HAYOTI VA IJODINI O‘RGANISH
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
“Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi
Zokirov Javohir G‘aybullo o‘g‘li
Tel: 99 679 62 24 e-mail: zjavohir6@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama kamol topgan yoshlar sifatida shakllantirishda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritildi.
Tayanch soʻzlar: Boshlang‘ich sinf, Alisher Navoiy, “Mahbub-ul qulub”, alloma, tarbiya, ta'lim Xondamir, Muntaxab ul-lug‘at, “Navoiy asarlari lug‘ati”.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama kamol topgan yoshlar sifatida shakllantirishda Alisher Navoiy asarlarini o‘rganish ham muhim ahamiyatga ega. Bu haqida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Alisher Navoiy bobomizning «Odamiy ersang, demagil odami, Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami» degan satrlarida qanchalik chuqur hayotiy hikmat, falsafa bor [1]. Ya’ni, bu dunyoda insonlarning dard–u tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir, xalqning g‘amidan uzoq bo‘lgan insonni odam qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi, deb ta’kidlamoqda ulug‘ bobomiz. Bu o‘lmas satrlar bizning bugungi hayotimiz bilan, bizning orzu-intilish va amaliy harakatlarimiz bilan naqadar hamohang ekani odamni hayratga soladi. Muhtaram prezidentimizning ushbu fikrlari Alisher Navoiyning hayoti va ijodini maktabda o‘rganishning naqadar muhim ekanligini baralla ko‘rsatib turibdi. Kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni munosib insonlar qilib yetishtirishda Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqidagi materiallar har qadamda bizga katta imkon beradi. Ana shu jihatdan olib qaraganda Boshlang‘ich sinflarda Alisher Navoiy asarlarini o‘qitish va ulardan xulosa chiqarish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Alisher Navoiy ilm ahllarini g‘oyat yuksak qadrlaydi. Mamlakatning gullab yashnashi, xalqning ahvoli yaxshilanishi, insonni har tomonlama shakllanishi uchun ilm juda katta ahamiyatga ega. Bu xususida Alisher Navoiy: "Kishiga necha kelsa mushkul hol, Hikmatu aql anga erur hallol" - deb aytib o‘tadilar. Navoiyning ilm-fan haqidagi o‘gitlari uning ma'rifatparvarlik g‘oyalarining uzviy qismini tashkil etadi. “Mahbub-ul qulub” asarida o‘z zamonasida va undagi ijtimoiy-siyosiy va axloqiy hodisalarga munosabat bildiradi [2]. “Mahbub-ul qulub” ning 3-qismi asosan axloqiy masalalarga bag‘ishlangan. Unda ham odam va odamiylik haqida chin insoniy fazilatlar to‘g‘risida, Navoiyning uzoq hamda murakkab hayot tajribasining natijalari keltirilgan.
Navoiyning bu pand-nasihatlari tom ma‘noda gumanistik va xalqchilik xarakteriga ega. Ularga rioya etishlik barkamol inson bo‘lishlik demakdir. Navoiy yuksak insoniy fazilat va ezguliklarni madh etish, targ‘ib tashviq etish bilan cheklanmaydi. U ayni zamonda odamlardagi yomon, xunuk, insoniylikka xilof xislatlarni, insonlar uchun zararli xulq-atvor va sifatlarni qoralaydi. Alloma kishilarni ilm olishga chorlaydi, insonning yaxshi fazilat va yomon xislatlarni tahlil etib beradi [3].
Boshlang‘ich sinflarda yozuvchi hayoti va ijodini o‘rganish. O‘zbek xalqining buyuk mutafakkiri Alisher Navoiy jahon adabiyoti taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan, insonlar baxt- saodati, xalq farovonligi, mamlakat obodonligi uchun kurashgan so‘z san'atkoridir. Alloma tomonidan yaratilgan asarlar mazmunidan anglashiladiki, ularda ilgari surilgan qarashlarning markazida inson va uning kamolotini ta'minlash g‘oyasi turadi. Bu haqida Navoiyshunos olim V.Zohidov quyidagi fikrni bildiradi. "Navoiy ijodi hamda amaliy faoliyatining eng asosiy markaziy masalasi, yo‘nalish nuqtasi har narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxtli, saodati, uning yaxshi yashashi, buning uchun zarur jamiyat masalasidir". Jamiyatning a‘zosi bo‘lgan har bir odam o‘z xalqiga xizmat qilishi, xalq manfaatini o‘z manfaatidan yuqori qo‘ymog‘i - xalq uchun, vatan uchun foyda ekanligi unutmasligi kerak.Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so‘z bilan ham, ko‘ngil bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. Xalq manfaatlarini o‘ylaydigan, xalqning baxt saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi [4].
Navoiy ta‘lim-tarbiya haqida fikrlarni bayon qilarkan, u axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb biladi. Odobli va axloqli bo‘lish insonga atrofdagi kishilar o‘rtasida muayyan mavqei va hurmatga sazovor bo‘lishga yordam beradi. Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug‘ullanish, bola tarbiyasini olib borish jarayonida namuna usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida e'tiborini qaratadi [5].
Tarbiya va ta'lim ishlari o‘qituvchi, ota-ona tomonidan olib borilishi lozim. Navoiy bolalarga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha xushmuomalalik bilan yo‘l qo‘yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarurligini, biroq bu o‘rinda me‘yorga amal qilish zarurligini aytadi. Yosh bola yaxshi nima-yu, yomon nimaligining farqiga bora olmaydi. Chunki uning tushunish, fikrlash muhokama qilish qobiliyati o‘smagan bo‘ladi. Shu sababli o‘z xususiyatiga ko‘ra biroz salbiy ta'sir natijasida yaramas, noto‘g‘ri yo‘lga tushib ketishi mumkin. Demak, bolani juda kichik yoshdan boshlab tarbiyalamoq darkor. Alisher Navoiy tarbiyaning kuchiga e‘tibor berish bilan birga, kishining qanday odam bo‘lib voyaga yetishiga tasir ko‘rsatadigan boshqa omillarni ham unutadi. Navoiyning fikricha jamiyatda, odamlardan ajralib yakkalanib qolgan va ularning ta'siridan tashqarida bo‘lgan kishi inson qatoriga kira olmaydi, hunari ham yo‘q kabidir [6].
Chunki yolg‘iz kishi dunyodan bahra topa olmaydi, hayoti yemiriladi. Alisher Navoiy, odam shaxsi kishilar bilan munosabatda ayniqsa, kishilarning bir-birlariga bo‘lgan ruhiy, ma'naviy ta‘sirlari natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri- tarbiya ekanligini uqtiradi.
Alisher Navoiyning fikricha tarbiyaning maqsadi - yosh avlodni xalqparvar, bilimli eng yaxshi fazilatlarga ega kishi yetishtirishda. Navoiy injiq, yalqov yomon xulqli bolalarni ham tarbiya va o‘qitish yo‘li bilan tuzatish mumkinligiga ishonch bildiradi. Navoiyning fikricha, odob- odamning oliyjanob fazilatlaridan biridir. Odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, yoqimli bo‘ladi [7].
Bunday kishilar uchun ikki yuzlamachilik, qo‘pollik yotdir. Navoiy laganbardorlikni, xushomadgo‘ylikni eng yomon xislat deb biladi. Ota-onalarni o‘z bolalarini, yosh avlodni chin insonga xos bo‘lgan eng yaxshi fazilatlar egasi qilib tarbiyalashga da'vat etadi. Adib yaxshi fazilatdan qanoat haqida shunday deydi. "Kimki qanoatga odatlansa, shoh va gadoy bordi-keldisidan ozod bo‘ladi. Qanoat qo‘rg‘ondir, u yerga kirsang nafs yomonligidan qutilarsan, to‘g‘riliklardir u yerda chiqsang dushman va do‘stga qaramlikdan xalos bo‘larsan: tubanlashishdir-natijasi yuksaklik, zo‘riqishlikdir- foydasi ehtiyotkorlik urug‘ining mevasi farovonlikdir.
Alloma insonlarni bir-birlariga nisbatan saxovat ko‘rsatishga da‘vat etadi. Hikmatlilik muruvvat, karam kabi xislatlar esa saxovatning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shu bilan birgalikda yaxshilikning qadriga yetishni, eng yaxshi xislatlarini o‘zida tarbiyalash, nafsni tiyishni ulug‘laydi [8].
Takabburlik, manmanlik, faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish yuritish, hasad g‘iybat, yolg‘onchilik, nodonlik, johillik, ikkiyuzlamachilik, tamagirlik, shoshma-shosharlik, bachkanalik, pala-patishlik, fisqu-fasod, yalqovlik, yarimdan hazar qilmaslik kabi illatlarni qoralab ulardan xalos bo‘lishni aytib o‘tadi [9].
O‘zbek adabiyotining buyuk siymosi Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish juda qadim zamonlardan shoirning o‘zi hayotlik davrida boshlangan edi. Uning ijodi haqida ayrim zamondoshlari ham juda ko‘plab asarlar yaratdi shoir ijodini o‘rganish qancha asrlar o‘tsada kuchaysa-kuchaydiki, lekin hech zamonda susaymadi. Shoirning hayot davrida Navoiyshunoslik fani yuzaga keldi [10]. Navoiyshunos olimlar shoir hayoti va ijodiga oid asarlar yozdi. Xondamir “Makorim ul ahloq” kitobini Alisher Navoiyga bag‘ishladi. O‘sha davrda yashab ijod etgan Mirxond, Husain Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy kabi ko‘plab zamondoshlari asarlarida uning hayoti va ijodini yuksak baholadilar. Shoir asarlarini o‘rganish uchun maxsus lug‘atlar yaratildi. Muhammad Rizo Hokisorning “Muntaxab ul-lug‘at” ana shunday lug‘atlar hisoblanadi [11]. Ayniqsa XX va XXI asrda uning ijodiga bo‘lgan xurmat-e`tibor yanada oshdi [12].
Shu yillarda ulug‘ Navoiyshunoslar Olim Sharofiddinov, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Vohid Zohidov, Hamid Sulaymon, Abduqodir Haytmetov, Yobubjon Isoqov, Bahrom Vafoyev, Izzat Sulton, Ibrohim Haqqul, Suyuma G‘aniyeva va Aziz Qayumovlar kabi atoqli adiblar shoir ijodini har tomonlama tahlil qildilar. Alisher Navoiyning 525 yillik, 550 yillik yubileylarini o‘tkazish bilan bog‘liq ravishda uning asarlari qayta-qayta nashr qilindi. S. Ibrohimov va Forso Shamsiyevlar tomonidan 1972-yilda nashr etilgan I tomlik “Navoiy asarlari lug‘ati” keyinchalik 1983-1984- yillarda Ergash Fozilov Umumiy rahbarligida olimlar guruhi tomonidan “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” shoir ijodini o‘rganishga keng yo‘l ochdi [13].
Biz yashab turgan hozirgi davrda Alisher Navoiy chinakamiga o‘rganilmoqda. Bu borada shoirning hayoti va ijodi yuzasidan yaratilgan “Alisher Navoiy qomusiy lug‘ati” Navoiyshunoslar qolaversa butun o‘zbek adabiyotshunosligi va tilshunosligining ulkan yutug‘i hisoblanadi [14]. Buyuk mutafakkir xalqimizning qalbidan mustahkam o‘rin olgan. Alisher Navoiyning ko‘plab asarlarida insonlarning ezgulikka undovchi, yaxshilik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi g‘oyalar mujassamlashgan. Alloma o‘z hayoti va ijodi bilan mamlakatimiz fuqorolariga ibrat bo‘lib kelmoqda[15]. Uning ijodi barcha o‘quv maskanlarida: maktabgacha ta`lim muassasalarida ham, boshlang‘ich talimda ham o‘rganiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. Shavkat Mirziyoyev. Erkin va farovon, Demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent – “O‘zbekiston” - 2016-yil, 18-bet
2. Alisher Navoiy. “Mahbub ul-qulub” www.ziyouz.com kutubxonasi. 61-bet
3. Зокиров, Д. (2022). Ona tili va o ‘qish sav odxonligi darslarida matn ustida ishlash yo ‘llari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 288-291.
4. Zokirov Javohir Gʻaybullo Oʻgʻli (2023). ONA TILI VA OʻQISH
SAVODXONLIGI DARSLARIDA KLASTER METODLARIDAN
FOYDALANISH. Science and innovation, 2 (Special Issue 4), 76-79. doi: 10.5281/zenodo.7926259
5. Javohir Gʻaybullo Oʻgʻli Zokirov (2023). ZAMONAVIY ONA TILI VA
O’QISH SAVODXONLIGI FANINING YANGILANISHI, MAZMUNI VA
AHAMIYATI. Academic research in educational sciences, 5 (NUU conference 3), 90-96.
6. Zokirov Javohir G‘aybullo o‘g‘li, 1-3-Sinf O‘Quvchilariga Ona Tili Va O‘Qish Savodxonligi Fanidan Beriladigan Mashqlar Turlari , Journal of Innovation, Creativity and Art: Vol. 2 No. 2 (2023): Journal of Innovation, Creativity and Art
7. Javohir G‘aybullo o‘g, Z. (2023). 1-3-Sinf O ‘Quvchilariga Ona Tili Va O ‘Qish Savodxonligi Fanidan Beriladigan Mashqlar Turlari. Journal of Innovation, Creativity and Art, 2(2), 161-163.
8. Zokirov , J. (2023). SIFATLI TA’LIM BERISHDA ZAMONAVIY
ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLIGINING ROLI. Interpretation
and Researches, 2(1). извлечено от
9. OʻGʻLi, Z. J. G., & Aliyarovich, T. E. (2022). BOSHLANGʻICH SINF
ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA QOʻLLANILADIGAN
METODLAR. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY
JURNALI, 131-142.
10. Zokirov, J., & Matluba, T. (2022). ALISHER NAVOIY HAYOTI VA
IJODINI O ‘RGANISHDA MATN USTIDA ISHLASH USULLARI. TA'LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(4), 218-223.
11. Oʻgʻli, Z. J. G. (2022). OʻQUVCHILARNING DUNYOQARASHI,
BILIMINI OSHIRISHDA ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI FANINING
AHAMIYATI. PEDAGOGS jurnali, 10(3), 124-129.
12. Muqimovich, Y. S. Use of Interactive Methods in Teaching Historical Topics in Primary School Reading Lessons. JournalNX, 326-329.
13. Yakubov, S., & Zokirov, Z. (2021). ЛЮБОВЬ К РОДИТЕЛЯМ И ПОЧИТАНИЕ ИХ-ОСНОВНОЕ ЗВЕНО ВОСПИТАНИЯ. Theoretical & Applied Science, (4), 439-442.
14. Zokirov, J. (2022). THE IMPORTANCE OF STRENGTHENING
LESSONS IN STUDENTS'MOTHER TONGUE AND READING
LITERACY. Academic research in modern science, 1(9), 344-348.
15. Yoqubov, S., & Zokirov, J. (2017). OQUVCHILARNI SAVOL
BERISHGA ORGATISH USULLARI. In НАУЧНЫЙ ПОИСК В
СОВРЕМЕННОМ МИРЕ (pp. 110-112).
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.