DAVRLARINING TUTGAN OʻRNI
Djurakulova Dilfuza Farxadovna
SamDU dotsenti
Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda turli yosh davrlarida aybdorlik hissining psixologik asoslari o‘rganildi. Aybdorlik hissining shakllanishi va namoyon bo‘lishi yoshga qarab qanday o‘zgarishlar ko‘rsatishi tahlil etildi. Tadqiqotda o‘smirlar, kattalar va qariyalar guruhlari orasida aybdorlik hissining miqdori va xususiyatlari o‘rganildi. Statistik tahlil va psixologik yondashuv asosida yosh guruhlari o‘rtasidagi farqlar taqdim etilgan.
Kalit soʻzlar: ayb, aybdorlik hissi, uyat, vijdon, xato, qoʻrquv, agressiya, ijtimoiy hissiyot, majburiyat, oʻz-oʻziga munosabat, oʻz-oʻzini baholash, xoʻrlanish, kamsitilish, pushaymonlik.
РОЛЬ РАЗЛИЧНЫХ ВОЗРАСТНЫХ ПЕРИОДОВ В ПРОЯВЛЕНИИ
ЧУВСТВА ВИНЫ
Аннотация. В данном исследовании изучались психологические основы чувства вины в разном возрасте. Было проанализировано формирование и проявление чувства вины, чтобы увидеть, как они меняются с возрастом. В исследовании изучались степень и особенности чувства вины среди групп подростков, взрослых и пожилых людей. Различия между возрастными группами представлены на основе статистического анализа и психологического подхода.
Ключевые слова: вина, чувство вины, стыд, совесть, ошибка, страх, агрессия, социальная эмоция, обязательство, самоуважение, самоценность, унижение, унижение, сожаление.
THE ROLE OF DIFFERENT AGE PERIODS AND THE MANIFESTATION
OF EMOTIONS
Abstract. This study examined the psychological basis of guilt at different ages. The formation and manifestation of guilt were analyzed to see how they change with age. The study examined the degree and characteristics of guilt among groups of adolescents, adults, and older adults. Differences between age groups are presented based on statistical analysis and a psychological approach.
Key words: Guilt, guilt, shame, conscience, error, fear, aggression, social emotion, obligation, self-esteem, self-worth, humiliation, humiliation, regret.
Zamonaviy psixologiyada emotsional holatlarning inson ruhiy rivojlanishiga ta’siri keng tadqiq etilmoqda. Ayniqsa, aybdorlik hissi shaxsning axloqiy shakllanishi, ijtimoiy munosabatlari va o‘zini baholash mexanizmlarida markaziy o‘rinni egallaydi. Ushbu emotsional holatning kelib chiqishi, rivojlanish dinamikasi va yoshga qarab o‘zgarishi psixologik jihatdan dolzarb masalalardan biridir.
Aybdorlik hissi - bu shaxsning o‘z harakatlarini yoki fikrlarini ijtimoiy yoki axloqiy me’yorlarga zid deb baholashi natijasida yuzaga keladigan salbiy emotsional holatdir. Bu holat shaxsning ichki nazorati, o‘zini tanqid qilish qobiliyati va empatiya darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Turli yosh davrlarida ushbu hissiyot turlicha shakllanadi va ijtimoiy tajriba, madaniy kontekst, tarbiya va individual xususiyatlarga qarab farq qiladi.
Shu boisdan, aybdorlik hissining turli yosh bosqichlarida qanday shakllanishi va namoyon bo‘lishini aniqlash, bu jarayonning shaxs rivojiga ta’sirini baholash muhim ilmiy vazifadir. Mavzuning dolzarbligi, bir tomondan, yosh psixologiyasi doirasida emotsional-axloqiy rivojlanish muammolarining o‘rganilishi bilan, ikkinchi tomondan, aybdorlik hissi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy buzilishlarning (masalan, depressiya, nevrozlar) oldini olish imkoniyatlari bilan belgilanadi.
Tadqiqotimizning maqsadi turli yosh davrlarida aybdorlik hissining shakllanish xususiyatlarini aniqlash, uning psixologik asoslarini nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishdan iboratdir.
Ushbu tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda tadqiqotning vazifalarini ham belgilab oldik:
- aybdorlik hissining nazariy asoslarini o‘rganish;
- turli yosh guruhlarida ushbu hissiyotning namoyon bo‘lish shakllarini aniqlash;
- emperik tadqiqot asosida yoshlar o‘rtasida aybdorlik darajasini aniqlovchi statistik tahlil o‘tkazish;
- aybdorlik hissining shaxsiy rivojlanishga ta’sirini baholash va psixologik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotimizning obyekti sifatida turli yosh davridagi shaxslarni (o‘quvchilar, o‘smirlar, kattalar, qariyalar) tanlab oldik hamda tadqiqot predmeti sifatida aybdorlik hissining psixologik xususiyatlari va ularning yoshga bog‘liq o‘zgarishini oʻrganishga harakat qildik.
Aybdorlik hissi insoniyat tarixida doimo axloqiy me’yorlar va ijtimoiy qadriyatlar bilan bog‘liq holda shakllanib kelgan. Psixologiyada bu hissiyot ko‘pincha “normativ emotsiya” sifatida talqin etiladi, ya’ni bu hissiyot shaxsning o‘z xattiharakatlarini axloqiy jihatdan baholashiga sabab bo‘ladi. Aybdorlik shaxsda o‘zini nazorat qilish, ijtimoiy mas’uliyatni his etish, boshqalar bilan munosabatda halollikni saqlash kabi muhim funksiyalarni bajaradi.
Psixoanalitik yondashuvda aybdorlik hissi superego - ichki senzura orqali paydo bo‘ladi. Superego shaxsga jamiyat me’yorlariga zid harakat qilganini eslatib, unga nisbatan salbiy emotsiyalar uyg‘otadi. Ijtimoiy kognitiv nazariyada esa aybdorlik hissi ichki o‘z-o‘zini baholash tizimi orqali vujudga keladi va o‘z-o‘zini tartibga soluvchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi.
Tangney va Dearing (2002) aybdorlikni uyat hissidan farqlaydi. Aybdorlik - bu "men noto‘g‘ri ish qildim", uyat esa "men yaramasman" degan ichki monolog asosida shakllanadi. Aybdorlik, o‘z navbatida, konstruktiv (xatti-harakatni tuzatishga yo‘naltirilgan) va destruktiv (o‘zini jazolash, o‘zini past baholashga olib keluvchi) shakllarga ega.
Eriksonning psixosotsial rivojlanish nazariyasida aybdorlik hissining shakllanishi ayniqsa bolalik va o‘smirlik davrlarida muhim bosqichlardan biri sifatida tasvirlanadi. 3-6 yosh oralig‘ida bola tashabbus ko‘rsatishga intiladi, biroq bu harakatlar salbiy baholansa, unda "aybdorlik" hissi shakllanadi. Ushbu hissiyotning salbiy tajribasi bolaning ijtimoiy faolligini pasaytirishi, o‘zini inkor qilishga olib kelishi
O‘smirlik davrida shaxs o‘z “Men” konsepsiyasini shakllantiradi. Aybdorlik hissi bu bosqichda ichki axloqiy me’yorlarning mustahkamlanishiga xizmat qilishi mumkin. Ayni vaqtda bu davrda destruktiv aybdorlik depressiv kayfiyat va xavotirli sindromlarga olib kelishi ham mumkin.
Voyaga yetgan davrda esa aybdorlik hissi ko‘proq ongli tahlil asosida yuzaga chiqadi. Bu bosqichda shaxs o‘z xatti-harakatlarini mustaqil ravishda tahlil qilib, axloqiy baholash orqali o‘zini takomillashtirishga harakat qiladi. Aybdorlik bu yerda o‘zgarishlar uchun turtki sifatida xizmat qilishi mumkin.
Qarilik davrida esa retrospektiv tahlil (o‘tmishdagi xatti-harakatlarni eslab chiqish) asosida paydo bo‘ladigan aybdorlik hissi kuchayishi mumkin. Bu holat gerontopsixologiyada “kech aybdorlik” fenomeni deb ataladi. Shuning uchun bu yosh guruhida psixokorreksion va psixoterapevtik yondashuvlar ayniqsa dolzarb hisoblanadi.
Ushbu tadqiqotda turli yosh davrlarida aybdorlik hissining namoyon bo‘lish darajasini aniqlash maqsadida miqdoriy yondashuv asosida so‘rovnoma va psixologik testlardan foydalanildi. Tadqiqotda G. D. Jones tomonidan ishlab chiqilgan “Guilt Inventory” testining qisqartirilgan moslashtirilgan varianti qo‘llanildi. Test 20 ta savoldan iborat bo‘lib, aybdorlik hissining uchta asosiy komponentini o‘lchaydi:
Hozirgi aybdorlik – hozirgi emotsional holatdagi aybdorlik darajasi;
Xulq-atvorli aybdorlik – shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan salbiy bahosi;
Surunkali aybdorlik – doimiy ichki o‘z-o‘zini ayblash holati.
Ishtirokchilarga testdan tashqari qisqacha demografik so‘rovnoma ham berildi: yosh, jinsi, ta’lim darajasi va oilaviy ahvoli haqida savollar o‘rin oldi.
Tadqiqotda jami 120 nafar ishtirokchi qatnashdi. Ular quyidagi 4 yosh guruhiga bo‘lindi:
Yosh guruhi Ishtirokchilar soni O‘rtacha yosh Bolalar (10–12 yosh) 30 nafar 11.2 yosh O‘smirlar (13–15) 30 nafar 14.1 yosh Kattalar (25–35) 30 nafar 29.4 yosh Qariyalar (60+) 30 nafar 66.8 yosh
Jins taqsimoti: 63 nafar ayol, 57 nafar erkak. Ishtirokchilar psixologik maslahat markazlari, maktab va oliy ta’lim muassasalari, hamda keksa avlod klublari orqali jalb etildi.
Tadqiqot 2025-yil fevral-mart oylarida Samarqand shahrida o‘tkazildi. Har bir guruhga testlar individual tarzda berildi, o‘tkazish uchun o‘rtacha 15–20 daqiqa vaqt sarflandi. Ma’lumotlar maxfiylikka rioya qilgan holda yig‘ildi va faqat ilmiy tahlil uchun ishlatildi.
To‘plangan natijalar Microsoft Excel va SPSS 25.0 dasturlari yordamida qayta ishlanib, dispersion tahlil (ANOVA), o‘rtacha qiymatlar (M), standart og‘ish (SD) va signifikantlik darajasi (p-qiymati) hisoblab chiqildi.
Tadqiqot natijalari har bir yosh guruhida aybdorlik hissining o‘ziga xos darajada namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi. Quyidagi jadvalda har bir yosh guruhiga xos bo‘lgan o‘rtacha aybdorlik ballari (M) va standart og‘ish (SD) keltirilgan:
Bolalar (10-12 yosh) 42.6 ±6.2
O‘smirlar (13-15) 55.4 ±7.1
Kattalar (25-35) 48.7 ±5.8
Qariyalar (60+) 52.3 ±6.5
Ushbu natijalar shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlar guruhida aybdorlik hissi eng yuqori darajada, bu davrda axloqiy me’yorlar va ijtimoiy baholarning ichki qabul qilinishi kuchli ta’sirga ega ekanini anglatadi. Kattalarda bu hissiyot nisbatan pasayadi, chunki shaxs o‘z xatti-harakatlari uchun mas’uliyatni ongli tarzda anglab, muvozanatli baholay oladi. Qariyalarda esa retrospektiv (o‘tmishdagi) tajribalar asosida aybdorlik qayta kuchayadi.
ANOVA natijalariga ko‘ra, yosh guruhlari o‘rtasidagi aybdorlik darajalari statistik jihatdan ahamiyatli farq qiladi:
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki:
Aybdorlik hissi yoshga bog‘liq o‘zgaruvchi bo‘lib, ayniqsa o‘smirlik davrida keskin ortadi. Kattalar bosqichida aybdorlik darajasi nisbatan pasayadi, bu ichki barqarorlikni anglatadi. Qariyalarda bu hissiyot hayotni qayta baholash bilan bog‘liq holda kuchayadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, aybdorlik hissining darajasi yoshga bog‘liq holda muayyan dinamikaga ega. Ayniqsa o‘smirlik davrida aybdorlik hissi eng yuqori darajada qayd etilgani, ushbu emotsional holatning psixologik ildizlari va oqibatlarini chuqur o‘rganishni talab qiladi.
O‘smirlik davrida shaxsda axloqiy mezonlar kuchli shakllanadi. Bu davrda ichki senzura (superego) faoliyatining kuchayishi kuzatiladi. Natijada shaxs o‘z harakatlarini chuqur tahlil qiladi, jamiyat va atrofdagilar bahosiga nisbatan sezgir bo‘ladi. Bu esa yuqori darajadagi aybdorlik hissini keltirib chiqaradi. Bu holat sog‘lom rivojlanish belgisi bo‘lishi mumkin, biroq haddan tashqari intensiv bo‘lsa, o‘z-o‘zini ayblash, o‘zini past baholash, hatto depressiv sindromlarga olib kelishi ehtimoli yuqori.
Kattalarda aybdorlik hissi biroz pasaygani kuzatildi. Bu bosqichda shaxs ijtimoiy rollarga moslashgan, axloqiy mezonlarni ongli ravishda ichki nazoratga aylantirgan bo‘ladi. Aybdorlik bu yerda ko‘proq konstruktiv xarakterga ega bo‘lib, xattiharakatlarni ijobiy yo‘nalishga o‘zgartirishga xizmat qiladi. Bunday aybdorlik motivatsion resursga aylanishi mumkin.
Qariyalar guruhida aybdorlik darajasi qayta ortgani kuzatildi. Bu holat "hayotni qayta baholash", o‘tmishdagi xatoliklarni eslash, kechirilmagan harakatlar uchun ichki pushaymonlik bilan bog‘liq. Gerontopsixologik manbalarda bu holat “kech aybdorlik” deb yuritiladi. Agar bu hissiyot psixologik yordam bilan muvozanatga keltirilmasa, u hayotdan norozilik, yolg‘izlik va depressiyaga olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi empirik va nazariy tahlillar asosida quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:
Aybdorlik hissi yoshga bog‘liq holda farqlanadi - u ayniqsa o‘smirlik davrida yuqori darajada namoyon bo‘ladi, bu davrda shaxsda ichki axloqiy me’yorlar faol shakllanadi.
Voyaga yetgan davrda aybdorlik hissi nisbatan barqaror va konstruktiv bo‘ladi, bu esa shaxsning ijtimoiy javobgarligini oshirishga xizmat qiladi.
Qarilik davrida aybdorlik hissi qayta kuchayadi, bu holat retrospektiv (o‘tmishga qarab) baholash bilan bog‘liq bo‘lib, ruhiy salomatlikka ta’sir ko‘rsatishi
Tadqiqotda yoshga xos psixologik holatlarning aybdorlik hissining shakllanishi va namoyon bo‘lishiga bevosita ta’sir qilishi isbotlandi.
Tadqiqot natijalari asosida quyidagi amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:
Maktab psixologlari o‘smirlar bilan ishlashda aybdorlik hissining sog‘lom rivojlanishiga e’tibor qaratishlari, haddan tashqari o‘zini ayblash holatlariga psixologik korreksiya usullarini qo‘llashlari lozim.
Ota-onalar va pedagoglar bolalar va o‘smirlarning xatolarini konstruktiv tarzda tushuntirishlari, tanqid o‘rniga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga urg‘u berishlari kerak.
Kattalar va qariyalar bilan ishlovchi psixologlar uchun retrospektiv aybdorlik hissi bilan bog‘liq muammolarni yumshatish, kechirimlilik va o‘z-o‘zini qabul qilishni rivojlantirish bo‘yicha treninglar o‘tkazish foydali bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022-2026- moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg’risida»gi PF-60- sonli Farmoni. 2. Льюис, М. Самосознательные эмоции: смущение, гордость, стыд и вина / М. Льюис // Справочник эмоций. - Нью-Йорк - Лондон: The Guilford Press, 1993. - С. 563–573. 3. Матюшин Г.Г. Стыд и совесть как формы моральной самооценки. — М : Изд-
во МГОПУ : НОУ, 1998. - 233 с.
4. Муздыбаев К. Переживание вины и стыда. - СПб.: С- Петерб. фил. Ин-та социологии, 1995. - 39 с. 5. Ильин Е. П. Эмоции и чувства: [Учеб. пособие]. - СПб.: Питер, 2019. -784с. 6. Изард К.Э. Психология эмоций / [Перевод]. - СПб.: Питер, 2002. - 464с. 7. Djurakulova D.F. Shaxsda aybdorlik hissi namoyon boʻlishining psixologik xususiyatlari. Avtoreferat (PhD). Toshkent. 2023. -24b. 8. Djurakulova D.F. Aybdorlik va uyat psixologik fenomen sifatida. Monografiya. SamDU nashriyoti, 2023 yil. -132 bet
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.