BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Abdusalomova Sevara Dilshod qizi
Samarqand davlat chet tillar instituti 2-bosqich talabasi
Annotatsiya. Insoniyat taraqqiyoti tadrijida til, nutq va tafakkurning ahamiyati katta. Til, ong va tafakkur bilan chambarchas bogʻliq. Bu ikki tushuncha bir-birini taqozo etadi va biri ikkinchisiz mavjud boʻla olamaydi. Tafakkur jarayoni ongimizda til elementlari koʻrinishida kechadi. Demak, til ong va tafakkur bilan chambarchas bogʻliq. Nutq til bilan bogʻliq hodisa boʻlib, uning takomili tildagi leksik birliklarning insonning tezkor xotirasidan oʻrin olishi va uning nutq jarayonida tezkor qoʻllay olishi va uning nutq jarayonida tezkor qoʻllay olish qobiliyatiga bogʻliq.
Kalit so‘zlar: til, bola ongi,Maktabgacha yosh, xalq og’zaki ijodi, harakatlar strategiyasi, tevarak-atrof, ilm-fan, jamiyat, ijtimoiy moslashuv, nutq, tafakkur.
Аннотация. Язык, речь и мышление имеют огромное значение в развитии человечества. Язык тесно связан с сознанием и мышлением. Эти два понятия являются взаимоисключающими и одно не может существовать без другого. Мыслительный процесс происходит в нашем сознании в форме языковых элементов. Поэтому язык тесно связан с сознанием и мышлением. Речь - явление языковое, ее развитие зависит от способности человека быстро припоминать и использовать лексические единицы языка в процессе речи.
Ключевые слова: язык, сознание ребенка, дошкольный возраст, народное устное творчество, стратегия действия, среда, наука, общество, социальная адаптация, речь, мышление.
Abstract. Language, speech and thinking are of great importance in the development of humanity. Language is closely related to consciousness and thinking. These two concepts require each other and one cannot exist without the other. The process of thinking takes place in our minds in the form of language elements. Therefore, language is closely related to consciousness and thinking. Speech is a phenomenon related to language, and its perfection depends on the fact that lexical units in the language are taken from a person's working memory and can be quickly used in the speech process.
Key words: language, child's consciousness, Preschool age, folk oral creativity, action strategy, environment, science, society, social adaptation, speech, thinking.
Kirish. Keying yillarni jamiyatimizda tub oʻzgarishlar, islohotlar davri deyishimiz uchun yetarli asoslar bor. 2017 yilda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar Strategiyasi” 2017-2021 yillarda mamlakatamizni kompleks rivojlantirish, shuningdek, yurt taraqqiyotini ta’minlashning ustuvor jihatlarini belgilab bergan dastur boʻlib xizmat qildi. Shubhasiz, 2017-2021 yillar mamlakatimiz tarixida “Yangi Oʻzbekiston” jamiyatini barpo etish va “Uchinchi Renessans” poydevorini qoʻyishdek ulugʻvor maqsadlarga kirishilgani bilan qoladi. Islohatlar kontekstida ta’lim va fan sohasida boʻlayotgan e’tibor alohida e’tirofga loyiq. Keyingi besh yil davomida barcha turdagi ta’lim bosqichlarini tubdan takomillashtirish boʻyicha bir qator Prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Bola nutqini shakllantirish va rivojlantirish masalasi pedagogikaning asosiy muammolaridan boʻlib kelgan.
Darhaqiqat, bolalar nutqining shakllanashi bir qancha omillari bogʻliq va ularni tahlil qilish mazkur muammoning yechimiga nisbatan toʻgʻri yondashuvni ta’minlaydi. Mazkur omillar sifatida oila va ta’lim muassasasidagi muhit, bolaning ruhiy holati, imkoniyatlari, jismoniy salomatligi, faolligi, axloqiy va estetik sifatlarini keltirish mumkin. Olib borilgan ilmiy ish va tahlil hamda tavsif etish boshlangʻich ta’lim yoshidagi bolalar nutqini takomillashtirishning ilmiy asoslari va tadqiq etish darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Boshlangʻich ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish mamlakatimizda oʻtgan asirning 50-yillarida boshlangan.
Xalq ogʻzaki ijodi, shubhasiz, bola tarbiyasida, xususan, ularning nutqini rivojlantirishda katta imkoniyatlar va juda boy qadriyatlarga ega soʻz san’ati turidir. Xususan, uning ertak, afsona, rivoyat, tez aytish, topishmoq, maqol kabi janirlari oʻquvchi-yoshlarning dunyoqarashini, tasavvurini, tafakkur imkoniyatlarini, xotirasini, ruhiyatini, nutqini tarbiyalashda bemisl ahamiyatga ega ekanligi mazkur janrlarning oʻziga xosligi va ichki imkoniyatlarida namoyon boʻladi. Insoniyat taraqqiyoti tadrijida til, nutq va tafakkurning ahamiyati katta. Til, ong va tafakkur bilan chambarchas bogʻliq. Bu ikki tushuncha bir-birini taqozo etadi va biri ikkinchisiz mavjud boʻla olamaydi.
Tafakkur jarayoni ongimizda til elementlari koʻrinishida kechadi. Demak, til ong va tafakkur bilan chambarchas bogʻliq. Nutq til bilan bogʻliq hodisa boʻlib, uning takomili tildagi leksik birliklarning insonning tezkor xotirasidan oʻrin olishi va uning nutq jarayonida tezkor qoʻllay olishi va uning nutq jarayonida tezkor qoʻllay olish qobiliyatiga bogʻliq. Bu esa soʻzga e’tibor, badiiy mutola, turli ijtimoiy munosabatlar vosiyasida hosil boʻladigan lingvo-psixologik koʻnikmalar boʻlib, unga ichki va tashqi omillar vositasida ta’sir qilish mumkin. Nutqni egallashning asosiy bosqichi boshlangʻich ta’lim davriga toʻgʻri keladi va keyinchalik u muntazam rivojlanish xususiyatiga ega.
Boshlangʻich ta’lim yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasalarida shu yoʻnalishda olib borilgan amaliy ishlarga asoslanadi. Bolalar nutqini shakllantirish va rivojlantirish borasida olib borilgan nazariy va amaliy tadqiqotlar nutqiy faoliyatning yaxshilanishida ragʻbatning kuchaytirishiga sabab boʻlmoqda. Nutqiy faoliyat nutqiy harakatlar bilan yaxlitlik kasb etganda samarali muloqot jarayoni qaror topadi. Ularda verbal va noverbal muloqot shakllaridan oʻrinli va unumli foydalanish nutqning ta’sirchanligini oshirishi isbotlangan. Oʻzbek ma’rifatparvarlaridan biri Abdulla Avloniyning serqirra ijodiy faoliyatida ta’lim va tarbiya masalasi alohida oʻrin egallaydi. Abdulla Avloniy oʻz asarlarida ilm olish muammosini birinchi oʻringa qoʻyadi. Avloniy ilm tarbiya jarayonida oʻzlashtiriladi, u yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan farqlash imkonini beradi, deb hisoblaydi.
Oʻqish va oʻqitish uslubiga isloh kiritishi, yangi maktablarning tashkil qilinishi, oʻquvchilarga zamonaviy bilimlar berish, sharq va gʻarb tillarini oʻrgatish kabi masalalarning ta’lim amaliyotiga kiritilishi Abdulla Avloniy nomi bilan bogʻliq. R.M. Qodirovaning tadqiqotlarida esa 5-6 yoshli bolalar nutqini rus tilini oʻqitish jarayonida rivojlantirishning omillari tadqiq etilga. Hususan, bolalarning nutqini rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillari, bolalarga rus tilini diologik nutq vositasida oʻqitishning uslubiyati, rus tilini oʻqitish jarayonida bolalarda baynalminallik va vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur tadqiqotchilar tomonidan bolalar nutqini rivojlantirishning amaliy jihatlari, xususan, bolalar hikoyalarini tasniflash, hikoya oʻqish (tinglash) jarayonining nutqni shakllantirishdagi roli, tevarak-atrofdagi predmetlarni tavsiflash, adabiy asoslarni hikoya qilib berish, rasmga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilish kabi omillar tavsiflangan.
Shunday ekan, maktabgacha va boshlangʻich ta’limda nutqni shakllantirish va rivojlantirish borasidagi ishlarning integratsiyasini ta’minlash, dasturlardagi uzviylik masalalarini qaytadan koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. Bunda, maktabgacha ta’limda nutqni shakllantirish bilan bogʻliq: fikrni ifodalay olish, bogʻliqli nutq koʻnikmalari, boshlangʻich ta’limda esa uni rivojlantirish masalasiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Boshlangʻich ta’limda yana rasm asosida hikoya tuzish, badiiy matnni qayta hikoya qilib berish, til elementlarining grammatik tabiatiga ham e’tiborni qaratish qoʻl keladi.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga koʻra, Avloniyning pedagogik qarashlarida bolalar nutqiy faoliyatini rivojlantirish masalasi badiiy adabiyot bilan bogʻliqlikda qaraladi. U pedagog sifatida badiiy adabiyotning lingvistik va kommunikativ imkoniyatlarini bolalar ma’naviy kamoloti, xususan, nutqning rivojlanishida asosiy omil sifatida koʻradi. Avloniyning dastlab yaratgan darsliklarida berilgan kichik hikoyalarning ikki jihatini ajratib koʻrsatish mumkin:
1) Hikoyalardagi ibratli xulosalar oʻquvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, hayot haqidagi xulosalarini boyitish, tafakkurini oʻstirish bilan bogʻliq tarbiyaviy jihat;
2) Hikoyalarni oʻqish jarayonida oʻzlashtiriladigan nutqiy koʻnikmalar bilan bogʻliq ta’limiy jihat. Demak, Abdulla Avloniy oʻzining ta’lim va tarbiya konsepsiyasida bolalarning nutqiy qobiliyatlarini oʻstirish masalasiga e’tibor qaratgan, ularni oʻzlashtirishda badiiy adabiyotga asosan vosita sifatida qaragan.
Xulosa bola nutqini rivojlantirish har doim muhim masala sifatida qaralgan. Shu sababdan ham bolalar nutqini rivojlantirish masalasi keng qamrovli va koʻp omillar pedagogik muammo sifatida ilmiy jamoatchilikning e’tiborini koʻpdan beri jalb qilib kelmoqda. Ularda muammo turli xil aspektlarda tadqiq qilingan. Ayniqsa, bu borada rus pedagog olimlarining xizmati katta boʻlib, mahalliy tadqiqotchilar tomonidan hali amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadqiqotlar talaygina. Shubhasiz, bolalar nutqini rivojlantirish masalasini turli kurslar orqali tadqiq qilinishi oʻzining nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ham ega.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Xatamboyevna, A. S. “Maktabgacha ta ‘lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 6-7 yoshli bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanishining shart-sharoitlari”. O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali., T.: 2023 y., 2(17), 344-350-betlar. 2. Qodirova R.M. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda dialogik nutqni rivojlantirishning psixologik omillari” 3. Тихеева Е.И. “Развитие речи детей” Пособие для воспитателей детских садов. Издание 4-е. –М.: Просвещение. 1981. -144 с.;
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.