ASOSLARI
Maksumova Inoyatxon Vahidulla qizi
Alfraganus universiteti, Filologiya fakulteti
Arab tili yo‘nalishi, 3-kurs talabasi
Annotatsiya: Maqolada Abdulla Oripov ijodida janr poetikasining nazariy asoslari tadqiq etiladi. Shoir ijodidagi milliylik, tarixiylik, xalqchillik va falsafiylik unsurlari janrlar xilma-xilligi bilan uyg‘un holda yoritiladi. Asarda Oripov lirikasi va dostonlaridagi badiiy tasvir, ramz, obrazlar orqali milliy tafakkur, vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari tahlil qilinadi. Ayniqsa, she’riyatida xalq og‘zaki ijodi, mumtoz adabiyot va zamonaviy estetik qarashlar sintezi poetik izlanishlar bilan asoslanadi. Shoir asarlarida folklor unsurlarining zamonaviy talqini, yangi badiiy shakllarning paydo bo‘lishi va ularning ijtimoiy-ma’naviy kontekstdagi aks ettirilishi ilmiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Maqola hozirgi o‘zbek she’riyatidagi poetik tafakkur va estetik yangilanishlarni tushunishga hissa qo‘shadi.
Kalit so‘zlar: Abdulla Oripov, janr poetikasi, o‘zbek she’riyati, poetik tafakkur, folklor poetikasi, milliy adabiyot, vatanparvarlik, estetik yangilanish, badiiy tafsir, zamonaviy lirika.
Hozirgi zamonga kelib inson ko‘ksidagi mushtdek yurak nafaqat ijod ahlining, balki bashariyatning ham mehvariga aylandi. She’riyatning asosiy tahlil ob’ekti, o‘rganadigani inson, deymiz. Bu esa har qanday e’tirozdan holi sohir haqiqat.
Bugungi she’riyatning insonga diqqat-e’tibori yanada teranlashdi. Endilikda yuraklarda kechayotgan his-tuyg‘ularning ranglari, quvonch-safolarning ohanglari, nimtatir tabassum to‘lqinlari, g‘am-alamu o‘y-hayollar shevasi, bir so‘z bilan aytganda, ko‘ngil mamlakati she’riyatimizning qon tomiri bo‘lib qoldi.
Eng quvonarli hodisa – yoshlar she’riyati ham ana shu katta to‘lqinga esh, baqamti odimlamoqda. Ong va tuyg‘u omuxtaligidan tug‘ilgan tafakkur manzaralarini tadqiq etish, kechinmalarning fikrchan suratlarini chizish еtakchi tamoyillardan biriga aylandi. Ma’naviy-intellektual, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar badiyatning еtakchi mezonlari sifatida bo‘y ko‘rsatmoqda.
Abdulla Oripov ijodining dastlabki va undan keyingi bosqichlarida nafaqat Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Boborahim Mashrab singari o‘tmishdagi san’atkorlarning, balki XX asr o‘zbek adabiyotining ustoz shoirlari - Oybek, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda, Hamid Olimjon, Mirtemir kabi ijodkorlar badiiy kashfiyotlarini ham ijodiy o‘zlashtirgan. Buni isbotlashga yordam beradigan dalillar shoirning maqola va adabiy suhbatlarida uchraydi.
U “Bahor” she’rida G‘.G‘ulomni “surur kuychisi”, “dongdor zamondosh” deb ta’riflaydi. Bu surur - ma’naviy-ruhiy, tarixiy-falsafiy surur, albatta. G‘.G‘ulomni san’atkor sifatida “dongdor zamondosh” mavqeiga ko‘targan, milliy g‘urur kuychisi bo‘lishga chorlagan fazilatlar ham, eng avvalo, ana shulardir. A.Oripov bir adabiy suhbatida “Men S.Vurg‘un, G‘.G‘ulom she’riyatida shoir shaxsiyatining ko‘rinishini o‘rganyapman”1, - degan edi. G‘afur G‘ulom she’riyatida esa, birinchi galda, sharqona donishmandlik, zukkolik, tafakkur kengligi ko‘zga tashlanib turgan. Tabiiyki, bu jihatlar A.Oripovning ziyrak nigohidan chetda qolmagan. A.Oripov she’riyatda o‘z maktabini yaratgan G‘.G‘ulomning san’atxonasiga chuqur kirib bormaganida, uning sir-asrorini ichki, ya’ni botiniy ijodiy ehtiyojlariga muvofiq tarzda o‘zlashtirmaganda, bizningcha, u bunchalik ulkan yutuqlarga erisha olmasligi ham mumkin edi.
Zero, har bir san’atkor ijodi ming bir buloqdan suv ichadi. Asrlar davomida kuylab kelingan abadiy va o‘lmas mavzularning har bir ijodkor ijodida o‘ziga xos yangicha ohang, yangicha tasvirlarda jilolanishi ham shundandir. Masalan, vatan mavzusini olaylik.
Har bir ulug‘ shoirning ishongan bog‘i, suyanadigan tog‘i shak-shubhasiz uning jonajon Vatanidir. Tug‘ilib o‘sgan zamin uning uchun har narsadan muqaddas va ilhombaxsh. Shuning uchun ham Abdulla Oripov “O‘ylarim” degan she’rida: “Vatan! Bor qismatim shu bir so‘zda hal”, – degan edi. Ungacha ham Vatan haqida she’rlar bitib, uni ulug‘vor ohanglarda madh etgan shoirlarimiz ko‘p bo‘lgan, albatta. Shu ma’noda G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda va Mirtemir she’riyati badiiy ijod maydoniga kirib kelgan talantlarga, jumladan, Abdulla Oripov uchun ham o‘rnak va mahorat maktabi edi. Vatan mavzusini yoritishda Abdulla Oripov ustozlaridan (masalan, 1 Орипов А. Танланган асарлар. 4-жилд. – Б. 60. tilda, obrazli tasvir va ohang yaratishda) o‘rgangan, lekin u taqlidga yon bermaganidek, takrorga ham yo‘l qo‘ymagan. Buning ham albatta, o‘ziga xos sabablari bor.
Birinchidan, Abdulla Oripov - ulkan talant. Talantli shoir esa, qaysi mavzuda qalam tebratmasin, hamisha o‘z so‘zini, ya’ni yangi fikr - tuyg‘ularini aks ettiradi.
Ikkinchidan, Abdulla Oripov yurt tarixi va taqdirini o‘zicha mushohada etadi, o‘zicha ko‘radi. Shuning uchun G‘afur G‘ulom va Oybek, Shayxzoda va Mirtemir nigohidagi Vatan bilan Abdulla Oripov tasavvuridagi Vatan ma’lum farqlanishlarga ega.
Millat, til, tarix, din tushunchalari bo‘lmasa, Vatan so‘zi o‘z-o‘zicha mukammallik kasb etmaydi. Shoirning dastlabki ijod namunalaridan bo‘lgan “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” she’rini o‘qigan kishi Vatan degan tushunchaning tub mohiyati xalq qismati va haqiqatlari orqali yoritilganligiga iqror bo‘ladi. Uning:
...Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun
Sevgan farzand bo‘lsam, kechirma aslo!
degan satrlari xuddi qasamday yangraydi. Sho‘ro zamonida yurt va millat to‘g‘risidagi haqiqatni to‘la-to‘kis ifodalash imkoni yo‘q edi. Tildan, tarix va qadriyatlardan bahs yuritish ham yozilmagan qonunlarga ko‘ra cheklangan edi. Shu boisdan aksariyat shoirlar Vatan va millatini baxt, baxtiyorlik, ulkan zafarlar og‘ushida tasavvur etar, yozgan she’rlari ham soxta ko‘tarinkilikka asoslanar edi. Abdulla Oripov she’rlarida esa “Vatan” so‘zi-asosiy so‘z va bosh tushuncha bo‘lib qolmasdan, milliy histuyg‘u va haqiqatlarni ochib ko‘rsatadigan kalit hamdir. Uning Vatan ishqi va dardi bilan yo‘g‘rilgan she’rlarining yana bir muhim xususiyati shundaki, ularning har biri u yoki bu darajada she’rxonni o‘zligini bilishga, “Sen kimsan?” “Ajdodlaring kim?” “Erk va hurriyat beshiging qayonda?” degan savollarga mustaqil javob izlash va topishga undaydi. Ana shu ma’noda uning Abdulhamid Cho‘lponning izdoshi sifatida ta’riflanishi2 e’tirozga sabab bo‘lmaydi, deb o‘ylaymiz.
Tarix va tarixiy voqealar, tarixiy shaxslarning juda murakkab muammo va masalalariga ishorat etish Abdulla Oripovning sevgan usullaridandir. Ko‘p she’rlarida, jumladan “O‘zbekiston” qasidasi va “Yuzma-yuz” manzumasidagi ayrim ishoratlarni jur’at va shijoat nishonasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. “O‘zbekiston” qasidasida shoir bosqinchilar va bosqinchilikni qoralab: 2 Қосимов Б., Эрназарова Г. Миллий бадиий тафаккур. – Т., 2004. – Б. 89.
Har uchragan nokasu nodon,
Ona xalqim, yoqangdan tutdi,
- deydi. Sezgir o‘quvchi esa “har uchragan nokasu nodon” so‘zlari faqat arab yoki mo‘g‘ul bosqinchilariga tegishli emasligini oson ilg‘aydi. Boshqa bir she’ridagi:
Bosqinchi so‘zining ma’nosi shulki,
Nonga to‘yganda ham, to‘ymas makonga bayti haqida ham
shunday deyish mumkin.
Darhaqiqat, Abdulla Oripov Vatan haqidagi she’rlari bilan ko‘hna mavzuni tub mohiyati bilan yangilash va uning hech bir shoirnikiga o‘xshamaydigan tasvirlarini yaratishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Magistirlik dissertatsiyada Ko‘ngil, Dunyo, Bozor, Zamon obrazlarining badiiy talqinlari tadqiqiga ham alohida sahifalar bag‘ishlangan.
Har bir tarixiy davrning o‘z qonuniyatlari bor. U jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy omillari bilan asoslanadi. Badiiy tafakkurning ushbu davr rivoji qanday xususiyatlari bilan avvalgi bosqichlardan ajralib turadi? Istiqlol ma’naviyintellektual hayotga qanday ta’sirini ko‘rsatayotir? Badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotining o‘ziga xosligi qanday belgilarda namoyon bo‘layotir? Xususan, mafkuraviy tazyiqlardan qutulib, nimalardan xalos bo‘ldiyu qanday xususiyatlar kasb etdi? Eng muhimi, badiiyestetik tafakkur erkin bo‘ldimi yoki yo‘qmi?
San’at taraqqiyoti jamiyatning umumiy rivoji va uning moddiy asosiga daxddor emas, degan qarashlar bor. Mustaqillik davri badiiy madaniyatida jamiyatdagi salbiy holatlarga, noqislik va kemtikliklarga qarshi o‘laroq tanqidiy yo‘nalish, yaratuvchanlik g‘oyalari falsafiy mazmunga yo‘g‘rilgan holda turli shakllarda zuhur topdi. Xuddi shunday hodisani kino, teatr, amaliy va tasviriy san’atlarda ham kuzatish mumkin. Shu ma’noda, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o‘pirilish va o‘zgarishlar badiiy-estetik tafakkurga ham ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakat iqtisodiy tahchillikka, buxronlarga yuz tutgan bir davrda badiiy madaniyat ijodiy yaratuvchanlik ruhini so‘ndirmadi. Inson bilan voqelikni, tabiat va jamiyat hodisalarini turli xil badiiy shakllarda idrok va ifoda etishdek betakror iqtidorini yo‘qotmadi. Shaxs ma’naviyati bilan jamiyat psixologiyasini bog‘liqlikda anglash va aks ettirishda, realistik san’atning yangi-yangi imkoniyatlarini izlashda davom etdi. Aytish mumkinki, demokratik jamiyat barpo etishda badiiy tafakkur ham faol xizmat qilmoqda.
Hozirgi badiiy-estetik tafakkur rivojining muhim xususiyatlaridan yana biri, bu tarixiy, diniy, madaniy merosga munosabatda, ma’naviy boyliklarni qaytadan estetik baholashga intilishlarda namoyon bo‘lmoqda. O‘tgan asrning tongi jadidchilik madaniyatini, 20-30 yillar adabiy merosini, “bosmachilik” deb atalgan ijtimoiy harakatmilliy ozodlik ko‘tarilishini baholashda yangi ijodiy tafakkur belgilarini ko‘ramiz. Rus adabiyotining N.Gumilev, O.Mandelshtam, o‘zbek adabiyotining Cho‘lpon, Fitrat, Behbudiy, Tavallo, U.Nosir singari siymolarining ijodiy faoliyatini tarixiy voqelik bilan, ijtimoiy-siyosiy muhitning murakkabliklari bilan, san’atkorlar ongi-dunyoqarashidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq o‘rganish teranlashdi. Ushbu hodisa, avvalo, poetik so‘zning qadr-qimmatini yanada oshirdi. Keng o‘quvchilar ommasining estetik saviyasini o‘stirishda, ma’naviy-intellektual madaniyatini yuksaltirishda muhim omillardan biriga aylandi.
Demak, majoziy obrazlilik, ramzli obrazlar vositasida fikrlash XX asr oxiri XXI asr boshlari o‘zbek she’riyatida ustuvor tendensiyaga aylandi.
Keyingi yillar adabiyotimizda shakllangan yangi tafakkur takomilining еtakchi tamoyillari qanday xususiyatlarda zuhur topdi?
Ma’nan va axloqan komil insonni shakllantirishda klassik adabiyotimizdagi an’analarga boy hayotbaxsh didaktikaning o‘rni va roli kuchaydi, ahamiyati ortdi. G‘azal, muhammas, musaddas, musamman, ruboiy, to‘rtlik, fard, doston singari mumtoz adabiyotimiz janrlari va she’riy shakllari bugungi voqelik mazmuni bilan boyitilmoqda, rivojlantirilmoqda. Bular badiiy so‘z qadrini oshirishga xizmat qilmoqda. Xalqona ruh,falsafa kechinmalarga yo‘g‘rilgan hikmatli ma’no tilning ifoda imkoniyatlari naqadar kengligini tasdiqlayotir. Bular badiiy tafakkur madaniyatining yangi bosqichidan dalolat beradi.
Hozirgi o‘zbek she’riyatida ijtimoiy-falsafiy yo‘nalishning kuchayishi, avvalo, mavzu-masalalarning xilma-xilligida (Vatan, erk, istiqlol, turkiy ulus birligi, e’tiqod va riyo, sadoqat va hiyonat singari), zamondoshlarimiz psixologiyasi manzaralarining ma’nodorligida, janr va shakllar rang-barangligida (sonet, sakkizlik, ruboiy, rondo, fard, g‘azal, xokku, tanka, lirik poema, dramatik poema, tarixiy poema, ertak-poema, qasidapoema va h.k.) namoyon bo‘lmoqda. Tarixiy yoki zamonaviy voqelikka munosabatda millat, Vatan manfaatlari nuqtai nazaridan baholanayotgan she’riyat xalq hayotining bir bo‘lagiga aylanganini zohir etmoqda.
Lirik qahramon tabiatida davr shiddati, ijtimoiy munosabatlar murakkabligi, zamondoshlarimiz tashvish-quvonchlari o‘z ifodasini topmoqda. Poemachiligimizda Ibn Sino, Beruniy, Amir Temur, Navoiy, Bobur, Pahlavon Mahmud, Temur Malik, Halil Sulton, Jaloliddin Manguberdi, Mashrab, Avaz, Nodirabegim, Hamza, Furqat singari tarixiy shaxslar obrazlari orqali xalqimiz hayotining kamolot bosqichlarini, hozirgi taraqqiyotning tarixiy asoslarini, ijtimoiy ildizlarini aks ettirish alohida sahifaga aylandi.
She’riyatning falsafa, tarix, folklor, fan, estetika tasviriy va amaliy san’at, musiqa va h.k.) bilan aloqasini, bir-birini boyitib borishi hodisasini, ifoda imkoniyatlarini o‘rganish alohida bir tendensiyani tashkil etadi. Mazkur tadqiqotchilik yo‘nalishi badiiyestetik tafakkur rivojida o‘zgacha ahamiyatga ega. Zero, badiiy adabiyot bilan boshqa san’at turlarining bog‘liqlik asoslarini, ijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni va rolini yoritish galdagi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Mustaqillik davri adabiy hayoti haqida mulohaza yuritish – bu uning tabiatida shakllangan badiiy didlar, estetik saviyalar to‘g‘risida fikrlashish demakdir. Istiqlol birinchi galda badiiy ongdagi stereotiplarni, qotib qolishga moyil tasavvur va tushunchalarni, nuqtai nazarlarni sindirdi. Istiqlol samaralari tarixiy-madaniy, diniy merosga, buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan ehtirom tuyg‘ularida namoyon bo‘lmoqda. Istiqlol boqiy qadriyatlarga tayanib kelgusi taraqqiyot yo‘llarini belgilamoqda. Istiqlolning badiiy-estetik tafakkurga olib kirgan yangiligi, bu insondan uzoqlashgan adabiyotni insonga qaytardi.
Endi, XXI asrda badiiy-estetik tafakkur qanday bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Nazarimizda, u mafkuralashmagan, odamni himoya qiladigan, ulug‘laydigan, millat va Vatan manfaatlariga xizmat qiladigan badiiy madaniyat bo‘lib qoladi. Jahon xalqlari badiiyatining uzilmas oltin xalqalaridan biriga aylanadi.
Mustaqillikka bag‘ishlangan asarlar istiqlol adabiyoti mundarijasini yangi talqinlar, falsafiy-axloqiy, badiiy-estetik g‘oyalar bilan boyitmoqda. Milliy g‘urur-iftixor tuyg‘ulari, millatparvarlik, insonsevarlik, ma’naviy-intellektual boyliklar yaratish g‘oyalari istiqlol badiiyatining ustuvor yo‘nalishini belgilamoqda. Tarixiylik, milliylik, xalqchillik, hayotiylik uning еtakchi estetik prinsiplari mag‘zini tashkil etmoqda. Lirik qahramonlarning mushohada-kechinmalarida mustaqil yurtga egalik hissi, buyuk o‘tmishi va kelajagi bo‘lgan xalqqa mansublik tuyg‘usi o‘zak mazmunni belgilayotir.
Millat, Vatan, shaxs erkiga bag‘ishlangan asarlarda istiqlol bashariy qadriyatdir, uni asrash, qadrini baland ko‘tarish burchimizdir degan konsepsiya еtakchi. Milliy g‘urur tuyg‘ularining ildizlarini ko‘rsatuvchi mushohadalar yuksak pafosda ifodalanayotir. Istiqlol she’riyati xalqimiz ongi-dunyoqarashidagi o‘zgarishlarning amaliy tasdig‘i, ijtimoiy uyg‘onishning estetik ifodasi bo‘ldi. Bugungi yangilanishlar turkiy ulus tarixi, erk-hurriyat uchun olib borilgan kurash g‘oyalari, vatanparvarlik uyg‘unlikda tasvirlanmoqda. Erkparvarlik g‘oyalari, imon salomatligi, e’tiqod butunligi, dil-ruh erkinligi bugungi she’riyatimiz mazmunini tayinlayotgan bosh yo‘nalishlardir. Xususan, tuyg‘u-kechinmalar insoniy taqdirlar ifodasiga aylanmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, milliy g‘urur fenomeni badiiy-estetik tahlil madaniyatida lirizmga yo‘g‘rilgan publitsistik nutqni, falsafiy teranlikni, psixologizmni ko‘chaytirdi.
A.Oripov badiiyati XX asr o‘rtalari XXI asr boshlari she’riyatimiz tarixida alohida yorqin bir sahifa. Har ikk shoirning adabiy-tanqidiy maqolalari yangilanayotgan estetik mezonlarning (tarixiylik, milliylik, xalqchillik, hayotiylik, haqqoniylik singari) shakllanishiga ta’sir ko‘rsatayotir. Lirikasi, dostonlari, tarjimalari orqali namoyon bo‘lgan badiiy mahorat maktabi, falsafiy-psixologizm XXI asr adabiyotimiz taraqqiyotida ustuvor yo‘nalishlardan bo‘lib qolishi, shubhasiz.
Shaxsni komillik maqomiga ko‘tarishda odob-axloq tarbiyasi birinchi o‘ringa qo‘yib kelindi. Fikr-aql tarbiyasi, tuyg‘ular tarbiyasi negadir e’tibordan chetda qoldirildi. Shu ma’noda, shaxslarni kamol toptirishdagi tafakkur tarbiyasida, milliy g‘urur tarbiyasida Abdulla Oripov she’riyati ayricha ahamiyatga ega. Bedil, Dante, Alisher Navoiy, G‘afur G‘ulom badiiy an’analari, estetik tajribalari ruhida shakllangan shoir tabiatidagi iqtidor imkoniyatlarini yuzaga chiqarishida bosh omil bo‘ldi. Hissiy tafakkur, mushohadakor kechinmalar, qabariq obrazlilik Abdulla Oripov badiiyatining ustozlaridan, salaflaridan ajratib turgan еtakchi alomatidir. Ramzlar asosida mushohada yuritish va badiiy umumlashmalarda falsafiy teranlikka erishish yana bir fazilati.
Milliylik, xalqchillik, tarixiylik singari xususiyatlar shoirlarimizning millat va Vatan manfaatlari bilan yo‘g‘rilgan tuyg‘ulari, mushohadalari orqali ayonlashayotir.
Tabiat bilan til topishish insonni ma’naviy qashshoqlikdan xalos etadi, degan fikr bor.
Haqiqatan ham tabiat - «ilohiy maskan», unga bepisand qarash, uni sevmaslik inson boshini ko‘p balolarga duchor etadi. Inson ona tabiatdan yiroqlashsa, o‘zini bilishdan uzoqlashadi va qalbi kambag‘allashadi. Demak, tabiatdagi har bir o‘zgarish yoki hodisa inson taqdiri bilan uzviy bog‘liq. Shuning uchun hayotdagi u yoki bu o‘zgarishlar: quvonch yoki qayg‘u, alam, yo‘qotishlar tabiat fasllariga qiyosan ochib beriladi. «Bahor tilaklari» she’ri shunday satrlar bilan boshlanadi:
Nechun ko‘klam madhi tushmas g‘azaldan,
Shoirlar bahorni kuylar azaldan?
She’r davomida shoir shu savolga javob beradi. Ya’ni: Bahor - ishq
fasli, oshiqlar bahorda «zangori kenglikka boqib», «qo‘shiqlar aytadi
bag‘rini yoqib».
Bahorda tabarruk chollarning chakkasida ham ham gul ko‘rasiz. Demak,
«momolarning o‘yida» ham, ko‘nglida ham bahor nashidasi tashrif buyuradi.
Azizim, g‘unchaga nazar sol bir on,
Bag‘rida hozircha turfa hol pinhon.
Ranglar yashar unda balki pushti, oq.
Ajab, tikoni ham hozircha yumshoq.
Tong chog‘i shabboda ko‘taradi bosh,
Oh, nechog‘ latifu nechog‘li yuvvosh.
Xullas, «Bahor norasida go‘dakday shirin» hamda uning «qo‘ynida ezgulik, armon yashirin» bo‘lganligi uchun ham ushbu fasl azal-azaldan shoirlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib keladi.
Abdulla Oripovning bahor haqidagi har bir she’ri ma’no jihatdan ham, tuyg‘u, ohang va ifoda nuqtai nazaridan ham o‘ziga xos xususiyat va yangiliklarga ega. Uning, ayniqsa, «Bahor» manzumasi alohida e’tiborga molikdir. Ushbu she’rda shodlik va qayg‘u, visol va hijron, sevgi va hasrat, g‘am va umid o‘zaro uyg‘unlashib ketgan. She’rning umumiy ohangi esa ana shu hayotiy murakkablik va uyg‘unlikdan tug‘ilgan. Shuningdek, «Yana bahor keldi»... degan oddiy xabar bilan boshlangan mazkur she’rda tabiat ko‘rinishlari va inson ruhiy holatlari, hayot va o‘lim haqiqatlari, xotira va qo‘msash hissiyotlari ajralmas birlikka erishgan.
Mumtoz adabiyotimizda kuz, xazon, xazon yaprog‘i kabi timsollarda hijron, oshiq qalbining turli-tuman azob va hasratlari tasvirlangan.
Abdulla Oripovning ayni shu obrazlar talqinidagi yangiliklari yoritib berilgan. Shoir sevib qo‘llagan еl (shamol), yulduz kabi obrazlar tahliliga ham ishda alohida o‘rin ajratilgan.
Adabiyotda yangi yo‘l topish va g‘oyaviy-badiiy yangilik yaratish oson ish emasligi ma’lum. Shuning uchun an’ana to‘g‘risidagi fikrlar hamma vaqt kashfiyotchilik xususida o‘ylash va so‘z yuritish bilan uyg‘unlik topib kelgan.
Zero, «... novatorlik san’at va adabiyotda g‘oyaviy-badiiy jihatdan formani yangi imkoniyatlar hisobiga boyitish demakdir. Real voqelikda poetik fikrda, tasviriy vositalarda ham hech kim ishlatmagan va ko‘rmagan tomonlarni birinchi bo‘lish ishlatish, ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lishdir»3.
Abdulla Oripov she’riyatiga mana shu nuqtai nazardan yondashilib baho beriladigan bo‘lsa, uni haqiqiy yangilik yaratuvchi, ya’ni kashfiyotchi shoir deyishga to‘la asoslar mavjuddir.
Chandon ochilgan gullar yolg‘iz g‘unchalarning yorug‘ kulgusi emas, yo‘q. Ular hayotning boqiyligi, tiriklikning ne’mati yorug‘likning g‘animatligi va sharofati haqidagi, o‘tkinchi fasllarning fayzi, qadri va armonlari xususidagi, bog‘bon mexnati va reza-reza peshona teri to‘g‘risidagi ildizlarning timsolli, rangdor qo‘shig‘idir, aslida.
Hayot benazir, bebaho ne’mat, tabiat – betakror go‘zal hilqat. Ana shunday ma’voda nega odam notugal. To‘kis, bekami-ko‘st emas? Nega bir ko‘zi ikkinchisini o‘yaman, deydi? Nega bir qo‘li ekkan ko‘chatlarni ikkinchisi qirqib quritadi? Nega biri bunyod etsa, ikkinchisi barbod etadi? Nega inson deb atalgan xilqat munchalar sirli, anglab bo‘lmas sehrli? Biri yorug‘lik, erk uchun kurashsa, ikkinchisi nurni kishanband etadi, ziyoning-yuziga qora to‘r tashlaydi. Nega? Boisi nima? Hamma-hammasiga bandaning xom sut emganligi sababmi? Komil emaslining kaliti kimda? Nimaga bog‘liq?
Bular – Abdulla Oripovni shoir sifatida hamisha uylantirib kelayotgan, qo‘liga qalam tutqazgan, qulfi-dilini ochib, ko‘nglidagi og‘riqli savollarga javob topishga undagan hayot-tiriklik muammolaridir. Bular, aslida, olamning odam oldiga qo‘yayotgan, еchimini izlashga da’vat etib kelayotgan adabiy so‘rovlari. Shu ma’noda, Abdulla Oripov qalbiga tinchlik bermayotgan, hayollarini junbushga keltirgan hayot hikmatlarini tabiat xossalaridan, ranglaridan izlaydi. Olam sir-sinoatlarini anglatishda so‘zlar shoir uchun bir kalit vazifasini o‘taydi.
Abdulla Oripov lirikasi bizni hamisha sabr-qanoatga, mas’uliyatga undaydi. Shu ma’noda, she’riyat – hayotning sehrli hikmati, deging keladi. Negaki, hayot saboqlari 3 Юнусов М. Барҳаёт анъаналар. – Т., 1969. – Б. 70. umrni besamar o‘tkazmaslikka, yomonliklarni daf etib, ezgulikka oshno tutinishga da’vat etadi. U o‘zidan nusxalar ko‘chirilishiga orzumand emas. Shoir she’rlarining badiiyestetik ta’sir kuchi shundaki, ular ko‘hna olam bag‘rida yangi ruhoniy vatan yaratishga ishtiyoqmand.
Poetik so‘zning ma’naviy olam yarata olishdek salohiyatiga ishonadi. Inson ichki dunyosini anglashda, ifoda etishda so‘z beqiyos kashshofligini dil-dildan tuyadi. Tog‘- toshlar uvalanadi, qoyalar, granitlar еmiriladi, minoralar nuraydi. Va lekin asrlar o‘tadiki, ma’noli so‘zga kuya tushmaydi. Hikmatli so‘z nuriga gard yuqmaydi. Zero, har qanday yaltiroq jez oltin emas. U qorong‘u kechalari mahliyo qilgan, ko‘zimizni jovdiratgan shilliq qurt ham bo‘lishi mumkin. Shu ma’noda, so‘z – ma’naviy non. Uni ko‘ngillar, ongshuurlar dasturxonida ushatib baham ko‘rish mumkin. U shunaqa aziz ne’mat. She’r esa so‘zlarning mehr-muhabbatga aylangan shakli.
Garchand, insonning o‘zi o‘tkinchi esa-da, insoniylik boqiydir. She’riyat insoniylikni, oliyjanoblikni boqiylashtiruvchi, hayot go‘zalliklariyu go‘zallikning haqiqatlarini so‘zlar xotirasiga muhrlashi bilan benazir. She’r Abdulla Oripov talqiniga ko‘ra vijdon tug‘yoni va samiyatdir, u insonni yanada go‘zal va olijanob etuvchi qudratga ega.
Abdulla Oripov lirikasida hayot hikmati, umr-tiriklik hosiyati falsafiy yo‘nalishda badiiy tadqiq etiladi. Xususan, umr mohiyati hayot ranglaridan ma’no o‘qish va uqish bilan uyg‘un namoyon bo‘ladi. Lirik qahramonning hayot, mehnat, mehr-oqibat haqidagi o‘y-mushohadalari mohiyatan ezgulik, go‘zallik, baxt haqidagi shoir qarashlarining falsafiy mag‘ziga aylanadi. Bu borada tabiatning ma’noli manzaralari shoir she’rlarining badiiy pafosini belgilaydi. Dov-daraxtlar zaminning odamlarga aytayotgan dil so‘zlari. Ular shoirning tabiat va boqiylik haqidagi o‘ylariga qatiy mazmun bag‘ishlaydi. Aslida yorug‘lik quyoshning olam bilan odamni alqagan mehr-muhabbatidir.
Abdulla Oripov lirikasi uchun xos xususiyatlardan yana biri shundaki, shoir oddiy turmush, maishiy hayot ko‘rinishlari bilan olamning boqiy manzaralari o‘rtasida mushtaraqlik ko‘radi. Ularni bog‘lab turgan narsa esa inson ko‘rguliklari, hayotning boshlarimizda yurgizgan tegirmon toshlaridir. Dunyo shevalarini tushunishda, aks ettirishda ana shu bog‘liqlik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu narsa Abdulla Oripov ijodiy individualligini belgilovchi omillar sirasidandir.
Lirik qahramon shamolning hayollariga singib ketadi. Maysalarning yam-yashil so‘zlariga tuyg‘ularini o‘raydi. Dov-daraxtlar, tog‘u toshlar, qir-adirlar, dala-dashtlar yuragida barq urgan iddaosi ila tillashadi. Tabiat detallari lirik qahramonni odam yozuqi haqida fikrlashga undaydi.
Olamni tushunishda, tanitishda Abdulla Oripov lirikasida inson va tabiat uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi. Qizg‘aldoq bilan bezangan adirlar, chimzorlarning ko‘mko‘k barqut gilami, ming xil qushlarning ming bir nag‘masi, yonboshlagan tog‘ning o‘ychan boshiga yoqqan qor, tesqari oqqan daryolar yig‘isi lirik qahramon qalbida ajab hislar uyg‘otadi. Bu tuyg‘ular sehrini kim bilandir bo‘lishish ishtiyoqi she’rlar shaklida ko‘z ochadi. Shu bois shoir uchun olam xushro‘y ifor, xushbo‘y tarovat belanchagi bo‘lib ko‘rinadi. Shu ma’noda, tabiat mashshoq, bastakor. Mabodo, qushlar sayramay qolsa, bu olam behad qashshoqlashib ketadi.
Umr – faqat oftobli kunlardan, novvot choylardan, yam-yashil bog‘-rog‘lardan iborat emas. Aslida, “Bulut – ko‘k yuzuga tushgan ajindir”, “Qaylardadir orzular yulduz bilan sirlashar”, “Qay burchakda hiyonat sekin-sekin ip eshar”; “Tun-qora soch ostidan nafas oladi umr”; “Bulbul emas, men ko‘rgan qush; Boyqushligin so‘ng bildim”; “Har bir daraxt bir dunyo, har bittasi bir olam”; “Yaxmalak yo‘llar ham ekan ko‘rgulik”; “Tikilib maysaning lablari kuydi” va h.k. Tabiat o‘zining manzarali kechinmalari bilan lirik qahramon hayotining ko‘rkini belgilaydi. Tabiat go‘zalligi bilan odamiylik xislatxususiyatlari uyg‘unlik kasb etganligi boisidan ham kechinmalar fayzli.
Shoir ijodida folklor poetikasiga xos bo‘lgan prinsiplarning yuzaga chiqishi tasodifiy emas. Ular yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi. Bu shoirning sof lirik asarlari uchun ham, epik yaratmalari uchun ham bir xilda xosdir.
Abdulla Oripov she’rlarining asosini tashkil etgan mazmun tabiat, ijtimoiy voqelik hamda inson faoliyatining uyg‘unligidan vujudga keladi. Ana shu omillar go‘zallikning mukammalligini, hayotning azaliyligini asoslaydi. Quyosh samoga ko‘tarilarkan, uni birinchi bo‘lib qushlar, yaproqlar, nihollar qarshi oladi. Bulbul chah-chahlarkan, feruza nahorning safosini chanqoq simiradi. Lirik qahramon daryoga, bog‘larga, tog‘u daralarga yashnoq go‘zallik timsolisimon boqadi. Hayot darsini chanqoq o‘qiydi. Ular og‘ushida inson mehri, e’tiqodining izlari bor. Lirik qahramon insonning chaqindek zehniyu, bunyodkor mehnatida kamalaqlar rangini, yashil dalalarda go‘zallik uchqunlarini ko‘radi. Tabiat bo‘yoqlarida jilvalangan go‘zallik Abdulla Oripov she’rlarida bolalik tasavvurlarini jonlantiradi. Ular sayron kechalarning g‘ir-g‘ir shamoli, bedazorda kishnagan to‘yin yilqilar, sahiy jazirama oftob, mag‘rur tog‘lar obrazidan tarkib topadi.
Yolg‘iz oftob emas, so‘zlar ham nurposh shu’la taratadi. Faqat so‘zlarga nur maqomini berish ijodkorning iste’dod darajasiga, ma’naviy-intellektual saviyasiga, axloqiy madaniyatiga bog‘liq. Tabiat-jamiyat-inson robitalari, umr oniyligiyu hayot boqiyligi singari masalalar shoir oldiga yangi-yangi vazifalar qo‘yadi. Bu-har bir so‘z zimmasiga doimo yangi mazmun yuklash demakdir. Bu yangi-yangi badiiy-estetik talqin ma’nolari demakdir. Hak so‘z qoshida tiz cho‘kkan ehtirom iste’dodning ertangi izlanishlariga katta ishonch uyg‘otadi.
Xulosa
Abdulla Oripov ijodida xalqona ohang, obraz va tasvirlar doimo shoirning badiiyestetik maqsad va vazifalariga uyg‘un kelgan. Bunda bir qator o‘ziga xosliklarning mavjudligini qayd etish lozim:
1. Abdulla Oripov xalq og‘zaki ijodiga xos bo‘lgan tasvir usullari, motiv va obrazlardan ba’zan ongli ravishda, ba’zan ong osti qatlamlaridagi intiutiv sezim kuchi bilan foydalanadi. Har ikki holatda ham ular shoir tasavvur kuchining kengligi, tug‘ma shoirlik iste’dod imkoniyatlari tufayli tabiiy va quyma satrlar tarzida namoyon bo‘ladi.
2. Qadimgi turkiy folklor an’analarida mavjud bo‘lgan tasvir xususiyatlarining o‘zbek muhitidagi in’ikosi sifatida epik tasvirdagi motiv va ifodalar individual ijod qonuniyatlari bilan omixtalashgan shaklga ega bo‘ladi. Bunda qadimiy ohanglarning akssadolari zamonaviy talqinlar bilan yonma-yon holda yashay oladi.
3. Lirik tasvirlarda bu holat ko‘pincha ayrim ifodalarning yangicha talqinlarida, xalq maqollari, turg‘un birikmalarning qo‘llanishida ko‘zga tashlanadi. Shunday hollarda ham maqolning qo‘llanishida yangicha ma’no nozikliklari yuzaga keladi, ularning umumiy matn bilan aloqadorligida esa mahorat qirralari ko‘zga tashlanib turadi.
4. Abdulla Oripov xalq og‘zaki ijodidagi ba’zi g‘oya, motiv, obrazlardan ijodiy foydalanish bilan kifoyalanmasdan, folklordagi tasvir prinsiplarini zamonaviy she’riyatga o‘z o‘rnida tatbiq qilish jiddiy va kutilmagan ijodiy samara berishini amalda isbotlay oldi. Bu holat oxir-oqibatda she’rning mutlaqo yangi va kuchli jarangga, takrorlanmas poetik kuchga ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Qo‘shjonov M. Kamalakdek serjilo (“Yillar armoni”ga so‘zboshi). – T., 1984 2. Qo‘shjonov M. Onajonim she’riyat. - T., 1984. 3. Normatov U. «Yoshlar haqida o‘ylar» / To‘plam. – T., 1975 4. Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T., O‘zbekiston, 2002. – B.560. 5. Boltaboev H. Nasr va uslub. – T., Fan, 1992. – B.98. 6. Yo‘ldoshev Q., Yo‘ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari. – T., Kamalak, 2014. – B.464. 7. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. – T., G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015. – B.362. 8. Karimov N., Mamajonov S., Nazarov B., Normatov U., Sharafiddinov O. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – T., O‘qituvchi, 1999. – B.544.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.