ADABIYOT- MILLIY OʻZLIKNING KOʻZGUSI
Toʻyliyeva Sevara Erkin qizi
Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada adabiyotning milliy tafakkur va oʻzlikni anglashdagi oʻrni haqida soʻz boradi.Milliy adabiyot asarlari orqali xalqning maʼnaviyati, qadriyatlari va tarixi va ruhiy olami aks etishi tahlil qilinadi. Shu bilan birga bugungi yosh avlodni maʼnaviy tarbiyalashda adabiyotning tutgan oʻrni yoritilgan. Maqolada adabiyotning milliy o‘zlik, tarixiy xotira va madaniy qadriyatlarni saqlashdagi muhim o‘rni tahlil qilinadi. Avvalo, adabiyot xalq ruhini, milliy ongni va davrga xos fikrlarni ifoda etuvchi san’at vositasi deb ta’kidlanadi. Mumtoz ijodkorlar (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mashrab, Ogohiy) orqali o‘zbek xalqining ma’naviy merosi, falsafiyaxloqiy qadriyatlari hamda tarixiy tajribalari shakllangani ko‘rsatiladi. Keyingi bosqichda jadid adabiyoti (Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va boshqa ziyolilar) nasroni, milliy uyg‘onish va ijtimoiy adolat g‘oyalariga xizmat qilgani, “O‘tkan kunlar” va “Kecha va kunduz” kabi asarlar orqali tarixiy xotira tiklangani bayon etiladi. Maqolaning yakuniy qismida mustaqillikdan keyingi adabiyotda erkinlik, vatanparvarlik va milliy qadriyatlar mavzulari kuchli namoyon bo‘lgani (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov), global axborot davrida esa yoshlarni ma’naviy tarbiya qilishda adabiyotning roli qayd etiladi. Adabiyot “yurak nidosi”, “xalq ruhi” va “millat ko‘zgusi” sifatida, yosh avlodni vatanga muhabbat, halollik, sabr-toqat kabi qadriyatlar bilan shakllantiruvchi kuch sifatida yuksak baholanadi. KALIT SOʻZLAR: adabiyot, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Fitrat, milliy oʻzlik, ma'naviyat, tarixiy xotira, badiiy asar, yoshlar tarbiyasi, mustaqillik davri adabiyoti, vatanparvarlik, global axborot davri, ma’naviy tarbiya, yosh avlod, xalq ruhi, millat ko‘zgusi. Kirish:
Adabiyot-bu inson ruhining, xalq ma'naviyatining davr zamonasining soʻz orqali ifodalangan aksidir. Har bir millat oʻzligini anglashda, tarixni unutmaslikda, ma'naviy ustunlikka erishishda adabiyotga tayanadi. Adabiyot nafaqat san'at, balki xalq tafakkuri, gʻururi va tarixiy xotirasidir.Ayniqsa, milliy oʻzlik tushunchasi bugungi globallashuv davrida oʻz ahamiyatini yanada oshirmoqda. Adabiyot - ana shu oʻzlikni saqlab qoluvchi, uni avloddan avlodga yetkazuvchi koʻzgudir. Adabiyot xalq tafakkurining mahsuli. Sifatida milliy ruhni aks ettiradi. Bizga saboq beradi biz uchun eng yaxshi muallim.
Ustoz yozuvchimiz O Sharafiddinov aytganidek: " Adabiyot - bu hayot darsligi." Har bir adabiy asar ortida oʻsha millatning tarixiy kechinmalari, gʻururi, urf - odatlari, orzu - umidlari yashiringan boʻladi. Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogohiy kabi mumtoz adiblarning asarlari oʻzbek xalqining maʼnaviy xazinasini tashkil etadi. Ayniqsa, Navoiy ijodi faqat adabiy yoki estetik qiymatga emas, balki xalq tafakkurining rivojlanishiga ham xizmat qilgan.
Navoiy oʻz "Xamsa"sida sharq falsafasi, axloqiy tarbiya, ijtimoiy adolat gʻoyalarini ilgari surgan boʻlsa , Bobur "Boburnoma" asarida oʻz zamonasining tarixiy, ijtimoiy manzarasini yozma adabiyot vositasida ifodalab kelajak avlodga bebaho meros qoldirgan.
XX asr boshlarida oʻzbek adabiyotida yangi bosqich - jadidlar davri boshlanadi. Bu davr adabiyoti milliy uygʻonish, oʻzlikni anglash, xalqni jaholatdan chiqarish yoʻlida xizmat qilgan. CHoʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi ziyolilar oʻz asarlari orqali milliy gʻurur, erkinlik, tafakkurga da'vat, vatanga muhabbat gʻoyalarini ilgari surdilar.
CHoʻlponning " Kecha va kunduz" romanida tarixiy adolatsizliklar,xalq hayotidagi ogʻriqli nuqtalar ,erk va ozodlikka intilish holatlari tasvirlanadi. Abdulla Qodiriyning "Oʻtkan kunlar" romani esa adabiyot orqali tarixiy xotirani tiklab, oʻzbek xalqining ijtimoiy, siyosiy oʻzligini anglashida katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu asarlar oʻz tarixiga boshqa koʻz bilan qarashga, milliy birlik gʻoyasini chuqurroq his qilishga intildi. 1991- yildan soʻng, ya'ni Oʻzbekiston mustaqilligini qoʻlga kiritgach, adabiyotimizda milliylik ruhiga qaytish, tarixiy shaxslar va voqealarni yangicha nigohda talqin etish jarayoni boshlandi.Yangi adabiyotd istiqlol, vatan, ozodlik, qadriyat va urf-odatlarga sodiqlik kabi tushunchalar asosiy mavzuga aylandi. Erkin Vohidovning " Oʻzbegim" she'ri xalq ruhining gʻururli nidosidir. Abdulla Oripovning " Oʻzbekiston" she'rida mustaqil vatanga boʻlgan sevgi, fidoyilik ruhi mujassam.Bu asarlar orqali oʻzbek adabiyoti yosh avlodga milliy oʻzlikni his etish uni qadrlash, asrab - avaylash gʻoyasini singdira oldi.
Bugungi globallashuv davrida yoshlar koʻplab axborot oqimlari ichida yashamoqda. Ular ongini, tafakkurini, ruhiyatini sogʻlom saqlashda adabiyot beqiyos rol oʻynaydi. Badiiy asarlar axloqiy meʼyorlar manbayi, ijtimoiy ong shakllanishida asosiy vositadir. Yoshlar adabiyot orqali vatanga muhabbat, ota- onaga hurmat, halollik, rosdgoʻylik, sabr - toqat kabi qadriyatlarni oʻrganadi.
Ayniqsa, maktab va oliy oʻquv yurtlarida adabiyot fanining chuqur oʻrganilishi ularni ma'naviy yetuk qilib voyaga yetkazadi.Kitob oʻqigan yosh fikrlaydigan,savodli, oʻzini va xalqini qadrlaydigan shaxsdir. Shuni xulosa qilamanki, adabiyot - milliy ruhni saqlovchi, xalq tafakkurini boyituvchi, tarixiy xotirani mustahkamlovchi, kuchli vositadir. Milliy oʻzlikni anglash, uni ifodalash va saqlab qolishda adabiyotning roli beqiyosdir. Har bir xalq oʻz Adabiy merosi bilan faxrlanadi. Har bir millat adabiyot orqali oʻzining kimligini aniqlaydi.
Bugungi kunda biz yosh avlod adabiyotdan ilhom olib tariximizni, oʻzligimizni, gʻururimizni unutmasligimiz balki uni ulugʻlashimiz zarur. Chunki adabiyot - bu yurak nidosi, xalq ruhi ,millat koʻzgusidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1..Абдулла Орипов Узбекистон Касида Узбекистон ЛКСМ Марказий Комитети " Ёш гвардия" нашриёти Тошкент -1972 2.Абдулла Кодирий Утган кунлар Ґафур Ґулом номидаги адабиёот ва санъат нашриёти Тошкент - 1974 3.Ф. К. Каримов Узбек адабиёоти тарихи " Укитувчи "нашриёти -1975 4. Дилмурод Куронов Чулпон Насри поетикаси "Шарк" нашриёт- Матбаа акциядорлик компанияси Бош тахририяти Тошкент - 2004 5.Abdulhamid CHoʻlpon Kecha va kunduz "Ilm - ziyo -zakovat" Toshkent - 2019
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.