ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA O’QUVCHILARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI HAQIDA BOSHLANG’ICH TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH

Özet

Ushbu maqolada hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo’lgan va texnologiyalaridan boshlang’ich sinf darslarida foydalanish, boshlang’ich sinf o’quvchilarida axborot-texnologiyalari haqida boshlang’ich tushunchalarni shakllantirish haqida so’z boradi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hayotimizdagi o’rni, uning ahamiyati va pedagogika bilan bog’liqlik jihatlari haqida fikr yuritiladi.


This article talks about the use of technologies that are important in our life in primary school classes, and the formation of primary concepts of information technologies in primary school students. Also, the role of information and communication technologies in our lives, its importance, and aspects related to pedagogy will be discussed.

Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim

yo’nalishi talabasi

Tog’ayeva Sevinch Komiljon qizi

sevinchtogayeva0905@gmail.com

ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo’lgan va texnologiyalaridan boshlang’ich sinf darslarida foydalanish, boshlang’ich sinf o’quvchilarida axborot-texnologiyalari haqida boshlang’ich tushunchalarni shakllantirish haqida so’z boradi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hayotimizdagi o’rni, uning ahamiyati va pedagogika bilan bog’liqlik jihatlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so’zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy tarmoq, internet, axborot, ommaviy axborot vositalari, zamonaviy texnologiya, ta’lim vositalari.

USING INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN

PRIMARY CLASS LESSONS AND FORMING PUPILS' PRIMARY

CONCEPTS ABOUT INFORMATION TECHNOLOGIES

ANNOTATION. This article talks about the use of technologies that are important in our life in primary school classes, and the formation of primary concepts of information technologies in primary school students. Also, the role of information and communication technologies in our lives, its importance, and aspects related to pedagogy will be discussed.

Key words: information and communication technologies, social network, Internet, information, mass media, modern technology, educational tools.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ НАЧАЛЬНОГО КЛАССА И

ФОРМИРОВАНИЕ ПЕРВИЧНЫХ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ УЧАЩИХСЯ ОБ

ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЯХ

АННОТАЦИЯ. В данной статье говорится об использовании на уроках начальной школы технологий, важных в нашей жизни, и формировании первичных представлений об информационных технологиях у учащихся младших классов. Также будет обсуждаться роль информационнокоммуникационных технологий в нашей жизни, их значение и аспекты, связанные с педагогикой.

Ключевые слова: информационно-коммуникационные технологии, социальная сеть, Интернет, информация, средства массовой информации, современные технологии, образовательные инструменты.

KIRISH

Bugungi kunda hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Darhaqiqat, zamon rivojlanib, kundan-kunga zamonaviy texnologiyalar kundalik hayotimizga tobora kirib bormoqda. Kun sayin ko’zga tashlanayotgan yangi texnologiyalarning ixtirosi insoniyat mushkulini yengil qilish uchun xizmat qilishi tabiiy. Insoniyatning barcha qatlami uchun zarur bo’lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) turmush tarzimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Iqtisod sohasida ham, tibbiyot sohasida ham, ta’limda va boshqa ko’plab sohalarda jamiyat uchun juda qulay muhitni bizga ana shu AKT yaratib bera oldi. Masalan, biznes va iqtisodiy jihatdan oladigan bo’lsak, uyda turib boshqa davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik o’rnatish, o’zaro savdo-sotiq munosabatlarini yo’lga qo’yish shakllandi, oddiy aholi ham o’zi istagan narsasini chet davlatlardan qulay narxlarda, hech qanday cheklovlarsiz olib keltirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Tibbiyot sohasida ham 5-10yil avval insonlarning hayoliga ham kelmagan o’zgarishlar bo’ldi. Shifokor qabuliga ko’rinissh uchun uzoq masofani kechib o’tib, navbat kutib vaqtini o’tkazishlar e ndi yechim emas, balki turli xil dasturlar orqali be’mor o’ziga kerak bo’lgan toifadagi shifokorni topishi, u bilan onlayn muloqot o’tkazib maslahat olishi, faqat kerak bo’lgandagina shifokor huzuriga borishi ham AKT tibbiyot sohasidagi yechimi desam mubolag’a bo’lmaydi. Ta’lim sohasida juda ham ko’p o’zgarishlar, dunyo mamlakatlari bilan bir qatorda bellasha oladigan darajadagi imkoniyatlar eshigini bizga axborottexnologiyalari ochib berdi. Uydan turgan holda, istalgan vaqtda onlayn darslardan ta’lim olsih, mustaqil izlanish, chet el ustozlaridan turli xil platformalar orqali ilm olsih, ta’lim oluvchi o’zi istagan universitetlarga onlayn hujjat topshira olishi va istalgan shaklda ta’lim olish imkoniyatlari yaratildi. Barcha sohalarda oshkoralik va xalq manfaatlari uchun “Elektron hukumat” tizimi joriy qilindi. Bu imkoniyatlarning barchasidan to’liqligicha foydalana olish uchun esa o’sib kelayotgan avlodga ham texnologiyalar bilan to’liq ishlash bilim-ko’nikmalarini rivojlantirish darkor. Prezidentimiz bu borada 2020-2024 yillarda barcha hududlarda axborot-texnologiyalari texnoparklar tashkil etish, malakali kadrlarni tayyorlash va ularning sonini 3barobarga oshirish kabi topshiriqlarni berdilar. Buning natijasida aholining kompyuter savodxonligi, axborot-texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalari oshishi, shu o’rinda axborot-texnologiyalari hamda kompyuter vositalari haqidagi boshlang’ich bilimlarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga ham o’rgatish kelajakdagi rivojlanish uchun poydevor bo’lishi alohida ta’kidlandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Izlanish jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O. Rasulovning “Zamonaviy elektron darsliklarning didaktik xususiyatlari” nomli kitobidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida”gi PF-6108 son Farmoni, J. Yo’ldashev, S. Usmonovlarning “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish” nomli kitoblaridan foydalanildi.

MUHOKAMA

Ta’lim tizimida olib borilayotgan yangi islohotlar barcha pedagoglarni zamon talablariga mos keladigan darajada bilim-ko’nikmaga ega bo’lishini talab qilmoqda. Ayniqsa, ta’limning ustuni bo’lgan boshlang’ich ta’limga kata e’tibor qaratgan holda boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari uchun ta’limda yangilik yaratishlari, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda darsni tashkil etishlari, o’quvchilarda AKTga oid boshlang’ich tushunchalarni shakllantirishlari so’ralmoqda. Bugungi kunda ta’lim tizimida yuqori natijaga erishish uchun zamonaviy texnologiyalar, innovatsion vositalar, Ommaviy Axborot Vositalari (OAV) hamda kompyuter texnologiyalarining o’rni beqiyos. Jumladan dars jarayonida mavzudan chetlashmagan va vaqtni inobatga olgan holda videorolik, taqdimot, multimedia, audio materiallar, ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun qiziq bo’lgan animatsion multfilmlar va ko’rgazmalardan foydalanish darsga o’zgacha ruh bag’ishlash bilan bir qatorda o’quvchining darsga bo’lgan e’tiborini yanada jamlaydi va qiziqishini oshiradi. O’quvchining darsga qanchalik qiziqishi o’qituvchining pedagogik mahoratiga bog’liq. O’quvchilarning kundalik turmush tarzini kompyuter o’yinlari, televizor, telefon va ijtimoiy tarmoqlar egallab borayotgan bir paytda o’qituvchining oddiy, an’anaviy faqat nutq so’zlash va tushuntirib berish orqali o’tmoqchi bo’lgan darsi bola uchun qiziq emas. Pedagog darsga shunday tayyorgarlik ko’rsinki, barcha bola darsga birdek qiziqsin, o’quvchilar darsni intizorlik bilan kutsin. Shundagina darsdan ko’zlangan maqsadga erisha olamiz.

Tadqiqotlar natijasiga ko’ra inson miyasi jamiyki ma’lumotlarning 90%ini ko’rish orqali, 9%ini eshitish orqali, atigi 1%ini esa his qilish orqali ongida qabul qilar ekan. Bundan ko’rinib turibdiki, darslarni ko’rgazmalilik asosida tashkil etish ta’lif samaradorligini ancha oshiradi va biz kutgan natijalarni beradi. Aytaylik o’qish darsida mavzuga mos bo’lgan multfilmdan foydalangan holda dars o’tib, o’quvchilar xulosasi so’ralsin. Bunda ham o’quvchilarni mentalitetimizga mos va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan multfilmlarga qiziqtirgan bo’lamiz, ham ularni fikrlashga undagan, to’g’ri xulosa chiqarishga o’rgatgan bo’lamiz. Aynan shu jarayonda ham darsga tayyorlagan materialni to’liqligicha taqdim etmay, qolgan qismini o’quvchini o’zi izlab topishi kerakligini vazifa qilib bersa, o’quvchi uyda bo’sh vaqtini keraksiz saytlarda emas, balki foydali ishga sarflaydi. Faqat o’qish darslarida emas , balki matematika darslarida turli xil ko’rinishdagi ovozli yoki rasmli testlardan foydalanish, hozirgi kunda yangi kiritilgan SCIENSE fani darslarida turli xil kimyoviy reaksiyalarni video orqali o’quvchiga ko’rsatish, tasavvur hosil qilish, o’quvchilarni sinfdan tashqariga chiqmagan holda turli xil o’simliklar, hayvonlar bilan tanishtirish mumkin. Birgina o’qituvchining teran fikrlagani va o’z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilishi natijasida o’quvchiga ham ta’lim, ham tarbiya beradi, o’quvchilarni nafaqat darsda, balki uyda ham nimalar bilan bandligini bilishga intiladi va o’quvchi uchun kerakli muhit yaratadi. Boshlang’ich sinflarda yorqin rasmlardan foydalangan holda elektron o’quvqo’llanmalar va topshiriqlar tayyorlash o’quvchini qiziqishini oshirishga yordam beradi, ta’lim jarayonini borliq bilan bog’lash imkonini yaratadi. O’quvchini darsga qiziqishini oshirishdek mashaqqatli vazifani uddalagandan so’ng, endilikda o’quvchilarni o’ziga AKT yordamida darsga oid materiallar to’plash topshirig’ini beradi. Bunda o’quvchilarga AKTdan foydalanishning tartib-qoidalarini aytib o’tish o’qituvchining zimmasida mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchiga quyidagi savollarga batafsil javob berish orqali ularning ongida boshlang’ich bilimlarni shakllantira oladi.

 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

 Texnologiyalarning hayotimizdagi ahamiyati

 Kompyuter, telefonlarning hayotimizga bo’lgan nojo’ya ta’siri

 Kompyuterdan foydalanish qoidalari

 Texnologiyalardan to’g’ri foydalanish

 Vaqt taqsimlash

 Texnologiyalar bilan sodir bo’lishi mumkin bo’lgan noxush hodisalarni oldini olish va boshqalar

O’quvchilarga AKT haqida ma’lumot berayotganda eng sodda va boshlang’ich bilimlarni berish kifoya. Masalan, video va audioning farqli jihatlari va bir-biridan ustunligi, ma’lumotlar bilan ishlash, o’quvchilar uchun mos bo’lgan saytlardan foydalanish, kompyuter nimaligi haqida ma’lumot berish, texnologiyalar o’zi nima, ta’limga oid bo’lgan texnologiyalarni ajrata olish ko’nikmalarini shakllantirishning o’zi ham boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun yetarli bo’ladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’rinli foydalanish, o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini oshirishga, teran fikrlashga intilishiga, zamon bilan hamanafas bo’lishga va eng asosiysi, zamontalab yetuk, o’z ishining ustasi bo’lgan kadrlar tayyorlashga yordam beradi. AKT vositalaridan faqat darsga qiziqtirish uchun emas, balki kelajakda kerak bo’ladigan bilimlarning poydevorini o’rnatish, boshlang’ich tushunchalarni shakllantirish uchun foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu bilimlarning barchasi kelajak uchun tamal toshi bo’lsa ajab emas. Shu o’rinda Prezidentimizning “Hamma ishlarimiz, islohotlarimiz O’zbekistonning ertangi kuni uchun. Kelajagimiz zamini esa – siz, yoshlar…”, - degan fikrlarini keltirib o’tish joiz. Haqiqatdan ham barcha amallarimiz o’z natijasini topishi uchun barchamiz bir tan-u bir jon bo’lib harakat qilishimiz, kelajgimiz istiqbolini o’ylagan holda yangi O’zbekistonni barpo etishni vaqti keldi! Buning uchun biz yoshlar, bo’lg’usi pedagoglar o’z kasbining ustalari sitqidildan harakat qilmog’imiz lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6108 son Farmoni

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

3. O. Rasulov “Zamonaviy elektron darsliklarning didaktik xususiyatlari” Kasb-hunar ta’limi 2005-yil.

4. J. G. Yo’ldashev, S. A. Usmonov “Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish” Fan va texnologiya, 2008-yil.

5. Umarova Mavludaxon Ruzibaevna (2022). BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AKTDAN FOYDALANISH AHAMIYATI. Talqin va tadqiqotlar ilmiyuslubiy jurnali, 1 (2), 173-175.

6. R. Mavlonova, N. Raxmonqulova. Boshlang‘ich ta‘limninig integratsiyalashgan pedagogikasi. T., 2009-y.

7. Ergasheva, Surayyo Yo‘Ldoshevna (2022). BOSHLANG‘ICH

SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING

AFZALLIKLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (8), 274-278.

8. Bekqarayeva Aynur Taubaevna. (2022). BOSHLANG’ICH SINFLARDA

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH . Journal

of New Century Innovations, 11(7), 151–155.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.