ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOG SHAXSINING O‘RNI VA ROLI

초록

Ushbu maqolada ta’lim va tarbiyada har bir pedagogning roli va vazifalari, burchi va majburiyatlari oʻrganiladi. “Pedagog maqomi to‘g‘risi”dagi qabul qilingan Qonun va ta’lim sohasiga oid qaror va farmonlarda belgilangan pedagog kadrlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar va pedagoglarning huquqlari koʻrib chiqiladi


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

ROLI

Pulatova Muxabbat Egamberdiyevna

SamDU Pedagogika va Umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti

Naimova Fariza Ayubovna

Zarmed Universiteti Pedagogika yoʻnalishi 1-bosqich talabasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim va tarbiyada har bir pedagogning roli va vazifalari, burchi va majburiyatlari oʻrganiladi. “Pedagog maqomi to‘g‘risi”dagi qabul qilingan Qonun va ta’lim sohasiga oid qaror va farmonlarda belgilangan pedagog kadrlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar va pedagoglarning huquqlari koʻrib chiqiladi.

Kalit soʻzlar: Ta’lim, tarbiya, pedagog, oʻquvchi, innovatsiya, qonunlar, farmonlar, pedagogik huquq, pedagogik burch, bilim, koʻnikma, malaka.

Аннотация. В этой статье рассматриваются роли и задачи, обязанности и обязанности каждого педагога в образовании и воспитании. Рассматриваются задачи, возложенные на педагогические кадры, и права педагогов, определенные в принятом Законе "О статусе педагога" и постановлениях и указах в сфере образования .

Ключевые слова: образование, воспитание, педагог, ученик, инновации, законы, указы, педагогическое право, педагогический долг, знания, навыки, квалификация.

Abstract. This article considers the roles and tasks, duties and responsibilities of each teacher in education and upbringing. The tasks assigned to pedagogical personnel and the rights of teachers, defined in the adopted Law "On the Status of a Teacher" and in the decrees and decrees in the field of education, are considered.

Key words: education, upbringing, teacher, pupil, innovation, laws, decrees, pedagogical law, pedagogical duty, knowledge, skills and qualifications.

Ta’lim va tarbiya - har qanday jamiyat taraqqiyotining asosi sanaladi. Insoniyat tarixida har bir buyuk shaxsning ortida sabr-toqatli, bilimli va mehribon ustoz turgan. Pedagoglar nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchilar qalbiga nur sochuvchi, ularni jamiyatga foydali inson etib voyaga yetkazuvchi fidoyi insonlardir. Shu bois ta’limtarbiyada pedagoglarning o‘rni beqiyosdir. So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.

Taʼlim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar taʼlimni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar, baʼzisi taʼlimning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari qaratilganligini taʼkidlaydi.

Taʼlim va tarbiya mazmunining uygʻunligi tamoyili – bu kishilarga bilim va tarbiya berish jarayonidan iborat boʻlib, bunda egallangan bilim va koʻnikmalarni hayotga qoʻllay olishga oʻrgatiladi, hayotda taʼlim oluvchilarning ham intellektual, ham maʼnaviy jihatdan uygʻunlikda rivojlanishi taʼminlanadi. Yaxlit taʼlim - tarbiya jarayonida ikkala oʻzaro bogʻliq juftlik, yaʼni bilim berish va tarbiyaviy koʻnikmalarni shakllantirish hamda shakllangan taʼlimiy – tarbiyaviy bilimlar va koʻnikmalar boʻyicha faoliyat koʻrsatishga oʻrgatish, obʼektiv borliqdagi qonuniyatlarni oʻrganish va uning amaliy munosabatlarini tarkib toptirishda namoyon boʻladi. Shu sababli taʼlim oluvchilarga bilim berishda egallangan bilimni amalda ishlatishga oʻrgatish bilan birga taʼlim tarbiyalovchi ham boʻlishi kerak.

Taʼlimning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, taʼlimning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim bilish qobiliyatlari, his-tuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.

Taʼlim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish – jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.

Taʼlim - oʻquvchining bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Ta’lim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqiyyoti sohasida ustuvor deb tan olindi.

Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari qadam tashlash maqsadida Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 28-yanvar kuni “2022-2026-yillarda moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‘risida”gi PF-60-sonli Farmonini imzolandi. Ushbu Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta’minlash, ta’limtarbiya tizimini tubdan isloh qilish va mutlaqo yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yilarda maktab ta’limini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻg‘risida”gi 134- Farmoni va bir qator Prezident qarorlari qabul qilindi.

Rivojlantirish dasturining asosiy yoʻnalishlari quyidagilar:

Maktab ta’limida ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy oʻquv dasturini toʻlaqonli tashkil etish hamda mahalli va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish;

Jamiyatda oʻqituvchi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag‘batlantirish;

Oʻqituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini, doimiy kasbiy rivolanishdagi talabchanligini oshirish;

Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning xalq ta’limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta’lim jarayonlarini jadallashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 1-avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2023-yil 29-sentabrda ma’qullangan “Pedagoglar maqomi toʻg‘risida”gi qonunda pedagogning etika qoidalari, huquqi, majburiyati, vazifalari haqida aytib oʻtilgan.

Iste’molda pedagog va o‘qituvchi atamasini sinonim sifatida ishlatamiz. Bir qaraganda bu to‘g‘ri, ammo ayrim qirralari bilan ikkisi bir-biridan farq qiladi. Ya’ni, pedagog (yun. paidagogos - tarbiyachi) - pedagogika mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi, shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxsdir. O‘qituvchi esa umumiy o‘rta ta’lim, akademik litsey va kasbhunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshiradigan, o‘quv jarayoniga rahbarlik qiladigan mutaxassisdir.

Zamonaviy ta’lim-tarbiyada pedagogning o‘rni – bu kelajak jamiyatini shakllantirishdagi eng muhim poydevor hisoblanadi. Ustoz – bu nafaqat o‘qituvchi, balki yo‘l ko‘rsatuvchi, motivator, tarbiyachi va do‘st. Bugungi davr pedagogdan chuqur bilim, yuksak axloqiy fazilatlar, ijodkorlik va doimiy o‘zgarishlarga tayyorlikni talab etmoqda. Shu bois, har bir jamiyatda pedagog shaxsining maqomi va nufuzini oshirish – bu kelajak sari tashlangan eng oqilona qadamdir.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik- T.: SANO-

STANDART, 2017.

2. R.A.Mavlonova, O.Toʻrayeva, K.M.Xoliqberdiyev, Pedagogika. Darslik T:.

Oʻqituvchi 2018 yil. 3. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. - Т.: “Iqtisod-moliya”, 2011425 b. 4. www.cyberleninka.ru 5. www.lex.uz. 6. marifat.uz

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.