ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

ANDIJON VILOYATIDAN O‘TUVCHI XALQARO AVTOMOBIL YO‘LLARIDA TRANSPORTLARNING O‘TUVCHANLIGINI OSHIRISH HAMDA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH.

Özet

Ushbu maqolada Respublikamiz eksport-import salohiyati ortishi barobarida xalqaro yo‘llarida tashuvlarni jadallashtirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shu bilan birgalikda aholi yashash hududlarida transport infratuzilma obyektlarini qaytadan ko‘rib chiqish hamda 6 tasmali avtomobil yo‘lini tashkil bo‘yicha yechimlar berilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

INCREASING THE PASSABILITY AND ENSURING THE SAFETY OF

TRANSPORTATION ON INTERNATIONAL HIGHWAYS PASSING

THROUGH ANDIJAN REGION.

ПОВЫШЕНИЕ ПРОХОДИМОСТИ И ОБЕСПЕЧЕНИЕ

БЕЗОПАСНОСТИ ПЕРЕВОЗОК НА МЕЖДУНАРОДНЫХ

АВТОМОБИЛЯХ, ПРОХОДЯЩИХ ПО АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ.

To‘raboyev Holmurod Rustamjon o‘g‘li

Andijon mashinasozlik instituti.

Telefon +99899 499 46 08

Annotatsiya: Ushbu maqolada Respublikamiz eksport-import salohiyati ortishi barobarida xalqaro yo‘llarida tashuvlarni jadallashtirish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Shu bilan birgalikda aholi yashash hududlarida transport infratuzilma obyektlarini qaytadan ko‘rib chiqish hamda 6 tasmali avtomobil yo‘lini tashkil bo‘yicha yechimlar berilgan.

Abstract: In this article, as the export-import potential of our Republic increases, recommendations have been developed to accelerate transportation on international roads and ensure traffic safety. At the same time, solutions were provided for the revision of transport infrastructure facilities in residential areas and the organization of a 6-lane highway.

Аннотация: В данной статье по мере увеличения экспортно-импортного потенциала нашей Республики разработаны рекомендации по ускорению перевозок на международных дорогах и обеспечению безопасности дорожного движения. При этом были предусмотрены решения по ревизии объектов транспортной инфраструктуры в жилых массивах и организации 6-полосной автодороги.

Kalit so‘zlar so‘zlar va iboralar: eksport, import, transport-kommunikatsiya, avtoturargoh, to‘xtash joylari, harakat xavfsizligi, tranzit yuklar, halqa yo‘li, infratuzilma, velo yo‘lak, truck parking.

Keywords words and phrases: export, import, transport-communication, parking lot, parking places, traffic safety, transit cargo, ring road, infrastructure, bicycle lane, truck parking.

Ключевые слова и фразы: экспорт, импорт, транспорт-коммуникация, автостоянка, парковочные места, безопасность дорожного движения, транзитные грузы, кольцевая дорога, инфраструктура, велодорожка, стоянка грузовых автомобилей.

KIRISH

So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni rag‘batlantirish agentligi tashkil etilib, eksport hajmini oshirish uchun eksport qiluvchi korxonalarga moliyaviy ko‘mak berish mexanizmlari yaratildi.

Jahon bozorlarida raqobat keskinlashib borayotgan sharoit mahsulotlar eksporti hajmini oshirish orqali yangi bozorlarga kirib borish va an’anaviy bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlashni yanada kengaytirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. [1]

6,3

7,6

5,1 3,6

37,7

15,5

19,6

4,6

Eksport statistikasi 2023 yil yanvar-iyul oylari uchun

Rangli va qora metallar 6,3 %

Oziq ovqat mahsulotlari 7,6 %

Kimyoviy mahsulotlat 5,1 %

Energiya tashuvchi va neft mahsulotlari 3,6

%

Oltin 37,7 %

Boshqalar 15,5 %

Xizmatlar 19,6 %

1-rasm

Birgina 2023-yil 9-oyida Respublikamizda tashqi savdo aylanmasi 44,7 mlrd AQSh dollaridan oshgan. 2023-yil davomida eksport va import statistikasi (1-rasm, 2- rasm) keltirilib o‘tilgan. Mazkur statistikaga asosan mamlakatimizda ishlab chiqarish, sanoat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yildan yilga o‘sishi mavjud eksport va import tovarlariga bevosita ta’sir etib ularning yildan yilga o‘sishiga erishilmoqda. [2,3]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Harakat xavfsizligini oshirish va yuk mashinasi haydovchilariga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash: Aholi punktlaridagi “Yovvoyi mashinalar toʻxtash joyi” katta yoʻl harakati xavfini keltirib chiqaradi. Ko‘proq to‘xtash joylarining mavjudligi va shuning uchun yovvoyi to‘xtash joylarining kamayishi port hududida harakat xavfsizligini oshiradi. Bundan tashqari, avtoturargohlardagi mavjud to‘xtash joyi yuk mashinalari haydovchilariga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini taqdim etadi. [4]

Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash haqida bo‘lib yirik shaharlarda transportni rivojlantirish strategiyasi jamoat avtomobil transportining shaxsiy avtomobil transportiga nisbatan imtiyozini ta’minlashga va shaharda avtomobil transportidan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan. [5]

NATIJALAR

17,8

6,4

42,3

10,3

16,2

Import statistikasi 2023 yil yanvar-iyul oylari uchun

Boshqalar 17,8 %

Xizmatlar 6,4 %

Mashina va uskunalar 42,3 %

Oziq ovqat mahsulotlari 10,3 %

Kimyoviy mahsulotlat 16,2 %

Oltin 2-rasm

Transport-kommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar izchillik bilan amalga oshirilishi mamlakatimizning xalqaro transport kommunikatsiyalariga integratsiyalashuviga xizmat qilmoqda.

Mamlakatdagi ishlab chiqarish hamda tranzit sohalarda 2023-yil 9-oylik davomida avtomobil, temir yo‘l, quvur yo‘li hamda havo yo‘llari orqali 1058,1 mln.tonna yuk tashilgan (3-rasm). Shundan 90,6 % avtomobil transportiga to‘g‘ri kelmoqda. [6]

Birgina Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida 36,6 mln.tonna, yuk aylanmasi 774,3 mln tonna-km.ni tashkil etmoqda. Mazkur yuk oqimlarida yildan yilga o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. Yuk oqimlarini xalqaro avtomobil yo‘llarida ko‘payishi avtomobil yo‘llaridagi harakat xavfsizligiga ta’sir etib mazkur holatlarni 5 yillik 10 yillik rejalashtirish ishlarini amalga oshirishga olib kelmoqda.

MUHOKAMA

Avtomobil transportida tashilgan yuklar bevosita avtomobil yo‘llariga bog‘liq holda amalga oshiriladi. Lekin hozirda mavjud umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari – 42 695 km.ni tashkil qiladi (Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi balansida). Shu jumladan: xalqaro ahamiyatdagi – 3 981 km, davlat ahamiyatidagi – 14 100 km, maxalliy ahamiyatdagi – 24 614 km. Respublika xududida joylashgan ko‘chalari, ichki xo‘jaliklararo yo‘llari, qishloq qo‘chalari, shahar tipidagi qishloq ko‘chalari – 116 560 km.ni tashkil qiladi.

Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llaridagi tashuvlar mamlakat iqtisodiyotidagi muhim o‘rinni egallaydi. Chunki eksport import va tranzit yuklar

959,0

55,3 43,8 6,3

0,0

200,0

400,0

600,0

800,0

1 000,0

1 200,0

2023 yil 9-oylik davomida tashilgan yuklar hajmi (mln.tonna)

avtomobil

temir yo‘l

quvur yo‘li

havo yo‘li, ming

3-rasm mamlakatning iqtiodiy-ijtimoiy holatini yaxshilab aholi turmush darajasini oshishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Birgina Andijon viloyati orqali o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘li 103 kilometrni tashkil etadi. Ushbu A373 "M39 avtomobil yo‘li-Guliston-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh" avtomobil yo‘li orqali xalqaro va tranzit o‘tuvchi avtomobillar soni yildan yilga o‘sib bormoqda. Xalqaro yo‘llarda transportlar oqimimini o‘sishi xalqaro yo‘llardagi harakat xavfsizligi, urbanizatsiya, xizmat ko‘rsatish hamda infratuzilma obyektlariga bevosita ta’sirni ortishiga olib keladi.

Shu bilan birgalikda 103 kilometrlik uchastkasining 30 kilometrlik qismi aholi punktlari orqali o‘tishini inobatga olsak, mazkur qismlarda harakat havfsizligini ta’minlash dolzarb masalaga olib keladi. Aholi punktlari bo‘lgan joylarda 66 ming, aholi punktlari bo‘lmagan joylarda 21 ming fuqaro yashaydi.

Aholi yashash manzillarida bugungi kun holatiga yo‘l-infratuzilma obyektlati avtobus bekatlari, alohida yo‘laklar, piyodalar yo‘lakchalari va veloyo‘laklar tashkil etilishi qoniqarli darajada emas. Shu bilan birgalikda A373 "M39 avtomobil yo‘liGuliston-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh" xalqaro avtomobil yo‘lining 103 km.lik masofasining 43 kilometrlik qismi 6 tasmalik, 39 kilometrlik qismi 4 tasmalik va 21 kilometrlik qismi 2 tasmalik avtomobil yo‘li hisoblanadi. Bu esa mazkur hududlardagi harakat xavfsizligi bilan bog‘liq yechimlarni optimallashtirishga olib kelib, alohida yechimlar ishlab chiqishga sabab bo‘ladi.

XULOSA

Andijon viloyatidan o‘tuvchi xalqaro avtomobil yo‘llarida transportlarning o‘tuvchanligini oshirish hamda xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish belgilanishi kerak:

- xalqaro avtomobil yo‘llaridagi transport infratuzilma obyektlarini qaytadan texnik shartlar asosida ko‘rib chiqish

- xalqaro yo‘nalishlardagi avtomobil yo‘llarini 6 tasmalikga o‘tkazish

- xalqaro avtomobil yo‘liga tutash aholi punktlari piyodalar yo‘lakchasi va velo yo‘laklarni tashkil etish

- har bir tuman markazida hamda Andijon shahrida kichik halqa yo‘lini tashkil etish

- xalqaro avtomobil yo‘llarida Truck parkinglarni joriy etish hamda chet el transport vositalari haydovchilarini ish vaqtiga rioya etishlarini nazorat qilish tizimini yaratish.

- Mazkur talablar rivojlanib borayotgan transportlarda yuk tashish istiqbollariga poydevor bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4707 Qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Statistika Agentligi rasmiy telegramm kanali. https://t.me/statistika_rasmiy/4009.

3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rasmiy sayti. https://miit.uz/oz/pages/statistika-tovarooborota.

4. Aslanov N., Nurdinov M. SHAXARLARARO VA XALQARO YUK

MASHINALARI UCHUN TO‘XTASH JOYLARINI MASOFAVIY BOSHQARISH

METODI //Yevraziyskiy jurnal matematicheskoy teorii i kompyuternыx nauk. – 2022. – T. 2. – №. 13. – S. 65-74.

5. Yusupov A. R.M Khamrakulov. AVTOMOBIL YO‘LLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh. "Экономика и социум" № 4(107)-1 2023, 1070-1073.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Statistika Agentligi rasmiy sayti. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/services-2.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.