ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’YIN TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA O’QUVCHILARNING QIZIQISHLARINI ANIQLASH YO’LLARI

Özet

Ushbu maqolada boshlang’ich ta’limda o’yin texnologiyalaridan foydalanish va bu texnologiyadan foydalanishning foydali tomonlari haqida so’z boradi. Bundan tashqari dars jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan samarador o’yinlardan ham namunalar keltirilgan.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

O’QUVCHILARNING QIZIQISHLARINI ANIQLASH YO’LLARI

Bekmuratova Yulduz Bekmurat qizi

bekmuratovayulduz@gmail.com

+998996726099

Termiz Davlat universiteti Pedagogika instituti Ta’lim tarbiya metodikasi

(Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi) 2-kurs magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich ta’limda o’yin texnologiyalaridan foydalanish va bu texnologiyadan foydalanishning foydali tomonlari haqida so’z boradi. Bundan tashqari dars jarayonida qo’llanilishi mumkin bo’lgan samarador o’yinlardan ham namunalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: boshlang’ich ta’lim, o’yin, bola, predmet, rol, didaktika, ijodiy faoliyat, yutuq, faol, metod.

Bugungi zamonaviy dunyoda har bir soha va yoki har bir narsa rivojlanib, zamonaviylashib borayotgani sari yosh avlod ham shunga moslasib bormoqda. Ta’limda bugun o’zgarishlar va islohatlar avj olmoqda va o’quvchini darsga jalb qilish uning qiziqishlarini aniqlab olish va yoki uni hayron qoldirish oson bo’lmay qoldi. Eng oson va samarali usul esa bolani o’yin texnologiyalari orqali darsga jalb qilish va qiziqishlarini aniqlash.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi.[1] O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta’limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. Boshlang‘ich ta’limda o‘yin ijodiy faoliyatning bir shaklidir. Bunda o‘kuvchi ijtimoiy va moddiy borliqni bilish hamda anglash asosida emotsional - xissiy, intellektual-axloqiy rivojlanadi. O‘yinlar, ularning inson taraqqiyotidagi o‘rni haqida psixologiya, etnografiya, madaniyat, pedagogika fanlarida bir qator tadqiqot ishlari olib borilgan. XIX asrning oxirida nemis olimi K.Gross o‘yinlarni tizimli o‘rganishga harakat qilgan bo‘lsa, nemis psixologi K.Byuller o‘yinlarni «qoniqish hosil qiluvchi» faoliyat sifatida tadqiq etadi. L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyevlar fikricha, o‘yinlarni nazariy jixatdan ijtimoy tabiatiga ko‘ra ma’lum faoliyatiga yo‘naltirilganligi bilan bog‘lab, tadqiq etgan bo‘lsalar, D.B.Elkonin shaxs xulqini boshqarishni tarkib toptirib, uni takomillashtiruvchi faoliyat sifatida talqin etadilar. Lekin o‘yinlarni yagona va eng muhim asosiy xususiyati uning ta’limdagi axamiyatliligidir. [2] O‘yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. O‘yinlarning eng muxim jihati uning ikki tamonlama xarakterga egaligi bo‘lib, uning dramatik san’atga ham mosligidir. Bir tamondan o‘yin ishtirokchilari uni amalgam oshirishda muayyan nostandart vazifalar bilan bog‘liq xaqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tamondan esa o‘yinlar bu faoliyatning aksariyat paytlarida ma’suliyatni his etgan holda haqiqiy vaziyatlardan chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar. Demak, o‘yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uning rivojlanuvchi natijaga ega bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘yin faoliyati elimentlaridan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi.Ular ishbop oyinlar, dedaktik o‘yinlar, rolli o‘yinlar, kompyuter o‘yinlari shular jumlasidandir. Ishbop o‘yinlar kasb faoliyati predmeti yoki ijtimoiy mazmunini qaytadan yaratish shakli bo‘lib, amaliyotning ana shu turiga xos munosabatlar tizimini modellashtirishdir. Ishbop o‘yinlarni o‘tkazishda uning qatnashuvchilari faoliyatini maxsus (o‘yin tarzida) imitatsiya modelida rivojlantirishdan iboratdir. O‘yinlarning xarakteriga ko‘ra o‘quv jarayoni o‘yinlari tadqiqotchilik o‘yinlari, boshqaruv va attestatsiyaga doir o‘yinlar turiga bo‘linadi. O‘quv jarayoniga doir o‘yinlar o‘quv predmetlar bo‘yicha istiqbolda kasbiy faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va shaxsni maqsadga muvofiq shakllantirishga shart-sharoitlar yaratadi. Ana shu shart-sharoitlar natijasida olingan yangi bilimlar kelgusi kasbiy faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga yordam beradi. [3] Ma’lumki, ta’lim hamkorlikka asoslanib, jamoaviy xarakter kasb etadi; kasbga xos faoliyat qoidalari va jamoaning ijtimoiy qoidalariga mos holda amalga oshadi. Ana shu ma’noda ta’limning didaktik va tarbiyaviy ahamiyati o‘zaro birlashib, o‘yin faoliyati shaklida o‘quvchilarning faolligi ortadi. Ishbop o‘yinlarda tavsiya etilgan muammoli topshiriq maqsadga muvofiq dialogik muloqot asosida ishtirokchilarni rag‘batlantiradi, qiziqishlarini orttiradi, emotsional ruh paydo qiladi. Didaktik o‘yinlar ta’limiy maqsadlarni amalga oshiradigan va ularga moslashtirilgan bo‘ladi. Didaktik o‘yinlar tizimidan birinchi marta maktabgacha jarayonida foydalanishga doir F.Fribil va M.Montisorilar ishlab chiqqan bo‘lsa, boshlang‘ich ta’lim uchun O.Dikroli tadqiqotlar olib borgan. 60-70 yillardan boshlab faqat boshlang‘ich ta’limda emas, umumiy o‘rta ta’limda ham foydalanila boshladi. 80- yillarda ayniqsa, ishbop o‘yinlar keng tarqala boshlandi. Ishbop o‘yinlarning asosiy xususiyati o‘yin rejasining o‘quv maqsadiga yo‘nalganligidadir. Chunki o‘quv maqsadi o‘yin vazifalari doirasida etiladi. [4] Demak, o‘yinlar bolalarning asosiy faoliyat turi bo‘lib, u orqali kichik maktab yoshdagi o‘quvchilar hayotni, borliqni, tevarak - atrofni o‘rganadilar va unga moslashadilar. O‘yin paydo bo‘lishi uchun quydagilar muhim sanaladi: - o‘yin ishtirokchilari bilan bo‘lgan muloqatdan qoniqish hissining paydo bo‘lishi; - tabiiylik, emotsional hissiyotning vujudga kelishi; - o‘yin davomida o‘yuvchilarning o‘zining tabiiy extiyojlarini qondirishga harakat qilishi va hokazolardir. Ijtimoiy - psixologik ahamiyati jihatidan o‘yinlar asosan ikkita vazifani bajaradi; - ma’lum ijtimoiy bilimlarni egallash; - zarur ijtimoiy qoidalarni shakllantirish. Shuningdek, muammo nuqtayi nazardan yondashganda, o‘yinlar o‘quvchining ijodiy faoliyatini faollashtirish bilan uning ijodiy qobilyatini o‘stiradi. [5] Ma’lumki, bolalar o‘yining sifati va samaradorligi unda ishtirok etuvchilarning hayotiy kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bunda onglilik, tashabbuskorlik va irodalilik kabi sifatlar ahamiyat kasb etadi. Shu sababli turli ijtimoiy- psixologik tavsifga ega o‘yinlargan o‘quv jarayonida foydalanish, shakshubhasiz o‘z samarasini ko‘rsatadi. Aynan faol o‘qitish metodlari ham ana shunday o‘yinlarga tayanilgan xolda tashkil etiladi. Har bir o‘yin bir necha daqiqadan tortib, undan ko‘proq vaqt davom etishi mumkin va unda ikkita boladan tortib to o‘n o‘quvchigacha ishtirok etadi.

Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Ushbu jarayonlarda esa qaysi o’quvchining qaysi yo’nalishga qobiliyati borligini aniqlab olish mumkin. Kimdur aqliy o’yinlarga qobiliyatli bo’lsa kimdur jismoniy o’yinlarga yoki yana kimdur mantiqiy fikrlab topiladigan o’yinlarda faol bo’ladi. Shunga qarab bolaning qobiliyatini rivojlantirib boorish kerak. Ana o’shanda erkin fikrlovchi, katta-katta dunyoga mashhur rassom, shoir, yozuvchi, dasturchi, tikuvchi va hokazo kasb va hunarlarning eng ustasi faranglarini etishtirib tarbiyalashga turtki bo’ladi degan umiddaman.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Dilova N.G. (2021). O‘qituvchi-o‘quvchi hamkorligini vujudga keltirishning pedagogik ahamiyati. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 567-576 betlar.

2. Расулова З. (2021). Технология дарсларида интерфаол таълим технологияларидан фойдаланишнинг самарали жиҳатлари. Science and Education.

3. Dilova N.G. (2021). Formative assessment of students'knowledge–as a means of improving the quality of education. Scientific reports of Bukhara State University. 3:5, pp. 144-155.

4. Дилова Н.Г. (2018). Важность совместного обучения в повышении эффективности начального образования. International scientific review of the problems and prospects of modern science and education. С. 90-91.

5. Дилова Н.Г. (2019). Влияние технологии сотрудничества на успеваемость учащихся начальных классов. International scientific review of the problems and prospects of modern science and education. С. 63-64.

6. Дилова Н.Г. (2012). Возможности организации учебного процесса на основе педагогического сотрудничества. Молодой ученый. T. 46, № 11, С. 409-

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.