ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

AYRIM RANG BILDIRUVCHI SIFATLARNING USLUBIY-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Özet

Ushbu maqolada rang bildiruvchi sifat leksemalarning badiiy matnda qoʻllanilish xususiyatlari misollar asosida tahlil qilingan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

XUSUSIYATLARI

Xolmuminova Sevara Odil qizi

Sharof rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada rang bildiruvchi sifat leksemalarning badiiy matnda qoʻllanilish xususiyatlari misollar asosida tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar: sifat, xususiyat, rang, predmet, qora , vosita , nutq , chiroyli, qizil, beg‘ubor.

Аннотация: В данной статье анализируются особенности использования прилагательных, обозначающих цвет, в художественном тексте на примерах.

Ключевые слова: качество, свойство, цвет, предмет, черный, средство передвижения, речь, красивый, красный, безупречный

Abstract: This article analyzes the features of the use of color-indicating adjectives in the artistic text based on examples.

Key words: quality, property, color, object, black, vehicle, speech, beautiful, red, flawless.

Predmetning belgi xususiyatlaridan biri uning rang-tusi hisoblanadi. Malumki, o‘zbek tilida oq, qora, qizil, koʻk, yashil kabi sifatlar predmetning rang-tusini ifodalaydi. Bu sifatlar asosan predmetning rangini bildirishga xoslangan: qizil gul, ko‘k choy, qora ko‘z. Rang bildiruvchi polisemantik sifatlarning xosila maʼnosi boshqa maʼno (tayanch maʼno) asosida yuzaga kelgani, oʻz semantik strukturasida mazkur maʼnoning bir qismini mujassamlashtirgani uchun, xosila maʼno tayanch maʼnoning assotsiativ-tematik maydoni doirasidan chiqib keta olmaydi. Boshqachaqilib aytganda, u yoki bu rang bildiruvchi sifat soʻzda yuzaga kelgan xosila maʼnoning orbitasi doim tayanch maʼno orbitasi taʼsirida boʻladi. Rang bildiruvchi sifatlarning har biri oʻziga xos semantik strukturasi va uslubiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ularning uslubiy imkoniyatlari, okkonzional semalarni ifodalash xususiyati nutq jarayonida yuzaga chiqadi. Quyida har bir rang bildiruvchi soʻzning semantik strukturasi va uslubiy xususiyatlari haqida birma-bir fikr yuritamiz.

qora sovuqlarga otib yubordi,

shamollar poyida sinmoqda xazon.[4:179]

Sovuq leksemasi «ob havo», «iqlim» semalari bilan bogʻliq bir qator belgixususiatlarga ega boʻlib, «past harorat» ma’nosini bildiradi. Qora leksemasi bu oʻrinda izgʻirin, sovuqning oʻta kuchli boʻlishini koʻrsatish maqsadida qoʻllangan boʻlib, ana shu semalar qora leksemasi vositasida ma’noni yanada kuchli, boʻrttirib ifodalamoqda.

Tanizorim igna uchinda

Koʻzlarimda porlar qora nur [4:61]

Bilamizki, nur leksemasi yorugʻlik, nurafshonlik manosini beradi, lekin ushbu jumlada qora leksemasi nur soʻziga zidlantirib qoʻyilganday koʻrinadi, chunki nur hech qachon qora rangda boʻlmaydi. Shoir ushbu she’rida oʻz holatini ifodalab, koʻzlarimda nur porlayapti lekin u bolalikdagi achchiq xotiralardan qolgan qora nurdir deya ta’kidlaydi. Ushbu jumlada qora leksemasining ma’noni kuchaytirganini koʻrishimiz mumkin.

Azon tovushini tinglayman ogʻir Turkiston

qora tun, shamol va yomgʻir.[4:236]

Ushbu jumlada qora leksemasining “qaygʻu” semani ifodalaganini koʻramiz. Shoir Turkiston oʻlkasining turmush tarzi, yashash sharoitini ochib berar ekan qora leksemasidan keng foydalanadi. Shoir Turkiston oʻlkasidagi ahvolni qora tun jumlasi bilan bogʻlaydi. Ushbu zaminda har bir kuni zulmatda oʻtayotganini ifodalab, oʻz qaygʻusini ochib beradi.

Yashir marjon iplarin, yashirgan shum sudxoʻrdek,

Oq podshoning itlarin tishlarini sugʻurgan[5:114]

Ushbu misolda oq podsho birikmasi Rossiya imperatori manosida tushuniladi, shu jihatdan shoir sheriy parchada oq leksemasidan oʻrinli foydalangan va «yurt», «mamlakat» semalarini ifodalangan.

Oʻshanda togʻ oshib, kelgay shoshgancha,

Derazamni chertib, qarar oppoq baxt.

Ma’lumki, baxt leksemasi, hayotdan toʻla xursandlik, mamnunlik va bearmonlik holati manosini bildiradi. Shunga koʻra kishi tasavvurida baxt insoniy tuygʻularning salbiy qusurlaridan holi boʻlgan eng oliy darajasi sanaladi. Shoir oʻzini pok niyatli, begʻubor inson sifatida tasvirlab, bir kun uni baxt izlab kelishini aytadi va ifodalamoqchi boʻlgan bu fikrini oppoq leksemasi vositasida bildiradi.

U guzardagi katta oq qoyatoshda tikka turibdi. Ana shu togʻ qishlogʻida bunday oppoq qoyatoshlar serob.[3:3] Oq va oppoq shakllari bu oʻrinda bir predmetning belgisini, rang-tusini ifodalashga xizmat qilmoqda. Dastlabki koʻrinish (oq qoyatosh)da muallif e’tibori predmetning faqat shu belgisini boshqa belgilardan ajratib koʻrsatishga qaratilgan boʻlsa, keyingi koʻrinish (oppoq qoyatosh) da esa ana shu belgi semasini yanada kuchaytirib ifodalashga erishilgan.

Ranglar fasllar bilan ajralmasdir. Fasllar oʻzgarar ekan, koʻpchilik predmetlar ham oʻz belgi-xususiyatlarini oʻzgartira boradi. Ana shu xususiyatiga koʻra yashil rang bahor fasliga aloqadordir.

Suvga qongan sahrolar,

Yangi yashil oʻrmonlar,

Yashnar bogʻlar…[2:46]

Poetik nutqda uslubiy vosita sifatida qizil sifatida qizil leksemasi faol qoʻllanadi: Qizil dengiz, qizil qon, qizil gul.

Quyosh nur sochganda qizil chechaklar,

Yonib yotar toʻlqinday lov-lov.[2:82]

Keltirilgan misolda qizil leksemasiga alohida urgʻu berilganliginni sezish qiyin emas. Gullar tabiatda turli ranglarda boʻlsalarda, poetik nutqda gul tasvirini berishda, asosan, qizil leksemasi faol qoʻllaniladi. Badiiy nutqda qizil leksemasi ham ishlatiladi.

Bunda gulning eng asllari,

Baxmal gilam, alvon poyondoz. [2:34]

Koʻrinadiki, alvon leksemasi ham predmetning rang-tusini ifodalashga xizmat qiladi. Bu misolda mazkur leksema “qip-qizil” semasini ifodalamoqda.

Tilimizda qizil rangni ifodalashda shu belgi, rang-tusga ega boʻlgan predmetlarning nomlaridan yoki ot yasalgan rang bildiuvchi sifatlardan foydalaniladi. Masalan:

Nega lablaringdan husn oldi yoqut,

Nega siynang boʻldi qor togʻiday oq? [2:29]

Bu misolda turli rangda boʻlgan mineral tosh-yoqutning qizil rangga egaligi inson labini tasvirlashda vosita boʻlgan. Shoir bu soʻzlarni faqat oʻsha predmetlarning shu ranglarga ega ekanligi uchun emas, balki ular juda ham goʻzal, chiroyli va jozibador ekanligi uchun ham qoʻllagan, shu tarzda tasvirlanayotgan labning ham goʻzalligini obrazli tarzda yoritishga muvaffaq boʻlgan.

Xulosa qilib aytganda rang bildiruvchi sifat leksemalar nutq jarayonida, jumladan badiiy matnda ramziy ma’noda qoʻllanilib, uslubiy ta’sirchanlikni oshirish va ma’noni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ular ijodkor sheriyatining badiiyligini ta’minlashga xizmat qiladi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.Pardayev Z. Oʻzbek tilida sifatlarning semantik-uslubiy xususiyatlari. – Samarqand, 2007. - 23 b.

2. H. Olimjon, Zulfiya. Ikki qalb tugʻyoni. –Toshkent: Choʻlpon, 2018. – 98 b.

3. Asqad Muxtor. Chinor. –Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. – 444 b.

4. Rauf Parfi. Turkiston ruhi. Saylanma. –Toshkent: Sharq, 2013. – 320 b.

5. Xurshid Davron. Bolalikning ovozi. -Toshkent, 1986.

6. D.Islamova. Linguistic representation and methods of its expression in artistic text. International Bulletin of Engineering and Technology (IBET). Volume: 3, Issue: 7. – Amerika, 2023. – P. 137-141. gDYAAAAJ&citation_for_view=t18kgDYAAAAJ:ULOm3_A8WrAC

7. D.Islamova. Hamid Olimjonning «O‘zbekiston» she’rida qo‘llanilgan transpozitiv so‘zlarning uslubiy va funksional-semantik xususiyatlari. SamDU “Ilmiy axborotnoma”. – Samarqand: SamDU nashri, 2018. № 4. – B. 99-102. files/110x8f29IQ7Cs_ilmiy_jurnal.pdf#page=105

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.