BOTANIKA TA’LIMINI RAQAMLASHTIRISH: MOBIL ILOVALAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASI
Özet
ФизиологияMazkur monografiyada oliy ta’lim muassasalarida botanika fanini o‘qitishda mobil ilovalardan foydalanishning nazariy, metodik va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqot doirasida ta’lim jarayonida mobil ilovalardan foydalanish bo‘yicha mahalliy va xorijiy ilmiy izlanishlar tahlil qilingan, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining raqamli kompetentligini rivojlantirishda mobil texnologiyalarning o‘rni asoslab berilgan hamda mobil ilovalarning didaktik imkoniyatlari aniqlangan. Monografiyada “Botanika BuxDU” nomli mobil ilovaning tuzilishi, komponentlari va undan ta’lim jarayonida foydalanish algoritmi tavsiflangan. Shuningdek, mobil ilovalar asosida talabalarning botanika faniga oid kompetentligini rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan hamda dars mashg‘ulotlarida qo‘llashga mo‘ljallangan innovatsion metodik ishlanmalar keltirilgan. Monografiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar, biologiya yo‘nalishi talabalari hamda botanika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.