ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

BO’LG’USI TASVIRIY SAN’AT O’QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA HOZIRGI DAVR DOLZARB MASALALARI.

Özet

Talabalarga ta’lim berish jihatidan ilmiy asosli va mantiqiy maqsadga muvofiq shakllantirish orqaligina mutaxassis tayyorlash hamda pedagogika  oliy o’quv yurtlarida ta’lim mazmunini  va uslubiyotini  milliy umuminsoniy  an’analarga tayangan holda qayta ishlab chiqishni talab etishini ilmiy mulohazalari yuritiladi


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

AMANULLAYEV ABDUNABI ABDUMO‘MINOVICH

Namangan Davlat universiteti

Amaliy san’at va rangtasvir kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlar nomzodi

amanullayev2020@mail.ru Anotatsiya: Talabalarga ta’lim berish jihatidan ilmiy asosli va mantiqiy maqsadga muvofiq shakllantirish orqaligina mutaxassis tayyorlash hamda pedagogika oliy o’quv yurtlarida ta’lim mazmunini va uslubiyotini milliy umuminsoniy an’analarga tayangan holda qayta ishlab chiqishni talab etishini ilmiy mulohazalari yuritiladi. Tayanch so’zlar: Naqqoshlar, ganchkor, kulol, do’ppido’z, kashtado’zlar, zargarlik, misgarlik, toshtaroshlik, haykaltaroshlik, yog’och o’ymakorlik, me’morchilik. Davrimizning dolzarb masalalaridan biri kelajak avlodimiz, bugungi yoshlarni har tamonlama barkamol vatanga sadoqatli qilib tarbiyalashdir. Bugungi kunga kelib ta’lim va tarbiya borasida pedagog va tarbiyachilar oldiga o’ta ma’suliyatli vazifalar yuklatilmoqda. Mana shu muhim vazifalaridan biri bugungi yoshlarga qay yo’sinda, qay tarzda ta’lim berish masalasidir. Avvalo bugungi o’quvchi va yoshlarning dunyo qarashi qanday,ular nimalarga ko’proq qiziqmoqda. Bu savolga javob berishdan oldin yoshlarning ahloqiy, badiiy-estetik tarbiyasi haqida bosh qotirish qanchalar foyda keltirar edi. Biz yoshlarni ichki olamini yaxshi anglab,yoshlarga ana shu ruhiyatiga madaniyatni singdirishga yo’l topa olsak, ko’zlagan maqsadga erisha olmog’imimz mumkin. Bu o’rinda o’quvchi yoshlarimizni ur-yiqit filmlar, iqtisodiy qiyinchiliklar natijasidagi soxta pul, boylik topish yo’llari qanchalik chalg’itilayotganligini nazardan chetda qoldirmasligimiz zarur. O’rni kelganda shuni aytish lozimki, bolalar va yoshlar manaviyatini shakllantirishning yagona yo’li san’at, adabiyot va tabiatga mehr-muhabbat uyg’otish usulidir. Masalan: tabiat ko’rinishlarini rangini bo’yoqlar orqali tasvirlashni o’rganish bolalarda nafaqat nafosat tarbiyasini shakllantiribgina qolmasdan, ona tabiatni asrab-avaylash, unga har jixatdan hushyor va sadoqatli bo’lish tuyg’ularini vujudga keltiradi. SHuning uchun ham azaldan olimlar tabiat sirlarini, mo’’jizalarini o’rganishda rangshunoslik muommosiga ko’plab murojat qilgan. Nyuton ranglarni fizika fani nuqtai nazardan o’rgangan bo’lsa, nemis shoiri va san’atshunosi I.V.Gyoteni ko’proq ranglarning kishi oarganizimiga ko’rsatadigan ta’siri qiziqtirgan.Gyote “ Ranglar haqida ta’limot” nomli asarida ranglarni iliq va sovuq tuslarga ajratib, iliq (sarg’ish-qizil) ranglar kishida kayfi chog’lik tuyg’usini, sovuq (havo rang-yashil) ranglar esa ma’yuslik tuyg’usini uyg’otish haqida yozgan. XIX asrda nemis tabiatshunos olimi G.L.Gelmgolts rangshunoslik nazariyasida muhim yangilik yaratgan. Ko’p yillik tajribalar asosida xromatik ranglarni uchta asosiy alomati-rang toni (nomi),rangning och-to’qligi va to’yinganligi asosida turkumlash kerakligini ko’rsatgan. Rang muommolarini o’rganishga yapon olimlari hamisha jiddiy qarashgan. Hozir ham dunyoda yagona bo’lgan Tokio Rang institutida inson qalbiga ta’sir etadigan tabiat hodisasi-rang atroflicha o’rganiladi. Bejiz emas ekankiy,eng ilg’or xorijiy davlatlardan bo’lmish AQSH da bolalar tarbiyasida rangtasvir san’ati orqali tabiiylik olamini boyitishga qaratiladi. Ma’lum bo’lishicha,hozirgi paytda Amerikadagi ko’plab olimlar shu borada ilmiy tadqiqotlar olib borishmoqda. Darhaqiqat, sur’atlar ishlab go’zallik ishtiyoqi bilan o’sgan insonda hech qachon yomonlik, vahshiylik kabi qusur va illatlar bo’lmaydi. Xo’sh, bu borada tasviriy va amaliy san’at o’qituvchilarining bilim saviyasi, malakalari, shuningdek, imkoniyatlari qay darajada? Avvalo, tasviriy va amaliy xunarmandchilik san’atining imkoniyatlari hususida ikki og’iz so’z. Bir ko’z oldimizga keltirib ko’rsak,xiyobonlar, ko’chalar, tsirk-bog’lar, hashamatli binolar, barcha-barchasini bezatilishi rassom haykaltaroshlarning mashaqqatli mehnatlari evaziga oshirilgan. Xonadonlarimizning ichki go’zalligi, maktablarimiz, kitob, gazeta-jurnallarining tasvirlar bilan mazmunan yanada jonlanishi ,hatto bozorlar,savdo do’konlaridagi har bir harid qilinadigan buyum va narsalarning bejirim rang-barang bezatilishi, umuman turli-tuman idishlarda etiketkalargacha e’tiborimizni tortadi. Gazmollar, kundalik liboslarning shaklu shamoyili, rangu ro’yi rassomlarimiz mehnati evaziga boyigan. Bordiyu, shunarsalarning hammasini rassomlar mehnatisiz tasavvur qilib ko’raylikchi do’konlardagi, atrofimizdagi tasvirsiz,rangsiz sovuq bir holatning guvohi bo’lamiz. Xuddi shuningdek, tasviriy san’at sirlari bilan uzviy tarzda amaliy bezak san’ati ham hayotimizni serjilo qilib kelmoqda. Naqqoshlar, ganchkor, kulol, do’ppido’z, kashtado’zlar kabi o’nlab amaliy bezak san’at ustalari faoliyatini takidlaversak uning chegarasi yo’q. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, tasviriy va amaliy san’at o’qituvchilarining oldiga juda mas’uliyatli va mazmunli,ezgulikka boshlovchi vazifalar qo’yilgan. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, shuni aniq aytish mumkinki, talabalarni estetik va axloqiy kamolotga yetkazish uchun muhim va ilg’or vazifani bajara oladigan sohalardan biri tasviriy va amaliy bezak san’tidir. Sa’atshunoslik fakultetlarini tugatgan talabalarning faoliyatini kuzatar ekanmiz keyingi yillarda chalasovad o’qituvchilar ko’paya boshlaganining guvohi bo’lamiz. Albatta, sobiq sovet davri ta’lim sistemasini ayrim jihatlarini saqlagan holda ko’pgina qusur va kamchiliklar bilan to’la jihatlaridan allaqachon voz kechishimimz zaruligini unutmasligimiz kerak. Mustaqillik jahon xalqlari madaniyati, maorifi va boshqa sohalardagi ilg’or sifatlarga yondashilayotgan bir paytda tasviriy san’at o’qituvchilarini tayyorlashni ham har jixatdan takomillashtirishimizni talab etadi. Talabalar bilim saviyasini pasayib borayotganligini faqatgina iqtisodyotga bog’lamay o’quv rejalardagi chigallik, bir tomonlama yondashishi kabi muommolarda ekanini ko’ramiz. Buning uchun tegishli oliy uquv yurlarining keyingi 10-15yil ichidagi o’quv rejalar bilan astoydil tanishib chiqdik. U davrda asosan chizmachilik, tasvriy san’at ixtisosliklari hisobga olingan holda o’quv rejalari ishlab chiqilgan. Albatta, har bir sohani o’rganishga qaratilgan soatlar miqdori o’quv rejaga ilmiy asoslangan holda uning murakkabligi, zaruriyati, o’zlashtirish uchun boshqa shu kabi jihatlari e’tiborga olinib, belgilashga asos bo’ladi. Ammo u davrning katta nuqsonlaridan biri shundaki, bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan sohalarini qo’shilishi mutaxassis tayyorlashni o’rta miyona holatga olib kelgan. Mustaqillik yillariga kelib mahalliy san’at me’rosini har tamonlama o’rganishga e’tibor berishi uchun o’quv rejalarini qayta ko’rib chiqish topshirilgan. Afsuski, bu o’quv rejalarni takomillashtirish masalasiga chuqur aniq ahamiyat baerish kerak. Mavjud ixtisosliklarni ilmiy asosli, mantiqqa mos tarkib toptirish davr talabi bo’lib qoldi. Talabalarga ta’lim barish jihatidan ilmiy asosli va mantiqiy maqsadga muvofiq shakllantirish orqaligina mutaxassis tayyorlash mumkin. Pedagogika oliy o’quv yurtlarida ta’lim mazmunini va uslubiyotini milliy umuminsoniy an’analarga tayangan holda qayta ishlab chiqishni talab etadi. SHular asosida o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarni tayyorlashda zamonaviy talab darajasiga erishiladi. Albatta, bu ishlarga bilimdon va tajribali olimlar, rassomlar, xalq ustalari keng jalb etiladi. Tasviriy va amaliy san’at pedagogikasi fakultetida ta’limni ilmiy va zamonaviy takomillashtirish, ilmiy tadqiqot ishlarini kuchaytirish zarur. Ilmiy ishlarda sun’iylik, ilmiy sayyozlik, ko’chirmachilik va amliyotdan yiroqlik jihatlariga barham berish kerak. Tadqiqot uchun bel bog’lagan olimlarga yanada jiddiyroq va aniq talablar qo’yish,shuningdek, eng dolzarb va qimmatli tadqiqotlar, darslik va o’quv qo’llanmalar. Bo’lajak tasviriy san’at o’qituvchilari badiiy ta’limni talablar darajasiga yetkazish uchun yig’ilib qolgan muommolarni ko’lami va rejasi ishlab chiqilishi zarur. Davr talabi, bugungi taraqqiyot, shuningdek, yuqorida olg’a surilgan dolzarb masalalar va muommolar kontseptsiyaning qog’ozdagi xujjati bo’lib qolmasligini ta’minlashga ham erishish lozim. Buning uchun albatta bir qator tadbirlarni ham malga oshirish zarur bo’ladi. Birinchidan, umuta’lim maktablari, maktabdan tashqari muassasalari, maxsus iqtisoslashtirilgan maktablar va oliy o’quv yurtlarida ta’lim beradigan pedagogmutaxassislar tayyorlash uchun mavjud san’atshunoslik fakultetlarini ilmiy asosda zamon talabiga mos shakllantirish. Ikkinchidan, tasviriy va amaliy san’at pedagogikasi badiy ta’lim davlat ta’lim standartlari asosida oliiy ta’lim tizimlari asosida mutaxassis fanlarini o’qitish va o’rganish muammosi o’z aksini topmog’i lozim. Unda maxsus va oliy ta’lim pedagogikasi o’quv yurtlarida mutaxassis fanlarni o’qitish bo’yicha ajratilgan soatlar hajmi ham har jihatdan ilmiy mantiqiy asoslab berilishini taqozo etadi.1 Uchinchidan, ishlab chiqarish davlat standartlari asosida mutaxassis fanlarini o’qitish va o’rganish bo’yicha dasturlar takomillashtirilishi ,yangilanishi yokiy qaytaddan ishlab chiqilishi kerak. Mutaxassis fanlarini o’qitish dasturlari asosan uchta yo’nalishda yaratilmog’i shart. • Iqtisoslashtirilgan maxsus maktablar uchun. • Pedagogika oliy o’quv yurtlarining bakalavr guruxlari uchun. • Pedagogika institutlari va universitetlarining magistr guruhlari uchun. Ushbu dasturlarda mahalliy san’at me’rosi materillari bilan birgalikda jahon andozasiga mos ta’lim berish masalalari o’z aksini taqmog’i kerak. 1 Амануллаев.А. Научно-методические основы подготовки студентов вузов к управлению работой кружков резбы поганчу. Автореф. дисс… кан. пед. наук.Ташкент.:2021.-25с. To’rtinchidan, dasturlar asosida darsliklar, qo’llanmalar, metodik tavsiyalar ham qaytadan takomillashtirilishi hamda shular asosida o’quv amaliy mashg’ulotlar amalga oshirilmog’i lozim. Beshichidan, pedagogika institutlari va iqtisoslashtirilgan maxsus maktablar shu soha fakultetlarida boy badiiy ta’lim muhitini yaratish uchun fakultet pedagoglar jamoasi madaniyati va ijodkorlik saviyasini oshirish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. A.Amanullayev.Nauchno-metodicheskiye osnovы podgotovki studentov vuzov k upravleniyu rabotoy krujkov rezbы po ganchu. Avtoref. Diss. kand .ped. nauk-T.: 2001,-21 s.

2. Amanullaev, A.A. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT

O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDAGI HOZIRGI MASALALAR. ASIA

Impact Factor: 7.603 , 11 (03), 1-3.

3. Amanullaev, A. (2022). SPECIFIC FACTORS OF COMPREHENSIVE

STUDY AND ANALYSIS OF THE HISTORY AND CULTURE OF THE UZBEK

PEOPLE. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

4. Sodiq, A. M. (2022). TO BE ABLE TO ANALYZE AND INTERPRET THE

ARTISTIC VALUE OF COMPOSITION IN WORKS OF FINE ARTS AND TO

INCREASE STUDENTS'KNOWLEDGE OF ARTISTIC

PERCEPTION. INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE &

INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 11(03),

149-151.

5. Muhammad, A. (2022). MANZARA JANRIDA TARKIBI VA RANGNING

ALOQASINI ILMIY O'RGANISHNING XUSUSIYATLARI. ASIA PACIFIC

JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact

Factor: 7.603 , 11 (02), 5-8.

6. Dildora, A. (2022). TRAINING OF PROFESSIONALS WITH POSITIVE

7. Dildora, A. (2022). TRAINING OF PROFESSIONALS WITH POSITIVE

8. Dildora, A. (2022). TARIXIY YODIKLIK VA OSODIYATLARGA BOY

QADIM ShAHARLARNING ZAMONAVIY QURILISHDAGI ARXITEKTURA

SOHASIDAGI BA'ZI ZAMONAVIY MUAMMOLARNING OLIB ETISHI. ASIA

Impact Factor: 7.603 , 11 (02), 9-11. 9. Abdumo’Minova, D. A. Q. (2022). Talabalarga tasviriy san’atdan mashg’ulotlarni tashkil etishda qalamtasvirning nazariy qonunlardan foydalanish. Science and Education, 3(9), 467-473. 10. Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. S. O. (2020). Development Of Students’ Descriptive Competencies In Pencil Drawing Practice. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 261-267. 11. Baymetov, B., & Sharipjonov, M. (2021). OLIY PEDAGOGIK TA’LIMDA

TALABALARGA INSON QIYOFASINI AMALIY TASVIRLASH JARAYONIDA

IJODIY KOMPYETYENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH. Academic Research in

Educational Sciences, 2(3), 1066-1070. 12. Boltaboyevich, B. B., & Shokirjonugli, S. M. (2020). Formation of creative competences of the fine art future teachers describing geometrical forms (on sample of pencil drawing lessons). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1996-2001. 13. Baymetov, B., & Sharipjonov, M. (2020). OLIY PYeDAGOGIK TA’LIMDA

TALABALAR IJODIY QOBILIYaTLARNI ShAKLLANTIRIShDA INDIVIDUAL

TA’LIM BYeRISh MYeTODIKASI (QALAMTASVIR MISOLIDA). Academic

research in educational sciences, (4), 357-363. 14. Baymetov, B. B., & Sharipjonov, M. Sh. (2020). TASVIRIY SAN’ATDAN

MALAKALI PYeDAGOG KADRLAR TAYYoRLAShDA NAZARIY VA AMALIY

MAShG‘ULOTLARNING UYG‘UNLIGI. INNOVASII V PYeDAGOGIKYe I

PSIXOLOGII, (SI-2№ 3).

15. Sharipjonov, M. S. O. G. L. (2021). OLIY PYEDAGOGIK TA’LIMDA

TALABALARGA MUAMMOLI MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH

TEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 2(2), 435-443. 16. Sharipjonov, M. Sh. (2020). Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisining kasbiy mahoratlarini takomillashtirishda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi. Molodoy uchenыy, (43), 351-353. 17. Sharipjonov, M., & Ikromova, M. D. (2018). TASVIRIY SAN’ATDA ANIMALIZM JANRI. Nauchnoye znaniye sovremennosti, (5), 94-96.

18. oglu Sharipjonov, M. S. OLIY PYEDAGOGIK TA’LIMDA TALABALARGA

MUAMMOLI MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI.

19. Ruzinov, B., & Abdullayev, A. (2021). Ko‘hna Axsikent. Obщestvo i innovatsii, 2(2/S), 692-698. 20. Ro‘zinov, B. A., Nuriddinov, B. X., & Karimboyev, X. Q. O‘. (2021).

MODDIY MADANIY MYeROS OB’YeKTLARI ORQALI TALABALARNING

MILLIY QADRIYaTLARIMIZGA BO‘LGAN MYeHRINI UYG‘OTISh. Academic

research in educational sciences, 2(3), 99-108. 21. Ruzinov, B. A. (2022). Akhsikent Earthquake. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 9, 209-212. 22. Ro‘zinov, B. A., Nuriddinov, B. X., & Umarov, X. (2021). FARG‘ONA

VODIYSI AMALIY SAN’ATINING TA’LIM TARBIYaDAGI O‘RNI. Academic

research in educational sciences, 2(3), 117-123. 23. Qozoqov T, R. B., & Vohidov, A. (2020). Buyuklarga beshik bo‘lgan Axsikent yohud Farg‘ona allomalari. Toshkent: Navro‘z. 24. Ro‘zinov, B., Rejabova, S., & Ismoilov, Yu. (2013). Qosimov A. Namangan viloyati madaniy merosi. Namangan: Namangan. 25. Ro‘zinov, B., & Rajabova, S. (2006). Namangan viloyati madaniy merosidan lavhalar. Namangan nashriyoti. 26. Qozoqov, T., Ruzinov, B., & Vohidov, A. (2018). Ibrat nigohidagi Axsikent. Toshkent: Navroz. 27. Qozoqov T, R. B., & Vohidov, A. (2018). Ibrat nigohidagi Axsikent. Toshkent: Navro‘z. 28. Ismoilov, Yu., & Ro‘zinov, B. (2013). Axsikent-qadimgi farg‘ona poytaxti. Namangan: Namangan nashriyoti.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.