ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

BACHADON BO’YNI SARATONINING SURXONDARYO VILOYATIDA EPIDEMIOLOGIK KO’RSATKICHI.

Özet

Bachadon bo‘yni saratoni ayollar orasida keng tarqalgan va jiddiy onkologik kasallik hisoblanadi. Ushbu saraton turi asosan papillomavirus (HPV) infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, dastlabki bosqichlarda simptomlarsiz kechishi mumkin. Bachadon bo‘yni saratoniga qarshi samarali kurashish uchun vaksinatsiya va muntazam skrining dasturlari muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, vaksinatsiya orqali HPV infeksiyasini oldini olish va erta tashxis qo‘yish orqali saratonning oldini olish mumkin. Ushbu tadqiqot Surxondaryo viloyatida bachadon bo‘yni saratoni bilan bog‘liq holatlarni o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda viloyatda kasallikning tarqalish darajasi, diagnostika va davolash usullari, shuningdek, profilaktika choralari tahlil qilinadi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

EPIDEMIOLOGIK KO’RSATKICHI.

Jurayeva Gulbaxor Alisherovna, Amanov Akmal Karimjonovich

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali.

Annotatsiya:Bachadon bo‘yni saratoni ayollar orasida keng tarqalgan va jiddiy onkologik kasallik hisoblanadi. Ushbu saraton turi asosan papillomavirus (HPV) infeksiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, dastlabki bosqichlarda simptomlarsiz kechishi mumkin. Bachadon bo‘yni saratoniga qarshi samarali kurashish uchun vaksinatsiya va muntazam skrining dasturlari muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, vaksinatsiya orqali HPV infeksiyasini oldini olish va erta tashxis qo‘yish orqali saratonning oldini olish mumkin. Ushbu tadqiqot Surxondaryo viloyatida bachadon bo‘yni saratoni bilan bog‘liq holatlarni o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda viloyatda kasallikning tarqalish darajasi, diagnostika va davolash usullari, shuningdek, profilaktika choralari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:Bachadon bo‘yni saratoni, HPV infeksiyasi, skrining, vaksinatsiya, onkologik kasalliklar,tashxis,profilaktika,ayollar salomatligi, onkologiya

ЭПИДЕМИОЛОГИЧЕСКИЙ ПОКАЗАТЕЛЬ РАК ШЕЙКИ ШЕЙКИ В

СУРХАНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ.

Резюме: Рак шейки матки – распространенное и тяжелое онкологическое заболевание среди женщин. Этот тип рака в основном связан с инфекцией вируса папилломы (ВПЧ) и на ранних стадиях может протекать бессимптомно. Вакцинация и регулярные программы скрининга важны для эффективной борьбы с раком шейки матки. Исследования показывают, что заражение ВПЧ можно предотвратить с помощью вакцинации, а рак можно предотвратить с помощью ранней диагностики. Данное исследование направлено на изучение случаев рака шейки матки в Сурхандарьинской области. В исследовании анализируется распространенность заболевания в регионе, методы диагностики и лечения, а также профилактические меры.

Ключевые слова: Рак шейки матки, ВПЧ-инфекция, скрининг, вакцинация, онкологические заболевания, диагностика, профилактика, женское здоровье, онкология.

EPIDEMIOLOGICAL INDICATOR OF CERVICAL CANCER IN

SURKHANDARYA REGION.

Abstract: Cervical cancer is a common and serious oncological disease among women. This type of cancer is mainly associated with papillomavirus (HPV) infection and may be asymptomatic in the early stages. Vaccination and regular screening programs are important for effective control of cervical cancer. Research shows that HPV infection can be prevented through vaccination and cancer can be prevented through early diagnosis. This study is aimed at studying cases of cervical cancer in Surkhandarya region. The study analyzes the prevalence of the disease in the region, diagnostic and treatment methods, as well as preventive measures.

Key words: Cervical cancer, HPV infection, screening, vaccination, oncological diseases, diagnosis, prevention, women's health, oncology

KIRISH

Bachadon bo‘yni saratoni ayollarda uchraydigan eng keng tarqalgan saraton turlaridan biridir. Uning asosiy sababchisi HPV (odam papilloma viruslari) bo‘lib, bu virus jinsiy yo‘l bilan yuqadi. HPVning 16 va 18 turdagi turlari bachadon bo‘yni saratonining 70% holatlarida sabab bo‘ladi. Bachadon bo`yni saratoni ayollar salomatligiga jiddiy tahdid qiluvchi kasalliklardan biri hisoblanadi. Har yili shu kasallikdan 311 000 dan ortiq ayol vafot etadi. Dunyoda bo`lgani kabi O`zbekistonda ham bachadon bo`yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o`rtasida tarqalishi bo`yicha ko`krak bezi saratonidan keying o`rinda turadi. Kasalliklardan o`lim ko`rsatkichi bo`yicha esa, ushbu hastalik barcha yoshdagi ayollar o`rtasida ko`krak bezi va oshqozon bezi saratonidan keying uchinchi o`rinni egallaydi. JSST ma’lumotlariga ko’ra, har yili O’zbekistonda 1660 nafar ayol bachadon bo’yni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Saratonning bu turini oldini olish borasida sinalgan va samarali strategiyalar mavjud. Ulardan biri –odam papillioma virusiga qarshi emlash. O’zbekistonda ham 2019-yil noyabr oyidan boshlab ushbu kasallikga qarshi 9-12 yoshli qizlarni emlash boshlangan. Bundan tashqari O’zbekistonda bachadon bo’yni saratonini tekshirish va odam papillioma virusini (HPV) davolash dasturiga asoslangan yangi innovatsion milliy skrining tizimi joriy etilmoqda. Bachadon bo’yni saratonining 90% odam papillioma virusidan boshlanadi. Muntazam skrining, erta tashhis qo’yish va o’z vaqtida davolash bachadon bo’yni saratoni bilan og’rigan bemorlarni davolay oladi. Ushbu uchta yondashuv muvaffaqiyatli amalga oshirilsa 2050-yilga kelib, yangi holatlarni 40% ga kamaytirish va dunyo bo’ylab 5 millionga yaqin o’limning oldini olish mumkin. JSSTning O’zbekistondagi vakili Leanne Kuppens deydi: «Bachadon bo’yni saratoni yo’q qilingan birinchi saraton bo’lishi mumkin. Ayollarni muntazam skrining qilish va qizlarni odam papillioma virusiga qarshi emlash orqali biz bachadon bo’yni saratoni bilan kasallanishni kamaytira olamiz».

Tadqiqot uslubi

Tadqiqotda Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalaridan to‘plangan statistik ma'lumotlar, bemorlarning tibbiy kartalari, hamda so‘rovnomalar asosida olingan ma'lumotlar tahlil qilindi. Tadqiqotda kasallikning tarqalish darajasi, HPV infeksiyasining roli va skrining dasturlarining samaradorligi o‘rganildi.

Muhokama va natijalar: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma'lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab taxminan 570,000 ayol bachadon bo‘yni saratoniga chalinadi va 311,000 nafari ushbu kasallikdan vafot etadi. O‘zbekistonda har 100 ming nafar ayoldan 11 nafari bachadon bo‘yni saratoniga chalinadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bachadon bo‘yni saratoni tarqalishiga ko‘ra jahonda ayollarda uchraydigan saraton kasalliklari orasida to‘rtinchi o‘rinda turadi. Dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham bachadon bo‘yni saratoni barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida tarqalishi bo‘yicha ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda turadigan. Kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha esa, ushbu xastalik barcha yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi va oshqozon bezi saratonidan keyin uchinchi va tug‘ish yoshidagi ayollar (15-44 yosh) orasida esa ikkinchi o‘rinni egallaydi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili O‘zbekistonda 1660 nafar ayol bachadon bo‘yni saratoni kasalligiga chalinmoqda. Shu bois butun dunyoda ushbu kasallikning oldini olish muhim ahamiyatga ega.Bachadon bo‘yni saratoni, odatda, HPV infeksiyasi natijasida rivojlanadi. Infeksiya ko‘p hollarda o‘zi o‘tib ketadi, lekin ba'zi ayollarda u surunkali holatga kelib, hujayralarda o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ushbu o‘zgarishlar, vaqt o‘tishi bilan, invaziv saratonga aylanishi mumkin.

Klinik Tashxis: Bachadon bo’yni saratoni ginekologik tekshiruv va smear testi orqali aniqlanadi. Ginekologik tekshiruv vaqtida shifokor bachadon bo’yni va tos bo’shlig’ini tekshiradi, saraton belgilarini izlaydi. Pap smear testi bachadon bo’yni hujayralarini tekshirish orqali saraton hujayralarini aniqlashga yordam beradi. Bachadon bo‘yni saratoni ko‘pincha hech qanday simptom bermaydi va skrining orqali aniqlanadi. Simptomlar, odatda, kasallik ancha rivojlanganda paydo bo‘ladi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: - Vaginal qon ketish, - Hayz davridan tashqari qon ketish, - Jinsiy aloqadan keyin qon ketish ,- Pelvik og‘riqlar.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Surxondaryo viloyatida bachadon bo‘yni saratoni bilan kasallanish darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda. HPV infeksiyasiga qarshi vaksinatsiya darajasi pastligi, muntazam skrining dasturlarining yetarli emasligi kasallikning o‘z vaqtida aniqlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Profilaktika

Profilaktik choralar HPVga qarshi vaksinalar va muntazam skrininglarni o‘z ichiga oladi. HPV vaksinalari 9-14 yoshdagi qizlarga tavsiya etiladi va ular virusning eng xavfli turlariga qarshi himoya qiladi. Muntazam Pap-smear testlari yoki HPV testlari orqali erta bosqichda anomaliyalar aniqlanib, davolanish imkoniyati oshadi Sog’lom turmush tarzi: Sog’lom turmush tarzini qabul qilish immunitet tizimini mustahkamlash orqali saraton xavfini kamaytiradi. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar qilish, sog’lom ovqatlanish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni cheklash saraton xavfini kamaytirishga yordam beradi. Milliy emlash kalendariga ko‘ra, O‘zbekistonda bolalar davlat budjeti hisobidan 12 ta boshqariladigan infeksiyalarga qarshi emlanadi. Shuning uchun ham mamlakatda epidemiologik holat barqaror saqlanmoqda. Endilikda OPVga qarshi vaksinaning joriy qilinishi esa yana bir og‘ir kasallik — bachadon bo‘yni saratoni kasalligining oldini olishga xizmat qiladi. “Emlash kampaniyasi maktablarda ham, poliklinikalarda ham o’tkaziladi. Biron sababga ko’ra maktablarga yoki poliklinikalarga kela olmaydigan qizlarni emlash bilan ta’minlash uchun O’zbekistonning barcha viloyat va tumanlarida ko’chma vaksinasiya guruhlari faoliyat yuritadi”, - deydi Sog’liqni saqlash vazirligining Sanitariyaepidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, doktor Dilorom Tursunova. Buning natijasida kelajakda har yili 1 100 ta kasallanish va bachadon bo‘yni xastaligi bo‘yicha 600 ga yaqin o‘lim holatlarining kamayishiga erishiladi.

Davolash: Bachadon bo‘yni saratonining davolash usullari kasallikning bosqichiga bog‘liq. Boshqa usullar qatorida jarrohlik, radioterapiya va kimyoterapiya kabilar qo‘llaniladi. Erta bosqichlarda jarrohlik amaliyoti, odatda, kasallikni to‘liq davolash imkonini beradi, ammo rivojlangan bosqichlarda bir nechta usullar kombinatsiyasi talab qilinishi mumkin. Bachadon bo’yni saratonini davolash saraton bosqichiga va bemorning umumiy sog’lig’iga qarab farq qilishi mumkin. Davolash usullari jarrohlik, radiatsiya terapiyasi, kimyoterapiya yoki ularning kombinatsiyasini o’z ichiga olishi mumkin. Davolash odatda erta aniqlangan saraton kasalliklarida muvaffaqiyatli bo’ladi.

Xulosa: Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bachadon bo’yni saratoni erta aniqlanganda davolanadigan saraton turi hisoblanadi. Surxondaryo viloyatida bachadon bo‘yni saratoni bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun keng ko‘lamli profilaktika choralari va samarali skrining dasturlarini joriy etish lozim. Shuningdek, HPV infeksiyasiga qarshi vaksinatsiyani kengaytirish orqali kasallikning oldini olish mumkin. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash, tibbiy jihozlarni yangilash va kadrlar malakasini oshirish orqali diagnostika va davolash jarayonlarini samarali amalga oshirish kerak.Ayollar bachadon bo’yni saratonidan xabardor bo’lishlari va sog’lom turmush tarzini qabul qilish orqali o’zlarini himoya qilishlari kerak.Bachadon bo‘yni saratoni oldini olishda eng samarali usul – bu muntazam skrining va HPVga qarshi vaksinalar qabul qilishdir. Mamlakatlar miqyosida profilaktika dasturlarining joriy etilishi kasallik va o‘lim holatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ашрафян Л. А. Молекулярно-биологические и ультразвуковые методы в оценке эффективности лекарственной терапии у больных раком шейки матки и раком яичников / Л. А. Ашрафян, И. Б. Антонова, С. В. Ивашина [и др.] // Опухоли женской репродуктивной системы. – 2012. – № 3-4. – С. 120-126.

2. Ашрафян Л. А. Оценка результатов неоадъювантной химиотерапии местнораспространенного рака шейки матки IIB-IIIB стадий при комплексной ультразвуковой диагностике / Л. А. Ашрафян, О. И. Алешикова, Н. А. Бабаева [и др.] // Опухоли женской репродуктивной системы. – 2015. – Т. 11. – № 2. – С. 76- 81.

3. Берлев И. и др. Дозоинтенсивнаянеоадъювантная химиотерапия в комбинированном лечении местнораспространенного рака шейки матки: опыт и перспективы //Вопросы онкологии. – 2017. – Т. 63. – №. 4. – С. 614-621.

4. Каримова Ф. Н. Роль неоадъювантнойполихимиотерапии в комплексной терапии местно-распространенного рака шейки матки / Ф. Н. Каримова, К. М. Джурабекова, М. Б. Сайфутдинова, О. А. Мирзоев // Известия Академии наук Республики Таджикистан. Отделение биологических и медицинских наук. – 2018. – № 2(201). – С. 58-64.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.