VOSITASIDA KREATIVLIGINI OSHIRISH
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2- bosqich talabasi
Umirova Mohinur Mirzo qizi
ANNOTATSIYA . Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini ART pedagogikasi vositasida kreativligini oshirish xususida fikr yuritiladi .
Kalit so’zlar : texnologiya , erkin fikrlash , g’oya , san’at , tafakkur , muammo, qobiliyat , ijodkorlik , ixtiro , yangilik , fikr , tarbiya , rivojlanish , tushuncha .
ENHANCING THE CREATIVITY OF PRIMARY CLASS STUDENTS
THROUGH ART PEDAGOGY
ABSTRACT. This article discusses how to improve the creativity of elementary school students through ART pedagogy .
Key words : technology , free thinking , idea , art , thinking , problem , ability creativitiy , invention , innovation , thought , education , development concept .
ПОВЫШЕНИЕ ТВОРЧЕСТВА УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
ЧЕРЕЗ ХУДОЖЕСТВЕННУЮ ПЕДАГОГИКУ
АННОТАЦИЯ . В данной статье рассматривается как улутшитъ творческие способности учащихся младших классов с помощъю АРТ – педагогики .
Ключевые слова : технология , свободное мышление , идея , искусство , проблема, использование, творчество , изобретение , новаторство ,мысль .
KIRISH
Yurtimizda olib borilayotgan keng islohotlarning tub zamirida o’sib kelayotgan yosh avlodni zamon talablariga uyg’un holda tarbiyalash , asosiy o’rinni egallaydi . Texnika taraqqiyoti rivojlanayotgan bir paytda , yoshlarni fikrlash qobiliyatini yuksak darajaga olib chiqish va boshqa muhim hislatlarni ularda singdirish eng zarur targ’ibot hisoblanadi . Bolani yoshligidanoq vatanga , jamiyatga mehr – muhabbatli qilib tarbiyalash , yurtning ravnaqi yo’lida tinimsiz izlanishda bo’lishga chorlash muhim vazifa hisoblanadi . Yoshlarni zamon talablariga mos va xos tarzda tarbiyalab borish orqali , yurtning kelajagini yanada porloq etishga erirish mumkin . Xalqimizda bir ajoyib naql bor “ Bola boshidan ma’lum ’’ deb bejizga aytishmagan . Qaysiki davlatning o’sib kelayotgan yoshlari har sohada zukko , bilimdon , aqilli bo’lsa , jamiyatdagi har bir sohada rivojlanish va o’sish bo’ladi . Axir bejiz aytilmaganda , yurt kelajagi yoshlar qo’lida deb . Mamlakatimiz miqiyosida yoshlar siyosatiga oid qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda . Turli sohalar va turli yo’nalishlar bo’yicha keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda . Yoshlarga yaratilib berilayotgan imkoniyatlarning chegarasi yo’q . Shu jumladan ta’lim sohasida ham ko’plab yangilanishlar , targ’ibot –tashviqot ishlari olib borilmoqda . Chunki qaysiki davlatda ta’lim sifati yuqori bo’lsa , u davlatda barcha sohalarda ko’plab yutuqlarga erishish mumkin . Ta’lim tizimimizni isloh qilish bo’yicha qator islohotlar , qonun va qarorlar qabul qilinib kelinmoqda . Bugungi kunga kelib , zamon talabi asosida maktabgacha ta’lim muassasalari , umumiy o’rta ta’lim muassasalari va yana bir qancha ta’lim muassasalari yangidan rekonstruksiya qilinmoqda . Yoshlarni jahon andozalariga javob bera oladigan qilib tarbiyalash muhim hisoblanadi . Ta’lim tizimimizda olib borilayotgan islohotlar va yangiliklar kundan kunga ortib bormoqda .
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI
Taqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi , Ta’lim to’g’risidagi qonun mavzuga doir adabiyotlar va yana bir qancha qo’llanmalardan foydalanildi .
MUHOKAMA
Bugungi kunda ilgari surilayotgan g’oyalardan biri , bu yoshlarni kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat . Dastavval kreativlik tushunchasiga izoh beradigan bo’lsak , kreativlik ( lot. “ create ’’- yaratish , “ creative ’’ – yaratuvchi , ijodkor ) – shaxsning yangi va takrorlanmas g’oya va fikrlarni ishlab chiqarishga tayyorgarlikni tavsiflovchi ijodiy qobiliyat demakdir . Har bir insonda , kreativ fikrlash qobiliyati turlicha rivojlanadi .Kreativ fikrlash bu – bir – biriga o’xshamagan yangi va turlicha g’oyalarni aks ettirishdan iborat . Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirish turli yo’nalishlar va vositalar orqali amalga oshiriladi .
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ART texnologiyalari vositasida kreativligini oshirish , o’ziga xos tarzda amalga oshiriladi . Eng birinchi navbatda ART texnologiyalari tushunchasiga izoh beramiz . Art ( inglizcha so’zdan olingan bo’lib , “ san’at ’’) , texnologiya ( “ texne ’’ – san’at , “ logos ’’ o’rganish ) kabi ma’nolarni anglatadi . Bundan ko’rinib turibdiki , ART texnologiyalari san’at vositasida bolani kreativ fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat . San’at bolanining psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatish bilan bir qatorda , uning fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi . Aytish joizki , har bir davlat ijodkor shaxsni tarbiyalash muhimligini tushunib yetdi . Shu boisdan ham boshlang’ich sinf o’quvchilarini ART texnologiyalari vositasida ularni kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga erishish mumkin . Chunki san’atning barcha sohalarida bola o’zi erkin fikrlaydi va ijod qiladi . Erkin va ijodiy fikrlash natijasida shaxsda kreativ fikrlash nazariyasi vujudga keladi . Misol tariqasida oladigan bo’lsak , birgina tasviriy san’at orqali bolani tafakkur qilishga ijodga , go’zallikni his etishga o’rgatish mumkin . Ilmiy izlanishlar natijasi shuni ko’rsatadiki , tasviriy san’at mashg’ulotlari bolaga estetik tarbiya berish bilan bir qatorda , insonning eng muhim jihatlarini , ya’ni o’z –o’zini idrok eta olish , atrofni umumiy qilib aytganda butun borliqni sinchkovlik bilan kuzatish , tafakkur –tasavvurni rivojlantirishda asosiy omil vazifasini o’taydi . Kishini sog’lom va ijobiy fikrlaydigan qilib tarbiyalaydi . Tasviriy san’at orqali bolani ko’rish qobiliyati ham takomillashib boradi . Shu bilan bir qatorda , tasviriy san’at mashg’ulotlari o’quvchilarni e’tiborli , zehnli faoliyat ko’rsatishga undaydi .
San’at sohasining barcha yo’nalishlari orqali o’quvchilarni kreativ fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga erishish mumkin . O’quvchilar kreativ fikrlash orqali , yuzaga keladigan turli muammoli vaziyatlardan o’ziga xos va takrorlanmas g’oya va fikrlar orqali , ularni oson hal etishga erishish mumkin. Kreativlik shaxsni hayotga moslashishi emas , uni o’zgartirishdir . ART pedagogikasi yoshlarda ko’plab ijobiy sifatlarni shakllantiradi . Eng birinchi navbatda , bolani erkin va ijodiy fikrlarini sayqallaydi . Bilamizki , san’atning barcha turlarida o’quvchilar o’zlarining ijodiy bilimlarini o’ziga xos fikrlarini namoyon etadilar . Ya’ni san’at mashg’ulotlarida bola o’zini erkin his qiladi . Hech qanday to’siq va qarshiliklarsiz erkin ijod qiladi . Turli bir –biriga o’xshamaydigan fikrlar uning tasavvurida va ongida gavdalanadi . Ijodiy fikrlash natijasida o’ziga xos va yangidan yangi g’oyalar paydo bo’ladi . San’at shaxsning tafakkur va tasavvuriga ta’sir etish bilan bir qatorda , inson axloqiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi muhim omil hisoblanadi . Shu kabi xususiyatlari bilan bir qatorda , bolada mehnatsevarlik , irodalilik kabi fazilatlarini ham shakllantiradi . Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitiladigan barcha fanlarni san’atning barcha turlari bilan o’zaro integratsiyalashtirilgan holda olib borilsa , bolada ham fanga bo’lgan qiziqish ham san’atga bo’lgan muhabbat shakllanishi bilan bir qatorda , o’zaro kreativ fikrlash qobiliyati shakllanadi .
XULOSA
Umumiy qilib aytganda , san’at orqali bolani ruhiyatiga , estetik tarbiyasiga ta’sir o’tkazish oson amalga oshirish mumkin . San’at bolaning psixologiyasiga ijobiy ta’sir etadi . O’ziga bo’lgan ishonch hissini oshirishga xizmat qiladi . ART pedagogikasining barcha tarmoqlari bolada yangi fikrlarni yuzaga chiqaruvchi , kreativligini rivojlantiruvchi samarali vosita hisoblanadi . Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish , uni yuksak salohiyatli , keng mushohada yuritadigan qilib tarbiyalash , bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir . Jamiyat rivojlanishi va taraqqiy etishi , insonlar ongida paydo bo’ladigan kreativ fikrlar yig’indisi ularoq rivojlanib taraqqiy etib boradi .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. R. A. Mavlonova , N. H. Rahmonqulova , K.O. Matnazarova , M. K. Shirinov, S. Hafizov “ Umumiy pedagogika ’’ Toshkent -2018 .
2. B. X. Xodjayev “ Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti ’’ Toshkent -2017
3. K .R. Suvanova “ San’at bilan yashash va ruhiy barqarorlikka erishish ’’ Samarqand -2023 uslubiy qo’llanma
4. R. Mavlonova , O . To’rayeva , K. Xoliqberdiyev “ Pedagogika’’ Toshkent -2011 darslik .
5. I. Karimov “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ’’ asari
6. Ziyonet tarmoqlari .
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.