ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

8-SINF ONA TILI MASHG’ULOTLARI UCHUN IBORALAR OʻQUV LUGʻATINI YARATISH ASOSLARI

Özet

Ushbu maqolada 8-sinf ona tili mashg’ulotlari uchun iboralar oʻquv lugʻatini yaratish asoslari va ularning mavzuni o‘zlashtirishdagi vazifasi hamda yosh avlodning ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilgan. O‘quv ona tili mashg’ulotlari  uchun iboralar oʻquv lugʻatining til ta’limida mazmun va sifatni yuqori darajaga ko‘tarishda muhim omillardan biri ekanligi haqida mulohaza yuritilgan


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

LUGʻATINI YARATISH ASOSLARI

Chuliyeva Oynur Zaxit qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada 8-sinf ona tili mashg’ulotlari uchun iboralar oʻquv lugʻatini yaratish asoslari va ularning mavzuni o‘zlashtirishdagi vazifasi hamda yosh avlodning ma’naviyatini shakllantirishdagi ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilgan. O‘quv ona tili mashg’ulotlari uchun iboralar oʻquv lugʻatining til ta’limida mazmun va sifatni yuqori darajaga ko‘tarishda muhim omillardan biri ekanligi haqida mulohaza yuritilgan

Kalit so`zlar: ona tili mashg’ulotlari uchun iboralar, nutq o`stirish, ahamiyat, dars, maqsad, ijodiy yondoshish, modul, o`quv soati, tafakkur.

Bugungi kunda 8-sinf ona tili mashg’ulotlari uchun iboralar oʻquv lugʻatini yaratish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ona tili ta’limida o‘quvchilarda ijtimoiy tafakkur, dunyoni idrok etish, ijodiy fikrlash, muommoning yechimini topib hal eta olish, o‘z oldiga maqsad qo‘yib, unga erishish uchun rejalar tuzib harakat qilish, yaratuvchanlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun 8-sinf ona tili mashg’ulotlari uchun iboralar oʻquv lugʻatini yaratishdan samarali foydalanish lozim. 8-sinf ona tili mashg’ulotlari uchun iboralar oʻquv lugʻatini yaratish nafaqat mavzuni mustahamlashga, balki nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga, o‘quvchining ruhiyatiga ta’sir o‘tkazib, ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilishini ham alohida ta’kidlab o‘tish joiz1. Amalda qo‘llanilayotgan ona tili darsliklarida berilayotgan o‘quv topshiriqlari nafaqat mavzuni mustahkamlashga, balki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilishi darkor2. O‘quvchilarning ma’naviyati va dunyoni idrok etishlarini shakllantirish ona tili fanining vazifalaridan biri hisoblanar ekan, darsliklarni takomillashtirish va undagi o‘quv topshiriqlariga yangicha vazifa 1 Abdurahmonov G‘., Rustamov H. Ona tili. Toshkent: O‘qituvchi, 2022 y. 46-48 b. 2 Hamroyev G‘. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand: 2019 yuklash ham bugunning dolzarb masalasidir. G‘. Abdurahmonov, H. Rustamov Ona tili darsligida “Har bir mavzu bo‘yicha turli-turli mashqlar keltirilib, ular savodli yozish va talaffuz qilish hamda yozma nutqning turli uslublaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish tartibini o‘rganishda shu sohada zarur amaliy ko‘nikmalar hosil qilishda yordam beradi “ deydi3.

Shuningdek, M. Saidov, G. Azizov, O. Botirov, Y. G‘ulomov, H. Rustamov, B. Mirzaahmedovlar o‘quv topshiriqlarining o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘quvchilarning bilim olishlariga xizmat qilishi xususida fikrlar bildiradi. Darhaqiqat, o‘quv topshiriqlari ona tili ta’limining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Ona tili darsliklarida foydalanilayotgan topshiriqlarda ko‘proq matnlardan foydalanilsa, yaxshi natija beradi deyish mumkin4. Berilayotgan matnlar yaxlit holda bo‘lib, ularning mazmuniga alohida e’tibor qaratilsa, shu matnlar asosida topshiriqlar berilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. 8-sinf ona tili mashg’ulotlari uchun iboralar oʻquv lugʻatini yaratish ifodalangan mavzu yuzasidan hayot bilan bog‘lab mulohaza yuritilib, xulosa chiqarishni ham o‘rgatish lozim. Xalq maqollari va milliy adabiyotimiz durdonalari bo‘lmish badiiy asarlardan namunalar keltirilgan holda vazifalar qo‘yilsa, ham mavzuni mustahkamlashga, ham milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilarning ma’naviyatini yuksaltirishiga xizmat qilishiga erishish mumkin. Ona tili darslarining barcha bosqichlarini bir jarayonga birlashtirish o'qituvchidan yuksak mahorat talab etadi. Birinchi sinfdan boshlab o'quvchilar modul usulida mustaqil ishlashga o'rgatib borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslami tashkil etish osonlashadi, chunki o'quvchilarda bu haqda ko'nikmalar hosil bo'la boradi. Ona tili darsi, awalo, o'quvchilar nutq va tafakkurini o'stirish darsidir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo'lishi uchun o'quvchilarda o'z fikrini gram m atik to'g'ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim.

8-sinf ona tili mashg’ulotlari uchun iboralar oʻquv lugʻatini yaratish nutq o'stirish ko'rsatmasi grammatik materialni o'rgatishda o'quvchilam ing tilimizdagi har bir so'z turkumi yoki so'z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan m etodik usullarni qo'llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya gram m atik to'g'ri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o'stirishga amalda 3 Hamroyev G‘. Ona tili ta’limida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish, Pedagogika fanlari doktori (Dsc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent: 2020 4 Mengliyev B., Toshmirzayeva Sh., Atoyeva S., Majidova S., Mannopova D. Ona tili. Toshkent: O‘qituvchi, 2022 21-b. tatbiq etish uchun o'rgatiladi5. Darsda bolalar nutqini o'stirish darsning mazm unida va qo'llanilgan vazifalar turlarida o'z aksini topadi. Grammatik, so'z yasalishiga oid, imloviy materiallarni o'rganishni nutq o'stirish bilan bog'lash o'quvchilar aqliy faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Bolalar nutqini o'stirish jarayoni ularning tafakkurini o'stirish bilan bog'liq. Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Analitiksintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o'rgatish darslari xilma-xil bo'lishi, o'quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo'ymasligi kerak. Savod o'rgatish davridagi o'qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun um umiy bo'lgan asosiy talablar mavjud6: 1. Umumdidaktik talablar: a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo'lib, unda bironta axloqiy sifat o'stirilishi lozim; b) darsning ta ’limiy maqsadi, ya’ni o‘quvchilar darsda qanday yangilikni bilishi, nimani o ‘rganishi, qanday ko‘nikma va malakalar o‘stirilishi, o ‘quvchilarning mustaqil flkrlashi va faolligining qanday bo'lishi aniq belgilab olinishi kerak; d) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar bilan bog‘liqligi aniq belgilab olinishi zarur; e) o'tiladigan materialning xarakteri va ta ’lim m aqsadidan kelib chiqib dars uchun xilma-xil va qiziqarli m etodik usullar va vositalar tanlanishi lozim; f) dars davomida o'quvchilarga differensial va individual yondashish, ishni barcha o'quvchilam ing imkoniyati, bilimi, ko'nikm a va malakasi ham da fikrlash faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak; g) o'quvchilarni aqliy m ehnat (o'qish) usullariga o'rgatish, ularda m aktabda o'qish uchun kerakli ko'nikm alarni hosil qilish zarur; i) beriladigan material ilmiy, o'quvchilar yoshiga mos va muvofiq bo'lsin va hokazo. Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta’lim tizim ida alohida o'rin tutadi. 8-sinf ona tili mashg’ulotlari uchun iboralar oʻquv lugʻatini yaratish zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predm etlar ta’limini o'qish ta’limisiz tasavur qilib bo'lmaydi. 5 Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroyev A. Ona tili didaktikasi, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015 144-b. 6 Yugnakiy A. Hibat ul-haqoyiq (nasriy bayon, tabdil). kh-davron.uz

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdurahmonov G‘., Rustamov H. Ona tili. Toshkent: O‘qituvchi, 2022 y.

2. Hamroyev G‘. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand: 2019

3.Hamroyev G‘. Ona tili ta’limida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish, Pedagogika fanlari doktori (Dsc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent: 2020

4.Mengliyev B., Toshmirzayeva Sh., Atoyeva S., Majidova S., Mannopova D. Ona tili. Toshkent: O‘qituvchi, 2022

5. Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroyev A. Ona tili didaktikasi, Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015

6.Yugnakiy A. Hibat ul-haqoyiq (nasriy bayon, tabdil). kh-davron.uz

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.