ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

Arxeologiyaning tamaddun silsilasi

Özet

Tarixda hech narsa izsiz yo`qolib ketmaydi. Ana shu izni topish arxeologiyaning vazifasidir. Arxeologiya yodgorliklari kishilik jamiyatining yozma tarixigacha bolgan davrni o`rganishda muhim ahamiyatga egadir. Arxeologik topilmalarni o’rganish shunchaki o’tmishga sayohat emas, bu mamlakat qurilgan ildizlar va poydevorlarni tushunishdir. O‘zbekiston hududidan topilgan har bir osori-atiqa o‘tgan davrlar sirlarini ochib bergan holda, davlat tarixining umumiy manzarasini yaratishga hissa qo‘shadi


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

Arxeologiyaning tamaddun silsilasi

Hamrayeva Feruza Djalalitdinovna

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

“Mo‘jizalar olamida bolalar” bo‘limi mudiri

Anotatsiya

Tarixda hech narsa izsiz yo`qolib ketmaydi. Ana shu izni topish arxeologiyaning vazifasidir. Arxeologiya yodgorliklari kishilik jamiyatining yozma tarixigacha bolgan davrni o`rganishda muhim ahamiyatga egadir. Arxeologik topilmalarni o’rganish shunchaki o’tmishga sayohat emas, bu mamlakat qurilgan ildizlar va poydevorlarni tushunishdir. O‘zbekiston hududidan topilgan har bir osori-atiqa o‘tgan davrlar sirlarini ochib bergan holda, davlat tarixining umumiy manzarasini yaratishga hissa qo‘shadi.

Аннотация

Ничто в истории не исчезнет бесследно. Найти этот след-задача археологии. Памятники археологии играют важную роль в изучении периода до письменной истории человеческого общества. Изучение археологических находок-это не просто путешествие в прошлое, это понимание корней и основ, на которых была построена страна. Каждая находка с территории Узбекистана, раскрывающая тайны ушедших эпох, способствует созданию общей картины истории государства.

Abstract

Nothing in history will disappear without a trace. To find this trace is the task of archaeology. Archaeological sites play an important role in the study of the period before the written history of human society. The study of archaeological finds is not just a journey into the past, it is an understanding of the roots and foundations on which the country was built. Each find from the territory of Uzbekistan, revealing the secrets of bygone eras, contributes to the creation of a general picture of the history of the state.

Kalit so`zlar: arxeologik yodgorliklar, qadimgi davr, sopol buyumlar, muqaddima, kartografiya va topografiya, ilmiy izlanishlar, arxeologik tadqiqot, qazishma, xomo sapiens, neandertal tipidagi odam, qadimiy maskanlar, arxeologik maktab.

Ключевые слова: археологические памятники, древность, керамика, интродукция, картография и топография, научные исследования, археологические исследования, раскопки, homo sapiens, человек неандертальского типа, древние поселения, археологическая школа.

Key words: archaeological monuments, ancient times, ceramics, introduction, cartography and topography, scientific research, archaeological research, excavation, homo sapiens, Neanderthal type man, ancient settlements, archaeological school.

O‘tmish kelajakni belgilaydi - deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, o‘tmishda yuz bergan har bir voqea, hodisa bugungi kun uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Oz navbatida o‘tmishni o‘rganish - har bir davr taqazo qiladigan asosiy masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Arxeologiya - xalqlarning ma’naviyatini shakllantirishda, ularni ruhan boyitishda hamda xalqimiz uzoq o`tmishini tiklashda beqiyos o`rin tutadi. Jahonda tekshirilgan barcha turdagi arxeologik yodgorliklar va ularda topilgan moddiy manbalar, insoniyat toshdan yasagan oddiy qo'pol cho'qmordan boshlab, uzluksiz mehnat natijasida yuksak madaniyat darajasiga yetib kelishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi.

Dunyodagi jamiki narsaning esa o`z tarixi bo`ladi. Bugungi kunda muhum ahamiyatga ega bo`lgan arxeologiya yo`nalishining ham o`ziga xos tarixi bor. Arxeologiya fani dunyo miqyosida katta tarixiy ahamiyatga ega va taraqqiyot yo`lida uzoq yo’l bosib o’tgan ijtimoiy - gumanitar fan sohasi sifatida tanilgan. Manbalardan shuni ko`rsatadiki, insoniyat antik davrdayoq qadim o’tmish tarixga, moddiy- madaniyat va san'at namunalarini o’rganishga xizmat qila boshlaganligi atamasini mil. avv. IV asrda yunon faylasuflaridan biri Platon (yoki Aflotun) o’z asarida arxeologiya “qadimgi davrlarda bo`lib o`tgan voqealar” ma'nosida ishlatgan. Miloddan avvalgi VI asrda Vavilon hukmdori Nabonidning qadimgi joylarda qazishlar o’tkazganligi, qadimgi Rimda ham muntazam qidiruv qazishmalari olib borilgani haqida ma'lumotlar fikirimizning yaqqol isbotidir.

Lekin oldingi davrlarda arxeologiyani fanning qaysi sohasiga qo‘shish to‘g‘risida bahs va munozaralar bo‘lib, ba’zi bir kishilar uni qadimgi san`at haqidagi fan, yana bir toifadagilar esa sopol buyumlami o‘rganuvchi fan,degan fikrni bildirganlar. Ba’zilar esa uni tarix faniga xizmat qiluvchi ikkinchi darajali fan deb tushunganlar. Demak, arxeologiya fan sifatida shakllanish jihatidan boshqa sohalarga nisbatan ancha bo’lsada, uning muqaddima ildizlari tarixiy davrlarga borib taqaladi.1

Aytish joizki, markaziy Osiyo – Sharqning eng qadim tarixga va material yodgorliklarga ega hudud bo`lib maxsus arxeologik tadqiqotlar u yerda XIX asrdan boshlab olib borilgan. Tadqiqotlari natijasi ilmiy dunyoga O`zbekiston va qo`shni respublikalarning boy qadimgi madaniyatlarning yodgorliklari ochildi. 1920-yillarida tarixiy yodgorliklarining sistematik, kartografik va topografik o`rganilishi boshlanilishi keng ko`lamli arxeologik ekspeditsiyalarning debochasi bo`lib hizmat

qildi. 2

XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Turkiston o’lkasida olib borilgan arxeologik izlanishlar O’zbekiston tarixshunosligi uchun muhim ahamiyatga ega bo’ldi. O'zbekistonda tarix fani sohasidagi ilk ilmiy izlanishlar O`zbekistonda arxeologiya fanining rivojlanishida S.P.Tolstov, M.M Dyakonov, A.P.Okladnikov, M.M.Gerasimov, V.G. Grigoryev, A.V.Yakubovskiy, Y.G‘. G‘ulomov, M.P. Gryaznov. V.A. Latinin, A.R. Terenoshkin, V.A. Shishkin, V.M. Masson, G.A. Pugachenkova, V.A. Litvinskiy kabi arxeologlaming xizmatlari beqiyos darajada katta.3

O‘lkamizda arxeologik tadqiqot ishlari XX asming 20- 30-yillaridan boshlab jadal rivojlandi va juda katta ilmiy ishga molik arxeologik tadqiqotlar amalga oshirildi. V. L. Vyatkin Afrosiyob harobasini (1925; 1929-30), B. P. Denike qadimgi Termizni (1926-27), M. Ye. Masson Ohangaron vodiysini (1925- 28), Ayritom harobalarini (1932-33) qazib oʻrgandilar. 30-yillarda keng koʻlamda qazish ishlarini A. Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysida (1934, 1939), M. Ye. Masson qadimgi Termizda (1936 — 38), V. A. Shishkin Tali Barzuda (1936 — 39), Varaxsha (1937 — 39), S P. Tolstov, Ya. F. Gʻulomov qadimgi Xorazm vohasida (1937 — 50), A. P. Okladnikov Teshiktosh va Machay gʻorlarida (1938 — 39). 1938-yilda A.P. Okladnikov tomonidan Boysun tog‘ining Teshiktosh g‘orida keng ko`lamli qazishma ishlari olib borildi.4 1 N.N Rajabov. Arxeologiya asoslari o’quv qo’llanma. Qarshi-2009.B-16. 2 Муҳаммаджонов А. Археология // Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент, Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 2000. 3 Ochildiyev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. -Т., 2008. B.74 4 O’zbekiston Arxeologiyasi jurnali. Samarqand -2010-y B-4

To’plangan arxeologik materiallar O’zbekiston tarixini nihoyatda qadimiyligini isbotladi, uni davrlashtirishda muhim manba bo’lib xizmat qildi. Natijada, Baktriya, Xorazm, Sug’d tarixiy madaniy o’lkalarida qadimgi davrlardan boshlab o’zigaxos madaniy hayot bunyod etilganidan fan olami voqif bo’ldi. Ayniqsa, 1938 yilda o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida, Teshiktosh g’oridan neandertal tipidagi odam, “xomo sapiens” skeletini topilishi O’zbekiston arxeologiyasidagi buyuk kashfiyot hisoblanib, bu dunyo olimlarida katta qiziqish uyg’otdi. Ushbu kashfiyot orqali O’zbekiston diyori ham yer yuzida antropogen jarayonlari sodir bo’lgan muhim, eng qadimiy maskanlardan biri ekanligi fan olamida e'tirof etildi. 5

Ammo osha paytlarda O`rta Osiyoning madaniy yodgorliklarini ilmiy sifatli o`rganishda malakaviy kadrlarning yetishmasligi muommosi ham ko`ndalang turar edi. Buning natijasida 1939-yilda SAGU6 (hozirgi O`zMU) da 1939-yilda “O`rta Osiyo ilmiy arxeologik maktabi “deb tan olingan Arxeologiya ilmiy maktabiga asos solindi.

Bu bilan bir paytda o`rtaga SAGU ning Tarix fakultetida O`rta Osiyo arxeologiya tematikasiga ixtisoslashgan arxeologlar tayyorlovchi maxsus o`quv markazini ham tashkillashtirish masalasi rejaga kiritildi. Va 1940-yilning 1-aprelida arxeologiya kafedrasi ochildi. Unga rahbar qilib, arxeologiya doktori, professor iqtidorli, ilmga sho`ng`igan, qiziquvchan olim — Mixail Masson tayinlandi. Ushbu kafedrada M.Y.Massondan tashqari T.G. Obolduyeva va M.V.Voronsovlar bor edi. Shu tariqa O‘rta Osiyo arxeologiya ilmiy maktabiga asos solindi. 7

U o`z faoliyatini keng profilga ega bo`lgan arxeologiya sohasining aniq rejasini tuzib chiqish bilan boshladi va u arxeologiya kafedrasi ishiga ko`plab tuproqshunoslarni, geologlarni, biologlarni, lingvistlarni, arxitektorlarni va san’atshunoslarni jalb etdi. Mixail Masson “O`rta Osiyo arxeologiyasiga kirish”, “O`rta 5 Муҳаммаджонов А. Археология // Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент, Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 2000-manba 6 Национа́льный университе́т Узбекистан́а и́мени Мирзо Улугбека (узб. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti). Является старейшим высшим учебным заведением Узбекистана и первым советским вузом в Средней Азии.(Wikipidea) 7 .”Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti ilmiy maktablari”, “Oqituvchi” nashriyot matbaa-ijodiy uyi, Toshkent – 2008. Osiyo shaharlari tarixiy topografiyasi”, O`rta Osiyo numizmatikasi” kurslarini olib borgan. Kafedra faoliyat ko`rsata boshlagandan keyin arxeologiya bo`yicha yo`nalishlarni pedagoglar tarkibi aniqlagan, ular ichida yirik fan namoyandalari ham bo`lgan. 1943-yilda arxeologiya kafedrasi dosenti lavozimiga arxitektura nomzodi G. Pugachenkova tavsiya qilingan, u o`z navbatida “O`rta Osiyo arxitektura yodgorliklari”, “Sharq sanati”, “Arxeologiya materialiga ishlov berish metodikasi” kurslarini olib borgan.

1945-yili Moskvada arxeologlaring Butunittifoq kengashi bo‘lib o‘tdi, kengashda Turkmaniston hududida arxeologik izlanishlarni jonlantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi va eramizdan oldingi VI-IV ming yillikdagi qadimgi Yevrosiyo hududidagi Jaytun madaniyatining, eramizdan oldingi III-II ming yillikda O`rta Osiyodagi yirik markaziy shaharlarning kashf etilishi, o`rganilishi bilan bog`liq ishlarini qamrab olgan Janubiy Turkmaniston kompleks arxeologik ekspeditsiyasini tashkil qilish to‘g- ‘risidagi qaror qabul qilindi. Va 1946 yili M.Y. Masson rahbarligida ekspeditsiya boshlandi va barcha arxeologik ekspeditsiya ishlarini olib borish O‘rta Osiyo davlat universiteti tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi zimmasiga yuklatildi.

Masson olida tarix va vatan uchun hizmat qiladigan ilmga chanqoq, tirishqoq shuningdek arxeologiya ilmiy maktabining kelajakdagi darg`alarini yetishtirib chiqarish va tarbiyalash vazifasi turardi. U bu vazifani qoyilmaqom qilib bajardi va kerak bolsa butun hayotini bunga bag`ishladi.

Shuni aytib otish joizki, uning sayiharakatlari natijasi olaroq arxeologiya kafedrasida taqsil olgan talabalardan ko’plari istiqbolda, nafaqat O’zbekiston, O’rta Osiyo, yoki sobiq ittifoq davlatlari, balki, dunyo miqyosida taniqli arxeolog bo’lib yetishdilar. Kafedrada tahsil olgan B.A. Litvinskiy (Tojikiston hududida), V.I. Sarianidi (Turkmaniston hududida), Yu.F. Buryakov, E.V. Rtveladze, O.B. Obelchenko, B.D. Kochnev, R. Sulaymonov, A.S. Sagdullaev, S.B. Lunina, G.V. Shishkina, Sh.R. Pidaev, B.A. Tursunov va ko’plab boshqa mutaxassislar arxeologiya fani taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdilar.8

Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining tashkil etilishi (1970) Oʻzbekistonda arxeologik tadqiqotlarni yanada kengaytirishga imkon berdi. 70-80- 8 Ochildiyev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. -Т., 2008. B.75-76 yillarda institut jamoasi tomonidan Oʻzbekistonning deyarli barcha viloyatlarida keng qamrovli arxeologik kuzatuv va qazishmalar oʻtkazilib, oʻtmishning eng qadimgi davri — tosh asridan to soʻnggi oʻrta asrlarga mansub koʻplab nodir yodgorliklar topildi.

Mustaillik yillarida nihoyatda faollashgan tadqiqotlar ko’lami va ularning ilmiy samarasi tufayli, O’zbekiston arxeologiyasi dunyo ilm-fani darajasiga ko’tarildi. Bunday natija esa, navbatida, O’zbekiston arxeologiyasi uchun dunyodagi yetakchi arxeologiya markazlari bilan ilmiy hamkorlik o’rnatishga, teng asosda xalqaro shartnomalar zamin yaratdi.

Hulosa ornida shuni aytib otish joizki, Zero, qadimiy yodgorliklar o‘zbek xalqi ma’naviyati, qadriyatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy dalillar hisoblanadi. Shu bilan birga, mamlakatimiz xududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda, ularning qalbida ko‘hna tarix va madaniyatga hurmat–ehtirom ruhini uyg‘otishda katta ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

1. Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti ilmiy maktablari, “Oqituvchi” nashriyot matbaa-ijodiy uyi, Toshkent – 2008.

2. Universitet mening hayotimda. Toshkent – “O`zbekiston”-2008.

3.N.N Rajabov.//Arxeologiya asoslari o’quv qo’llanma. Qarshi-2009.B16.

4. Муҳаммаджонов А. Археология // Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Тошкент, Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 2000.

5. O’zbekiston Arxeologiyasi jurnali. Samarqand -2010-y B-4

6. Ochildiyev F.B. Tarixiy o‘lkashunoslik. -Т., 2008. B.75-76

7. O`zbekiston tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi phd Norqobilov T.tomonidan olingan ogzaki intervyu.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.