YURAK KASALLIKLARI VA UNI DAVOLASHNING QADIMGI USULLARI
Ibragimova N.F., Toshtemirova F.S., Eshkaraev S.Ch.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Termiz sh, Farovon massivi 4B-uy,
Annotatsiya
Maqolada insonning yuragida uchraydigan kasalliklar va ularni davolashda buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida berilgan davolash usullari tahlil qilingan. Yurakda hamma xil kasalliklar- masalan, xar hil mizoj buzilishlari paydo bo'lishi, mizoj buzilishi turlari, yurak og’riqlarini qildiruvchi usullar va tabiiy dorilar bayon qilingan.
Kalit so’zlar: yurak, yurak kasalliklari, tabobat, dorivor moddalar, mijoz, rutubat, yurak shishi, yurak yaralari.
Kirish. Yurak kasalliklari xilma-xil, goho yurakda shishlar va tiqilmalar paydo bo'ladi, goho ba'zi bir vaziyat kasaliklari paydo bo'ladi, masalan, yurak o'zini siquvchi va yoyilishiga to'sqinlik qilib kishini o'ldiruvchi bo'lsin, yurakning o'zida kamdan-kam bo'lib, uning g'ilofida bo'ladi. Ittifoqo yurakning o'zida shunday shish paydo bo'lsa, u issiq qadar tez o'ldirmasada ham, ammo baribir o'ldiradi.
Ba'zan g'ilofida quyuq xiltdan paydo bo'ladigan qattiq shish qavartirib yiringlatuvchi suvsimol xiltdan paydo bo'ladigan qattiq bo'lmagan shish o'limni kechiktiradi; Jolinus hikoya qilgan maymun yuragining g'ilofidagi shish ana shundaydir. u kasal maymun bir muncha vaqt yashab yurgan, o'lganidan keyin yorib ko'rilganda tirikligidagi kasallik holi, uning ozib va kuchsizlanib ketishining sababi aniqlandi Yurakning o'zi shish paydo bo'lishini ko'tarolmaydigan bo'lgach, modda yig'ilishi va yiringlashini qanday ko'tara olsin? Yurakda u ko'tara oladigan toshmasimon yaralar paydo bo'lsa, ular burundan qora qon keltirgandan so'ng o'ldiradi, deydilar.
Goho yurak tomirlarida yurak ishlariga zarar yetkazadigan tiqilmalar paydo bo'ladi.
Uzluksizlikning buzilishiga kelsak, yurak uchun u shishdan ham og'irroq bo'ladi; uzluksizlikning buzilishi yurak tanasida paydo bo'lib qorinchasiga o'tsa, darrv o'ldiradi; o'tmasa, o'ldirish ikkinchi kungacha kechikadi [1].
Tajriba qismi. Goho yurakda g'ilofi bilan hamda miya, ko'krak pardasi, o'pka, jigar, ichak va boshqa ichki a'zolar, ayniqsa me'da bilan hamkorlikda bo'ladigan kasalliklar paydo bo'ladi.Goho kasalliklar boshqa a'zolar yoki umuman, badanning hamkorligi bilan ham paydo bo'ladi - chunonchi isitma vaqtlarida shunday bo'ladi, buni istmaning tutushi va burxonlariga qarab aniqlanadi. Yurakning boshqa a'zolarga hamkorlik qilishi goho ulardan kelib turadigan narsaning uzilib qolishi sababli bo'ladi. Masalan, jigar yurakka oziq yuborishda kuchsizlik qilganda yurak kasallikda u bilan hamkorlik qiladi yoki miya kuchsiz bo'lganda uning hamkorligi bilan nafas oluvchi mushak nafas olishga kuchsizlik qiladi; goho; u a'zolardan yurkka kelib turadigan narsa ana shunday hamkorlikka sabab bo'ladi.Miyaning hamkorligiga kelsak, miyada savdo xilti ko'payib miya moddasiga o'tganda arteriyalar orqali yurakka o'tib xafaqon, quvvat tushuvi, g'amginlik, yomon fikr va yomon qasdni qo'zg'atadi. shuningdek, miyadan shu yo'llar orqali rutubatli xilt yurakka kelsa, yalqovlikni paydo qiladi [2].
Jigarning hamkorligi esa uning yurakka issiq, yo sovuq, yoki quyuq yomon qonni yuborishi orqali bo'ladi. Goho yurakning kasallanishi yondoshlik sababli aziyatlanish orqali bo'ladigan hamkorlik natijasida yuz beradi. Yurakni o'rab turadigan g'ilofdagi va umuman boshqa a'zolardagi issiq yo sovuq shish sababli yurak aziyatlanadi; me'da og'zi va me'daning yopishqoq yo achishtiruvchi xiltdan, yo gijjalardan va qovoq urug'i deb ataladigan gijjadan, yoki xafaqonni paydo qiluvchi achishtiruvchi qusuqdan aziyatlanishi sababli yurak ham aziyatlanadi. Goho qattiqlashib yurakka borib yetuvchi og'riq bilan bo'ladigan hamkorlik natijasida yurak kasallanadi; bu ko'pincha o'ldiradi. Goho tomoq og'rig'i yoki o'pka yllig'lanishida moddaning ko'chib yurakka borishi sababli bo'ladi; kasallik moddani yurak sari itaradi va modda uni bo'g'ib o'ldiradi. Yurak bilan uning g'ilofi o'rtasidagi hamkorlik natijasida paydo bo'ladigan kasalliklarning halokatga olib kelishi shart emas, ammo yurakda issiq bo'lmasa shish paydo bo'lsa, o'ldiradi. Goho me'da og'zining o'zida o'zidauchish paydo bo'ladi, uni yurak uchishi deb gumon qilinadi [3].
YURAK KASALLIKLARINING BELGILARI
Tabiiy bo'lmagan mizojlarning dalillari yurak kasalliklarini bildiruvchi belgilardandir. Kuchning zaifligi va ketishi sirtqi yoki dastlabki biror sababdan yoki boshqa a'zoning hamkorligidan bo'lmagan ozish yurak mizojining buzilganiga belgi bo'ladi; agar shu holda xafaqon ham paydo bo'lsa, to'la-tekis bo'ladi, agar xushdan ketishgaa borib taqalsa, mizoj buzilganligi kuchaygan bo'ladi. Yurakda moddasiz sovuq va issiq, yoki quruq mizoj buzilishi kuchaysa, badan silliq va ozish yo'liga kiradi, buzilgan mizoj issiq bo'lsa, umuman ingichka og'riq kasaliga uchratadi, sovuq bo'lsa, ingichka og'riqning keksa va juda qarib zaiflashib ketgan kishilarda bo'laddigan bir turini kelib chiqaradi, quruq bo'lsa, sil va ingichka og'riq kasallarini keltirib chiqaradi; bu sil o'pkada bo'ladigan sildan boshqacha bo'ladi; chunki bunda o'pkaning o'zi zararlanmaydi, bunga yo'liqqan kishida yo'tal ham bo'lmaydi, issig'i yo'qligidan issiq ingichka og'riq kasalligidan ham boshqacha bo'ladi. Yurakdagi buzilgan issiq mizojning belgisi: tomir urishining tezligi va ketma-ketligining tabiiylikdan ortib ketishi, nafasning odatdagidan ko'ra ko'proq tez va ketma-ket bo'lishi, sovuq havo bilan tugaydigan kuchli tashnalik, salqinda rohatlanish, boshqa biron sababsiz badanning umumiy ozishi va erishi, alangalanish bilan birga bo'lgan g'amginlik va bexuzurlikdir. Buzilgan svuq mizojning belgisi tomir urishi odatdagidan ko'ra kichikligi, sustligi va siyrakligidir; lekin quvvat tushib boshqa yo'l bilan qoplanmagan xojatni qopplash uchun ketma-ket nafas olishga majburyat tug'ilsa (u belgi bo'lmaydi) [4].
YURAKNI DAVOLASHNING UMUMIY QOIDALARI
Yurak dorilari haqida bizning alohida ma'qolamiz bor; Tabobatni o'rganish bilan birga tabobatdan ko'ra umumiyroq bo'lgan qoidalarni o'rgangan kishining o'sha maqoladan foydalanish mumkin .Yurak boshqaruvchi a'zo va hamma boshqaruvchi a'zolarning eng birinchisi va eng muhimi bo'lganidan uni dorilar, bilan davolashdagi dadillik, yurak xiltini bo'shatmoqchi bo'lsak ham yoki mizojini almashtirmoqchi bo'lsak ham, katta extiyot bilan birga bo'lishi kerak. Tomirdan qon olishga o'xshash bo'shatishga kelsak, biz u bilan davolashga kirishganimizda tozalovchi boshqa tadbirlar bilan qo'shib qilishga ehtiyo sezmaymiz, balki bizga ko'proq lozim bo'ladigan narsa unday bo'shatishni haddan tashqari qo'llab, kasalning quvvatini tushirib yubormaslik va agar quvvat ozgina susayib yurakning sovuq yoki issiq mizoji sababli kuchsizlanganda uni ko'taruvchi narsalar bilan kuchaytirishdir. Bu faqat qon olishgagina tegishli emas, balki qon olishda garchi qttiqroq extiyot qilinsa ham, boshqa hamma bo'shatish tadbirlariga ham tegishlidir. Qon olishdan boshqa tadbirlarni ishlatishga boshqa ehtiyoj qolmasligining sababi qon olishning yurakka borib tushishi bilan bo'lmasligidadir; shu bilan birga yurakda bo'ladigan to'liqliklarning ko'pi qon va bug'dan bo'lib, tomirdan qon olish har ikkalasining ham zararini qaytaradi.Agar to'liqlik qondan bo'lsa, o'ng bosliqdan, bug'dan bo'lsa, so'l bosliqdan, qon olinadi [5].
Dorilar bilan bo'ladigan bo'shatishlarga kelsak, bunda yuqorida aytilgan tadbirda boshqa tadbirlarni ham qo'shish kerak, chunki bo'shatuvchi dorilarning ko'pi badanga qarama-qarshi bo'lganidan, ularni yurak dorilari bilan birgalashtirish kerak, yurak dorilari esa o'z xossalari bilan yurakka quvvat beradigan dorilardir.Yurak xiltini bo'shatishda ishlatiladigan dorilarga yurakka munosib bo'lgan taryoklik va bodzaxrlik dorilar aralshtiriladi. O'sha dorilarni ko'pi, xatto juda ko'pchiligi, boshqa tomondan ham foyda yetkazadi: ular bo'shatuvchi dorilarni yurakka yetkazadi va yurakdan boshqaga o'tishdan qaytaradi [6].
Xulosalar. Yurak mizojini almashtirishda sovuq, yo issiq, yo xo'l, yo quruq mizojga almashtirish tadbiri ishlatiladi. Sovuq mizojni almashtirmoqchi bo'lsak, issiqlik dorilarni yurak issiqlik dorilari bilan aralashtirib ishlatamiz; shu bilan birga shu dorilarning yurak xiltini qattiq qo'zg'atib yubormasligi ko'zda tutiladi, aks xolda xilt yurak tanasini yel yoki shish paydo qiluvchi modda va boshqa narsalar bilan tortishtiradi. Issiq mizojni almashtirmoqchi bo'lsak soviyvchi dorilarni ishlatish bilan chegaralanmaymiz. Chunki yurakning paydo bo'lishiga sababchi bo'lgan modda ya'ni yurakka o'yiladigan rux moddasi issiq bo'lib, uning issiqligi badanga zararli haroratdan boshqa bo'lgan tug'ma haroratdir. Yurak mizjojining issiqqa aylanib buzilishi sababli shu rux moddasida kamayish, tarqalish tutunsimon bo'lish va xiralanish paydo bo'ladi; shu paytda yurak tanasiga o'zining issiqligi bilan, to'g'irrog'i issiqlik birgalashib keluvchi aloxida xususiyati bilan tug'ma issiqlikni kuchaytiruvchi issiq dorilar bilan aralashmagan biror bir so'ndiruvchi dori borib tushversa, u tarmoq, ya'ni yurak tanasiga foyda qilsa ham aslga, ya'ni ruhga zarar qilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Ибн Сино «Тиб қонунлари». Т. Фан. 2001й.
2. Анатомия человека. Том II: учеб./сост.: М. Р. Сапин, Д. Б. Никитюк, В. Н. Николенко [и др.]; под ред. М. Р. Сапина. М.: ГЭОТАР-Медиа, 2013. — 456 с.
3. Гистология, эмбриология, цитология: учеб./сост.: Ю. И. Афанасьев, Н. А. Юрина, Е. Ф. Котовский [и др.]; под ред. Ю. И. Афанасьева, Н. А. Юриной. — 6- е изд., перераб. и доп. — М.: ГЭОТАР-Медиа, 2014. — 800 с.
4. Руководство по кардиологии. Том 1: учеб. пособие / под ред. Г. И. Сторожакова, А. А. Горбаченкова. — М.: ГЭОТАР-Медиа, 2008. — 532 с.
5. Стрюк Р. И. Внутренние болезни: учеб. / Р. И. Стрюк, И. В. Маев. — 2-е изд., испр. и доп. – М.: ГЭОТАР-Медиа, 2013. — 544 с.
6. Супотницкий М. В. Генотерапевтические векторные системы на основе вирусов // Биопрепараты. — 2011. — № 3. — С. 15–26.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.