YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI AMALDA!
Jurayev Ximoyiddin Xayrullo oʻgʻli
+998976991041
jurayevhumoyun4@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola so’nggi yillarda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar hamda yoshlarning imkoniyatlardan foydalanish holatlari haqida hikoya qiladi. Maqolani o’qir ekanmiz, mamlakat ertasi aynan yoshlar qo’lida ekanligi, ularni ilm-fanga yo’naltirish va kamol topishida ko’maklashish ustuvor vazifamiz ekanligiga guvoh bo’lamiz.
Kalit so’zlar: Yoshlar, siyosat, davlat, jamiyat, uchinchi renessans, referendum, inson qadri
Abstract: This article tells about the opportunities and privileges given to young people in recent years and the cases of young people using these opportunities. As we read the article, we can see that the future of the country is in the hands of the youth, and it is our priority to guide them to science and help them grow.
Key words: Youth, politics, state, society, third renaissance, referendum, human value
Аннотация: В данной статье рассказывается о возможностях и привилегиях, предоставленных молодежи в последние годы и случаях использования молодежью этих возможностей. Читая статью, мы видим, что будущее страны находится в руках молодежи, и наш приоритет - направить их в науку и помочь им расти.
Ключевые слова: молодежь, политика, государство, общество, третий ренессанс, референдум, человеческая ценность.
Rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilayotgan Yangi O’zbekistonda yoshlarga keng va katta imkoniyatlar eshigi ochib berilgani hech kimga sir emas. Dunyo aholisining 20% ini yoshlar tashkil etsa, bu ko’rsatkich O’zbekistonda 55% ni tashkil qiladi. Bu esa, albatta, har sohada faqatgina yoshlar mamlakatni rivojlantira olishini va mamlakatning ertasi, kelajagi ham yoshlar ekanligini ko’rsatadi. Birgina 2023-yilga “Sifatli ta’lim va inson qadrini ulug’lash” deya nom berilgani ham yoshlar har jabhada qo’llab-quvvatlanayotganiga misoldir. Davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizga bo‘lgan e'tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi. Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma'naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shu bois, prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Bular:
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi.
Bundan tashqari, 11-aprel sanasida bo’lib o’tgan video selektrda muhtaram Prezidentimizning “Yoshlar-xavfsizligimiz masalasi” deb ta’kidlab o’tganlari yoshlar uchun katta kuch va motivatsiya vazifasini bajaradi. Ayniqsa, 2022-yil 30-iyunda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning yoshlarga qarata: “Agar siz osmonni quchmoq bo’lsangiz, Nechun men egnimni tutib bermayin” degan gaplari ham yoshlarning ertangi kunga bo’lgan ishonchini orttirdi, desam mubolag’a qilmagan bo’laman. Qay tarafga qaramang, yangilik, qay tarafga qaramang, o’zgarish. Ba’zan O’zbekistonning faol yoshi sifatida xorijiy mamlakat yoshlari bilan aloqa o’rnatishga harakat qilaman yoki ularning hayoti bilan qiziqib, turli izlanishlarda bo’laman va guvohi bo’lamanki, mendek jannatmakon farzandi bo’lish ko’pchilikka nasib etmagan. Suriya, Iroq, Shom mamlakatlari yoki boshqa bir qancha davlatlarda yoshlar turli taqiq va cheklovlarga uchragani yoki yurtiga muhabbatsiz ekanligi holatlari kuzatiladi. Jannatmakon ona diyorimizda esa barcha sharoit va erkinliklar mavjud. Yana bir misol, yangilangan Konstitutsiyada ham oxirgi 6 yillikda erishilgan yutuqlar, xususan, faol yoshlar uchun ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy – har taraflama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish ishlari qayd etilganligi, yoshlar uchun alohida bir bobning tashkil etilganligi ham katta narsa. “Yoshlarga oid davlat siyosati” 2016-yilning 14-sentabrida qabul qilingan bo’lsa, oxirgi 7 yillikda qilingan ishlar talaygina. 2017-yilda kitobxonlikni keng targ’ib qilish, mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil qilindi va har yili tanlov g’oliblariga “Spark” avtomobili sovg’a qilinyapti. Menimcha, kitobxonlar bunchalar qadrlangan birorta yurt yer yuzida bo’lmasa kerak. Mamlakat rivojlanishi uchun 14 yoshdan 30 yoshgacha yoshlarni yana-da qo’llab-quvvatlash maqsadida 2017-yilning 30-iyunida O’zbekiton Yoshlar ittifoqi tashkil qilindi va har yili 30-iyun “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanishi qat’iy belgilab qo’yildi. O’sha yilning o’zida maktablarda yoshlar yetakchilari faoliyat boshladi va men ham o’z ishimni sardorlikdan yetakchilikka ko’chirdim. Maʼlumki, Oʻzbekiton yoshlar mamlakati. Davlatimiz siyosati ham har tomonlama yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga aratilganini barchamiz guvohimiz. Men yillar davomida taʼlim sohasida faoliyat yuritar ekanman, bugungi yaratilayotgan shart-sharoitlr, imkoniyatlarni koʻrib rostini aytsam, rosa xursandman. Sababi, har bir amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlar huquqi kafolatlanganligidir. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida“gi Qonunida yoshlarni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilish, isteʼdodini qoʻllab-quvvatlash masalalari qamrab olingan boʻlsa, ”Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Qonunda hokimiyat va boshqaruv organlarining bu boradagi vakolatlari hamda sohaga Konstitutsiyamizning 50,51,52-moddalarida bepul umumiy taʼlim olish huquqining yoshlar uchun kafolatlangani, ta’lim ustuvorligi, pedagoglar qadr-qimmati ta’kidlanganlgi ham eʼtiborga molikdir. Shaxsning bilim olishga boʻlgan huquqi Asosiy Qonunimiz asosida qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham mustahkamlab qoʻyilgan. Yoshlar oʻz iqtidor va isteʼdodlarini toʻla namoyon etishga haqlidirlar. Yangi yoshlar siyosatini qurishda mamlakat Prezidentining shaxsan ishtirokini alohida taʼkidlash kerak. Davlat rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki pallasida tarbiya masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev deyarli barcha islohotlarning bardavomligini yoshlarni qoʻllab-quvvatlash siyosatida koʻrayotganining yaqqol tasdigʻi sifatida boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim islohotidir.Bu islohotlarning yutugʻi esa, bu sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashni, hamda yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini ortirmoqda. Xorijiy taʼlim muassasalaridan oʻzimizdagi oliy taʼlim oʻquv yurtlariga oʻqishini koʻchirish, test jarayotnlari, bir vaqtning oʻzida 5 ta OTMda bilimini sinab koʻrish masalalari buning yorqin misolidir.
Foydalanilgan manbalar:
1. Yangi O’zbekiston gazetasi, 2020, 26-dekabr. Oʻzbekiston yoshlariga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar Renessans poydevori.
2. Yoshlar ovozi gazetasi, 2019, mart. Prezident beshta muhim tashabbusni ilgari surdi. Ular nima?
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.