ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

AUTIZM SPEKTRLI BOLALARNI INKLYUZIV TAʼLIM MUHITIDA KORREKSION-PEDAGOGIK REABILITATSIYASI

Özet

Bolalarning atrof muhitni idrok etishlari, tashqi olamga bоʼlgan munosabatlarini namoyon qilishlariga ularda bilish jarayonlarining rivojlanganligi bilan bir qatorda boshqa kоʼpgina omillar taʼsir kоʼrsatadi. Bolalar rivojlanishidagi salbiy оʼzgarishlardan biri dizontogenez, yaʼni ruhiy rivojlanishda ortta qolish, buzilish va ildamlab ketish holatlarining murakkab birikmasi bоʼlib, yangi bir patologik hosilalarni namoyon etadi. 


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 610 ⊰⊰--

KORREKSION-PEDAGOGIK REABILITATSIYASI

N.Q.Abidova

Oʻzbekiston milliy pedagogika

universiteti “Pedagogika-psixologiya

va inklyuziv taʼlim” fakulteti

“Oligofrenopedagogika” kafedrasi

dotsenti, pedagogika fanlari boʻyicha

falsafa doktori (PhD)

Bolalarning atrof muhitni idrok etishlari, tashqi olamga bоʼlgan munosabatlarini namoyon qilishlariga ularda bilish jarayonlarining rivojlanganligi bilan bir qatorda boshqa kоʼpgina omillar taʼsir kоʼrsatadi. Bolalar rivojlanishidagi salbiy оʼzgarishlardan biri dizontogenez, yaʼni ruhiy rivojlanishda ortta qolish, buzilish va ildamlab ketish holatlarining murakkab birikmasi bоʼlib, yangi bir patologik hosilalarni namoyon etadi.

Bugungi kunda jahon hamjamiyati, olimlar va tibbiyot xodimlarini оʼylantirayotgan masalalardan biri - bu dunyoda autizm tashxisi bоʼlgan insonlar sonining sezilarli tarzda ortib borayotgani hisoblanadi. Yaʼni, autizm muammosi tobora global ahamiyat kasb etayotganligi bilan dolzarbdir.

Autizmi boʻlgan bolalarning inklyuziv taʼlimi ularning taʼlim olishga bоʼlgan ehtiyojlariga muvofiq, tegishli yaratilgan shart-sharoitlar asosida amalga oshiriladi. Bunday bolalarning ehtiyojlarini bilish taʼlim mazmunini aniqlash, ular uchung maxsus taʼlim muhitini yaratish, yakka taʼlim yоʼnalishini aniqlash, korreksion yordamni psixologik-tibbiy-pedagogik kоʼmak hamkorligida amalga oshirish, erishilgan yakuniy natijalarni baholashning mezonlarini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi.

Qator ilmiy adabiyotlarda autizmi boʻlgan bolalarning alohida taʼlimni olishga boʻlgan ehtiyojlari sifatida quyidagilardan qayd etilgan:

1. bolaga voqelikdagi hodisalarni anglashi va tushunishi uchun u bilan hissiy muloqotni оʼrnatish va rivojlantirishga doir maxsus yordamni kоʼrsatish;

2. bolaga sensor va hissiy qulaylikni taʼminlovchi taʼlim shart-sharoitlarini yaratish; uning hayotiga yangiliklarni kiritib borish;

3. taʼlimning korreksion-rivojlantiruvchi jihatdan yоʼnalganligi;

4. bolaning hulq-atvor, muloqotni amalga oshirish va pedagog bilan оʼzaro faoliyatga kirishish malakalarini maxsus ishlab chiqish;

5. bolaning taʼlimiy faoliyatini qоʼllab-quvvatlashga xizmat qiluvchi taʼlim muhitini tartibga solish;

6. tegishli malakalarni оʼzlashtirish va axborotlarni egallashning оʼziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda taʼlimni tashkil etish;

7. оʼzlashtirilayotgan bilim va kоʼnikmalarni tushunish, anglashga doimiy kоʼmaklashish;

8. atrof-olam borasidagi tasavvurlarni, ijtimoiy-maishiy malakalarni shakllantirish;

9. ijtimoiy jihatdan rivojlanishga kоʼmaklashish;

10. erishilgan natijalarni baholash;

11. psixologik jihatdan qоʼllab-quvvatlash;

--⊱⊱ 611 ⊰⊰--

12. taʼlim tashkiloti doirasidan tashqarida bоʼlgan taʼlim muhitini kengaytirib borish.

A.V. Xaustov autizmi boʻlgan bolalarning alohida taʼlimni olishga boʻlgan ehtiyojlarini tоʼrt guruhga ajratadi:

1-guruh. Taʼlim jarayonini maxsus tashkil etish bilan bogʻliq taʼlim ehtiyojlari. Mazkur ehtiyojlar mutaxassis pedagoglarning kompetentli yondashuvi; individual taʼlim yоʼnalishini ishlab chiqish; taʼlim muhitini moslashtirish; guruhli shakldagi taʼlimga dastlabki tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish; kompleks psixologik-pedagogik yordamni kоʼrsatish; faoliyat davomida pedagog va ota-onalarning оʼzaro hamkorligi; taʼlimning yakuniy natijalarini individual baholashdan iborat.

2-guruh. Umumtaʼlim dasturi mazmunini moslashtirish bilan bogʻliq taʼlim ehtiyojlari. Ijtimoiy (hayotiy) kompetensiyalarni shakllantirish; taʼlim maqsadlarini alternativ maqsadlarga almashtirish; umumtaʼlim dasturi mazmunini soddalashtirishdan iborat ehtiyojlar.

3-guruh. Taʼlimiy materialni оʼrgatish usullarini moslashtirish bilan bogʻliq taʼlim ehtiyojlari. Taʼlimiy materialni оʼzlashtirish usullarini, kоʼrsatmalarni soddalashtirish; qоʼshimcha vizual kоʼmak; taʼlimiy topshiriqlarning ketma-ketlikda qismlarga bоʼlib taqdim etilishiga bоʼlgan ehtiyoj.

4-guruh. Rivojlanish, ijtimoiylashish va moslashish bilan bogʻliq muammolarni yengib оʼtish bilan bogʻliq taʼlim ehtiyojlari. Muloqotga kirishishga bоʼlgan istakni qоʼllab-quvvatlash va rivojlantirish; ijtimoiy оʼzaro hamkorlik malakalarini shakllantirish; kundalik ijtimoiy-maishiy malakalarni va оʼz-оʼziga xizmat kоʼrsatish malakalarini shakllantirish; ijtimoiy tajribani tоʼplash va kengaytirish; hissiyotlar, ularni ifodalash usullari va sabablari borasidagi adekvat tasavvurlarni shakllantirish; оʼzi va atrof-muhit haqida yaxlit, tizimlashtirilgan tasavvurlarni shakllantirish; odatdagi tartibni bosqichma-bosqich oʻzgartirish va stereotiplarni kengaytirish.

Autizmi boʻlgan bolalarning alohida taʼlimni olishga boʻlgan ehtiyojlari ularning оʼziga xos rivojlanish nuqsonlariga bogʻliq. Yuqorida tizimli tarzda keltirilgan taʼlim ehtiyojlari yakuniy bоʼlmay, ularda asosiy jihatlar aks etgan bоʼlib, ularni eʼtiborga olish taʼlim samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.

Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, autizmi bоʼlgan bola birinchi navbatda, boshqa barcha bolalar kabi оʼz istak va xohishlari, muayyan ehtiyojlari bоʼlgan, ammo tushunish va tоʼgʻri yordam kоʼrsatishga, muloqotga muhtoj bоʼlgan bola ekanligini yodda tutish lozim. Erta tashxisni amalga oshirish, ilk yoshdan majmuaviy yordam kоʼrsatish - ularda hayotiy muhim kompetensiyalarni shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi.Оʼz olamida yashaydigan bunday bolalarga nisbatan insonparvar yondashuvning yuzaga kelishi ularning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishlari, оʼzligini namoyon qilishlari uchun asos bоʼladi.

Foydalanilgan аdabiyotlar:

1. Hamidova M.U. Maxsus pedagogika. Оʼquv qоʼllanma. T.: NIF MSH. 2020., 164 b.

2. Инклюзивное образование: Учеб. пособие / Н.А. Борисова, И.А. Букина, И.А. Бучилова и др.; сост. О.Л. Леханова. – Череповец: ЧГУ, 2016. – 162 с.

3. Инклюзивное образование. Настольная книга педагога, работающего с детьми с ОВЗ: Методическое пособие - М.: Гуманитарный изд. центр ВЛАДОС, 2011.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.