SHOIRASI
Muxtorqulova Rushona Zohidjon qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti boshlang'ich
ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi
telefon raqam: +998978162266
Annotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekistonni dunyoga tanigan mashhur shoirasi Zulfiyaxonimning ijodiy faoliyati va hayot yo'li haqida ma'lumot berilgan. Shoira Zulfiya ijodi milliy zaminga teran tomir otgan go'zal va betakror daraxtga o'xshaydi. Zulfiya shoiralardan birinchi bo'lib jahonga O'zbekiston degan yurtning rangin va betakror manzarasini, milliy qadriyatlari-yu, boy tarixini ko'lamdor obrazlarda ko'rsata oldi. Shoiraning ruhiy dunyosi milliy zaminga shu qadar teran muhabbat bilan bog'lanib ketganki, uning dilbar shoira bo'lib kamol topishidagi haqiqatni ana shu zamin qa'tidan izlamoq kerak.
Kalit so’zlar: lirika malikasi, tadqiqotchi olimlar izlanishlari va ularning fikri, shoiraning sahnalashtirilgan pyesasi, ijodiy faoliyati, beqiyos merosi, Zulfiya poetikasi.
“She’riy asarni anglash, undagi muallif ko‘zda tutgan niyatni, maqsad va vazifalarni tushunib etish, she’r g‘oyasinig mag‘zini chaqish uni o‘qishdan, yanada aniqrog‘i ifodali o‘qishdan boshlanadi”.
To'xliyev. B
KIRISH
Zulfiya XX asr o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biridir. U o‘zining teran falsafiy, hassos, fojiaviy va hayotbaxsh realistik ijodi bilan hozirgi zamon o‘zbek she’riyatida yangi sahifa ochdi. Zulfiya XX asr o‘zbek lirikasining yurik namoyandalaridan biridir. Shoiraning ijod ufqi keng, badiiy mushohadasi o‘tkir, ehtirosi jo‘shqindir. Shoira she’riyati hayotbaxsh lirik tuyg‘ularga, yangi-yangi fikrlarga, chuqur g‘oyaviy mazmunga, teran hissiyotga, ajoyib obrazlarga, rang-barang tasviriy vositalarga boydir. Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. Quyida mushoira ijodiy faoliyati hamda hayot yo'li haqida fikrlar keltirilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Zulfiya she’riyatida lirika bilan publitsistik ruh o‘zaro chambarchas bog‘langan. Unda hayotga, insoniyatga, ezgulikka muhabbat tuyg‘usi ufurib turadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Zulfiya tavalludining 80-yilligi munosabati bilan unga yo‘llagan tabrik xatida shoira ijodiga yuksak baho bergan edi:” Siz zamonamizning zabardast shoiri va jamoat arbobi sifatida O‘zbekistonning jarangdor ovozi bo‘ldingiz, deb aytsak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Jahon minbarlarida yangragan she’rlaringiz Sharq ayolining aql-u zakosi, fazlu kamolidan noyob nishonadir…Siz latif ijodingiz bilan millionlab kishilarga ezgulik, muhabbat va sadoqatdan saboq berdingiz…"
Siz Gulbadanbegim, Zebuniso, Uvaysiy, Nodirabegim kabi Sharqning buyuk fozila ayollari boshlagan an’analarni boyitib, yangi pog‘onaga ko‘tardingiz. Mehribon va talabchan ustoz Zulfiyaxonimning mahorat maktabidan ko‘plab yosh iste’dodlar bahramand bo‘ldilar.
Istiqlol ruhi Sizni, ijodingizni yanada yashartirib yubordi. Maftunkor she’riyatingiz yoshlik nafasi bilan qayta uchqunlandi ”1
XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidchilik va bu oqimga mansub ma’rifatparvarlarning ijodi o‘z davrining adabiy-badiiy va ma’rifiy hayotda muhim o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Mavzuning dolzarbligi shundan belgilanadiki, Zulfiyaning hayot va ijod yo‘lini yoritish bilan birga asarlari ustida tadqiqotlar davomiyligini hamda she'rlaridagi asosiy ma'no-mazmunni ko‘rsatib berishdir.
Shoira ijodiy merosi o‘z davridan to shu kungacha adabiyotshunoslar, so‘z san’ati ixlosmandlari diqqat markazida bo‘lib kelgan. Zulfiya hayoti va ijodi metodistlar tomonidan alohida tadqiqot obyekti qilib olinmagan. Holbuki, shoira hayoti va ijodini, adabiy merosini o‘rganish va unda ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan, samarali usullardan foydalanish e’tiborga molik bo‘lgan vazifalardan biridir. Shoira badiiy mahoratini o‘rganish uning ijodiga xos nozik qirralarini anglashimizga yordam berishi shubhasizdir.
Zulfiya hayoti va ijodi haqida N.Karimov, U.Normatov, O.Sharafiddinov, B.Nazarov, D.Quronov, R.Qo‘chqorov, Q.Husanboyeva, U.Hamdam, B.To‘xliyev, M.Mirqosimova, Q.Yo‘ldoshev, T.Niyazmetovalar o‘z maqolalari va tadqiqotlarida yеtarlicha o‘rganishgan hamda o‘rganilmoqda.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, Zulfiya bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning ko‘pchiligi filologiya yo‘nalishida. T.Abdukarimovning “Maktabda 1 Karimov I. Yuksak ma’naviyat - yеngilmas kuch. - T.: Ma’naviyat, 2008. Zulfiya hayoti va ijodini o‘rganish”2, H. Hasanovaning “Maktabda Zulfiya ijodini o‘rganish”3 nomli uslubiy qo‘llanmalari dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Metodist olima T.Niyazmetovaning “Adabiy ta’limda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish” degan maqolasida4 7-sinfda Zulfiya hayoti va ijodiga lavhalarni o‘quvchilar e’tiboriga havola etish xususida maslahatlar beradi.
Taniqli tadqiqotchilardan biri Q.Husanboyevaning “Tahlil–adabiyotni anglash yo‘li"5 nomli monografiyalarida shoira ijodini o‘rganish yuzasidan ayrim tavsiyalarnigina misol qilishimiz mumkin. Zulfiya hayoti va ijodini o‘rganish alohida tadqiqot obyekti bo‘lgan emas. Shuning uchun men ushbu maqolamda Zulfiya hayoti va ijodini tadqiq etishga harakat qildim.
Ozod Sharafiddinov shunday yozadi: “O‘zbekistonda ham Zulfiyaning ijodiy kechalarida ko‘p qatnashdim. Yaypanda, Popda, Marg‘ilonda, Toshkentda, Qo‘qondagi bir uchrashuv ham g‘oyatda maroqli bo‘lgan edi. Qo‘qonliklar shoiraga siyohdon sov-g‘a qilishdi. "Bu siyohdon Nodirabegimning siyohdoni. Nodirabegim sizga qalamini ham meros qoldirgan. Siz Nodirai davronsiz. Nodira aytolmay ketgan qo‘shiqlar sizning qalamingizdan to‘kilsin" deya lutf qilishdi. Zulfiya opaning dovrug‘i butun jahon bo‘ylab taralgan edi. Qaysin Quliyev, David Kugultinov, Mustay Ka-rim kabi ulkan san’atkorlar uning yaqin do‘sti edi, u "Nilufar" xalqaro mukofotning, Neru nomidagi xalqaro mukofotlarning sohibasi bo‘lgan edi. Lekin mukofot-u unvonlar orasida bittasi bor ediki, bu unvon bilan Zulfiya opa alohida mag‘rurlanardi. U O‘zbekiston xalq shoirasi edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, "Baxtim shulki, o‘zbekning Zulfiyasiman" deya xitob qilgandi.6
Bugungi kunga qadar Zulfiya hayot yo'lini yoritgan bir qancha asarlar sahna yuzini ko'rdi. Masalan, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning qalamiga mansub “Xotiram siniqlari” dostoni asosida “Diydor” studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan mazkur spektaklda shoir Hamid Olimjon va Zulfiya o‘rtasidagi mehr-muhabbat, o‘tgan asrning suronli 37-yillaridagi alg‘ov-dalg‘ov voqealar namoyish etilgan. Zulfiya rolida — Gulbahor yo‘ldosheva. Sahnalashtiruvchi rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev. 2 Abdukarimov T. Maktabda Zulfiya hayoti va ijodini o'rganish. -Toshkent: O‘qituvchi, 1978 3 Hasanova H. Maktabda Zulfiya ijodini o‘rganish. -Toshkent: O'qituvchi, 1991 4 Niyazmetova T.R. Adabiy ta’limda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish // Til va adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar. 1-qism. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2006. – B. 6-10. 5 Ҳусанбоева Қ .Таҳлил – адабиётни англаш йўли.- Т:2013. 6 Шарафиддинов О. Қалбимизга яқин шоира. –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт, 1968 йил.
MUHOKAMA
Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli vakili, O‘zbekiston xalq shoiri, xalqaro «Nilufar», Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasidir. U 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang‘ich maktabda, so‘ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan. 1935-1938- yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1953-yildan 1980-yilgacha, qariyb o‘ttiz yilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan «Saodat» nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo‘lgan. Zulfiyaning dastlabki she'rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan. Shundan so‘ng shoiraning «She'rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» (1938-yil), «Uni Farhod der edilar» (1943-yil), «Hijron kunlarida» (1944- yil), «Dalada bir kun» (1948-yil), «Tong qo‘shig‘i» (1953-yil), «Yuragimga yaqin kishilar» (1958-yil), «Kuylarim sizga» (1965-yil), «O‘ylar», «Shalola» kabi o‘nlab she'riy to‘plamlari chop etildi. U atoqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurgan. Biroq ular orzularga to‘la hayot kechirayotgan pallada - 1944-yili mashina avariyasi tufayli turmush o‘rtog‘idan ayriladi. Shundan so‘ng umr bo‘yi o‘z muhabbatiga sodiq qolib, Hamid Olimjonning ishlarini sabot bilan davom ettiradi. Uning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pyesa va opera librettolarini yaratadi. O‘zi ham «Quyoshli qalam», «Mushoira», «Xotira siniqlari» kabi poemalar yozadi. Rus, ukrain, ozarbayjon, hind shoiralarining she'rlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi. Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. 50-yillarning 2-yarmida u Osiyo va Afrika yozuvchilarining tinchlik va xalqaro birdamlik shiori ostida oʻtgan harakatida faol qatnashib, jahonning koʻpgina mamlakatlarida boʻldi. Hindiston, Misr, Yaponiya va qoʻshni respublikalarga qilgan safari shoira ijodida chuqur iz qoldirdi. "Mushoira", "Oʻgʻlim, sira boʻlmaydi urush", "Qozogʻiston oʻlanlari", "Men chizolmagan surat" singari sheʼrlari Zulfiyaga shuhrat keltirdi. Zulfiya sheʼrlarida tasvir etilayotgan hayot koʻlami kengayb, ijodiga xorijiy xalqlar hayoti manzaralari ham kirib keldi. 70-yillardan boshlab uning ijodidagi milliy hayot tasvirida yangi ranglar kamalagi paydo boʻldi, haqqoniylik va his-hayajon kuchaydi. "Oʻylar" (1965) sheʼriy guldastasi b-n boshlangan voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili "Visol" (1972), "Yillar, yillar..." (1975) sheʼriy kitoblarida davom etib, shoira ijodida chinakam badiiy yuksalish davri boshlanganini namoyish etdi. Islom Karimov ta'riflaricha «Uning jahon minbarlaridan yangragan she'rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she'riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan». Shoiraning she'rlari ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors, vetnam kabi juda ko‘p xorijiy tillarga tarjima qilingan edi. Shoira 1997-yil 82 yoshida vafot etgan.
Butun boshli jamiyatda faqat to‘kislik va go‘zallik haqida qalam tebratish urf bo‘lgan bir davrda yashagan shoira Zulfiya ijodida, barcha zamondoshlari singari jamiyat va tabiat go‘zalligini tarannum etuvchi satrlar bisyor. Lekin uning xazinasida umr yo‘ldoshi Hamid Olimjondan ayrilib qolgan davrda qog‘ozga “to‘kilgan, “yig‘loqi” degan ta’naga sabab bo‘lgan “dard”lari o‘z samimiyati bilan har qanday o‘quvchini muvozanatdan chiqaradi. Shoira ularda qahramonini she’rxonga tuydira bilgan, uni firoq o‘tida o‘rtangan ma’shuqaning dardlariga chinakamiga sherik bo‘lishiga erisha olgan. Zulfiyaning hijron mavzusida yozgan “Sen qaydasan, yuragim”, “Ne baloga etding mubtalo”, “Sensiz” kabi she’rlari, tabiat go‘zalligini tarannum etuvchi “Oydinda”, “Bog‘lar qiyg‘os gulda” singari bitiklari, inson taqdiri, hayot tashvishi va quvonchlariga yo‘naltirilgan “Nevara”, “Men o‘tgan umrga”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Lobar qizlarga” singari bir qator ash’orlari u yoki bu davrda umumiy o‘rta ta’lim maktablari “Adabiyot” darsliklari tarkibidan ham o‘rin olgan.
Zulfiya qator dostonlar yaratdi. Uning «Uni Farhod der edilar», «Quyoshli qalam», «Xotiram siniqlari» kabi dostonlari shoira dunyoqarashining kengaygani, turmush tajribalarining ortgani, tuyg‘u va fikrlarining teranlashganini yaqqol ko‘rsatib turadi.
«Quyoshli qalam» dostonini o‘zbek adabiyotining zabardast adibi Oybekka (xotirasiga) bag‘ishladi. Unda imkon qadar shoir ruhiy olamini ochib berishga intildi. Zulfiya uzoq umr ko‘rdi. «Xotiram siniqlari» dostonida aytganidek:
Hurriyat keldingmi, nahotki kelding, Kelar yo‘llaringda pinhona toldim.
Mening ota-onam, jon Vatanimda, Elim taqdirida abadiy qolding
U baxtli zamonamizni-Vatanimiz Mustaqilligini ko‘rishga muyassar bo‘ldi, xalqimiz boshidan o‘tgan dardu jafolar ortda qolganidan shukronalar aytdi. Uning she’riyati xalqimizning ruhiy-ma’naviy olamini boyitishga ko‘maklashaveradi.
NATIJA
Adabiy asarning mohiyatida obrazlilik mavjud. U maromiga etkazilmas ekan, badiiy ijod ekspressivlik va emotsionallik kasb etmaydi. Adabiy asar tesha tegmagan metaforalarga boy bo'lsa, unda teran mushohadaga chorlovchi badiiy-tasviriy vositalar etarlicha qo'llanilsa, poetik qiymati ham shunchalik rang-barang, betakror bo'ladi. Darvoqe, “Har bir obrazda shoirning voqelik hodisalariga shaxsiy munosabati bor. Unda shoir dunyoqarashi, ideali, estetik olami mujassamlashgan”7. Haqiqatan ham, shoira Zulfiya poetikasida – fasllarga ajralgan qalbning ruhiy kechinmalari aks ettirilgan. Masalan, quyidagi to'rt qator she'rni kuzatamiz va bunga guvoh bulamiz: Gavhar marjon kabi yaltirab tursa, Meni ham o'raydi she'riy hayajon!
Quyoshni qarshilab chiqib ayvonga, Nurlarga ko'milib yuraman shodon. 8
Kuz poetik obraz darajasi ko'tarilgan mazkur parchada lirik qahramonning kayfiyati shodlik va xurramlikni akslantirmoqda. Hissiy bo'yoqdorlik qabarib ko'ringan ushbu she'r mohiyatida lirik obraz – kuz tiynati mushohada sahniga olib chiqilgan. Idrok va tushuncha qa'rida tuyg'ular realizmi inkishof qilinadi. Shoira bir dam bo'lsa ham o'quvchi oldidagi samimiyatini pinhon tutmaydi, aksincha ro'y-rost izhor qilishni maqsad qiladi. Bular she'rning doimiy qoidalarini maromida ifodalanganida qabarib ko'rinadi. “Tovusday bezangan daraxt bog'lari” tashbihining kuzga ishorasi o'ziga xos sifat darajasini yuzaga keltirgan. “Oltin kuz” nomli she'rning kechinma tarkibida o'nlab muqoyasalarni original inkishof qilishga erishgan. Jumladan, “nurlarga ko'milib yuraman shodon” birikmasida shoira kayfiyatining ranginligini, hayotga orzular negizida qarashini, borliqning taskini – umid ekanligini talqin qilish etakchi kategoriyaga aylangan. Shoira Zulfiyaning adabiy suhbatlaridan uning shogirdlariga qanchalik g'amxo'rlik ko'rsatganini anglab olish mushkul emas. Bu ko'pincha shoiraning yaxshi she'rni qanday yozish kerakligi, she'r yozishda nimalarga jiddiy e'tibor qaratish lozimligi kabi masalalarda o'z maslahatlarini ayamaganligida ko'rinadi.
She'rning dunyoga kelish onlari bo'ladi, shoir ana shu jarayonda ilhomiga tayanib ish tutsa, iste'dodidan unumli foydalansa yaxshi natijalarga erishishi mumkinligiga ishora qiladi. Bular shoira Zulfiyaning hayot va ijod haqidagi tasavvurlarining bir uzvi xolos. Voqelikka xos munosabatda bo'lish, she'rni takror va takror ishlash, uni qayta tekshirish, tahlil qilish tufayli yangi fikr aytish mumkin deb hisoblaydi va bu fikrlarni hayotiy a'mol darajasiga ko'taradi. Borliqni estetik qayta idroklash shoirdan mehnat va mahoratni talab qilishiga mantiqiy urg'u beradi. Binobarin, “she'rlar minglarcha kishilar o'z qalbi va dili bilan his etib o'zlariniki qilib olgandagina poeziyaga aylanadi. 7 Ғаниев И ва бошқ. Шавкат Раҳмон олами. – Тошкент: “Академнашр”. 2013. 40-бет. 8 . Зулфия. Йиллар садоси. – Тошкент: “Адабиѐт ва санъат” нашриѐти. 1995. 91- бет. Menimcha, shoir uchun eng qiyini – shoirning o'zi uchungina emas, o'quvchi uchun ham zarur o'z ovozini, o'quvchining yuragiga yaqin, aziz, uni ham hayajonga soladigan torlarni topa bilishdir. Agar o'quvchi shoir yoki yozuvchining his-tuyg'ulari va g'oyalaridan to'lqinga kelmasa, asar u uchun befarq qolsa, demak, poeziya yaratilmadi”.
Bu tavsiflarda ijodkor uchun bir necha jihatlar umumlashtiriladi. Haqiqiy ijodkor tabiatidagi mukammallik, izlanish va e'tiqod, talant tarbiyasiga jiddiy e'tibor ko'rsatish masalasi dolzarb vazifalar sirasiga kirishi ta'kidlanadi. Noyob va murakkab talqinlar zamirida pafosning muhimligiga ishora qilinadi. Yaratgan tomonidan berilgan beqiyos iste'dod va ilhomga tayanib ijod qilish yaxshi samaralar berishini dalolatlaydi. Bular shoira Zulfiya adabiy-estetik qarashlarida g'oyat rangbarang, yorqin obrazlar yaratish zimnida ham ko'zga tashlanadi.
Zulfiya opa o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos bir maktab yaratgan edi. Uning shogirdlari ko‘p edi. Bu shoiralardan ayrimlari — Oydin Hojiyeva, Qutlibeka Rahimboyeva va boshqalar bugun Zulfiya opaning chirog‘ini so‘ndirmaslikka harakat qilib, samarali ijod qilmoqda. Shoira shogirdlari bilan birga go‘zal bir she’riyat chamanini yaratib ketdi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega shoira bo‘lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega ayol bo‘lgan. Bugun shu maqolani yozish va Zulfiyaxonimni ijodiga chuqurroq nazar solish orqali yana bir karra amin bo`ldimki, o`zbek adabiyoti XX asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yo`lni bosib o`tgan bo`lmasin, unda bir qator tom ma`nodagi ijodkorlar etishib chiqgan va ularni ichidagi porloq yuzluzlardan biri bu Zulfiyaxonim bo’lgan. Bugungi istiqlol kunlarida ularning ijodlari yangi qirralari bilan namoyon bo`lmoqda. Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha xotinqizlar uchun ibrat. Nеgaki, uning hayotidagi mеhnatsеvarligi, doimo olg’a intilishi, sеvgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchanligi hamda hayot qiyinchiliklarida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o’zini yo’qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg’otadi. 9 Қаюмов Л. Зулфия. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1975. – Б. 167
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - yurt taraqqiyoti va farovonligining garovi // “Xalq so‘zi”, 2016- yil 8 –dekabr. 2. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017. 3. Каримов. И.А. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Тошкент: Шарқ, 1997. 4. Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008 5. Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз. – Т.: Ўзбекистон, 2001. 9-жилд. 6. Каримов И.А. Адабиётга эътибор -маънавиятга, келажакка эътибор. – T.: Ўзбекистон, 2009. 7. Акбаров А. Зулфия. Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983. 8. Ahmedov S., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot. 6-sinf uchun darslik. –Т.: Ma’naviyat, 2013. 9. Зуннунов А., Хотамов Н., Эсонов Ж., Иброҳимов А., Адабиёт ўқитиш методикаси. Тошкент: Ўқитувчи, 1992. 10. Зулфия. Асарлар. Уч томлик. -Т.: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1983-1986 йил. 11. Zulfiya. Tong bilan shom aro. Saylanma. – Т.: Sharq 2006 . 12. Йўлдошев Қ. Адабиёт ўқитишнинг илмий-назарий асослари. Тошкент: Ўқитувчи, 1996. 13. Yo‘ldoshev Q, B.Qosimov, V.Qodirov, J.Yo‘ldoshbekov. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik- majmua. – Т.: Sharq,2013. 14. Ҳасанова Ҳ. Мактабда Зулфия ижодини ўрганиш. Тошкeнт, Ўқитувчи, 1991. 15. Ўрта махсус, касб ҳунар таълимининг умумтаълим фанлари Давлат таълим стандартлари ва ўқув дастури. – T.: Шарқ, 2008. 16. Қамбарова С. Мустақил мутолаа ва адабий таҳлил. Тошкент, 2015. 17. Qayumov A. Shoira Zulfiya. Hayoti va ijodi haqida ocherk. O‘zadabiynashr, Toshkent, 1975.
본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.