UNI IJRO ETISH TARTIBI
Irnazarov Shuxrat Najmetdinovich
Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti «Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi»
kafedrasi o‘qituvchisi.
Boboraxmatova Adiba Rustamovna
Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti 4-bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazolar institutining huquqiy mohiyati, uning jinoyat sodir etgan shaxsni ijtimoiy jihatdan qayta moslashtirishdagi roli va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil etiladi. Ushbu jazo turi ozodlikdan mahrum qilishga muqobil choralar sirasiga kirib, mahkumning mehnat faoliyati orqali tarbiyalanishini ta’minlash, ijtimoiy foydali faoliyatga jalb etish hamda takror jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilishi bilan izohlanadi. Maqolada axloq tuzatish ishlarini belgilash tartibi, uning muddatlari, mehnat sharoitlari, sud hamda Probatsiya xizmati o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmi, shuningdek mahkumning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlar batafsil ko‘rib chiqilgan.
Bundan tashqari, jazo ijrosida uchraydigan huquqiy va tashkiliy muammolar, ushbu institutni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltiriladi. Tadqiqot natijalari axloq tuzatish ishlarining nafaqat jazolash, balki ijtimoiy tarbiya, reabilitatsiya va jamiyatga qayta integratsiya qilish kabi ko‘p qirrali vazifalarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu maqola axloq tuzatish jazolari institutini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish va qonunchilikni rivojlantirish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so’zlar: axloq tuzatish ishlari, jazo, ozodlikdan mahrum qilmaslik, Probatsiya xizmati, mehnat faoliyati, jinoyatchilik profilaktikasi, ijtimoiy moslashuv, qayta tarbiyalash, jazo ijrosi, huquqiy mexanizmlar, jamiyatga qayta integratsiya, ijtimoiy ta’sir, takror jinoyatchilik, tarbiyaviy jazo.
Аннотация: В статье дается подробный анализ института правовых наказаний в виде моральных работ, его роли и практического значения в социальной реадаптации лица, совершившего преступление. Институт моральных работ является альтернативой лишению свободы, обеспечивая воспитание через трудовую деятельность, вовлечение в общественно полезную деятельность, а также профилактику повторной преступности и оказание услуг. В статье исследуется порядок регулирования моральных работ, их сроки, условия труда, механизм прав суда и службы пробации, процессы, связанные с реализацией осужденным и предприятиями. Кроме того, представлены правовые и организационные проблемы, присущие исполнению наказания, а также предложения по дальнейшему развитию данного института. Способность моральных работ восстанавливать моральные работы является не только формой наказания, но и многогранным упражнением, таким как социальное воспитание, реабилитация и интеграция в общество. В статье содержатся теоретические и практические рекомендации по дальнейшему развитию института моральных наказаний, его применению и легализации. Ключевые слова: исправительные работы, наказание, не связанное с лишением свободы, служба пробации, трудовая деятельность, профилактика преступлений, социальная адаптация, перевоспитание, исполнение наказания, правовые механизмы, реинтеграция в общество, социальное воздействие, рецидивизм, воспитательное наказание.
Abstract: The article provides a detailed analysis of the institution of legal punishments of moral works, its role and practical significance in the social re-adaptation of a person who has committed a crime. The institution of moral works is an alternative to deprivation of liberty, ensuring education through labor activity, involvement in socially useful activities, and the prevention of re-crime and the provision of services. The article examines the procedure for regulating moral works, its terms, working conditions, the mechanism of the rights of the court and the Probation Service, the processes related to the implementation of the convict and the enterprises.
In addition, the legal and organizational problems inherent in the execution of punishment are presented, as well as the proposals for further development of this institution. The ability of moral works to restore moral works to be not only a form of punishment, but also a multifaceted exercise, such as social education, rehabilitation and integration into society. The article contains theoretical and practical recommendations on the further development of the institution of moral punishments, its use, and legalization.
Keywords: correctional work, punishment, non-custodial sentence, Probation Service, labor activity, crime prevention, social adaptation, re-education, execution of punishment, legal mechanisms, reintegration into society, social impact, recidivism, educational punishment.
KIRISH
Jinoyatchilik insoniyat jamiyatini doimiy ravishda xavotirga soladigan ijtimoiy salbiy hodisa hisoblanadi. Ushbu illatga qarshi kurashishning zamonaviy vosita va metodlarini izlash har doim mutaxassislar e’tibor markazida bo‘lgan. Jinoyatchilikka qarshi samarali choralar orasida aybdor shaxsga sud tomonidan adolatli va qonuniy jazo tayinlash eng muhim vositalardan biridir. Shu bilan birga, jinoyatlarning oldini olish, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va profilaktik ishlarni samarali tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki faqat jazoga tayanish yetarli emas balki tarbiya, profilaktika va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali jinoyatchilik darajasini sezilarli kamaytirish mumkin.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar jinoiy jazo tizimini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishni maqsad qilgan. Bu borada insonparvarlik, adolat va qonuniylik tamoyillariga asoslangan zamonaviy yondashuvlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli farmoni 1 , 2018 yil 14 maydagi «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3723-sonli qarori2 hamda sohaga oid 1 «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli farmoni 2 «Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3723-sonli qarori boshqa qonun hujjatlarida jinoiy javobgarlik va jazo tizimini liberallashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jazoning muqobil turlarini keng qo‘llash, jazoni ijtimoiy adolat va tarbiyaviy ta’sir tamoyillari asosida belgilash, probatsiya tizimini kuchaytirish, shuningdek, mahkumlarni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish mexanizmlarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari, jazoni o‘tash sharoitlarini inson sha’niga mos ravishda takomillashtirish, qayta jinoyat sodir etish holatlarini kamaytirish ham islohotlarning asosiy maqsadlaridan biridir. Umuman olganda, sud-huquq sohasidagi bugungi islohotlar mamlakatimizda jinoyatchilikka qarshi kurashishning samarali va barqaror tizimini shakllantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar majmuasidir.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: «Barchamizga ayonki, shu vaqtgacha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud idoralarining asosiy vazifasi aksariyat hollarda odamlarga jazolashdan iborat bo‘lib kelgan. Bu achchiq haqiqat. Biz jinoyiy jazolarni insonparvarlik nuqtai nazaridan o‘zgartirishga alohida e’tibor qaratamiz”3. Qayd etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jazolar tizimi jinoyatning ijtimoiy xavfliligi va jamiyatga tahdidi darajasidan kelib chiqib belgilangan. Shu bilan birga, jazolarni insonparvarlik, adolat va huquqiy me’yorlar asosida qayta shakllantirish zamonaviy huquq tizimining ustuvor vazifalaridan biridir. Bu yondashuv sud amaliyotining samaradorligini oshirish, jazoni ijro etish jarayonini insoniylik tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning obro‘- e’tiborini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 7-moddasida (Insonparvarlik prinsipi) qayd etilishicha, jinoyat sodir etgan shaxsga davlat tomonidan qo‘llaniladigan jinoiy jazo turi uning qilgan ishining mohiyati va ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib, sud hukmi bilan belgilanad4i. Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan 3 Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавка т Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. – Тошкент: «Ў збекистон» НМИУ, 2018. – Б. 41. 4 Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodekisi https://lex.uz/mact/-111453 shunday jazolardan biri - axloq tuzatish ishlari jazosi hisoblanib, ushbu jazo asosan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarning sanksiyalarida, shuningdek, kam hollarda og‘ir jinoyatlar sanksiyasida ko‘zda tutilgan. Bu esa axloq tuzatish ishlari jazosining jazo tizimida mavjud boshqa jazolarga nisbatan o‘ziga xos, alohida o‘rin egallashini anglatadi.
ASOSIY QISM
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekisining 46-moddasida axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib unga ko’ra, axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining oʻn foizidan oʻttiz foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat boʻlib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning oʻz ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda oʻtaladi5.
MDH mamlakatlarining jinoyat qonunchiligida axloqni tuzatish ishlari jazosi nomi va mohiyati umumiy tarzda belgilangan bo‘lsa-da, ushbu jazo tayinlanadigan shaxslar qiladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Gruziya kabi davlatlarda axloqni tuzatish ishlari jazosi qo‘llanilganda, mahkumning daromadidan 5 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan summa davlat foydasiga ushlab qolinadi; Ukraina qonunchiligida bu ko‘rsatkich 10 foizdan 20 foizgacha, Belarusda 10 foizdan 25 foizgacha, Tojikistonda esa 10 foizdan 30 foizgacha belgilangan6.
Axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo sudning hukmi (yoki ajrimi)ga binoan mahkumning o‘z mehnat faoliyati olib borayotgan joyida yoki Probatsiya xizmati tomonidan belgilangan boshqa tashkilotlarda ijro etiladi. Agar mahkumning doimiy yashash manzili bo‘lmasa, hukmni bajarish majburiyati hukm qabul qilingan hududdagi Probatsiya xizmatiga yuklatiladi. Mehnatga layoqatli bo‘lgan voyaga yetmaganlar jazoni o‘z ish joyida o‘tashlari lozim, ular ishlamagan taqdirda esa Probatsiya 5 Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodekisi https://lex.uz/acts/-163629 6 Рузиев И. Хорижий мамлакатлар жиноят қонунчилигида ахло xizmatining yo‘llanmasiga asosan yashash hududidagi korxona, muassasa yoki tashkilotlarga jazoni ijro etish uchun yuboriladi.
Ichki ishlar organi xodimi tomonidan axloq tuzatish ishlariga jalb qilish haqidagi sud hukm (ajrim)lari ijroga kelgan kundan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechikmasdan ijro etilishi lozim. Ichki ishlar organi hukm (ajrim)ni qabul qilganligi to‘g‘risida hukm chiqargan sudga, agar mahkumga ozodlikdan maxrum qilish tariqasidagi jazoni o‘talmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilgan bo‘lsa, jazoni ijro etish muassasasiga ham xabarnoma yuboradi.
Probatsiya xizmati mahkumni aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari orqali ishga joylashtiradi, ya’ni yo‘llanma asosida ish bilan ta’minlaydi. Chunki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar haqida”gi 84-sonli qarorining 2-ilovasida mahkumlarni ish bilan ta’minlash, ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish, mehnat bozorida talab yuqori kasblarga o‘qitish, kasb o‘rgatish jarayonida subsidiya ajratish, mahkumlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil qilish hamda ularni haq to‘lanadigan jamoat yoki mavsumiy ishlariga jalb etish kabi vazifalar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari zimmasiga yuklangan. Mahkumlarning ish haqi qonunchilikda belgilangan eng kam ish haqidan past bo‘lishi mumkin emas. Ish haqidan ushlab qolinadigan mablag‘ni naqd shaklda to‘lash taqiqlanad7i.
Jazo mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi bois, mehnat qonunchiligida imtiyozlar berilgan ayrim toifadagi shaxslarga nisbatan sudlar tomonidan ushbu jazo turi tayinlanmaydi.Bunday shaxslar qatoriga: – pensiya yoshiga yetganlarga; – mehnatga qobiliyatsizlarga; – homilador ayollarga; – yosh bolasini boqish uchun ta’tilda bo‘lgan ayollarga; 7 Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi 84-sonli qaror https://lex.uz/docs/-4735981 – harbiy xizmatchilarga.
Ushbu jazo turi mahkumlarga olti oydan uch yilgacha muddatga uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi. Axloq tuzatish ishlari muddatini hisoblashda mahkum tomonidan amalga oshirilgan ish va uning ish haqidan ushlab qolingan davr yillar, oylar va kunlar bo‘yicha belgilanadi. Mahkumning ishlagan kunlari soni sud tomonidan belgilangan jazo muddatining har bir oyi uchun belgilangan ish kunlari miqdoridan kam bo‘lmasligi shart. Agar mahkum ushbu belgilangan ish kunlarini to‘liq bajarmagan bo‘lsa va ishlanmagan kunlarni jazo muddatiga qo‘shish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida asoslar mavjud bo‘lmasa, axloq tuzatish ishlari mahkum barcha belgilangan ish kunlarini bajargunicha davom etadi. Jazoni o‘tash muddati korxona, muassasa yoki tashkilot ma’muriyati probatsiya xizmatidan xabarnoma olgan kundan boshlanadi. Agar axloq tuzatish ishlari boshqa joylarda o‘tilsa, mahkum jazoni o‘tash uchun yuborilgan korxona, muassasa yoki tashkilotda ish boshlagan kunidan hisoblanadi.Shuningdek, mahkum ishlamagan, ammo qonuniy asosda uning ish haqi saqlanib qolgan vaqt, hamda mahkum ishsiz deb topilgan davr ham axloq tuzatish ishlarini o‘tash muddatiga qo‘shib hisoblanadi.
Xorijiy davlatlar qonunchiligiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Gruziya (JK 45-m.) va Armaniston (JK 56-m.)da axloqni tuzatish ishlari jazosi o‘tash muddati bo‘yicha bir oydan ikki yilgacha, Rossiya Federatsiyasi (JK 50-m., 2-q.), Ozarbayjon (JK 49-m., 1-q.), Qozog‘iston (JK 43-m., 1-q.) va Tojikiston (JK 52-m., 1-q.)da ikki oydan ikki yilgacha, Belarus (JK 52-m., 1-q.) va Ukraina (JK 57-m., 1-q.)da olti oydan ikki yilgacha, Qirg‘izistonda (JK 462-m., 2-q.) esa uch oydan uch yilgacha muddat belgilanganligi qayd etilgan. Shuningdek xorijiy davlatlarning jinoyat-ijroiya qonunchiligida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tash jarayonini nazorat qiluvchi organlar turlicha belgilangan. Masalan, Ozarbayjon (JIK 48-m., 2-q.)da jazoni mahkumning o‘zi sud ijrochisi nazorati ostida o‘taydi; Ukraina (JIK 41-m., 3-q.)da esa axloq tuzatish ishlari jazosi nazorati probatsiya organi tomonidan amalga oshiriladi. Rossiya Federatsiyasi (JIK 39-m., 1-q.), Belarus (JIK 38-m., 1-q.), Armaniston va Qozog‘iston JIKda esa jazoni ijro etish inspeksiyasi nazorat qiladi. Shu davlatlardan farqli o‘laroq, mamlakatimiz qonunchiligida axloq tuzatish ishlari jazosini nazorat qilish IIO probatsiya xizmati zimmasiga yuklangan8.
Axloq tuzatish ishlari muddatining jami bo‘lib o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlasa, ichki ishlar organi o‘talmagan muddatni ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqida sudga taqdimnoma kiritadi hamda sud axloq tuzatish ishlarining o‘talmagan muddatini xuddi shu muddatga ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi (JK 46-m. 4-q. va JIK 32-m.). Agarda voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud bu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining har uch kunini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi (JK 83-m. 2-q. va JIK 32-m.) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 78-moddasi 1-qismi “v”bandiga asosan axloq tuzatish ishlari jazosi o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach shaxsning sudlanganlik holati tugallangan deb hisoblanadi9.
XULOSA
Axloq tuzatish ishlari jazolari jinoyatni kamaytirish va shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirishda muhim vositadir. Bu jazo turi mahkumni ish orqali mas’uliyat va mehnat tartibiga o‘rgatadi, qonuniy normalarga rioya qilishni rag‘batlantiradi va jazoni o‘tash muddati ishlagan kunlar va ish haqining hisobga olinishi bilan belgilanadi. Agar mahkum belgilangan ish kunlarini o‘tashdan bo‘yin tovlagan bo‘lsa, qolgan muddat sud tomonidan muqobil jazo bilan almashtiriladi. Voyaga yetmagan shaxslar uchun jazo hisoblash alohida tamoyillar asosida amalga oshiriladi, jazoni o‘tashdan keyin esa shaxsning sudlanganlik holati tugallangan deb hisoblanadi.
Shuningdek, axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazolar nafaqat jazoni ijro etish vositasi, balki shaxsni tarbiyalash, unga pushaymon bo‘lish imkonini yaratish, ijtimoiy 8 Рузиев И. Хорижий мамлакатлар жиноят қонунчилигида ахло 9 Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodekisi https://lex.uz/mact/-111453 javobgarlikni shakllantirish va o‘z xulqini baholashga undashda samarali mexanizm hisoblanadi. Bu jazo turi mahkumni jamiyat bilan faol aloqada bo‘lishini ta’minlab, unga foydali ishlar bilan shug‘ullanish va ijtimoiy moslashuvini mustahkamlash imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, axloq tuzatish ishlari jazosi jamiyat uchun xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatning oldini olish va shaxsni qonuniy me’yorlar doirasida mas’uliyatli bo‘lishga o‘rgatish kabi ijtimoiy ahamiyatga ham ega.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, axloq tuzatish ishlari jazosi nafaqat jazoni ijro etish, balki shaxsni tarbiyalash va uni jamiyatga foydali a’zo sifatida qayta integratsiya qilishga xizmat qiluvchi muhim mexanizmdir. Shu bilan birga, mahkumni jamiyatdan ajratmagan holdagi jazolar uning o‘z qilmishining ijtimoiy xavfliligini anglashini kuchaytiradi va qonuniy me’yorlar doirasida ijtimoiy javobgarlikni shakllantirishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekisi https://lex.uz/mact/-111453 2. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodekisi https://lex.uz/acts/-163629 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevraldagi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” https://lex.uz/docs/-4735981 4. Jinoyat-ijroiya huquqi darslik. Toshkent 2019
5. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRINING BUYRUGʻI
“PROBATSIYA NAZORATIDAGI SHAXSLARNING XULQ-ATVORI USTIDAN
NAZORATNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI
TASDIQLASH HAQIDA” https://lex.uz/docs/-7696341 6. Axloq tuzatish ishlari jazosi. https://toshkentvil.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=72432 7. Рузиев И. Хорижий мамлакатлар жиноят қонунчилигида ахлоқ тузатиш ишлари жазосининг тартибга солиниши // Общество и инновации. – 2021. – Т. 2. – №. 3/S. – С. 138-144. 8. Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. – Тошкент: «Ўзбекистон»
НМИУ, 2018. – Б. 41.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.