ResearcherUz LogoResearcherUz
저널 보기

초록

Ushbu maqolada shoira Zulfiya she'riyati haqida ma'lumot beriladi. Shoira Zulfiya she'rlarining mavzu ko'lami, obrazlar olami tahlil qilinadi. Shuningdek, shoira Zulfiyaning poetik timsol yaratish mahorati she'rlari tahlili orqali oydinlashtiriladi. Zulfiya she'rlarining tahlili shuni ko'rsatadiki, she'rlarining ruhi va ohangini, mazmuni va yo'nalishini, avj pardasini, maqsad, g'oya va ideallarini umuminsoniy fikr va tuyg'ular belgilaydi. Shu ma'noda, Zulfiya ijodining haroratini ta'minlagan omil ham undagi jo'shqin va faol insonparvarlik, poetik timsol, go'zal tuyg'ular olamidir. Zulfiya lirikasi teran tafakkur va jo'shqin hissiyot vobastaligidan hosil bo'lgan she'riyatdir. Maqolada shoira she'riyatining aynan shu jihatlari o'z ifodasini topgan.


전체 PDF 문서

관련 논문

전문

ZULFIYA SHE'RIYATIDA BADIIY OLAM TALQINI

Roziqova Sayyora Habibulayevna Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Pedagogika fakulteti Boshlang`ich ta`lim

metodikasi kafedrasi o`qituvchisi

Ubaydullayeva Sayyora Ro‘ziboy qizi Denov tadbirkorlik va pedagogika institute Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta`lim

yo`nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada shoira Zulfiya she'riyati haqida ma'lumot beriladi. Shoira Zulfiya she'rlarining mavzu ko'lami, obrazlar olami tahlil qilinadi. Shuningdek, shoira Zulfiyaning poetik timsol yaratish mahorati she'rlari tahlili orqali oydinlashtiriladi. Zulfiya she'rlarining tahlili shuni ko'rsatadiki, she'rlarining ruhi va ohangini, mazmuni va yo'nalishini, avj pardasini, maqsad, g'oya va ideallarini umuminsoniy fikr va tuyg'ular belgilaydi. Shu ma'noda, Zulfiya ijodining haroratini ta'minlagan omil ham undagi jo'shqin va faol insonparvarlik, poetik timsol, go'zal tuyg'ular olamidir. Zulfiya lirikasi teran tafakkur va jo'shqin hissiyot vobastaligidan hosil bo'lgan she'riyatdir. Maqolada shoira she'riyatining aynan shu jihatlari o'z ifodasini topgan.

KALIT SO`ZLAR

Lirik kechinma, qahramon tabiati, mavzu ko'lami, obrazlar olami, poetik timsol, mavzu, g'oya.

ABSTRACT

This article provides information about the poetry of the poetess Zulfiya. The scope of the theme and the world of images in the poems of the poet Zulfiya are analyzed. The poet Zulfiya's mastery of creating a poetic image is also clarified through the analysis of her poems. An analysis of Zulfiya's poems shows that the spirit and tone, content and direction, climax, purpose, ideas and ideals of her poems are determined by universal thoughts and feelings. In this sense, the factor that provides the warmth of Zulfiya's work is her passionate and active humanity, poetic image, the world of beautiful emotions. Zulfiya's lyrics are a poem of deep thought and passion. These are the aspects of the poet's poetry that are reflected in the article.

Keywords: lyrical experience, the nature of the protagonist, the scope of the theme, the world of images, the poetic image, the theme, the idea.

KIRISH

Zulfiya ijodi va u yaratgan poetik asarlar hozirgi o'zbek she'riyatida muayyan ahamiyatga molikdir. Shoira Zulfiya ijodida xotin-qizlar mavzusining ko'p jihatlari teran yoritilishi, sevgi va hijron motivlarining haqqoniy badiiy tadqiq etilishi, tinchlik, xalqlar do'stligi g'oyalarining ancha tasirchan tarannum etilishi tahsinga sazovor. Ma'lumki, Zulfiya tomonidan yaratilgan asarlarida realistik tasvir tamoyillari kuchayganligi hamda poetik obrazlar olami kengayganligini ko'rsatadi. O'zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolaridan biri san'atkorning o'ziga xos, betakror badiiy olamini o'rganish bo'lib, bu masalaning teran atroflicha tadqiq qilinishi yozuvchining individual mahoratini ko'rsatishga, uning adabiyotimiz taraqqiyotidagi o'rnini belgilashga xizmat qiladi. Zulfiyaning poetik fikrlash tarzini jiddiy o'rganish, uning asarlaridagi obraz va obrazlilikning tabiati, xarakterini yana ham to'laroq ochish o'zbek she'riyatidagi katta bir turkum asarlar mohiyatini tushunishga imkon beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zulfiya she'riyati, shoiraning poetik timsol yaratish, shoira badiiy olami borasidagi mahoratini N.Karimov, I.G'afurov, A.Akbarov, O.Sharafiddinov, H.Umurov, O.Hojieva, M.Ulug'ova, N.Jabborov, D.To'raev kabi adabiyotshunos olimlarimiz, ijodkorlarimiz alohida ta'kidlaganlar va Zulfiya ijodiga yuksak baho berganlar. Shuningdek, muallifligim ostida nashr etilgan "Shoira Zulfiyaning badiiy olami" nomli monografiyamizda, "Zulfiya lirikasida tuyg'ular tadriji" , "Zulfiya badiiy mahoratining ba'zi qirralari" kabi maqolalarimizda shoira Zulfiya badiiy olami va uning o'ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, Zulfiya ijodida kuzatiladigan voqelikka yangicha estetik nuqtai nazardan yondashish tamoyillari, insonparvarlik, falsafiylik, obrazli fikrlashdagi o'ziga xosliklar shoiraning novatorlik izlanishlari bilan belgilanishini e'tirof etganlar.

NATIJALAR

Zulfiya she'riyati hissiy ta'sirchanligi, tuyg'ulari rozining originalligi, mushohada va ifoda tarzining o'ziga xosligi bilan betakrordir. Ayniqsa, ijodining umumbashariyligi va zamonaviyligini, asarlarida sadoqatu vafo tuyg'ulari insoniylikning bosh mezoni darajasiga ko'tarilganligini kashf etish hamon dolzarbdir. Zulfiya yangi davr ayollar she'riyatining maktabida turib XX asr o'zbek adabiyotining ayol shoiralari poetik maktabini yaratdi. H.Xudoyberdieva, O.Hojieva, G.Jo'raeva, E.Oxunova va yana boshqa ko'plab shoiralar Zulfiya ijodining davomchilari sanaladilar. Ta'kidlash joizki,hozirgi paytda muayyan shoir she'rlari alohida o'ziga xosligini o'гganish bilan bog'liq qator muammolar va ularning natijalari bugunga qadar yaxlit holda umumlashtirilmaganligi ko'zga tashlanmoqda. Bundan tashqari, Zulfiya badiiy olami tur spetsifikasi - lirik asar dunyosi nuqtai nazaridan adabiy-nazariy jarayon sifatida yaxlitlashtirilgan.

MUHOKAMA

XX asr o'zbek poeziyasida jahon she'riy maktablarining o'mi va ta'siri beqiyos. Bular adabiy aloqalarning mustahkamlanishida yorqin namoyon bo'lgan.

Shoira go'zal hayotning muayyan tomonini badiiy tadqiq qilar ekan, u asosiy e'tiborini inson qalbida kechayotgan ziddiyatlar, tuyg'u tovlanishini ifodalashga qaratadi. U inson ruhiy olamini rang-barang ko'гinish vaziyatlarda badiiy tadqiq etib, shu orqali uning yaratuvchilik, bunyodkorlik hamda borliqdagi barcha sodir bo'lgan, bo'layotgan voqealarga mas'uliyat hissini oshirishga intiladi. Shu jihatlari bilan shoira Zulfiya H.Olimjon she'rlaridagi ba'zi poetik ifodalarni lirik tasvir yo'nalishiga singdirib yuboradi:

Kecha jimjit: ko'p go'zal kecha,

Qaraysanu suqing kiradi.

Yonadi gul, jilmayar g'uncha,

Ellar g'ti-g'tf esib turadi.

Tabiat go'zalliklaridan behad chuqur hayajonga tushish, o'z tuyg'ularini tabiatdagi tovlanishlar surati orqali berish Zulfiya ijodiga xos xususiyatlardan biridir. Shoiraning hayoti haqidagi falsafiy fikrlari, lirik kechinma yo'nalishi hamda tabiat tasviri bilan hamohang teranlashib, tiniqlashib boradi. Fikr bilan tuyg'u uyg'unligi inson umrining abadiylikka daxldorligi mohiyatini ochadi:

Hijroning qalbimda, sozing qo'limda,

Hayotni kuylayman, chekinar alam.

Tunlar tushumdasan, kunduz yodimda,

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham.

Zulfiya mahoratidagi bunday o'ziga xoslik uning tasvir ob'ektini yangicha badiiy tadqiq etishi, u haqida yangicha fikrlashga intilishi natijasidir. Shuning uchun ham Zulfiya an'anaviy obrazlar qa'ridan yangi-yangi ma'no izlaydi.

Shoira Zulfiya ijodining poetik olami va estetik qarashlari ham mazkur jarayonning bir halqasini tashkil etadi. Negaki, ijodkor o'z davrining komil farzandi. O'zi yashab turgan ijodiy muhit suvratidan estetik qarashlari shakllanadi. Ustozlari boshlab bergan salmoqli ishlar, keyingi avlod nazaridan izsiz o'tmaydi. Bularni davom ettirganligi uchun bugungi adabiy jarayon o'ziga kerakli va muhim jihatlardan ibrat olishda davom etmoqda.\

Gavhar marjon kabi yaltirab tursa,

Meni ham o'raydi she'гiy hayajon!

Quyoshni qarshilab chiqib ayvonga,

Nurlarga ko'milib yuraman shodon

Kuz poetik obraz darajasiga ko'tarilgan mazkur parchada lirik qahramonning kayfiyati shodlik va xurramlikni aks ettirmoqda. Hissiy bo'yoqdoгlik bo'rtib ko'гingan ushbu she'г mohiyatida lirik obraz - kuz ziynati mushohada sahniga olib chiqilgan. Shuningdek, bu misralarda kuz ziynati-poetik timsol darajasiga olib chiqiladi. Idrok va tushuncha qa'rida tuyg'u realizmi kashf qilinadi. Shoira bir dam bo'lsa ham o'quvchi oldidagi samimiyatini pinhon tutmaydi, aksincha ro'y-rost izhor qilishni maqsad qiladi. Bular she'rning doimiy qoidalarini maromida ifodalanganida aniqroq ko'гinadi. "Tovusday bezangan daraxt bog'lari" tashbehining kuzga ishorasi o'ziga xos sifat darajasini yuzaga keltirgan. "Oltin kuz" nomli she'rning kechinma tarkibida o'nlab muqoyasalarini real kashf qilishga erishgan. Jumladan, "nurlarga ko'milib yuraman shodon" birikmasida shoira kayfiyatining ranginligini, hayotga orzular negizida qarashini, borliqning taskini - umid ekanligini anglash qiyin emas. Zulfiya lirik qahramoni - saxovat va noyob zavq bilan yashaydigan inson. Zulfiya asarlarida insonni sevish, ardoqlash tabiatni, Vatanni e'zozlash g'oyalaгi bilan birlashib ketadi.

Shoira Zulfiya "Salom tansiq bahor" she'гida bahor mavzusiga bag'ishlangan she'гida o'z lirik qahramonining ma'naviy dunyosini tabiat manzaralari tasviri poetik timsollar orqali kengroq yoritib bera olgan:

Yana ko'k tubida sayraydi qushlar,

Yana erda ko'hna yam-yashil ko`rpa.

Yana tandan ketdi mudrash-u tushlar,

Yana yoshday dilda o'ylar ming turfa.

Gar ibora qadim, qofiya siyqa,

Ajdod o'lmasligin haqiqati bu.

Bahor deding - birdan olam antiqa,

Va senda eng yolqin, tiniq bu tuyg'u.

Inson qalbi va tabiat tovlanishlarining ma'nosi nozik kuzatishlar va teran falsafiy umumlashmalar uchun katta imkoniyat yaratadi. Bahor timsolida shoira lirik qahramon tabiat husnini, hayot go'zalligini, tinchlik, osoyishtalikni, insonlarning quvonchini, orzu-intilishlarini ko'radi. Ayni chog'da bahor insonning qalb manzaralarini ko'rish va kuzatish uchun ham vosita bo'lib xizmat qiladi.

Shuningdek, shoira Zulfiya ijodida ayolga ehtirom, onaga muhabbat mavzusi alohida o'ringa ega. Zulfiya ijodining turli davrlarida bu mavzuga qayta-qayta murojaat etgan. Natijada shoiraning "Ona", "Ona ko'ksi", "Mening mehribon onaginam", "Ona ko'ksi" singari she'rlari vujudga kelgan. Shoiraning:

Onam! sening issiq, aziz joningni,

Zarradek chog'imdan boshlab bilaman.

O'zim zarra-yu, lekin qoningni,

Yangilab jismingdan o'zni o'zganman.

Sen gul juvon hali mendan bexabar,

Bulutday go'daklar tortdi havasing.

Endi men sen desam qaynoq, muattar,

Hovrin his qilaman iliq nafasing...

Ona va farzand muhabbatini, ayollikning botiniy va zohiriy qiyofasini ochib beruvchi lirik kechinmalar shoira ijodida talaygina.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Zulfiya lirikasi teran tafakkur va jo'shqin hissiyot pobastaligidan hosil bo'lgan she'riyatdir. Shoiraning lirik qahramoni yuksak intellekt sohibasi ekanligi sezilib turadi. U biroz o'ychan, ba'zan falsafiy, ba'zida esa jiddiy va ta'sirchan. Shoira ma'naviy-ruhiy izlanishlarida, poetik timsol yaratish jarayonida his-tuyg'ular manzarasi, kechinma tarangligi, o'tkir dramatik vaziyat va kolliziyalar bo'rtib turadi. Unda makon va zamon chegarasining qamrovlari keng, o'tmish, bugun va kelajak voqeligi, inson taqdiri tasvirlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. Karimov N.Zulfiya. Ma'rifiy biografik asar. - T., G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. 2. Umurova G. (2014). SHoira Zulfiyaning badiiy olami. Monografiya. -Toshkent, "Navro'z", 156 b. 3. Umurova G. (2018). Zulfiya lirikasida tuyg'ular tadriji // Xorijiy filologiya. - Samarqand, 4(4), B.83-88. 4. Umurova G. (2017). Zulfiya badiiy mahoratining ba'zi qirralari //O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 5(5), B.85-90. 5. Zulfiya. Adabiy o'ylar. - Toshkent: "Fan", 1985. 6. Зулфия. Тонг билан шом аро. Сайланма. - Тошкент: Шарк, 2006. 168-б. 7. Zulfiya. Tong bilan shom aro. Saylanma. - Toshkent: SHarq, 2006. 168-b. 8. Mahmudova D. Halima.esse-qissa. Toshkent, "O'zbekiston", 2016. 9. G'afurov I. Zulfiya siymosi // SHarq yulduzi, 2015, №1. - B. 114-120. 10. SHarafiddinov O. Sizni sog'indim, Zulfiya opa! - Ijodni anglash baxti. - T., SHarq, 2004. 11. Hojieva O. To'rt tanho.Toshkent, "O'zbekiston", 2013. 12. Habibullayevna, R. S. . (2023). BOBUR ADABIY MUHITI VA UNING MANBALARI. Scientific Impulse, 1(7), 157–162. Retrieved from 13. Habibullayevna, R. S. (2022). O ‘ZBEK TILINING LUG ‘AT BOYLIGI. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 825-826. 14. Khabibullayevna, R. S. (2021). HISTORY OF NAMING OF UZBEK LITERARY LANGUAGE. ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 2(06), 26- 28. 15. N. N. Donayeva, & F. A. Normurodova (2021). O’QUVCHILARDA

MA`NAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY

AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISH. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 214-216.

16. Donayeva, NNT (2020). ZAMONAVIY AXBOROT MUHITIDA O'QUVCHI

YOSHLARNING MA'NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINI YUKSALTIRISH.

Talabalar gazetasi , (22-8), 65-66. 17. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D. (2022). Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580.

18. Donaeva, N. (2022). PEDAGOGICAL SYSTEM OF FORMING SPIRITUAL

MATURITY IN STUDENTS IN INFORMATION ENVIRONMENT. Emergent

Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 64-72. 19. Abdunabievich, F. A., Ugli, F. O. B., & Norbutaevna, N. D. (2022). TYPES OF

PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES THAT CORRESPOND TO THE SPECIFICS

OF MORAL AND AESTHETIC EDUCATION AND TEACHING OF STUDENTS.

20. Abdurazakov, F. A., & Meliev, S. K. (2022). Interactive Methods Used In The Formation Of Creative Activity (On The Example Of Primary School Students). Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(1), 257-262. 21. Abdurazakov, F. A., & ugli Odinaboboev, F. B. (2022). Pedagogical importance of using module educational Technologies in the system of continuous education on the basis of modern approaches. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 173-180. 22. Абдуразақов, Ф. (2022, October). ЎҚУВЧИЛАРГА АХЛОҚИЙ-ЭСТЕТИК

ТАРБИЯ БЕРИШДА НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ

МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. In E Conference Zone (pp. 110- 115). 23. Абдуразақов, Ф. (2022). ЎҚУВ МАШҒУЛОТЛАРИДА

УҚУВЧИЛАРНИНГ НОТИҚЛИК МАДАНИЯТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.

Conferencea, 78-84.33 24. Чарыев, И., & Абдураззоков, Ф. (2021). СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В УЗБЕКИСТАНЕ.

Энигма, (32), 86-93.

25. Abdurazakov, F. (2022). SPEAKING SKILLS FORMATION MECHANISMS.

Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 91-100.

26. Абдуразақов, Ф. А. (2023). ОҒЗАКИ ВА ЁЗМА НУТҚҚА ҚЎЙИЛАДИГАН

ТАЛАБЛАР. Journal of Universal Science Research, 1(1), 36-42. 27. Xudayqulov, X., & Abdurazaqov, F. (2022). ЁШЛАР ОРАСИДА НУТҚ

МАДАНИЯТИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. Science and

innovation, 1(B7), 815-821. 28. Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Абдураззоков Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ В УЗБЕКИСТАНЕ.

Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 86. 29. Baxriddin o‘g‘li, F. O., Abdunabiyevich, F. A., & Norbo‘Tayevna, N. D. (2022). Scientist: International Scientific Research Journal, 3(02), 577-580

본문은 PDF에서 자동으로 추출되었으며 부정확할 수 있습니다.