DO‘STLIK TIMSOLLARI HAQIDA
Haydarova Mushtariy Abdumalik qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
Mushtariyhaydarova26@gmail.com
+998996695536
+998939836012
Annotatsiya
Ushbu maqolada “Layli va Majnun” dostonidagi Majnunga ishq yo‘lida yordam bergan doʻstlik timsollari haqida soʻz boradi. Do‘st bo‘lish uchun qanday sinovlarni boshidan o‘tkazish yoxud o‘z do‘stiga sodiq va vafodor ekanligini bildirish bosh mavzulardan biri qilib olingan.
Tayanch soʻzlar: ishqi ilohiy, hayvonot dunyosi, chin do‘st, vaxshat, Navfal, yovvoyi hayvon, cho‘pon, Zayd.
Bugungi kunda Navoiy ijodi, ayniqsa, uning “Xamsa” asari keng ko‘lamda o‘rganilgan va bu o‘rganish hali – hanuz davom etib kelmoqda. Navoiyni o‘rganish ham aqliy, ham ma’naviy, ham ruhiy, ham axloqiy tomondan insonni o‘stiradi. Shu sababdan ham darsliklardan Navoiy asarlari munosib o‘rin egallagan. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Xamsa” asari tarkibidagi uchinchi doston – “Layli va Majnun” haqida so‘z boradi.
“Layli va Majnun” dostoni haqida so‘z yuritilar ekan, uning ishq haqidagi doston ekanligi barchamizga ma’lum. An’anaviylikdan biroz chekingan holda asardagi do‘stlik obrazlari haqida ushbu maqolada so‘z boradi.
Dastlab Majnun fano dashtida yurganda uning do‘stlari kiyiklar – u barcha yirtqich hayvonlar bo‘ladi. Negaki ishq uni poklaydi, qalbi pok bo‘lgan inson yovuzlik qila olmasligini hayvonlar ham biladi. Majnun qayerga qadam bosmasin, bir dasht kiyigi unga ergashadi[1.334]. Odatda, kiyiklar insonni ko‘rganda qochadi, ammo bu kiyik Majnun bilan har qadamda birga yuradi, dardini zabonsiz bo‘lsa-da tushunadi.
Navfal obrazi ham Majnun darajasiga yetmagan bo‘lsa ham, bir vaqtlar ishq mojarosini boshidan kechirgan va g‘am dashtida yugurgan edi[2;335]. Do‘stlikning shartlaridan biri do‘sting bilan darding bir bo‘lishi yoki do‘stingning dardini o‘zigniki qila olishing kerak. Navfal ana shunday do‘st bo‘la oldi. Majnun bilan dashtdagi hayvonlarning birgalikda yurishi Navfalni ov qilishdan voz kechishga undadi va uning ko‘ngliga do‘stlik urug‘i ekildi. “Ishq – gavhar, u ko‘z qamashtiruvchi porloq nur. Ishq kimni g‘amga solsa, uning qalbini kirdan pok etadi. Shuning uchun ham odam bilan do‘stlashmaydigan yovvoyi hayvonlar Majnunsiz sahroda orom ololmaydilar. Ishq uning vujudini shunday etibdiki, uning insonligi shunchalik yo‘qolibdiki, vaxshiylar undan qo‘rqmaydilar. Chunki undan insonlik ketganida vaxshat ham ketadi”[3;335]. Navfal tilidan aytilgan bu so‘zlar zamirida ishq insonni poklashi va bu pok qalb sohibini barcha mavjudodlar o‘ziga yaqin olishi yotadi.
“Layli va Majnun” asarini nafaqat ishq haqidagi asar, balki undagi insoniy tuyg‘ularni ham darsliklarda berilishi komil insonni tarbiyalashda qo‘l keladi. Dostonda do‘stlik rishtalaridan tashqari ota va farzand munosabatlari ham yuqori darajada ko‘rsatilgan. Fano dashtida sarson – sargardon kezib yurgan Majnunning xabarini eshitgan ota o‘g‘lining huzuriga borganida, hech kimga bo‘yin egmagan, tutqich bermagan o‘g‘il otasini ko‘rganida o‘sha yerdagi tuyaning bo‘ynidan zanjirni yechib, o‘z bo‘yniga mahkam bog‘laydi, arqonning bir uchini otasiga beradi. “Bu mubtaloga nima desang deyaver, qo‘lingda bo‘yni bog‘liq itman”, deb to‘rt oyoqlik qildi. Otasi esa uning bo‘ynidan arqonni yechib, o‘z yurti sari ravona bo‘ldi”[4].
Navfal – shoh. Shoh bo‘lishiga qaramasdan u Majnun uchun Layli qabilasiga urush ochadi. To‘g‘ri, bu urush sabab Layli qabilasi ko‘p ozor ko‘rdi, Navfal noto‘g‘ri ish qilgandir, ammo nima qilganda ham u do‘sti uchun qildi. Do‘stini ishq olovidan omon saqlash uchun hattoki, o‘z qizini unga beradigan darajadagi fidoyi do‘st. Majnun va Layli visolini uyushtirgan, bir – birini bir bora ko‘rishi uchun yordam bergan yana bir do‘st Layli qo‘ylarining cho‘poni edi. Qo‘y terisini yopingan Majnun Laylini ko‘rdi, Layli ham uni ko‘rib es – hushidan ayrildi[5;354].
Asarda do‘st sifatida ta’riflangan obrazlarning barchasi Majnunga yordam beradi. Majnun esa garchi ular uchun biror fidoyilik qilmasa-da, do‘stlariga haqiqiy ishq qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.
Majnunning do‘stlari xoh yirtqich hayvon bo‘lsin, xoh o‘txo‘r hayvon bo‘lsin, xoh podshoh bo‘lsin, xoh cho‘pon bo‘lsin – barchasi Majnunga birdek do‘st.
Arablar ichida xo‘rlangan, bedavlat bir baxtiqaro odam deya ta’riflangan Majnunning yana bir do‘sti “Zayd” laqabli ayolmand kishi edi. Unga zamonadan juda ko‘plab musibatlar yog‘ilgan, dard ustiga chipqondek, Navfal qo‘shini ham uni kaltaklagan, Navfaldan ham, uning do‘sti Majnundan ham nafratlanar edi, ammo Majnun kimligini tanigach, Zayd ham u bilan do‘stlashdi. Majnun va Laylining so‘zlarini bir – biriga yetkazadi. Asarda Zayd “najmi soqib” deya ta’riflangan. Najmi soqib – yorug‘ yulduz. Bu yerda Zaydning Majnundan nomani olib Layli qabilasi tomon tez ot surishini falakning yorug‘ yulduziga qiyos qilinadi[6].
Asarni o‘qish davomida nafaqat do‘stlik, balki har bir axloqiy tomonlarni chuqur tahlil qilish kerak. Nazar Eshonqul fikri bilan aytganda: “Navoiy bilgan narsalarning 30 – 40 foizini bilganimizda edi, bizni qiynayotgan muammolarga o‘zimiz javob topa olardik”.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. A. Навоий. Хамса.– T.:“Navro‘z”, 2019. – B:711.
2. O. Madayev. Navoiy suhbatlari. –T.: “O‘qituvchi”, – B:247.
3. Navoiyshunoslik. Darslik. Sirojiddinov Sh., Yusupova D., Davlatov O. – T.: Akademnashr, 2020, –B: 576.
4. http//navoi.natlib.uz:8101/uz/xamsa_layli_va_majnun_tuqiqizinchi_tom/ sharh_va_izohlar/
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.