ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

AUDIOVIZUAL TARJIMA MATNLARIDA UCHRAYDIGAN DISKURS MARKERLAR TAHLILI

Özet

Ushbu maqolada audiovizual tarjima matnlarida uchraydigan diskurs markerlar haqida so’z yuritiladi. Maqolada diskurs marker tushunchasi, g’arb va sharq olimlarining diskurs markerlar haqidagi tahliliy fikrlari tahlil ostiga olinadi. Bu esa, o’z o’zidan ikki tilning diniy, madaniy farqliklari yaqqol ko’zga tashlanadi. Tahlil qilingan filmning ingliz tilidagi varianti “Bilibili” platformasidan olingan bo’lsa; o’zbek tiliga o’girilgan varianti “Uzmovi.com” sayti orqali ko’rib chiqildi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

MARKERLAR TAHLILI

Alimova Iroda Xayritdinovna

O’qituvchi, mustaqil izlanuvchi,

Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi,

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universiteti

ialimova513@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada audiovizual tarjima matnlarida uchraydigan diskurs markerlar haqida so’z yuritiladi. Maqolada diskurs marker tushunchasi, g’arb va sharq olimlarining diskurs markerlar haqidagi tahliliy fikrlari tahlil ostiga olinadi. Bu esa, o’z o’zidan ikki tilning diniy, madaniy farqliklari yaqqol ko’zga tashlanadi. Tahlil qilingan filmning ingliz tilidagi varianti “Bilibili” platformasidan olingan bo’lsa; o’zbek tiliga o’girilgan varianti “Uzmovi.com” sayti orqali ko’rib chiqildi.

Kalit so’zlar: audiovizual tarjima, diskurs marker, jargon, sleng, tarjima transformatsiyasi, omission (tushirib qoldirish), pragmatika, sintaktik analiz.

Аннотация: В статье рассматривается вопрос о дискурсивных маркерах в аудиовизуальном переводе, также анализируется способы перевода дискурсивных маркеров с английского на узбекский язык. В процессе анализа перевода дискурсивных маркер, были выделены различия в культуре и религии данных языках. Это говорит о том, что анализированные дискурсивные маркеры в кино послужили источником распознания культурных различий.

Ключевые слова: аудиовизуальный перевод, дискурсивные маркеры, жаргон, сленг, переводческие трансформации, опущение, прагматика, синтаксический анализ.

Annotation: The article analyzes the discourse markers in audiovisual translation on the example from a Hollywood movie. In the process of analysis of discourse markers, several translational transformations were found to be used by movie translators. In the course of analysis, it can be clearly seen two different cultures and religions. Discourse markers serve as a tool in identification of distinguishing features in these two languages mainly from religious and cultural domain.

Key words: audiovisual translation, discourse markers, jargon, slang, translational transformation, omission, pragmatics and syntactic analysis.

O’zbek tilshunosligida diskurs haqidagi tadqiqotlar bir necha o’zbek olimlari tomonidan tahlil qilingan. Shulardan o’zbek tilshunosi Sh. Safarov diskurs haqida shuningdek, diskurs va matn muammolari haqida quyidagicha yozadi: “agarda matn va diskursning har ikkalasi ham inson lisoniy faoliyatining natijasi bo’lsa, ularni faqatgina zohiriy – formal ko’rsatkichga asosan “og’zaki” va “yozma” sifatlari bilan farqlash imkoniga gumonim bor. Xuddi shuningdek, ularning birini moddiy ko’rinishli hodisa, ikkinchisini bu xususiyatdan xoli ko’rinishda tasavvur qilish qiyin masala. Axir bularning ikkalasi ham natijali faoliyat mahsuli bo’ladigan bo’lsa, erishilgan natija moddiy ko’rinish olishi kerakku? Maqsadli ifodalanadigan kommuiikativ mazmun va so’zlovchi istagi bilan bogliq bo’lmagan holda tinglovchi idrokida (qabulida) hosil bo’ladigan informativ mazmun bir-birini inkor qilmaydi, aksincha, ular o„zaro qorishib, birikib, muloqotning samaraliligini ta'minlovchi omilga aylanadilar. Kommunikativ va informativ mazmunlar uygunligi muloqot tizimi makrobirligining yaxlitligini ta'minlaydi.” [1] Aynan, xuddi shunday yaxlitlik diskursga xos xususiyat deb aytishimiz mumkin.

Tarixdan ma’lumki, diskurs tushunchasi bir qancha olimlar tomonidan o’rganilgan bo’lib, “diskurs” tushunchaga birinchi marta amerikalik tilshunos Z. Xarrisning 1952 yilda nashr etilgan "Diskur tahlili" deb nomlangan maqolasida qo’llanilgan. "Diskurs" atamasining to'liq ta’rifi oxirgi yigirma yil ichida tilshunoslikda ommalashib bordi.1 Demak, diskurs tushunchasiga zamonaviy yondashadigan bo’lsak, u murakkab kommunikativ hodisa bo’lib, matnga qo’shimcha ravishda turli xil lingvistik omillarni o’z ichiga oladi. Diskurs markerlarni ta’riflash yoki klassifikatsiyalashga kelganida, unga turli olimlar turli xil nuqtai nazardan qarashadi. Misol uchun Schiffrin ingliz tilidagi 11 ta diskurs markerlarni aniqlab tahlil qilgan bo’lsa (oh, well, and, but, or, so, because, now, then, you know va I mean), Blakemore “relevance theory” nazariyasiga ko’ra diskurs markerlarni nazariy va amaliy ma’nolarini ta’rifladi.[2]Diskurs markerlarning ya’na bir qiziq jihati shundaki, bu atamaga turli o’zimizning sharq va g’arb ilmshunoslari turli klassifikatsiya berishgan. Rossiyalik ilmshunos V.V Smirnova o’zining “Дискурсивные маркеры как отражние лингвокультурных традиций русского и английского языков” deb nomlangan ilmiy maqolasida diskurs markerlarni quyidagi bo’limlarga bo’lib chiqdi:

• Bog’lovchilar; • Ot (yordamchi vazifasida keladigan);

• Predlog • Undalma;

• Artikl; • Olmoshli ravishlar;

• Olmoshlar; • Ravish;

• Kelishiklar; • Fe’lning turlari.[3]

Yuqorida keltirib o’tilgan diskurs markerlarning turlari turli xil tillarda turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Diskurs markerlar g’arb tilshunosligida keng qo’llaniladigan atama bo’lib, o’zbek tilida ham diskurs markerlar deb ataladi. Mashhur olim F. Chaume diskurs markerlarni quyidagicha ta’riflaydi: “Discourse markers are mostly used for the production of coherent conversation and, especially, to make clear the speaker’s intentions and show what the speaker intends to do with words.” [4] F.Chaumening so’zlariga ko’ra, diskurs markerlar ma’noli suhbat yasash uchun hamda so’zlovchining maqsadini aniq qilib ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Tarjimonlar uchun diskurs markerlar yetarli darajadagi lingvokulturologik tajribani talab qiladi. Chunki ikki tilda solishtirilayotgan diskurs markerlarni so’zma so’z tarjima qilib bo’lmaydi, hamda ularning so’zma so’z tarjimasi o’girilgan taqdirda ham bir xil pragmatik ma’no bermaydi. Shuning uchun diskurs markerlar tarjimonlar uchun “qopqon” deb atasak adashmagan bo’lamiz. Shunga ko’ra, tarjimonlar tarjima qilish jarayonida diskurs markerlarni pragmatik ma’nosiga e’tibor berishligi kerak.

“The covenant” kinosining tahlili davomida bir qancha diskurs markerlar e’tiborni tortadi. Shulardan Amerikaliklarning mashhur diskurs markerlari: all right, you know, now, right now, so, well, I know, okay, I think, for now, right hamda right is right kinoning ko’p joylarida aktyorlar tomonidan ishlatilgan.

“Tarjimon” filmida eng ko’p qo’llanilgan diskurs marker “all right” so’z birikmasi bo’ldi. “All right” diskurs marker o’gzaki ingliz tilida eng ko’p qo’llaniladigan so’z birikmasi hisoblanib, uning funksiyalri turlicha bo’lishi mumkin:

- “All right this is going to take you back to base”

- “Shu orqali bazaga qaytsak ham bo’ladi”

“All right” birikmasini so’zma so’z tarjimasi “hammasi joyida”, “yaxshi” yoki “tushunarli” deb tarjima qilinadi. Bu holatda all right suhbatni boshlash uchun ishlatilgan bo’lib, uning tarjimasi dublyajda tushirib qoldirilgan. Ya’ni, bu holatda tarjima qilish usullaridan bo’lgan “tushirib qoldirish” yoki “omission” usuli qo’llanilyabdi. Har qanday tarjima turning asosiy maqsadi birinchi tilda bo’layotgan suhbatning yoki voqea hodisaning asosiy birlamchi ma’nosini saqlab qolish deb qarasak, “omission” usuli to’g’ri tanlangan. Tarjimon bu holatda voqea hodisa kechinmalarini aktyorlarning o’zaro suhbatlari bilan mutanosib qilishga uringan, va u maqsadiga erishgan. Ammo bu holatda tarjimon “all right” diskurs markerini “demak” yoki kontekstga mos ravishda “hammasi joyida” so’zlari bilan almashtirsa bo’lar edi, bunday holatda ham hatolik yuzaga kelmas edi. “All right” diskurs markerini sintaktik jihatdan tahlil ostiga olinganda, bu birikma gapning boshida yoki oxirida ham ishlatilishi mumkin ekan. Ammo, uning gapda joylashuviga qarab ma’nosi ham o’zgarishi mumkin.

Kinoda “all right” diskurs markeri bilan kuzatilganda uni sintaktik jihatdan qaralganda gapning o’rtasida, ya’ni fe’l vazifasida qo’llanilishini guvohi bo’ldik.

-Sergeant: “Everthing is all right John?”

-John: “No, everything is not all right.

-Sergeant: have a seat

-O’zbekcha dublyaj:Serjant: hammasi yaxshimi John?”

-John: yo’q sir yaxshi emas,

-Serjant: o’tir.

Bu misolda ko’rinib turibdiki “all right” so’z birikmasi fe’l sifatida qo’llanilib, inkor ma’noda ham kelishi mumkin ekan not bilan birga.

Mashhur ispaniyalik olim va “Universitat Jaume I” universitetida professor lavozimida ish olib boruvchi Frederic Chaume o’zining “Discourse markers in audiovizual translating” deb nomlangan maqolasida taniqli lingvist Schiffrin fikrlarini yoritib berdi. Diskurs tahliliga katta hissa qo’shgan tilshunos olim Schiffrin “you know” diskurs markerni quyidagicha pragmatik xususiyatlarini keltirib o’tadi: “grammatikalizatsiya jarayonida “you know” so’z birikmasini quyidagi pragmatik bo’limlarini farqlab chiqamiz: birinchidan, bu so’z iborasi so’zlovchi va tinglovchi o’rtasida bir birini tushunish yoki bir xil tushunchalarni anglash sifatida qo’llanilsa, boshqa tomondan so’zlovchi va bir ma’daniyatga kiruvchi shaxslar tomonidan qo’llaniladi. Bu hodisani Schiffrin “general consensual truths” ya’ni umumiy qabul qilingan no’rma yoki haqiqatlar deb nomlaymiz. [5] Haqiqattan, kinodagi suhbatning “you know” bilan boshlanayotgan qismida, tinglovchi va so’zlovchi orasidagi “o’zaro kelishuv” yoki “o’zaro haqiqatni guvohi bo’lishimiz mumkin. Kino nomining tarjimasi ham bejizga “Ahdga sadoqat” deb nomlanmagan. Boshqa tomondan, “you know” diskurs markerini suhbatdoshlar o’rtasidagi muloqotning maxfiyligini ko’rsatganda qo’llaniladi. Ushbu diskurs markerni sintaktik tomondan tahlil ostiga olganda, shuni guvohi bo’lish mumkinki, you know so’z birikmasi gapning boshlanishida hamda gapning oxirida uchratishimiz mumkin. “The covenant filmidagi diskurs markerlarni tahlili jarayonida “you know” so’z birikmasini faqat shu yuqorida keltirilgan holatda ko’rdik xolos. Aytib o’tish joizki, kinodagi suhbatlar oldindan sahnalashtirilgan, yozib olingan bo’lib, haqiqiy kundalik muloqotimiz bilan solishtirib bo’lmaydi. Chunki film turli xil janrlarda sahnalashtiriladi. Masalan, bizning tahlilimiz ostidagi film “the covenant” jangari janrga kiruvchi film hisoblansa, boshqa hamma ham filmlar real hayotga asoslanmaydi. Inglizabon mamlakatlarida “you know” yoki “all right” so’z iboralari juda ko’p hollarda so’zlovchilar tomonidan qo’llaniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Israilova. S., Jumanova. D. Diskurs va uning ilmiy talqini. O’zbekiston til va madaniyat, lingvistika. Olindi: ni.

2. D. Discourse and relevance theory., olindi:

3. Смирнова.В.В. дискурсивные маркеры как отражение лингвокультурных традиций английского и русских языков. Olindi: lingvokulturnyh-traditsiy-russkogo-i-angliyskogo-yazykov

4. Chaume.F Discourse markers in audiovisual translating. Olindi:

5. Schiffrin D. Discourse markers. Olindi:

6. Mamatova, F. M. The Process of Conceptualization as a Basis for Categorization. International Journal on Integrated Education.

7. Mamatova, F. (2021). Cross-Cultural Analysis: Representation of Some Aspects of a Parent-Child Relationship (on the Examples of English and Uzbek Proverbs). In SHS Web of Conferences (Vol. 100, p. 02008). EDP Sciences.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.