika instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti
Mavlankulov Shoxruz Dilshod o’g’li
Samarqand Zarmed universiteti talabasi
Annotatsiya. Maqolada hozirgi kunda rivojlanib borayotgan axborotlashgan jamiyatning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va roli haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Kalit so‘zlar: yoshlar, tarbiya, axborot, ta’lim, texnika, fan, rivojlanish, innvatsiya, texnologiya, sun’iy intellekt va h.k.
Аннотация. В статье дается краткий обзор роли и места развивающегося в настоящее время информационного общества в образовании молодежи.
Ключевые слова: молодежь, образование, информация, обучение, технологии, наука, развитие, инновации, технологии, искусственный интеллект и т. д.
Abstract. The article presents opinions on the place and role of the currently developing information society in the education of youth.
Key words: youth, education, information, education, technology, science, development, innovation, technology, artificial intelligence, etc.
Hozirgi rivojlangan jamiyat muayyan intellektual salohiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina axborot texnikasi ilmiy taraqqiyotga turtki berishi mumkin. Jamiyatning intellektual salohiyatini shakllantirishda ta’lim tizimi muhim rol o‘ynaydi. O‘z navbatida, fan ta’lim funksiyasini bajaradi. Binobarin, fan bilan ta’lim o‘zaro aloqa qiladi. Bu aloqa shunda namoyon bo‘ladiki, birinchidan, fan yangi bilim ko‘rinishidagi o‘z mahsulini ishlov berish va tarqatish uchun ta’limga taqdim etadi. Ikkinchidan, ta’lim tegishli tarzda o‘qitilgan va tayyorlangan kadrlarni fanga yetkazib beradi.
Fan bilan ta’lim o‘rtasida uzviy aloqa mavjudligiga, ular bir- birisiz rivojlana olmasligiga qaramay, fan va ta’lim inson faoliyatining har xil sohalaridir. Xususan, mazkur tafovut inson faoliyatining bu ikki o‘zaro bog‘langan, lekin har xil sohalarini axborotlashtirish jarayonida ham namoyon bo‘ladi.
Tarix o‘z ta’lim tizimidan kamdan-kam jamiyat qanoatlanganini ko‘rsatadi. Bu ta’limning klassik modeli eskirgan bugungi kunda, ayniqsa yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ta’lim paradigmasini inqilobiy o‘zgartirish, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini vujudga keltirish tendensiyasi tobora kuchayib bormoqda.
Hozirgi ta’lim sohasida qarama-qarshi tendensiyalar - jamiyat hayoti va faoliyatida ta’lim rolining o‘sishi hamda ta’lim sohasida inqiroz kuzatilmoqda. Mazkur inqiroz faqat moliyaviy taqchillik bilan emas, balki industrial jamiyatga samarali xizmat ko‘rsatgan ta’lim tizimi axborotlashgan jamiyat talablariga javob bermasligi bilan ham izohlanadi. Darhaqiqat, axborotlashgan jamiyatda ta’lim butunlay boshqacha rol o‘ynaydi. D.Bell o‘zining kelajak jamiyati konsepsiyasida universitetlarni «postindustrial jamiyatning muhim instituti» deb ta’riflagani bejiz emas. So‘nggi yillarda vujudga kelgan ta’lim sotsiologiyasi S.Lipset, R.Nisbet, J.Furaste va boshqalarning shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi hozirgi jamiyatni ichdan qayta qurishiga umid bog‘lamoqda.
Ta’lim sohasidagi inqirozning mohiyati va undan chiqish yo‘llari haqidagi har xil qarashlar to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, bu muammolarga nisbatan ikki asosiy yondashuvni qayd etishimiz mumkin. Birinchi yondashuv texnokratik xususiyatga ega. U shakllanayotgan axborot jamiyati yangicha tafakkurni, tez o‘zgarayotgan axborot-texnik borliqqa nisbatan munosabatning yangi tipini shakllantirishni taqozo etadi, degan fikrni ilgari suradi.
Bu esa, ta’limning mazmuni va metodikasini o‘quvchilarda axborot bilan oqilona ishlash, kompyuter texnologiyalarini bilish, professional-pragmatik fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirishni taqozo etadi. Hozirgi ta’lim tizimida hukm surayotgan inqirozdan chiqishga nisbatan ikkinchi yondashuvni insonparvarlikka asoslangan yondashuv deb nomlash mumkin. U inqiroz sabablari va mazmunini ta’limning noinsonparvarlashuvida, industrial va bozor munosabatlarining vositasiga aylanib qolganida ko‘radi. Mazkur konsepsiya nuqtai nazaridan, ta’lim industrial texnokratizm va bozor utilitarizmi (manfaatparastligi) ta’sirida o‘z insonparvarligini yo‘qotadi va tor kasbiy bilim va ko‘nikmalarga manfaatparastlik nuqtai nazaridan (utilitar tarzda) o‘rgatishga aylanadi. Ta’lim tizimini isloh qilish ta’limning mazmunini aktuallashtirish, o‘quv axboroti oqimlarini yaratish, pedagogik mehnatni taqsimlash va birlashtirishning mutlaqo yangi shakllarini amalga joriy etishdan tashqari, ta’limni insonparvarlashtirish va kompyuterlashtirishni nazarda tutgan holda: “Bugun ta’lim tizimida yangi gumanistik qadriyatlar, an’anaviy gumanitar fanlar joriy etilmoqda1”.
Ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari muhandislar tayyorlashda, ayniqsa yaqqol aks etadi. Ma’lumki, muhandislar mutaxassislarning eng ommaviy guruhini tashkil etadi. Ular ma’lum sabablarga ko‘ra jamiyat hayotining deyarli barcha sohalari bilan bog‘liq. Muhandislik ta’limining haddan tashqari texnikaviylashuvi, uning insonparvarlik jihatiga kam e’tibor berilishi jiddiy kamchiliklardan biridir. Umuman olganda, “Inson shaxsini, uning qobiliyati va ehtiyojlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnik ta’limni noinsonparvarlashgan ta’lim deb bo‘lmaydi. Texnik faoliyat shaxsning insonparvarlashuvi, unda dunyoga faol ijodiy munosabatni rivojlantirish omili hisoblanadi2”. Texnik mutaxassis andozalarini shakllantiruvchi tashqi omillarning ta’lim tizimiga ta’siri muhandislik ta’limining noinsonparvarlashuviga, unda texnokratizm haddan tashqari kuchayishiga olib keldi.
Hozir fan va texnikaning ilg‘or tarmoqlarida sun’iy intellekt yaratish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Ammo tabiiy intellekt nimaligini bilmay turib, sun’iy intellekt to‘g‘risida so‘z yuritish mumkinmi? Vaholanki, informatika sohasida ishlaydigan mutaxassislar bu savolga ko‘pincha to‘g‘ri javob bera olmaydilar. Holbuki, bunday javobni ijtimoiy bilim beradi. U tabiiy intellekt deganda Platon bir paytlar “nus” deb atagan narsa - inson ongining oqilona fikrlash qobiliyatini tushunadi. Tabiiy intellekt nimaligini tushunmaslik sun’iy intellekt mohiyati, tabiiy va sun’iy intellektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlar har xil tushunilishiga olib keladi.
Ta’limni axborotlashtirish jarayonining kengayishi natijasida muhandislik ta’limining ijtimoiylashuvi muammolari dolzarb ahamiyat kasb etdi. Bu muhim va zarur jarayonning salbiy jihatlari ham yo‘q emas. Ta’limni axborotlashtirish bilimni axborotga aylantirib, bilimlarni o‘zlashtirishni inson ongining boshqa unsurlari - emotsiya va kayfiyat, intuitsiya va ko‘p ma’nolilikdan ajratadi, bilimni qat’iy bir ma’noli va rasmiy qilib qo‘yadi, dialektik fikrlash usuliga amal qilmaydi, “mashinali fikrlash” tarzini shakllantiradi. Bunday fikrlash tarzi tegishli xulq- atvorni shakllantiradi: odamlar bir-biri bilan kam aloqa qila boshlaydi, shaxslarning jamiyatdan ajralishi va, pirovard natijada, insonning virtual olamga kirib ketishi sodir 1 Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Ответственность образования в предупреждение и преодоление вызовов современности. - Т.: Янги аср авлоди, 2003. - С.13 2 Шульман Е.А. Социальное реагирование на информацию. - Т.: Узбекистан, 1993. - С.45 bo‘ladi. Fikrlash va xulq-atvor shakllari, ularning mazmunidan ustunlik qila boshlaydi.
Ta’lim sohasida bu uning insonparvarlik unsuri yo‘qolishiga olib keladi. Xullas, axborotlashtirishning salbiy oqibatlarini tugatish uni insonparvarlashtirishni taqozo etadi.Ta’lim oluvchilarda obrazli fikrlashni, muayyan qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish ijtimoiy tayyorlashning muhim muammosidir. Shuni e’tiborga olish kerakki, muayyan qarorni qabul qilishda inson, nafaqat o‘z ilmiy bilimlarini, balki xohishi, istagi, qiziqishi, kafiyati, simpatiyalarini ham ishga soladi. “Mehnatni oqilonalashtirishning bu vositalarini ta’lim jarayonida ijodiy fikrlash tarzini, izlanuvchanlikni shakllantirish yo‘li bilan rivojlantirish zarur. Bu ta’limning muammoli, o‘yinli, talaba bilan o‘qituvchi o‘rtasida muloqot usullarini amalga joriy etishini taqozo etadi3”. Mutaxassislarni ijtimoiy qayta tayyorlash muammolarini hal qilishning ikkinchi jabhasi ijtimoiy fanlarni o‘qitish sohasidir. Nafsilambrini aytganda, oliy texnika maktablarida bu fanlarga past nazar bilan qaraladi. Bunda ijtimoiy tayyorlash muammolarini ba’zan yaxshi tushunmaydigan texnika fanlari vakillarigina emas, balki muhandis uchun ijtimoiy fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlarini, uning professional hayotiy masalalar bilan aloqasini e’tiborga olmaydigan ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari ham aybdordirlar. Ijtimoiy fanlarning yangi mazmuniga muvofiq yangi ta’lim usullarini ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llashni bilmaslik holatlari uchrab turibdi.
Ayni vaqtda, ijtimoiy fanlar o‘qituvchilari talabalar o‘rganayotgan tabiiymatematika va texnika fanlari haqida hech bo‘lmasa umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak. Kompyuter qanday tuzilganligi va ishlashi, axborot nima ekanligi va u bilimdan nima bilan farq qilishi, dasturiy ta’minlash, fayl yoki bit nimaligini bilmasdan informatiklarga falsafani o‘rgatish mumkin emas. Avtomatlashtirishning rivojlanish bosqichlarini, uning mohiyatini, robotlar avlodlarini va mexatronikaning rivojlanishini bilmasdan avtomatchi-muhandislarga tarixdan dars berish mumkin emas. “Inson-mashina” tizimining dialektikasini ochib bermasdan, mexanizm qismlardan, ya’ni, ma’lum erkinlik darajasiga ega detallardan tashkil topishini bilmasdan dastgohchi-muhandislarga dialektikani o‘rgatish mumkin emas.
Kompyuter madaniyatining shakllanishi, Internetning roli, virtual olam to‘g‘risida so‘z yuritmasdan madaniyatshunoslikdan dars berish mumkin emas. Ijtimoiy fanlar shunday o‘qitilishi kerakki, ijtimoiy bilimlar bo‘lajak muhandisda 3 Ахлиддинов Р. Социально-педагогические основы управлением качества общего и среднего образования: Автореф д-ра.пед.наук. - Т.: Янги аср авлоди, 2002. - С.18 kasbiy qiziqish uyg‘otsin. Axborotlashgan jamiyat texnologiyasi ta’lim jarayoniga muayyan talablar qo‘yibgina qolmasdan, balki bu jarayonni o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida to‘g‘ri va teskari aloqani ta’minlashga qodir zamonaviy axborot vositalari bilan ham jihozlaydi. “Ta’lim jarayonida kompyuterlarning roli shu qadar kattaki, kelajakda elektron mashinalar o‘qituvchilar o‘rnini to‘liq egallaydi va ularning vazifalarini arzonroq, puxtaroq va samaraliroq bajaradi4”, - degan fikrlar bildirilmoqda. Bunga teskari qarashlar esa, ta’limda kompyuterlardan foydalanish salbiy oqibatlarga olib keladi, chunonchi, bilimlarni formallashtiradi, o‘qituvchini o‘quvchi bilan jonli emotsional aloqa qilishdan mahrum etadi, boz ustiga, ta’limni kompyuterlashtirish, uning standartlashishi va o‘qituvchilar orasida ishsizlikning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, degan fikrlarni ilgari surmoqda5. Bu turg‘un fikrlaydigan o‘qituvchilarning fikrlari bo‘lib, u yangi emas, chunki ta’lim sohasida yangiliklar doim, hatto ma’rifatli odamlarning ham qarshiligiga duch kelgan. Masalan, buyuk faylasuf va pedagog Suqrot o‘z vaqtida og‘zaki nutqni ta’lim va tarbiyaning eng oqilona usuli deb hisoblagan va ta’lim sohasida yozuvning qo‘llanishiga o‘ta salbiy munosabat bildirgan, bu odamlarning xotirasini o‘tmaslashtiradi, og‘zaki nutq fikrlarning ma’nosini yozma nutqqa qaraganda yaxshiroq ifodalaydi deb hisoblagan.
Mavjud ta’lim tizimi informatika va avtomatika, robototexnika va mexatronikani qo‘llashga asoslangan ishlab chiqarish talablariga javob beradigan insonni shakllantirishga qodir emas. Vaholanki, ishlab chiqarishda ijodiy fikrlaydigan, an’anaviy echimlarga shubha bildira oladigan, yuqori malakali mutaxassislarga talab kuchayib bormoqda. Davr ta’limni ishlab chiqarish jarayonining sharti deb tushunishdan unga ishlab chiqarishning maqsadi deb qarashga o‘tishni taqozo etmoqda. Bunday o‘tish jarayonida ta’limni axborotlashtirish - uning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi axborot texnologiyalarining dasturiy va apparatli vositalari majmuini va ulardan foydalanish metodikasini ta’lim jarayoniga joriy etish katta rol o‘ynashi lozim.
Ta’limni kompyuterlashtirish, keng ma’noda esa axborotlashtirish o‘rganish uchun zarur axborotni tanlash, uni ta’lim shakliga solish, bu axborotni o‘quvchilarga o‘zlashtirish, tushunish va eslab qolish uchun berish maqsadida axborot texnologiyasidan foydalanish, mutaxassislarning umumiy ma’lumoti va kasbiy 4 Султонов М. Илмнинг янги йўли.// Тафаккур. -1996. №1. - Б.33 5 Иззетова Э. Проблема взаимоотношения научного знания и гуманистических идеалов: Автореф...д-ра философ.наук. - Т.: Университет, 2002. - С.15 tayyorgarligining sifatini oshirish uchun jahon andozalariga javob beruvchi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga joriy etish demakdir.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’limning mazmuni, shakllari va usullari o‘zgarishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘zgarishlarning natijalarini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Ma’lum fanlar to‘plami bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar olishni nazarda tutuvchi an’anaviy yondashuv o‘rnini, ta’limga integratsion yondashuv egallamoqda.
Dunyoni bilish an’anaviy o‘rganish yo‘li bilan emas, balki uning modelini tuzish orqali amalga oshiriladi. Shunchaki bilim va ko‘nikma olish emas, balki bilim va ko‘nikma olish jarayonida o‘quvchining shaxsini shakllantirish ta’limning maqsadiga aylanadi.
O‘rtacha shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv o‘rnini o‘quvchiga nisbatan individual psixologik yondashuv egallaydi.
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyasidan foydalanish sur’ati, darajasi va samaradorligi bu texnologiyadan ta’lim jarayonida oqilona foydalanishga o‘qituvchilarning tayyorligiga hamda o‘quvchilarning kompyuterni bilishiga, bilim olish, uni tushunish, o‘zlashtirish va eslab qolish uchun informatikadan foydalana olish intellektual imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim tizimini qayta qurish, eng avvalo, ta’lim xodimlarini, o‘qituvchilarni “qayta qurish”ni taqozo etadi. Axborotlashgan jamiyatga o‘tilishi bilan o‘qituvchilar faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etadi. Axborotlashgan jamiyatning asosiy boyligi - bilimning ahamiyati, qimmati uning amalda qo‘llanilishiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. O‘zining amalda qo‘llanilishi uchun jamiyat a’zolari uni egallashi, o‘zlashtirishini taqozo etadi. Bilimlarni o‘zlashtirish ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi.
Xulosa sifatida shuni alohida ta’kidlash lozimki, jamiyatning axborotlashish jarayoni qanchalar rivojlanib borar ekan, bunda inson va texnikaning mujassamlashuvi alohida ahamiyat kasb etib boraveradi. Xususan, hozirda ayni dunyo masalalari axborotlashib borayotgan bir vaqtda yangidan-yangi atamalar va tushunchalar kirib kelmoqdaki, bu borada yoshlarning tarbiyasini asrab-avaylash va ularni etuk insonlar qilib tarbiyalashda ushbu holatlarning oldini olish bevosita muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Otvetstvennost obrazovaniya v preduprejdenie i preodolenie vыzovov sovremennosti. - T.: Yangi asr avlodi, 2003. - S.13
2. Shulman E.A. Sotsialnoe reagirovanie na informatsiyu. - T.: Uzbekistan, 1993. - S.45
3. Axliddinov R. Sotsialno-pedagogicheskie osnovы upravleniem kachestva obщego i srednego obrazovaniya: Avtoref d-ra.ped.nauk. - T.: Yangi asr avlodi, 2002. - S.18
4. Sultonov M. Ilmning yangi yo‘li.// Tafakkur. -1996. №1. - B.33
5. Izzetova E. Problema vzaimootnosheniya nauchnogo znaniya i gumanisticheskix idealov: Avtoref...d-ra filosof.nauk. - T.: Universitet, 2002. - S.15
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.