ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

ZAMONAVIY DUNYODA IQTISODIY SUVERNITET VA PROTEKSIONIZM MASALALARI

초록

Ushbu maqolada globallashuvning yangi bosqichida davlatlarning iqtisodiy mustaqilligini saqlash harakatlari va zamonaviy proteksionizmning kuchayishi ko’rib chiqiladi. Tadqiqotda “erkin savdo” modelining inqirozi va milliy xavfsizlik manfaatlari iqtisodiy ratsionallikdan ustunligi tahlil etiladi. AQSH, Yevropa Ittifoqi va Xitoy o’rtasidagi savdo urushlari, texnologik cheklovlar va strategik resurslar nazorati siyosiy-iqtisodiy nuqtai nazardan yoritiladi. Muallif “yangi merkantilizm” tushunchasini zamonaviy geosiyosiy sharoitga qo’llab, raqamli va energetik mustaqillikning davlat suverenitetidagi rolini asoslaydi. Yakunda global iqtisodiy parchalanish sharoitida rivojlanayotgan davlatlar uchun iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni saqlash bo’yicha strategik tavsiyalar beriladi.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

MASALALARI

Moxidov Javlonbek O’tkirbek o’g’li

O’zbekiston Milliy universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti

“Siyosatshunoslik” yo’nalishi talabasi.

Anotatsiya: Ushbu maqolada globallashuvning yangi bosqichida davlatlarning iqtisodiy mustaqilligini saqlash harakatlari va zamonaviy proteksionizmning kuchayishi ko’rib chiqiladi. Tadqiqotda “erkin savdo” modelining inqirozi va milliy xavfsizlik manfaatlari iqtisodiy ratsionallikdan ustunligi tahlil etiladi. AQSH, Yevropa Ittifoqi va Xitoy o’rtasidagi savdo urushlari, texnologik cheklovlar va strategik resurslar nazorati siyosiy-iqtisodiy nuqtai nazardan yoritiladi. Muallif “yangi merkantilizm” tushunchasini zamonaviy geosiyosiy sharoitga qo’llab, raqamli va energetik mustaqillikning davlat suverenitetidagi rolini asoslaydi. Yakunda global iqtisodiy parchalanish sharoitida rivojlanayotgan davlatlar uchun iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni saqlash bo’yicha strategik tavsiyalar beriladi.

Tayanch so’zlar: Iqtisodiy suverenitet ,Neoproteksionizm, Strategik avtonomiya, Geoiqtisodiyot Savdo urushlari, Davlatlar o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy cheklovlar zanjiri , Global fragmentatsiya , Ta’minot zanjiri xavfsizligi.

Аннотация: В данной статье рассматриваются усилия государств по сохранению экономической независимости на новом этапе глобализации, а также усиление современного протекционизма. В исследовании анализируется кризис модели «свободной торговли» и приоритет национальных интересов безопасности над экономической рациональностью. С политико-экономической точки зрения освещаются торговые войны, технологические ограничения и политика контроля над стратегическими ресурсами между США, Европейским союзом и Китаем. Автор адаптирует понятие «нового меркантилизма» к современным геополитическим условиям и обосновывает роль цифровой и энергетической независимости в обеспечении государственного суверенитета. В заключение предлагаются стратегические рекомендации для развивающихся стран по защите экономических интересов и сохранению конкурентоспособности на международных рынках в условиях глобальной экономической фрагментации.

Ключевые слова: Экономический суверенитет, неопротекционизм, стратегическая автономия, геоэкономика, торговые войны, цепочка взаимных экономических ограничений между государствами, глобальная фрагментация, безопасность цепочек поставок.

Anotation: This article examines states’ efforts to preserve economic independence in the new stage of globalization and the intensification of modern protectionism. The study analyzes the crisis of the “free trade” model and the growing dominance of national security interests over economic rationality. Trade wars, technological restrictions, and policies of control over strategic resources between the United States, the European Union, and China are explored from a political-economic perspective. The author applies the concept of “new mercantilism” to contemporary geopolitical conditions and substantiates the role of digital and energy independence in ensuring state sovereignty. In conclusion, strategic recommendations are offered for developing countries to protect their economic interests and maintain competitiveness in international markets amid global economic fragmentation.

Keywords: Economic sovereignty, neo-protectionism, strategic autonomy, geoeconomics, trade wars, chain of mutual economic restrictions between states, global fragmentation, supply chain security.

Kirish

Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimi o‘zining navbatdagi transformatsion bosqichini boshdan kechirmoqda, unda liberal globalizatsiya g‘oyalari o‘rnini "geoiqtisodiy realizm" egallamoqda. O‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilliklarida jahon iqtisodiyoti ochiq bozorlar va o‘zaro bog‘liqlik orqali tinchlik va farovonlikka erishish konsepsiyasiga tayangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, iqtisodiy bog‘liqlikning o‘zi strategik zaiflik va siyosiy bosim quroliga aylandi. Shu nuqtai nazardan, davlatlarning iqtisodiy suverenitetni qayta tiklashga bo‘lgan intilishi shunchaki iqtisodiy tanlov emas, balki o‘zgaruvchan geosiyosiy landshaftda omon qolishning ekzistensial zaruriyatidir. Global ta’minot zanjirlarining uzilishi, texnologik sohada kechayotgan "sovuq urush" va resurslar ustidan nazorat o‘rnatish poygasi an’anaviy proteksionizmning yangi - "neoproteksionizm" shaklida qayta tirilishiga zamin yaratdi. Endilikda iqtisodiy samaradorlik tamoyillari milliy xavfsizlik va "strategik avtonomiya" tushunchalari oldida o‘zining ustuvorligini yo‘qotmoqda. Ushbu maqola doirasida zamonaviy dunyo tartibida davlatlarning iqtisodiy suverenitetini himoya qilish mexanizmlari, proteksionistik choralarining legitimligi va ushbu jarayonlarning global savdo tizimining kelajagiga ko‘rsatadigan fundamental ta’siri tahliliy tadqiq etiladi.

ASOSIY QISM: IQTISODIY SUVERENITETNI SAQLAB QOLISH VA

PROTEKSIONIZM MASLALARI.

Iqtisodiy suvernitet va proteksionizm masalalari bugungi rivojlangan dunyoda ahamiyatu oshib bormoqda, zero bugungi kuchaygan iqtisodiy raqobat muhiti va global iqtisodiy hamkorliklar davrida bu juda muhim hisoblanadi. Shu o’rinda, iqtisodiy suverenitet va proteksionizmni asosiy maqsadi o’laroq, iqtisodiy qaramlikni oldini olish, ya’ni bir mamlakatning yoki uning iqtisodiyotining boshqa davlat davlatlarga, yoki moliyaviy yordam va resurslarga tayanib qolmasligi namoyon bo’lmoqda. Chunki bu asoslarsiz davlat iqtisodiy siyosatini mustqail yurita olmaydi, tashqi o’zgarishlarga nisbatan esa juda ham zaif bo’lib qoladi va bu holat uzoq muddatli rivojlanishni cheklaydi. Bilishimiz kerakki, proteksionizm - bu davlatning ichki iqtisodiyotini xorijiy raqobatdan himoya qilish siyosati hisoblanadi, va asosan import tariflari, kvotalar, subsidiyalar, va imort taqiqlari yoki eksportni rag’batlantirishga nisbatan chora sifatida qaraydi.

Proteksionizm ildizlari Qadimgi Rim imperiyasi davriga borib taqaladi, chunki unda ham ma’lum xorijiy tovarlarga nisbatan cheklovlar qo’yilgan. O’rta asrlarga kelib esa, shaharlar rivojlanishi va gildiyalar tashkil topishi natijasida, ularning o’z mahsulotlarini himoya qilish hissi ortib bordi va shu davrdan ular xorijiy savdogarlga cheklovlar joriy eta boshladi. Lekin haqiqiy biga ma’lum bo’lgan tizimlashgan proteksionzim esa XV–XVIII asrlarda Yevropada paydo bo‘ldi.Proteksionizmning eng mashxur va uzoq muddatli shakli sifatida - Merkantilizm tushuniladi. Chunki 1500-1800-yillar oralig’igda Yevropa davlatlarida hukmron bo’lgan iqtisodiy-siyosiy nazariya edi. Bu davrda davlat boyligi sifatida oltin va kumush zaxiralari, mustamlakalrdagi arzon xomashyo manbalari ko’rildi va shuningdek, o’z davlati ichidagi monopoliyalarga yon berish juda kuchli bo’ldi. Bunga misol qilib Fransiyadagi Kolbert siyosati(XVII asr)ni ko’rsatishimiz mumkin, chunki bu davrda asosiy e’tibor e’tibor sanoatni himoya qilish va mustamlakachilikni rivojlantirishga qaratildi.

Merkantilizmdan keyingi davrda XIX asrda proteksionizm yangi shakl oldi - bu endi “klassik proteksionizm” deb ataladi. Bu davrni asosiy xususiyatlari shundan ibora bo’ldiki, bu davrda rivojlanayotgan mamlakatlar yangi sanoatlarini vaqtincha himoya qilishi kerak, keyin ular raqobatbardosh bo’lganda, erkin savdoga o’tishi mumkin degan g’oya ilgari ilgari surildi. Masalan, Anliya 1846-yilga kelibginda “ Don qonuni”ni bekor qildi, va erkin savdoga o’ta boshladi. Zamonaviy proteksionizm esa nisbatan keyinroq, 1990 - 2000-yillar Globallashuv o’z cho’qqisiga yetgan davrdan namoyon bo’la boshladi. Ayniqsa , 1970- yillardan boshlab , AQSH va Yevropada iqtisodiy tariflarga nisbatan to’siqlar kuchaya boshladi. Bunga asosiy sabab sifatida esa neft inqirozlari, Yaponiyaning sanoatda ( ayniqsa avtomobil va elektronika) yetakchilik uchun da’vogarligi ortib borayotganligi, shuningdek endi rivojlanayotgan davlatlarning raqobatlari ko’rsatildi.Haqiqiy zamonaviy proteksionizmning debochasi sidatida esa 2008-yilgi global moliyaviy inqirozdan keyingi davrni aytishimiz mumkin, chunki aynan shu davrda yuz bergan moliyaviy inqiroz, ish o’rinlarini yo’qolib borihi, va ta’minot zanjirlarining zaiflashishi natijasida, proteksionistik choralar keskin oshdi.

Zamonaviy proteksionizmni faqat “iqtisodiy yopilish” yoki vaqtinchalik reaksiya deb baholash xato bo‘lardi. Bu jarayon chuqurroq va uzoq muddatli o‘zgarishlarni aks ettiradi - davlatlar iqtisodiy qudratni milliy suverenitet va xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida qayta ko‘rib chiqmoqda.Erik Xellayner o‘zining “Yangi Merkantilistlar” asarida (2021) ta’kidlaganidek, neomerkantilizm - bu nafaqat eski savdo siyosatining qaytishi, balki global miqyosda uzoq yillik intellektual an’ananing yangi bosqichi[1]. Klassik merkantilizm davlat boyligini savdo balansi orqali oshirishga qaratilgan bo‘lsa, bugungi neomerkantilizmda asosiy e’tibor strategik sohalarda (texnologiya, yarimo‘tkazgichlar, energetika, raqamli infratuzilma) davlat nazoratini o‘rnatish va tashqi bog‘liqlikni kamaytirishga qaratilgan. CSIS markazining 2023 yildagi tahlilida bu holat “neomerkantilistik lahza” deb atalgan - ya’ni global iqtisodiyotda davlatlar endi erkin bozor tamoyillaridan ko‘ra, milliy manfaat va xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘ymoqda.

Shu bilan birga, 2025 yilga kelib ko‘plab kuzatuvchilar jahon iqtisodiyoti “globalizatsiyaning tugashi” yoki “yangicha parchalanish” davriga kirganini ta’kidlashmoqda. Masalan, Özgür Yayınları tomonidan chop etilgan “The Age of Economic Nationalism: The End of Globalization?” kitobida bu tendensiya yangi iqtisodiy millatchilik shaklida namoyon bo‘layotgani ko‘rsatilgan[2]. Davlatlar pandemiya, geosiyosiy mojarolar va ta’minot zanjiridagi uzilishlar tajribasidan kelib chiqib, ichki bozorlarni va muhim resurslarni tashqi tahdidlardan himoya qilishni ustuvor vazifa deb bilishmoqda. ScienceDirect’da 2025 yilda chop etilgan maqolada AQSh, Xitoy va Yevropa Ittifoqi misolida “yangi iqtisodiy millatchilik” sanoat siyosati va milliy xavfsizlikni birlashtirib, global iqtisodiy raqobatni tubdan o‘zgartirayotgani ta’kidlanadi[3].

Nega proteksionistik g‘oyalar hozir bunchalik kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda? CEPR (2023) tadqiqotida bu savolga “narrativ kuchi” degan tushuncha orqali javob berilgan[4]. Proteksionistlar iqtisodiy masalalarni shunchaki raqamlar va samaradorlik nuqtai nazaridan emas, balki “milliy g‘urur”, “o‘z xalqini himoya qilish” va “suverenitetni saqlash” kabi hissiy va identifikatsion ramkada taqdim etishmoqda. Bu yondashuv siyosiy maydonda juda samarali - chunki u iqtisodiy liberallikning “global manfaat” haqidagi abstrakt g‘oyasiga qaraganda, oddiy odamlar uchun ancha yaqin va tushunarli eshitiladi. Natijada, proteksionistik choralar ko‘pincha keng jamoatchilik qo‘llab-quvvatlashi bilan qabul qilinmoqda.

Bugungi kunda “erkin savdo - proteksionizm” qarama-qarshiligi ham yangi shakl oldi. Endi gap mutlaq yopiqlik yoki to‘liq ochiqlik haqida emas, balki “strategik avtonomiya” va “tanlangan hamkorlik” haqida ketmoqda. E-International Relations va boshqa tahlillarda ta’kidlanishicha, davlatlar o‘zlariga ishonchli deb hisoblagan mamlakatlar bilan savdo qilish, investitsiyalarni skrining qilish va muhim texnologiyalarni ichki ishlab chiqarishga o‘tkazish orqali xavfsizlik va suverenitetni ta’minlamoqda. Bu yondashuv AQShning CHIPS Act, Xitoyning “dual circulation” siyosati va Yevropa Ittifoqining “open strategic autonomy” konsepsiyasida yaqqol namoyon bo’lmoqda[5].

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy neomerkantilizm - bu vaqtinchalik hodisa emas. U globallashuvning oldingi bosqichidagi zaifliklarni (ta’minot zanjiri uzilishlari, texnologik bog‘liqlik, geosiyosiy xavflar) ochib bergan va davlatlarni iqtisodiy siyosatni milliy manfaatlar prizmasida qayta shakllantirishga majbur qilmoqda. Bu o‘zgarishlar nafaqat savdo oqimlarini, balki kelajakdagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning butun arxitekturasini belgilab beradi.

Xulosa

Yakuniy so‘z sifatida shuni ta’kidlash joizki, bugungi global tartibda iqtisodiy suverenitet va proteksionizm masalalari oddiy iqtisodiy inqiroz yoki vaqtinchalik reaksiya emas - bu xalqaro munosabatlarning tubdan o‘zgarishi, geosiyosiy va iqtisodiy landshaftning yangi bosqichiga o‘tish natijasidir. Erik Xellayner o‘zining “Yangi Merkantilistlar” asarida yaxshi ko‘rsatib berganidek, iqtisodiy millatchilik o‘zining intellektual ildizlariga qaytib, kuchayib bormoqda. Davlatlar endi bozor erkinligini milliy xavfsizlik va qudratni saqlash manfaatlari yo‘lida qurbon qilishga tayyor ekanini ochiq namoyish etmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, liberal globallashuv davri o‘rnini “geoiqtisodiy parchalanish” egallamoqda. Bu jarayon jahon iqtisodiyotini alohida strategik bloklarga, ya’ni “do‘stona” va “raqib” guruhlarga bo‘lib yubormoqda. CEPR va CSIS kabi tahlil markazlari ta’kidlaganidek, hozirgi proteksionizm endi faqat tariflar urushi emas - bu texnologik ustunlik, raqamli mustaqillik, ta’minot zanjirlari xavfsizligi va hatto energetik resurslar ustidan nazorat uchun olib borilayotgan keng ko‘lamli raqobatdir. “Yangi iqtisodiy millatchilik” o‘zining kuchli narrativ kuchi bilan nafaqat rivojlangan davlatlarda, balki rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham asosiy strategik yo‘nalishga aylanib bormoqda.

Kelajakda davlatlar ochiq bozor va himoya choralari o‘rtasidagi yangi muvozanatni izlashga majbur bo‘ladi. Maqolada keltirilgan manbalar asosida shuni aytish mumkinki, mutlaq erkin savdo endi utopik tuyuladi: amalda esa “strategik avtonomiya”, “do‘stona ta’minot zanjirlari” va tanlangan hamkorlik tamoyillari xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yangi qoidalari bo‘lib qolmoqda. Shunday qilib, iqtisodiy suverenitetni ta’minlash - bu nafaqat iqtisodiy o‘sish masalasi, balki o‘zgaruvchan global geosiyosiy muhitda davlatning mustaqil sub’ekt sifatidagi mavqeini saqlab qolishning asosiy shartidir.

Bu o‘zgarishlar oldida rivojlanayotgan davlatlar, jumladan O‘zbekiston kabi mamlakatlar uchun imkoniyatlar ham, xatarlar ham bor. Muhimi, ular global parchalanish sharoitida o‘z manfaatlarini himoya qilish va raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun oqilona strategiyalarni ishlab chiqishlari zarur.

Foydalanilgan manbalar: 1. Helleiner E. The Neomercantilists: A Global Intellectual History. Cornell University Press. 2021. 112 -145 betlar. 2. Özgür Yayınları. The Age of Economic Nationalism: The End of Globalization? Istanbul, Avademic series.2025.210-235-betlar. 3. ScienceDirect.The new economic nationalism and global trade dynamics.Elsevier .2025.45-58-betlar. 4. CEPR .The narrative power of economic nationalism. Center for Economic Policy Research. 2023. 12-20-betlar. 5.CSIS. Center for Strategic and International Studies.The Neo-mercantilist Moment. 2023.8-12-betlar.

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.