KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Gulzar Jumamuratova. Tumaris Azizova
O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
Qoraqalpogiston filiali katta ilmiy xodimalari
Tayanch so'zlar: Boshlang'ish sinf o'quvchisi, uzluksiz ta'lim tizimi, klaster, kompetenciya.
Ключевые слова: ученики начальной школы, система непрерывного образования, кластер, компетенция.
Key words: elementary school pupil, continuing education system, klaster, competence.
Rezyume:
Ushbu maqolada ta'lim jarayonida foydalayadigan interfaol usullar asosida ta'lim oluvchilarding o'qish fikrlashini rivojlantirishga bog'ishlangan.
Резюме:
В данной статье рассмотренный интерактивные образовательные технологии используемые в процессе обучения, которые служат для развития самостоятельного мышления обучаемых.
Summary:
In this article, the concept of technology and modern educational technologies that can be used in the learning process are considered.
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida asosiy e'tibor bolalarni to'g'ri, tez (me'yorida), ongli va ifodali o'qish malakalarini egallashlariga qaratiladi. Bugungi kun talabiga aylangan o'qib tushunish malakasini egallash uchun alohida yo'nalishda metodik ishlar tashkil etilmasa, ushbu malaka o'quvchilarda shakllanmay qolaveradi.Tushunish jarayoni murakkab bo'lib, u xotira, xayolot, fikrlash, hissiyot, iroda, qiziqish va boshqa ko'plab aqliy xususiyat va ruhiy holatlarni o'z ichiga oladi. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish, o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya'ni nutqiy kompetensiyalarni o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi bilimlarni o'rgatar ekan, shuningdek, o'quvchida matn ustida mustaqil ishlash, ularni xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash, matnni o'qib tushunish malakasini shakllantirishda o'qish darslariga nisbatan ona tili darslarining imkoniyatlari kengroq. Sababi, ona tili darslarida illyustrativ material sifatida matnlar beriladi.[1].
Boshlang'ich sinflar uchun darslikdagi har bir mavzu bo'yicha berilgan rasmlar va topshiriqlar o'quvchilarda savollar tug'diradi va idrok qilib g'oyalarini targ'ib etishlariga imkon yaratadi Ushbu kichik matnlar orqali ishlab, oddiydan murakkabga qarab matn asosida tuzilgan topshiriqlarni bajargan o'quvchilarda murakkabroq matnlar bilan ishlash uchun adaptatsiya hosil bo'ladi. Har bir tilning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda alohida yondashuv asosida metodikaga zarurat sezilishi, tabiiydir. O'qib tushunish ko'nikmasi o'quvchilarning psixik jarayonlari barqarorligiga, ularning yosh xususiyatlari bog'liq bo'lib, matnni o'qib, to'liq tushunish turli xil mashqlar va mashg'ulotlar davomida rivojlantirishni talab etadi. O'quvchilarning oʻqish ko'nikmalarini shakllantirish zamonaviy ta'limning eng muhim vazifalaridan biriga aylangan bugungi kunda mazkur mavzuda alohida yo'nalishda ilmiy tadqiqot olib borish zarurati mavjud. O'quvchilarni nutqiy vaziyatlarga tayyorlaymiz. Ona tilida o'qitishda o'quvchilarda o'qish, yozish, fikrini erkin ifodalash hamda tinglab tushunish kabi muhim ko'nikmalarni shakllantirish barobarida, ularni hayotda duch keladigan nutqiy vaziyatlarga ham tayyorlaydi. Bolalarning fikr yurita olishlariga erishish uchun ta'lim jarayonida o'qituvchi tomonidan ularga dars davomida qulay muhit yaratib berilishi va imkonyatlar eshigi ochib berilishi lozim. Bu borada o'qituvchilarimizga albatta darsliklar eng birinchi yordamchi o'quv vositasi hisoblanadi. Quyida darsliklaridagi bir nechta mavzu va topshiriqlar bo'yicha klaster texnologiyasini yaratishni ko'rib chiqamiz. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-sinfi uchun yaratilgan “Alifbo” darsligidagi mavzular asodida berilgan rasmli topshiriqlar, berilgan savollar bo'yicha o'qituvchi o'quvchilarga individual va guruh bo'yicha klaster texnologiyasi yaratishga topshiriqlar berib ularning darslarga qiziqishlarini yanada oshirishi mumkin.
1. Sabzavotlar nomini ayting: Bunda o'quvchi rasmlarga qarab o'z-o'zidan beixtiyor javob beradilar.
2.Sabzavotlardan nimalar tayyorlanadi?
3.Sabzavotlarning odam sog'ligiga qanday foydasi bor?
4.Rasmlardagi har bir sabzavotlarning rangini ayting.
5.Har bir sabzavotni aytganimizda nutqimizda nechta tovushdan foydalanyapmiz? kabi savol va topshiriqlar bilan o'quvchilarga klaster yasashga sharoit yaratamiz. Jarayonda barcha o'quvchilar ishtirok etadilar. Uning maqsadi berilgan topshiriqlar bo'yicha umumiy bilimlarni takrorlash, yuzaga chiqarish, mavzu bo'yicha har xil savollar berish. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning ona tili darsliklaridagi mavzu va topshiriqlarni bajarishda klaster texnologiyasidan foydalanishning ahamiyatliligi har bir o'quvchining erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratishdadir. Bolalarni o'qitish jarayonida klasterdan foydalanish tizimli fikrlashni, materialni ijodiy qayta ishlash qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo'shib xizmat qiladi, bolalarni nafaqat darsdagi ma’lumotlarni balki o'z fikrlarini tahlil qilishga o'rgatadi.
Xususan, taklif etilayotgan yangi malaka talablariga ko'ra, o'quvchi yoshidan kelib chiqib, tarixiy, ijtimoiy, ilm-fan va texnikaviy mavzularda erkin so'zlasha olishi, bu mavzudagi matnlarni o'qib tushunishi va tuza olishi zarur. Bu ularga hayotda duch keladigan vaziyatlar, kasblarni egallash uchun zarur savodxonlik ko'nikmalari va tushunchalarni maktabdayoq egallash va keyinchalik samarali foydalanish imkonini beradi. [2].
Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarda o'quvchilarga dars jarayonida matnni o'qib tushunish va tinglab tushnish orqali paydo bo'ladigan ko'nikmalarning ahamiyatining qay darajada paydo bo'lishi bilan tahlil qilib borilmoqda. Darslikda berilayotgan materiallarning o'quvchilarga qay darajada tushunarli bo'lishi o'quvchining matnga bo'lgan munosabatida o'z aksini topadi.
Аdabiyotlar: 1.Qosimova. K., Matjonov. S., G'ulomova. X., Yo'ldosheva. Sh., Sariyev.Sh. “Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 2009y. 2.Yangi O'zbekiston gazetasi 2021-yil 25-sentyabr 192-soni.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.