ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

ABU RAYXON BERUNIY ASARLARINING XORIJ TARIXSHUNOSLIGIDA O‘RGANILISHI

Özet

Abu Rayhon Beruniyning asarlari nafaqat sharq, balki butun dunyo tarixshunosligi va ilmiy tadqiqotlarida muhim oʻrin tutadi. Uning ilmiy yondashuvi, aniq kuzatishlari va turli madaniyatlarni oʻrganishdagi metodologiyasi hozirgi zamon olimlari uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Beruniyning merosi xorijlik olimlar tomonidan doimiy ravishda oʻrganilib, uning ilmiy yutuqlari xalqaro miqyosda qadrlanmoqda.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

O‘RGANILISHI

Aminov Rahmatjon Iskandar o‘g'li

Berdaq nomidagi QDU magistranti.

Abu Rayhon Beruniyning asarlari nafaqat sharq, balki butun dunyo tarixshunosligi va ilmiy tadqiqotlarida muhim oʻrin tutadi. Uning ilmiy yondashuvi, aniq kuzatishlari va turli madaniyatlarni oʻrganishdagi metodologiyasi hozirgi zamon olimlari uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Beruniyning merosi xorijlik olimlar tomonidan doimiy ravishda oʻrganilib, uning ilmiy yutuqlari xalqaro miqyosda qadrlanmoqda.

Beruniyning ilmiy merosi keyingi ikki asrda xalqaro miqyosda keng tadqiq qilingan. Uning tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan (1973-yil) UNESCO tomonidan xalqaro miqyosda nishonlangan. Shuningdek, uning asarlari va ilmiy yutuqlari haqida koʻplab xalqaro konferensiyalar va seminarlar oʻtkazilgan.

O‘zbekiston beruniyshunoslari G‘arb olimlarining Beruniy ilmiy merosining ayrim yunalishlari buyicha amalga oshirgan tadqiqotlarini birinchilarda bo‘lib yoritishga

harakat qilganlar. Xususan, taniqli beruniyshunos P.G.Bulgakov Beruniyning ilmiy ijodi va asarlarini batafsil ta’riflash va yoritishga bag‘ishlangan kitobida ko‘tarilgan mavzular buyicha G‘arb olimlarining xizmatlarini ham yoritib berishga harakat qiladi. Uning kitobida G‘arb beruniyshunosligi buyicha o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan bibliografik ma’lumotlar keltirilgan va Beruniy merosini umumiy ta’riflash jarayonida tabiiy fanlar sohasida tadqiqot olib borgan G‘arb olimlarining alloma merosini o‘rganishdagi xizmatlari sharqshunoslik fani nuqtai nazardan qayd etilgan.

G‘arb olimlarining Beruniyning falsafaga oid ilmiy asarlarini o‘rganish borasidagi xizmatlarini maxsus tahlil qilishni I.M.Mo‘minov, M.M.Xayrullaev, O.F.Fayzullaev va boshqa falsafa tarixchilarining nazariy-uslubiy ahamiyatga ega asarlariga tayangan holda o‘zbek beruniyshunoslari ichida A.Nosirov va A.Sharipov boshlab berganlar. Aytish kerakki, ushbu mualliflar asarlarida sobiq sho‘ro davrida G‘arb beruniyshunoslari “burjua” olimlari sifatida baholangan. Shu bilan birga ular Yevropa olimlarining faktologik, aniq ilmiy natijalarini ijobiy baholab, tadqiqotlarining ba’zi bir nazariyuslubiy tamoyillarini tan olishgan.

XIX asrdan boshlab Ovroʻpo va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bagʻishlangan ovroʻpolik olimlar J.Reno, E.Zaxau, G.Zuter, E.Videman, K.Nallino, J.Sarton, R.Rayt, M.Meyerxof kabilarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. Bu tadqiqotchilar Beruniy ijodiga juda yuqori baho berdilar. Amriqolik tarixchi olim J.Sarton Beruniyning merosiga eng oliy baho berish bilan birga, uning oʻz davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Atoqli sharqshunos V.R.Rozen esa, uning ilmiy qarashlari taajjub qolarli darajada kengligi, unga hozirgi maʼnodagi haqiqiy fanning ruhi xos ekanligini qayd etadi[4:146].

Beruniyning asarlari, xususan, "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" ("Kitob alĀthār al-bāqiya ʿan al-qurūn al-khāliya") va "Hindiston" ("Kitāb taḥqīq mā li-l-Hind") kabi asarlari Yevropa va Sharq olimlari tomonidan keng o‘rganilgan. Uning hind madaniyati, astronomiya, geografiya va tarixga oid tadqiqotlari zamonaviy ilmiy adabiyotlarda tez-tez tilga olinadi.

G'arbda Beruniyshunoslikning ochilishi sharafiga Berlin Qirollik Universiteti professori Edvard Zaxau (Eduard Sachau 1845-1930) sazovor bo’lgan. U XIX asrning oxirgi choragida Hindistonga oid Beruniy risolasining arabcha matnlarini (Kitob tahiq ma li-l-Hind) tahrir qildi. Zaxau ushbu asarlarda Biruniy hayoti, asarlari va metodologiyasi haqida batafsil muqaddimalarni nashr etdi. Bundan tashqari, u Beruniy tomonidan ko'rsatilgan aniq ilmiy masalalarga bag'ishlangan boshqa maqolalar ham yozgan[3:20].

XIX–XX asrlarda Yevropa sharqshunoslari (orientalistlar) Beruniyning asarlarini tarjima qilish va tahlil qilish bilan shug‘ullanganlar. Masalan, nemis sharqshunosi Eduard Zaxau (Eduard Sachau) Beruniyning "Hindiston" asarini ingliz tiliga tarjima qilib, uning ilmiy ahamiyatini ta'kidlagan. Bu tarjima Beruniyning g‘arbda tanilishiga katta hissa qo‘shdi[6].

Zaxauning birinchi nashr etilgan asarlari 1878-yilda Beruniyning "al-Asar al-baqiya an al-qurun al-haliya" asarining arabcha matni edi. Asar nemischa muqaddimadan iborat bo'lib, nemischa "Chronologie orientalischer Volker" nomi bilan nashr etilgan. Zaxauning muqaddimasi muallifning shaxsiyati, ahamiyati, asarining mazmuni va uslubi haqida sharhlovchi Beruniy ning batafsil biografiyasini o'z ichiga oladi.

«Hindiston» nomli kitobning arabcha matni 1887 yili, inglizcha tarjimasi esa 1888 yili Londonda E.Zaxau tomonidan nashr etiladi. Arabcha matn 1858 yili Haydarobodda ham nashrdan chiqarilgan[13:16]. Olimning hind fani va tarixiga oid o‘lmas asariga hind olimlari ham yuksak baho berishdi. 1944 yilda yirik hind olimi Hamid Rizo «Hindistonning madaniy xizmati» degan asarida: «Urta asr va yangi zamon avtorlaridan hech biri ham hind madaniyatining chigal masalalarini chuqur ilmiy ruhda tushunishda o‘lmas Abu Rayhon Muhammad Beruniy erishgan yutuqlarga erisha olmadi. Uning «Hindiston» asari klassik namuna bo‘lib qolishi bilan birga, o‘z avtorining qadimgi hind madaniyati va faniga qilgan tortig‘idan iboratdir»,- deydi[9:51].

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi nafaqat O‘rta Sharq, balki butun dunyo tarixshunosligi uchun muhim ahamiyatga ega. Uning asarlari va kashfiyotlari bugungi kunda ham ilmiy tadqiqotlar uchun manba bo‘lib, uning ilmiy yondashuvi zamonaviy olimlar uchun namuna hisoblanadi. Xorijiy olimlar Beruniyning tarix, astronomiya, geografiya va boshqa sohalardagi hissasini chuqur o‘rganib, uni dunyo madaniyati va ilmfanining buyuk shaxsi sifatida qadrlaydilar. Misrlik tarixchi A. I. Sabra Beruniyning ilmiy metodologiyasini zamonaviy ilmiy usullarning prototipi sifatida ko‘rsatgan.

Beruniyning mutaxassislar uchun, xususan, matematika va astronomiya bilan bog’liq masalalarda yozganligi, Tomas Kuh o'zining "Ilmiy inqiloblar tuzilishi" asarida tushuntirganidek, bu fanlar o'z davrida rivojlanishning ilg'or bosqichida bo'lganidan dalolat beradi. Kuhning so’zlariga ko'ra, olimlar ushbu fanga tegishli fundamental masalalar bo’yicha ilmiy hamjamiyat o’rtasida keng konsensusga ega bo’lmaguncha, maxsus auditoriya uchun yoza olmaydi. Kuh tili bilan aytganda, Beruniy "normal ilm"ning amaliyotchisi bo’lgan, ya'ni uning tadqiqoti "bir yoki bir nechta o’tmishdagi ilmiy yutuqlarga qat'iy asoslangan bo'lib, ba'zi bir ilmiy hamjamiyat ma'lum vaqt davomida uning keyingi amaliyoti uchun asos bo’lib xizmat qiladi". Beruniy Ptolemey astronomiyasi va Evklid geometriyasi an'analariga asos solgan. Uning yozuvlari, har hindlarning madaniy amaliyotlari va urf-odatlari kabi boshqa mavzulardagi asarlari kengroq auditoriyaga qaratilgan. Bu Beruniy uslubi va mazmunining uyg‘unligi bo‘lib, uni zamondoshlaridan ajratib turadi. Uning ishi u shug’ullangan ko'plab turli fanlarga asoslangan[13:16].

XIX asr oxirida: italyan sharqshunosi I.Fiorini (Abu Rayhon Beruniyning kartografik proeksiyalari); XX asr boshlarida nemis olimi G.Zuter o‘zining Sharqda aniq fanlar tarixiga bag‘ishlangan ishlarida Abu Rayhon Beruniyning bu sohadagi xizmatini qisqacha eslatib o‘tgan va uning xordalar (1910–1911) va osmon jismlarini tekis yuzaga tushirishga (1922) bag‘ishlangan risolalarini ham tarjima qilgan. Liviyalik filolog olim L.Sheyxo 1908 yili Abu Rayhon Beruniyning «Faxriy sekstanti» risolasining arabcha matnini chop ettirdi. Italyan olimi K.Nallino o‘z tadqiqotlarida (1911) Abu Rayhon Beruniy asarlaridagi kosmogoniya, astronomiya, jumladan hind astronomiyasi tushunchalari, Erning hajmini aniqlash kabi masalalarni tahlil qilgan[13:126-127].

Beruniyning asarlari, ayniqsa “Hindiston” (“Kitob al-Hind”) va “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (“Al-Asor al-Boqiya”) kabi asarlari, G‘arb olimlari tomonidan keng tadqiq qilingan. Uning Hindiston haqidagi asari Sharq madaniyati va dinlari haqida noyob ma’lumotlar beradi.

Beruniyning astronomik kuzatishlari va hisob-kitoblari Yevropa olimlari tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan. Uning Yer radiusini hisoblash usuli zamonaviy astronomiyada ham e’tirof etiladi.

Beruniy tarixni o‘rganishda ilmiy yondashuvni qo‘llagan. U manbalarni tanqidiy tahlil qilish, faktlarni tekshirish va xronologiyani aniq hisoblash usullarini ishlab chiqqan. Bu metodologiya xorijiy tarixshunoslar tomonidan yuqori baholanadi.

Beruniy turli madaniyatlar, dinlar va tillarni qiyosiy o‘rganishga katta e’tibor bergan. Uning bu yondashuvi zamonaviy madaniyaro tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Beruniyning hayoti va ilmiy merosi haqida dunyoning turli mamlakatlarida konferensiyalar o‘tkaziladi, maqolalar va kitoblar nashr etiladi. Masalan, Germaniya, Rossiya, Hindiston va AQShda uning asarlari tarjima qilinib, tadqiq qilinadi.

Beruniyning geografik, astronomik va tarixiy kashfiyotlari zamonaviy ilmiy adabiyotlarda tez-tez tilga olinadi. Uning ilmiy yondashuvi va aniq hisob-kitoblari bugungi kunda ham olimlar uchun namuna hisoblanadi.

“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” («Al-osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya») asari qadimgi Xorazmda o‘tgan xalqlarning, qadimgi yahudiylar, nasroniylar, majusiylar va musulmonlarning urf-odatlari, an’analari, bayramlari, taqvimlari, dinlari, payg‘ambarlari, muqaddas kitoblari haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida to‘plagan yaxlit ensiklopediya bo‘lib, u Yevropada “Xronologiya” nomi bilan mashhurdir. Bu asarni olim 27 yoshida, ya’ni 1000-yili yozib tugallagan. Asar arab tilida yozilgan va Qobus ibn Vashmgirga bag‘ishlangan[7:7].

«O’tmish yodgorliklari»ning arab tilidagi qo‘lyozmalari asosida tuzilgan tanqidiy tekstini birinshi bor nemis olimi E. Zaxau 1876— 1897 yillari Leypsigda e’lon qildi. 1879 yili esa uning ingliz tiliga qilingan tarjimasini E. Zaxau Londonda bostirib chiqardi. «O’tmish yodgorliklari»ning rus tiliga qilingan tarjimasini sharqshunos olim M. A. Sale amalga oshirgan[14:9].

G‘arb beruniyshunoslarining xizmatlarini baholashda izchil marksistik nuqtai nazardan yondashish nemis olimi G.Leyning kitoblarida o‘z aksini topgan. G‘arb olimlarining o‘z dunyoqarashi va falsafiy mavqeidan kelib chiqib chiqargan xulosalari u tomonidan g‘ayri ilmiy va soxta deb baholangan.

Dj. Neru Abu Rayhon Beruniyga quyidagicha baho beradi: «Beruniy yunon falsafasini o‘rganib, hind falsafasini mutolaa qilmoq uchun Sanskrit tilini o‘rgandi. Beruniy hind va yunon falsafasini bir-biriga solishtirib, bularda mavjud bo‘lgan umumiylikni ko‘rib hayratda qoldi. Beruniyning kitobi faktik materialni qamrab olish bilan birga, u urush, talon-taroj, ommaviy qirg‘inlar bo‘lishiga qaramay, fan ahllari o‘z ishlarini davom ettirganliklarini ko‘rsatib beradi. Ikki orani nafrat va xudbinlik kayfiyatlari buzib turgan paytlarda ham Beruniy begona odam bo‘laturib, bu o‘lka kishilari ahvolini tushuntirishga harakat qiladi»[2:246-247].

AQShning Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori Frederik Starr Beruniy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid izlanishlaridan kelib chiqib, quyidagi fikrlarni bayon etgan edi: “Kimyo fani sohasida Markaziy Osiyoliklar reaksiyalarni qaytarishga, kristallizatsiyadan kimyoviy tozalashning bir vositasi sifatida foydalanilgan, go‘yo Dmitriy Mendeleevning 1871 yilgi davriy jadvaliga poydevor yaratish maqsadida muayyan tortish kuchini o‘lchash va uni chuqur elementlarida qo‘llash kabi yutuqlarga erishdilar”. Bu orqali Frederik Starr Abu Rayhon Beruniyni qadimgi Rim sivilizatsiyasi bilan Yevropa Uyg‘onish davri sivilizatsiyasini o‘zaro birbiri bilan bog‘lagan mutafakkirdir, deb ta’riflagan[12:87].

Shuningdek, Jorj Sarton ham buyuk bobokalonimizga yuqori baho beradi: “Dunyo fani tarixida XI asrning birinchi yarmi Beruniy davridir. Beruniy o‘z zamonasining ulug‘ olimi bo‘libgina qolmay, balki hamma zamonlarning ham eng ulug‘ siymosidir”[5].

Beruniyning asarlari musulmon Sharqi madaniyatining so‘nggi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. So‘nggi asarlarda arab va fors tillarida yozilgan Bayhaqiy, Shaxrizo‘riy, Qiftiy, Yoqut Hamaviy asarlarida Beruniy haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Bar Ebrey (1226—1286) Beruniyga shunday baho beradi: “O‘sha o‘tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o‘tgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘tmish ilmlarda shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis bo‘lib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir nega yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san’atini o‘rgandi va ularga yunon falsafasini o‘rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko‘p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so‘z bilan aytganda, o‘z davrida, undan so‘ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo‘lmagan”. Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy, Muhammad ibn Mansur alAllomiy, al-Xurosoniy kabilarning asarlarida keltiriladi[4:146].

XIX asrdan boshlab Ovro‘po va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag‘ishlangan ovro‘polik olimlar J. Reno, E. Zaxau, G. Zuter, E. Videman, K. Nallino, J. Sarton, R. Rayt, M. Meyerxof, osiyo olimlari S. X. Nasr, M. Kozim, S. Baraniy, M. Nizamuddin, Sh. Yaltkay kabilarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. Bu tadqiqotchilar Beruniy ijodigajuda yuqori baho berdilar. Amriqolik tarixchi olim J. Sarton Beruniyning merosiga eng oliy baho berish bilan birga, uning o‘z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Atoqli sharqshunos V. R. Rozen esa, uning ilmiy qarashlari taajjub qolarli darajada kengligi, unga hozirgi ma’nodagi haqiqiy fanning ruhi xos ekanligini qayd etadi[1].

Hind olimlari ham Beruniyning Hindiston falsafasi, dini, ilmi, urf-odatlari tarixini o‘rganishga qo‘shgan ulkan hissasiga nihoyatda yuqori baho beradilar.

Mutafakkir ilgari surgan fikrlarda qandaydir pinhona ichki ma’no borligini bahona qilib, unga asl haqiqatga mutlaq zid bo‘lgan qarashlar asosida nisbat berilar edi. Shunga binoan, sobiq sho‘rolar davridagi beruniyshunoslar xorijiy olimlar tomonidan alloma ilmiy merosining islom dini yoki hukmron kommunistik mafkuraga zid boshqa g‘oyalar bilan bog‘liq holda talqin qilinishi bilan g‘ayriilmiylik va soxtalashtirishda ayblandilar. Xususan, G‘arb olimlaridan A.Shprengerning Beruniy falsafiy qarashlarini idealistik, T.de Buurning esa pozitivistik ruhda tahlil qilishi nafaqat g‘ayriilmiylik, balki sinfiy g‘arazlik ko‘rinishi sifatida baholangan. Shular qatori nemis olimi M.Mayerxof Beruniyning ba’zi bir qarashlarini ortodoksal-sun’iy ruhdagi tasavvurlar deb ta’riflagan. Ularning bu fikrlari ham hukmron mafkura tomonidan sinfiy manfaatlar nuqtai nazardan kelib chiqadigan yondashuv sifatida ayblangan[8:22].

Beruniyning oxirgi asari – «Dorivor o‘simliklar haqida kitob»ining qo‘lyozmasi XX asrning 30 yillarida Turkiyada topiladi. Asar «Saydana» nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o‘sadigan shifobaxsh o‘simliklar haqida ma’lumot beradi. Dorishunoslikka oid asarlarni umr bo‘yi yiqqan Beruniy o‘z esdaliklarida qo‘yidagi ikkita kitob haqida shunday deydi: «Mening qo‘limga bir vaqtda ikkita kitob tushdi birisi «O‘tlar kitobi» deb atalib, unda har bir o‘tning rasmi bor edi. Bu rasmning qarshisiga uning dorivorligi yunon harflari bilan yozilgan. Ikkinchi kitob VI asrda yashagan qadimgi yunon tabibi Oribasining «Dovalar kitobi» edi. Bu kitobda dorivorlik haqida to‘g‘ri fikrlarga ishonchim komil bo‘lganidan uni arab harfi bilan ko‘chirib chiqdim»[11:63].

Shimoliy Karolina Universiteti olimi, nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” tarixiy-biografik romaniga so’zboshi yozib, unda Beruniyni buyuk turk mutafakkiri deb yozadi: “Abu Rayhon Beruniy yer yuzining diametrini bugungi o‘lchovlarga yaqin bir tarzda hisoblagan va geodeziya ilmiga asos solgan buyuk turkiy mutafakkirdir. Mazkur bilimning asoschisi bo‘lmish Beruniy, Hindistonda ekanida trigonometriyaning astronomiyadan ajratilishi kerakligini ilgari surgan va trigonometrik funksiyalarni hisoblagan. O‘z tadqiqotlari bilan G‘arb dunyosida ham mashhur bo‘lgan bu olim Nyutondan avval yerning tortish kuchidan xabar bergan, Galileydan oldin yerning shar shaklida ekanini aytgan. Hayoti mobaynida geometriya, trigonometriya, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot va tarixga oid 150 dan oshiq asar yozib qoldirgan”[10:3].

Beruniyning nihoyatda boy va sermazmun ilmiy merosi, uning jahon faniga qo‘shgan buyuk hissasi Sharq va G‘arb olimlarida, ayniqsa, XIX asrdan buyon katta qiziqish uyg‘otib kelmoqda. Shuning uchun ham O‘zbekistonda beruniyshunoslikni yanada rivojlantirish uchun chet el, xususan, G‘arb olimlari tomonidan bu yo‘nalishda erishilgan yutuqlar, boy tajriba bilan tanishish maqsadga muvofiqdir. Lekin Sobiq Ittifoq hududida hukm surgan mustabid sinfiy mafkura ta’sirida G‘arb tadqiqotchilari erishgan tajriba va yutuqlarni o‘rganish va baholash masalasiga xolis yondashilmadi. Shu bois beruniyshunoslikni bir butun va yaxlit holda tadqiq etish imkoniyati chegaralangan edi. G‘arb olimlarining beruniyshunoslik sohasidagi ishlaridan ko‘proq faktologik ma’lumotlar sifatida foydalanilar, ularning tarjima va nashr qilish, sharhlash bilan bog‘liq materiallari Beruniy asarlarini o‘rganish, tarjima va chop etish jarayonida jalb etilar, nazarda tutilar edi[8].

Beruniyning ilmiy uslubi va metodologiyasi zamonaviy tarixshunoslikda yuqori baholanadi. U empirik usullar, tanqidiy tahlil va manbalarga murojaat qilish orqali ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Bu yondashuv zamonaviy tarixshunoslikning asoslaridan biri hisoblanadi.

Zamonaviy tarixshunoslikda Beruniyning ilmiy merosi turli jihatlari bilan o‘rganilmoqda. Masalan, uning astronomik kuzatishlari, geografik hisob-kitoblari va tarixiy manbalarga tanqidiy yondashuvi zamonaviy olimlar tomonidan qayta baholanadi. Xususan, uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari tarix, astronomiya va kalendar tizimlari haqidagi muhim manba sifatida qaraladi. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi xorijiy tarixshunoslikda muhim o‘rin tutadi. Uning asarlari va tadqiqot uslublari nafaqat o‘z davri, balki zamonaviy ilmiy tadqiqotlar uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Beruniyning xalqaro miqyosda tan olinishi uning universal ilmiy yondashuvi va madaniyatlararo muloqotga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi.

FOYDALANILGAN ADOBIYOTLAR

1. Eloktron resurs: https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/tarix/manaviyat-yulduzlari/abu-

rayhon-beruniy-973-1048/. Qaralgan vaqti 10:29/08/012024

2. Hepy Дж. Открытие Индии. –M: 1955 .- С. 246 - 247.

3. Mahan Hussain Mirza. The quest for knowledge: Biruni's method of inquiry. A

Dissertation Presented to the Faculty of the Graduate School of Yale University in

Candidacy for the Degree of Doctor of Philosophy May 2010. – 29 p.

4. Qurbanov N.N., Allaberganova Sh. B., Karimova R.P. Abadiyat farzandi Abu

Rayhon Beruniy. Tashkent Medical Academy. Volume 3 | TMA Conference |

2022.- 146 b.

5. Sarton G. Introduction to the history, of science. Volune I, from Homer to Omar

Chayyam Baltimore, 1927. – PP. 693, 707. (Манба олинган жой: Аҳмедов А.

“Ҳиндистон”нинг ёзилиш даври ва сабаблари // Беруний Абу Райҳон.

Ҳиндистон // Танланган асарлар II. –Т.: «Oʽzbekiston» НМИУ, 2022. Б.3.)

6. The quotations which follow will be given both in Arabic (Hyderabad, 1958) and

in English (E. C. Sachau, trans., Alberuni's India, London, 1910, reprinted, Delhi,

1964). ee E. C. Sachau, ed. Kitāb al-āthār al-bāqīya 'an al-qurūn al-khāliya

(Chronologie orientalischer Volker von Alberūni), Leipzig, 1878, pp. 211-12;

trans., The Chronology of Ancient Nations, pp. 194-195.

7. To‘rayev B. Abu Rayhon Beruniy. Toshkent, “Tafakkur” 2015. – 7 b.

8. Жўрақулов Ф.Н. Абу Райҳон Беруний табиий – илмий ва ижтимоий -

фалсафий меросининг ғарб олимлари томонидан тадқиқ этилиши. Фалсафа

фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация.

Тошкент. 2007. – 22 б.

9. Ирисов А., Носиров А., Низомиддинов И. Ўрта Осиёлик қириқ олим.

Тошкент: Ўзбекистон Фанлар Академияси нашриёти, 1961. – 51

10.Исажон Султон. Абу Райҳон Беруний (тарихий-биографик роман). Тошкент,

2023.- 3 б.

11.Рўзиева Ф. Беруний асарларининг библиографик талқини. «INFOLIB»

axborot-kutubxona xabarnomasi. 2022 - Б. 63.

12.Тожиев Д. Абу Райхон Берунийнинг илмий хазинаси тарихига бир назар.\\

“Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal – (2) I/2020. – B. 87.

13.Тураев Б. Беруний – инсониятнинг буюк мутафаккири. – Т.: “Fan ziyosi”

нашриёти, 2023. - 16 б.

14.Қаюмов А. Беруний ва адабиёт. Тошкент: 1974. – 9 б.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.