ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

BO‘LAJAK TARBIYACHI-PEDAGOGLARDA VATANPARVARLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH VA UNI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA QO‘LLASH MEXANIZMLARI

Özet

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim fakulteti talabalarida vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirish va uni amaliyotda qo‘llash mexanizmlari tahlil qilingan. Maqolada milliy qadriyatlar asosida patriotizmni rivojlantirish usullari, axborotlashgan jamiyat sharoitida pedagoglarning roli va zamonaviy interaktiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari bayon etilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida vatanparvarlikni tarbiyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar va pedagogik mexanizmlar ilmiy asosda taqdim qilingan. Maqola pedagogika va milliy ma’naviyatni uyg‘unlashtirishga qaratilgan tadqiqotlar uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

--⊱⊱ 31 ⊰⊰--

TASHKILOTLARIDA QO‘LLASH MEXANIZMLARI

Abdurahimova Dilfuzaxon Alievna

O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik

va mudofaa universiteti professori, pedagogika

fanlari doktori, (DSc), professor

Annotatsiya.Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim fakulteti talabalarida vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirish va uni amaliyotda qo‘llash mexanizmlari tahlil qilingan. Maqolada milliy qadriyatlar asosida patriotizmni rivojlantirish usullari, axborotlashgan jamiyat sharoitida pedagoglarning roli va zamonaviy interaktiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari bayon etilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida vatanparvarlikni tarbiyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar va pedagogik mexanizmlar ilmiy asosda taqdim qilingan. Maqola pedagogika va milliy ma’naviyatni uyg‘unlashtirishga qaratilgan tadqiqotlar uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar: vatanparvarlik kompetensiyasi, maktabgacha ta’lim, pedagogik mexanizmlar, milliy qadriyatlar, interaktiv texnologiyalar.

Аннотatsiя.В данной статье рассматриваются вопросы формирования патриотической компетенции у студентов факультета дошкольного образования и механизмы её практического применения. Автор анализирует методы развития патриотизма на основе нatsiональных ценностей, роль педагогов в условиях информatsiонного общества и возможности использования современных интерактивных образовательных технологий. Также представлены практические рекомендatsiи и педагогические механизмы воспитания патриотизма в дошкольных образовательных организatsiях. Статья может служить источником для исследований в области педагогики и интегрatsiи нatsiональной духовности в образовательный процесс.

Ключевые слова: патриотическая компетенция, дошкольное образование, педагогические механизмы, нatsiональные ценности, интерактивные технологии

This article examines the formation of patriotic competence among students of the Faculty of Preschool Education and the mechanisms for its practical implementation. The study analyzes methods of developing patriotism based on national values, the role of educators in an information society, and the opportunities for using modern interactive educational technologies. Practical recommendations and pedagogical mechanisms for fostering patriotism in preschool educational institutions are also presented. The article serves as a resource for research on integrating national values and pedagogy in early childhood education.

Keywords: patriotic competence, preschool education, pedagogical mechanisms, national values, interactive technologies.

Axborotlashgan jamiyatda bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarning vatanparvarlik kompetensiyasini milliy qadriyatlar vositasida rivojlantirish, eng avvalo, ta’lim jarayonida milliy madaniyat komponentlarini yangi usullar bilan boyitishni talab qiladi. Misol uchun, elektron vositalar, virtual ta’lim platformalari, multimedia resurslari orqali talabalar aralash reallik muhitida ta’lim oladigan bo‘lsa, ana shu jarayonda tarix, adabiyot, san’at, ma’naviyat kabi fanlar zohiriy shakldaligicha emas, balki interaktiv, jonli, talabalarda qiziqish uyg‘otuvchi uslubda taqdim etilishi lozim bo‘ladi. Bu

--⊱⊱ 32 ⊰⊰-- jarayonda falsafiy tushunchalar, ya’ni vujud, ma’rifat, ezgulik, yurt manfaatlarini ustun qo‘yish kabi tushunchalar nazariy qolipda qolmay, talabalarda hayotiy ko‘nikma sifatida mustahkamlanishi muddaodir. Shu bilan birgalikda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyatini yoshlarimiz anglashi, o‘zlari bo‘lajak mutaxassis bo‘layotgan sohada qanday tarixiy ildizlar, qanday ma’naviy da’vatlar borligi haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lishi ham talabalarda vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirib borishi mumkin.

Axborotlashgan jamiyatda vatanparvarlik va milliy qadriyatlar tushunchalarining o‘zaro uyg‘unligi avvalo ma’naviy kamolot, shaxs tafakkuri va mas’uliyat hissining yuksalishi bilan namoyon bo‘ladi. Bunda texnologik taraqqiyot insonni milliy ildizlardan uzib qo‘ymasligi uchun axborot vositalari orqali qiziqarli, keng qamrovli, biroq tushunarli tarzda yetkazilgan tarixiy, adabiy, madaniy ma’lumotlar hissa qo‘shadi. Vatanparvarlik tushunchasi ayrim hollarda shiorbozlik yoki ma’lum bir siyosiy maqsad uchun ishlatilganida, uning asl mohiyati kamayib ketishi mumkin. Lekin milliy qadriyatlar bilan bog‘lab hayotga tatbiq etilganda, u talabalarimizda mustaqil tafakkur, fuqarolik pozitsiyasi, jamoa oldidagi mas’uliyat kabi muhim ma’naviy fazilatlarning shakllanishiga yo‘l ochadi. Ana shunday sintez, axborotlashgan jamiyatdagi katta texnologik imkoniyatlar bilan birga, tarbiya, madaniyat, ma’naviy kamolotni birlashtirishi bilan ahamiyatlidir. Negaki, axborotlashgan jamiyatda globallashuv jarayonlari nafaqat iqtisodiy yoki siyosiy, balki ma’naviy jabhada ham ta’sir qilishini unutmaslik lozim. Shu bois, talabalarimizning ma’naviy immuniteti, vatanparvarlik kompetensiyasi va milliy qadriyatlar bilan sug‘orilgan aqliy salohiyati mamlakatimiz kelajagini belgilaydigan eng muhim omilidir.

Axborotlashgan jamiyat sharoitida talabalarda vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirish masalasi, eng avvalo, vatanparvarlik tushunchasini milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirgan holda ko‘rishni taqozo qiladi. Vatanparvarlik tushunchasini chuqur anglash, uning falsafiy tamoyillarini tadqiq etish hamda milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashuvini ilmiy-amaliy jihatdan izohlash mukammal pedagogik jarayonni tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois, axborotlashgan jamiyatda turli elektron manbalar, interaktiv usullar va ta’lim platformalari orqali talaba-yoshlarda vatanparvarlikni shakllantirishda milliy qadriyatlar asosida ish tutish g‘oyalari ilgari surilmoqda. O‘z navbatida, vatanparvarlik kompetensiyasini chiqarib berishda tarixiy, siyosiy, falsafiy hamda pedagogik yondashuvlar bir butun konsepsiya sifatida ko‘rib chiqilishi lozim. Chunki vatanparvarlik – bu nafaqat mamlakat taraqqiyotida asosiy turtki bo‘lmish hissiyot, balki jamiyatda birdamlik va hamjihatlikni ta’minlaydigan ma’naviy asosdir.

Shu o‘rinda vatanparvarlik tushunchasining tarixiy ildizlari hamda uning milliy qadriyatlar bilan uzviy bog‘liqligini ilmiy jihatdan yoritib berish talab etiladi. Milliy qadriyatlar deb atalmish tushuncha xalqlar tomonidan asrlar davomida tarbiya, ma’rifat, an’ana va urf-odatlar orqali shakllantirib boriladigan madaniy, ma’naviy, axloqiy merosni anglatadi. Falsafiy nuqtai nazardan, milliy qadriyatlar avvalo umuminsoniy qadriyatlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, biror bir millat yoki xalqqa xos tarixiy, madaniy hamda ma’naviy to‘plamni aks ettiradi. Demak, vatanparvarlik kompetensiyasini rivojlantirishda avvalo milliy qadriyatlar bilan bog‘liq ilk ijtimoiylashuv jarayonlari, ya’ni oila, mahalla, jamiyat kabi tarbiya ustunlarida eng muhim ahamiyat kasb etadi. Falsafa nuqtai nazaridan qaralsa, vatan tushunchasini sevish, u bilan g‘ururlanish, uni qadrlash insoniy hislat sifatida ko‘zga tashlanadi; bunday hissiy tajriba tushuncha sifatida ratsional nuqtai nazar bilan uyg‘unlashib, jamiyat ongida ifodalanadi. Vatanparvarlik kompetensiyasi esa aynan shu hissiy jarayon bilan intellektual jarayonni uyg‘unlashtira olgan holatda rivojlanadi.

Axborotlashgan jamiyatda vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirishda elektron ta’lim resurslari, onlayn platformalar, virtual kutubxonalar hamda turli ilmiy-ma’rifiy saytlar orqali

--⊱⊱ 33 ⊰⊰-- talabalarda muhim ko‘nikmalarni yuzaga chiqarish mumkin. Biroq bu jarayonda ikki muhim masalaga e’tibor qaratish lozim: birinchisi, axborot manbalari talaba-yoshlar ongida milliy qadriyatlarning haqiqiy mohiyatini ochib berish imkoniyati bilan boy bo‘lishi kerak; ikkinchisi, talaba axborot olish jarayonida asoslangan tanqidiy fikrlash salohiyatini shakllantirishi zarur. Zero, axborot juda ko‘p, lekin uni saralash, samarali tahlil qilish hamda undan milliy qadriyatlar va vatanparvarlikni mustahkamlash uchun foydalanish o‘ta muhim vazifa hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda milliy qadriyatlar bilan boyitilgan elektron kontent yaratish bilim beruvchi muassasalar tomonidan tizimli yo‘lga qo‘yilsa, talaba ongida vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat umuminsoniy qadriyatlar bilan birlashib, ilmiy asosda boyiydi. Bu ilmiy asos, albatta, maktabgacha pedagogika,pedagogika va harbiy pdagogika fanlarining o‘zaro uyg‘unlashuvida shakllanadi. Ana shu uyg‘unlashuv talabalarning amaldagi vatandosh sifatida shakllanishiga, ularda mas’uliyat, ongli munosabat, milliy iftixor kabi xislatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.

Vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga oid falsafiy tushunchalarni tahlil etishda, avvalo, millat tushunchasi, uning tarixiy shakllanishi va o‘ziga xos madaniy paradigmalari juda muhim ekanligi namoyon bo‘ladi. Millat tushunchasi, ko‘plab pedagog-psixolog olimlari ta’kidlaganidek, madaniyat, urf-odatlar, an’analar va umumiy dunyoqarash vositasida tarixiy ravishda jamiyat qoliblashtirgan ichki birlikdir. Demak, millat tarixi davomida shakllangan qadriyatlar, marosimlar, turmush tarzi vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalashda fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda “Vatan” tushunchasining ma’rifiy talqinlari ham muhim o‘rin tutadi. “Vatan” tushunchasi har bir shaxs uchun muqaddas bo‘lib, bu tushunchada tarix, madaniyat, hatto din bilan bog‘liq bir qancha ildizlar mavjud. Binobarin, vatanni sevish, uni ardoqlash, unda yaratilgan ne’matlarni ko‘z qorachig‘idek asrash – bu tabiiy ehtiyoj sifatida shaxsda shakllanishi kerak bo‘lgan hissiyotdir. Axborotlashgan jamiyatda esa bu hissiyotni mustahkamlash uchun innovatsion yo‘nalishlar, virtual maydonlar orqali milliy qadriyatlarni yanada targ‘ib etish imkoniyati bor. Biroq shu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanilmasa, yoshlar ongida globallashuv oqimining biryoqlama ta’siri tufayli milliy qadriyatlarga befarqlik yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.

Pedagogik nuqtai nazardan vatanparvarlik tushunchasi faqat hissiy motivatsiyadan iborat bo‘lmay, balki ongli anglash, axloqiy me’yorlar, ezgu qadriyatlar bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shunga binoan, pedagogikada talabalarda ana shu ongli anglash salohiyatini kuchaytirish vazifasi ustuvor vazifalardan biridir. Aynan axborotlashgan jamiyatda, ya’ni axborot farovonligi sharoitida murabbiylar, pedagoglar, o‘qituvchilar talabalarga milliy qadriyatlarni “tayyor bilim” sifatida emas, balki ularni tahlil qilish, mushohada etish, umumlashtirish orqali tushunish yo‘nalishi bo‘yicha ko‘nikma berishlari lozim. Bunda, albatta, virtual ma’rifiy ekskursiyalar, ilmiy tizimlashgan onlayn kurslar, interfaol videolavhalar talaba uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Milliy qadriyatlarning tarixiy ildizlarini bilish, ular paydo bo‘lgan sharoitlarni anglash orqali talabalarda milliy iftixor hissi shakllanadi, bu esa vatanparvarlik kompetensiyasining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, axborotlashgan jamiyatda turli onlayn tarmoqlar orqali shakllanadigan zamonaviy ilmiy hamjamiyatlar talabalarda g‘oyalar almashinuvi uchun keng maydon yaratadi. Milliy qadriyatlarimiz jahon madaniyati bilan solishtiriladi, global ilm-fan doirasida bayon etiladi. Bu esa bir tomondan talabalarda “o‘z qadriyatlari”ni aniq anglash va ulardan iftixor qilish hissini rivojlantirsa, boshqa tomondan, universal qadriyatlar bilan milliy qadriyatlar o‘rtasidagi umumiy jihatlarni ko‘rish imkonini beradi. Natijada vatanparvarlik kompetensiyasi yanada boyiydi, chunki talabalar nafaqat o‘z milliy qadriyatlarining mohiyatini tushunib yetadi, balki ularni jahon madaniyati kontekstida ham baholay oladi. Bu jarayonda pedagoglar talaba ongida milliy g‘ururni shakllantirish

--⊱⊱ 34 ⊰⊰-- bilan birga, dunyoqarashni tor doirada qolib ketmasdan, keng manzarada ko‘ra olish qobiliyatini rivojlantirishlari maqsadga muvofiqdir.

Vatanparvarlikni milliy qadriyatlarsiz tushunish, uning ma’naviy mazmunini kamaytirish bilan bir xildir, chunki milliy qadriyatlar orqali vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat jamiyat ongida tarixiy, madaniy, axloqiy qadriyatlar shaklida mujassamlashgan bo‘ladi. Ayni paytda, milliy qadriyatlarni chuqur anglash orqali jamoatchilik ongida vatanparvarlik kompetensiyasining muqim asoslari paydo bo‘ladi. Talaba, avvalo, o‘zi mansub bo‘lgan millat urf-odatlarini, an’analarini, tarixiy merosini, madaniy yutuqlarini tushunib olsa, unda vatanga sadoqat hissi yaxshiroq yuzaga chiqadi. Axborotlashgan jamiyat esa bu jarayonni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin: agar axborot turistik-tavsiyaviy targ‘ibotdan iborat bo‘lsa, yoshlar ongida asl milliy qadriyatlar ifoda topmay qolishi mumkin; agar axborot maqsadli ravishda aniq manbalar, ilmiy ma’lumotlar orqali berib borilsa, talaba ongida milliy qadriyatlarga nisbatan tushunish – teranlashadi, bundan kelib chiqib vatanparvarlik kompetensiyasi ham yuksaladi.

Pedagogik asoslar nuqtai nazaridan, axborotlashgan jamiyatda talabalar o‘rtasida milliy qadriyatlarni targ‘ib etish bir necha o‘ziga xos yondashuvlar talab etiladi. Birinchidan, har bir fan o‘quv dasturida milliy qadriyatlar bilan bog‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda berilishi kerak. Masalan, matematika yoki tabiiy fanlar o‘qitilishida ham tarixiy manbalardagi milliy shaxslar yutuqlari haqida, ular tomonidan yaratilgan ilmiy kashfiyotlar bo‘yicha ma’lumotlar kiritilishi mumkin. Ikkinchidan, tarbiya jarayonida o‘quv amaliyotlarini milliy urf-odatlar bilan boyitish maqsadga muvofiqdir. Masalan, onlayn tarmoqlarda milliy bayramlar tarixini yoritib beradigan media-resurslarni namunaviy tarqatish, talabalarni ushbu tarixiy marosimlar mohiyatini anglashlari uchun rag‘batlantiruvchi vazifalarni berish mumkin. Uchinchidan, talabalarni milliy qadriyatlar mavzusi bo‘yicha ilmiy-tahliliy loyihalar yaratishga, elektron manbalar orqali izlanish olib borishga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega. Natijada yoshlar nafaqat vatanparvarlik tushunchasini zohiriy tusda qabul qilib qolmaydi, balki uning falsafiy mohiyatini, milliy qadriyatlar bilan bog‘liq tarixiy ildizlarini chuqur anglab etadi.

Shu o‘rinda axborotlashgan jamiyatda talaba-yoshlar ongida vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirishda raqamli mediadagi kontentni saralab taqdim etish, yoshlarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirish muhim ekanligi ko‘zga tashlanadi. Chunki raqamli mediada ko‘plab manbalar orasida soxta yoki noaniq axborotlar ham uchraydi. Milliy qadriyatlarga oid ma’lumotlar so‘zsiz ravishda tarixiy manbalar, ilmiy adabiyotlar, mutaxassislar tomonidan aniqlangan dalillar bilan bog‘lanishi shart. Shu sababli, oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarning axborotga bo‘lgan munosabatini samarali boshqarish vositalari joriy etilishi talab etiladi. Talabalarda intellektual, axloqiy, ma’naviy bilimlar asosida, shu bilan birga, raqamli texnologiyalarning imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, milliy qadriyatlarning falsafiy mohiyatini yoritib berish imkoni mavjud. Bu esa vatanparvarlik kompetensiyasini nafaqat shakllantirish, balki hayotiy ko‘nikma sifatida mustahkamlash imkonini beradi.

Ma’lumki,maktabgacha ta’lim davri bolalarning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishining eng muhim bosqichi hisoblanadi. Shu davrda shakllangan bilim va ko‘nikmalar butun umr davomida insonning shaxsiy va axloqiy fazilatlarini belgilaydi. Shu bois, maktabgacha ta’lim muassasalarida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularning kelajakda pedagog sifatida samarali faoliyat yuritishi uchun asosiy omildir.

Vatanparvarlik kompetensiyasi – bu nafaqat emotsional hissiyotlar, balki analitik va tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan shaxsda shakllanadigan ma’naviy-axloqiy tushuncha. Pedagogikada mazkur kompetensiyani rivojlantirish uchun quyidagi nazariy yondashuvlar muhim sanaladi:

--⊱⊱ 35 ⊰⊰--

Vatanparvarlikni shakllantirishda F.Frebel, L.Vыgotskiy va J.Piaje nazariyalari asosiy ahamiyatga ega. Ular bolaning ijtimoiy va axloqiy rivojlanishida interaktiv va tajribiy usullardan foydalanishni ta’kidlaydi. Masalan, L.Vыgotskiyning “Zona blijayshego razvitiya” nazariyasi talabalarga vatanparvarlik tushunchasini o‘rgatishda pedagogning rahbarligi va yoshlarning mustaqil tajribalarini uyg‘unlashtirishni tavsiya qiladi.

Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalarida vatanparvarlik kompetensiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlar asosida pedagogik yondashuvlar muhim ahamiyatga ega. Talabalar bolalar bilan amaliy mashg‘ulotlarda tarixiy, madaniy va ma’naviy merosni interaktiv va qiziqarli uslubda yetkazishlari kerak. Shu orqali bolalarda milliy iftixor, mas’uliyat va ma’naviy kamolot shakllanadi. Pedagogik modellar, elektron resurslar va tanqidiy fikrlash qobiliyati talabalarni mukammal pedagog sifatida tayyorlaydi, bu esa maktabgacha ta’limda vatanparvarlik va milliy qadriyatlarning mustahkam asosini yaratadi. Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari bolalar bilan ishlashda quyidagilarni nazarda tutishlari zarur:

1. Milliy qadriyatlarni bolalarning yoshiga mos tarzda qisqa va tushunarli hikoyalar,

mashg‘ulotlar orqali yetkazish;

2. Multimedia va virtual vositalardan foydalanib faoliyatni qiziqarli qilish;

3. Guruhli va ijodiy mashg‘ulotlar orqali bolalarda mas’uliyat va hamkorlik

ko‘nikmalarini shakllantirish;

4. Kundalik hayotiy faoliyatda milliy urf-odatlar va an’analar asosida tarbiya berish;

5. Talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ularni milliy qadriyatlar

asosida yo‘naltirish.

Xulosa

Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari uchun vatanparvarlik kompetensyasi va milliy qadriyatlar asosida pedagogik faoliyatga tayyorgarlik, ularning nazariy bilimlari bilan birga amaliyotda ham samarali qo‘llanilishi kerak. Axborotlashgan jamiyat sharoitida interaktiv va multimedia usullardan foydalanish, bolalarda milliy qadriyatlar va Vatanga mehr-muhabbatni shakllantirishda asosiy vosita hisoblanadi. Shu tariqa, talabalar bolalarning ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi mutaxassis sifatida tayyorlanadi.

Фойдаланган адабиётлар.

1. Alimjоnоva M. Talabalarni madaniyatlararо mulоqоt kоmpеtеntligini rivоjlantirishning pеdagоgik mоdеli //Fargʻоna davlat univеrsitеti. – 2023. – №. 3. – С. 9-9.

2. Dоlibayеvna R. N. Milliy qadriyatlar yоshlar tarbiyasining ajralmas qismi //Pеdagоgs. – 2024. – Т. 54. – №. 2. – С. 189-192.

3. Farxоdоvich B. I. Yоshlarning kibеrijtimоiy faоlligini оshirish–ijtimоiy zaruriyat sifatida //barqarоrlik va yеtakchi tadqiqоtlar оnlayn ilmiy jurnali. – 2024. – Т. 4. – №. 2. – С. 128-136.

4. Farxоdоvich B. I. Yоshlarning kibеrijtimоiy faоlligini оshirish–ijtimоiy zaruriyat sifatida //barqarоrlik va yеtakchi tadqiqоtlar оnlayn ilmiy jurnali. – 2024. – Т. 4. – №. 2. – С. 128-136.

5. Karimov D.A. Axborotlashgan jamiyatda talabalarda vatanparvarlik kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari // Kasb-hunar ta’limi Ilmiy-uslubiy, amaliy, ma’rifiy jurnal. 6-son. Toshkent - 2024. –B.37-41 B. (13.00.00 №19)

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.