(SAID AHMAD ASARLARI BO‘YICHA)
Choriyev Jaloliddin Almirzayevich
Xorijiy tillari fakulteti Lingvistika (ingliz tili)
yo‘nalishi 1-kurs magistranti
jaloliddinchoriyev476@gmail.com
Ilmiy rahbar: f.f.f.d (PhD) Nargiza Suyarova Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Said Ahmad asarlaridagi zoomorfik metaforalar haqida so‘z boradi. Said Ahmadga xos bo'lgan uslub zoomorfik metaforalar orqali talqin qilinadi. Kalit so‘zlar: zoomorfik metafora, etalon, semantik tavsif. Annotation: This article discusses the zoomorphic metaphors in the works of Said Ahmad, one of the prominent representatives of Uzbek literature. The style characteristic of Said Ahmad is interpreted through zoomorphic metaphors. Key words: Zoomorphic metaphor, standard (or benchmark), semantic description.
Badiiy asarlarda yozuvchi va shoirlar o‘ziga xos ko‘rinishi uchun zoomorfik metaforalardan unumli foydalanadi. Zoomorfik metafora - bu hayvonlar va ularning tana a’zolari nomini ifodalovchi leksemalar ma’nosining metaforik usulda ko‘chishi bo‘lib, bu turga bo‘ri, tulki, ayiq, ilon, it, shox, dum, qanot kabi leksemalarning metaforik ma’no hosil qilishi kiradi. Metafora orqali ma’no ko‘chishida konnotativ ma’no yorqinroq aks etadi. Masalan, ot, eshak, qo‘y, it, bo‘ri, tulki, yo‘lbars, boyo‘g‘li, musicha, burgut, lochin, qaldirg‘och, bulbul kabi hayvon va qushlarning nomlari bo‘lgan leksemalar mavjudki, bu so‘zlar o‘z ma’nosidan tashqari, ko‘chma ma’noda juda keng qo‘llanadi. Otning baquvvatligi, eshakning aqlsizligi, qo‘yning yuvvoshligi, itning vafodorligi, mushukning epchilligi, tulkining ayyorligi, burgutning changallashdagi kuchliligi, lochinning ko‘zi o‘tkirligi kabi tipik xususiyatlari boshqa predmetlarga nisbatan metaforik usulda ko‘chiriladi, natijada konnotativ ma’no yuzaga keladi hamda matnning ta’sirchanligi oshadi.
Qadimgi davrdan boshlab hayvon, qush va o‘simlik nomlarining badiiy adabiyotga ko‘chishi kuzatiladi. “Devonu lug‘otit-turk” va “Qutadg‘u bilig” asarlarida qushlarning ma’lum xatti-harakatlari orqali har xil xarakterdagi odamlarning majoziy obrazi yaratilgan. “Qutadg‘u bilig”da qushlar majozi alohida ahamiyat kasb etib, bunda, ayniqsa, ushbu badiiy detal asarning g‘oyaviy-estetik qimmatini oshirish, tasvirlanayotgan voqelikning mohiyatini chuqurroq ochish, qahramonlarning ichki dunyosi, yaxshilik va yomonlikka asoslangan fazilatlarini obrazli gavdalantirish kabi maqsadlarga bo‘ysundirilgan. Jumladan, Yusuf Xos Hojib o‘z asarida bekning xarakter-xususiyatlarini berishda, kuch va mardlik timsollarini ifodalashda arslon va sher timsollaridan foydalangan1. Asosan, zoomorfik metaforalar ko‘proq she'riy shakllarda uchraydi. Masalan, Iqbol Mirzo, Muhammad Yusuf, To‘ra Sulaymon ijodida bu xususiyatlar yaqqol namoyon bo‘ladi.
Said Ahmadning "Ufq" trilogiyasi, "Jimjitlik" romanida davr muammolari, insonlarning ichki his-tuyg'ulari, kechinmalari zoomorfik metaforalar orqali ifodalanadi va yozuvchigagina xos bo‘lgan uslubni ko‘rsatadi. "Jimjitlik" romanida keltirilgan ba’zi zoomorfik metaforalarga to‘xtalib o‘tamiz:
1. Qashqir so‘zi orqali hosil bo‘lgan metafora. "Cho‘qqilar jilvasiga ko‘pam mahliyo bo‘laverma, bolam. Bu tog'da qashqirlar bor". Ushbu jumlada qashqir so‘zi dastlab o‘z ma'nosida tushuniladi. Asar oxirida esa jamiyatdagi yovuz odamlar qashqir timsolida gavdalanadi. Bu yerda nega bo‘ri yoki yo‘lbars bor emas, aynan qashqir bor, semasining ishlatilishi yozuvchiga xos bo‘lgan uslubni yuzaga keltiradi.
2. Kaptar pati orqali hosil bo‘lgan metafora. Qop-qora sochlari kaptar patidek bo‘lib ketdi". Ushbu jumla orqali Said Ahmad qush misolida qahramonning holatini akslantirgan. Odatda kaptarning qora patlari biroz namiqqan, ko‘rimsiz holatda bo‘ladi. Yozuvchi o‘z qahramonining holatini kaptar pati orqali o‘quvchiga namoyon qiladi.
3. Chumchuq so‘zi orqali hosil bo‘lgan metafora. 1 Мирзоҳидова Л. XI-XII асрлар туркий адабиѐтида мажозий тасвир бадиияти: Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс... автореф. – Самарқанд, 2018. “U inida chumchuq bo‘lib yotdi”. Odatda, chumchuq chaqimchilik etaloni sifatida gavdalanadi, lekin yozuvchi bu jumlasi orqali chumchuqqa xos bo‘lgan boshqa xususiyatni insonga ko‘chiryapti. Chumchuqlar kechasi tinch yotmasdan, ko‘p qimirlaydi. Qahramonning hayot tashvishlaridan kechasi bilan qimirlab, uxlay olmay chiqishini chumchuqning holatiga mengzaydi.
4. Bulbul so‘zi orqali hosil bo‘lgan metafora. “Bodomgul bulbul edi”. Bu yerda yozuvchi an’anaviy o‘xshatish usulidan foydalanadi. Badiiy adabiyotda doimo insonning ovozi bulbulga o‘xshatiladi. Bu yerda ham birgina bulbul so‘zi qahramonning xushovozliligini bildirib kelmoqda.
5. Burgut so‘zi orqali hosil bo‘lgan metafora. “Uning burgut ko‘zlaridan ma’no anglash mushkul edi”. Burgut – tezlik, chapdastlik, o‘tkirlik ramzi sifatida talqin qilinadi. Said Ahmad burgutning ko‘zlari bilan insonning ko‘zlarini o‘xshatadi. Qahramonning holatini tasvirlashda “kiyikdek beozor”, “ohuko‘z” metaforalarini emas, balki burgutdek o‘tkir ko‘z sohibi sifatida tasvirlaydi. Bu orqali esa yana bir ichki ma’no – qahramonning salbiy obrazda ekanligini anglash qiyin emas. Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarida uch yuzdan ortiq qushlarning insonlar obrazida gavdalanishi bir qarashda xarakter jihatdan bizga notanish insonlarning xususiyatlarini ochib bergan.
Odatda, zoomorfik metaforalardan insondagi illatlarni ifodalashda unumli foydalaniladi. Bu usul albatta, majoziy ma’noni ifodalashda qo‘l keladi. Rossiyalik tilshunos S.Tolstaya aytganidek, hayvonlar metaforasi o‘simlik metaforasidan farqli ravishda insondagi salbiy xususiyatlar bilan ko‘proq bog‘liq.
Xulosa qilib aytganda, said Ahmad ijodida boshqa yozuvchilar ijodida uchramagan yangicha zoomorfik metaforalarni uchratish mumkin. Ushbu metaforalar majoziy ma’noda ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va egrilik, tozalik va ifloslik, go‘zallik va xunuklik, erkinlik va tutqinlik kabi tushunchalarni ifodalab kelgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Мирзоҳидова Л. XI-XII асрлар туркий адабиѐтида мажозий тасвир бадиияти:
Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс... автореф. – Самарқанд,
2018.
2. Said Ahmad. Jimjitlik romani.Turon zamin nashriyoti. - Toshkent. 2024
3. Jamolxonov Н. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. - Тoshkent: Talqin, 2005. – b.17
4. Norkuziyeva D.Sh. Bаdiiy аdаbiyotdа zoomorfizmlаrni qoʼllаnilishining o‘zigа xos
xususiyatlari. Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar. Respublika
ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Samarqand: SamDCHTI nashri, 2022. – 147-
149 b.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.