TA’SIRI
Urazova Zarina Urmanovna Nurova Zamira Annakulovna
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz Filiali
Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi mudiri Kirish Barmoqda uchraydigan o‘simtalar inson organizmida kam uchraydigan, ammo muhim klinik ahamiyatga ega bo‘lgan patologiyalardan hisoblanadi. Ular asosan yumshoq to‘qimalar, suyak, teri va suyaklararo tuzilmalardan rivojlanadi. Ushbu o‘simtalar dastlab lokal bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan ularning boshqa tana a’zolariga bilvosita yoki bevosita ta’siri seziladi. Bunday holatlar qo‘l funksiyasining buzilishi, og‘riq, nevrologik muammolar va hatto ichki organlarga metastaz berish xavfi bilan kechishi mumkin. Mavzuning dolzarbligi So‘nggi yillarda periferik o‘simtalar, jumladan, barmoq sohasidagi o‘simtalar sonining ortib borayotgani ushbu muammoning dolzarbligini oshirmoqda. Bu patologiyalar o‘z vaqtida aniqlanmasa, nafaqat barmoq funksiyalarini cheklaydi, balki tananing boshqa a’zolariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, malign o‘simtalar limfa va qon orqali boshqa organlarga tarqalib, umumiy sog‘liq holatining yomonlashishiga olib keladi. Shu sababli bu mavzuni chuqur o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqot maqsadi Tadqiqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad – barmoqda uchraydigan o‘simtalar turlarini aniqlash, ularning klinik kechishini baholash va boshqa tana a’zolariga ko‘rsatadigan salbiy ta’sir mexanizmlarini o‘rganishdan iborat. Shuningdek, diagnostika va davolash jarayonlarining samaradorligini baholash ham tadqiqotning muhim jihatlaridan biridir. Material va metodlar: Tadqiqot materiallari sifatida 2022–2024 yillar davomida shifoxonaning qo‘l jarrohligi va onkologiya bo‘limlariga murojaat qilgan 45 nafar bemorning tibbiy hujjatlari, rentgen, MRI va biopsiya natijalari tahlil qilindi. Ularning orasida ganglion kistasi, lipoma, fibroma, xondroma va epidermoid kistalar uchrashi aniqlangan. Ba’zi hollarda malign transformatsiya holatlari ham qayd etilgan. Natijalar Tadqiqot natijalariga ko‘ra: • 45 bemordan 36 nafari benign, 9 nafari esa malign o‘simta tashxisi bilan qayd etilgan. • Malign o‘simtali bemorlarning 5 nafari limfa tugunlarida kattalashish va umumiy holsizlikdan shikoyat qilgan. • 4 bemorda o‘simta asab tolalari va qon tomirlariga bosim o‘tkazishi tufayli qo‘l harakati cheklangan va og‘riq kuzatilgan. • Ikki holatda metastaz holatlari aniqlangan bo‘lib, bemorlar onkologik dispanserga yo‘naltirilgan. Xulosa: Barmoqda uchraydigan o‘simtalar, ayniqsa, kech aniqlangan hollarda, nafaqat lokal shikastlanish, balki organizmning boshqa qismlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu o‘simtalarni erta tashxislash, to‘g‘ri davolash va ularning sistematik asoratlarini oldini olish uchun har tomonlama yondashuv talab etiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har bir bunday holatga individual yondashuv bemorning hayot sifati va sog‘lig‘ini saqlab qolishda muhim omildir.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.