BUXORO FOLKLOR QOSHIQLARINING USLUBLARI VA TARIXI
Umurova Ma'rifat Yoshiyevna
Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi o'qituvchisi
m.y.umurova@buxdu.uz
Bizga ma’lumki, ko‘hna va navqiron Buxoro shahri o'zining juda boy madaniyati va san’atiga ega. Shuningdek ushbu shahar o‘zining mahalliy folklor qo‘shiqlari bilan dong taratgan. Uzoq yillar davomida Buxoro folklor qo‘shiqlari namunalari to‘planib chop etilgan va ilmiy-nazariy asosda o‘rganilgan.
Buxorcha” asosan xalq qo‘shiq va raqslaridan tarkib topgan bo‘lsada ular orasida ulug‘ shoirlarimiz Foniy Kashmiriy (1615-1628-1670) “Ey bodaparaston”, Abdurahmon Jomiyning o‘zbek tiliga o‘girilgan “Bugun oqmoqda yoshim dona-dona” va “Istar edim”, Maxfiy- Zebiniso (1639-1702) ning “To bodi sabo”, Nozim Hirotiy (1601/1625-1671)ning “Jononaye” g‘azallari, shuningdek, nomlari adabiyotimiz tarixida u qadar ma’lum bo‘lmagan Soleh (XVIII asr)ning “Az sarat gardam” (Boshingdan o‘rgilay) muxammasi va Ishoqning “Dasti bolurina tamosho kuned” (Oppoqina qo‘lini tomosha qiling) qo‘shig‘i ham bor. Bularning barchasi yetti qo‘shiq bo‘lib, 123 misrani tashkil etadi.
“Buxorcha” turkumining melodik tuzilishi daromad, miyonavj, (ba’zan avj) furovard va suporishdan iborat bo‘lib, metro-ritmik tarkibi ravon va aniqligi bilan ajralib turadi. Unda melodo-ritmik tuzilishi aksariyat 6\8 (ufor) va 4\4 (soqinoma) shaklida bo‘lib, qo‘shiqlar Moderato, Allegretto va Allegro tezliklarida ijro etiladi.
Jahon xalqlari madaniyatida qo’shiqchilik va xor san’atining o’ziga xos uslubiy yo’nalishlari, milliy va mahalliy ijrochilik xususiyatlari avloddan- avlodga o’tib, takomillashib, zamon murruvati ila bizgacha yetib kelgan. Inson shaxsining borliq va undagi ruhiyyat olamida shakllanib borishida ayniqsa, xor dastalari, jumladan; havaskorlik, to’garak shakli va o’zga xos professional tizimlari oqimining quvvaihofizi, har bir davlatning o’z o’rnida cheksiz tarixiyyat xazinasi va yuksak mavq’ei bilan chambar-chas bog’liqdir. Shuningdek, jahon badiiy san’at yo’nalishlaridagi inson tarbiyasi va barkamol shaxsning shakllanib borishida tutgan o’rni beqiyosdir. Хойат Шйап: ‘Or-bu vаkаl musiqiy chOlg’u аsbоblаri jo’rligidа yoki jo’rsiz ijrO etuvchi хоnаndаlаr kO^klm “Хоr-аtаmаsi yunоnchа so’zidаn о!ал bo’lib “to’dа”, “yig‘in” mа’nоsini bildiradi. Yana;
«XOR-bu,(Grek tilidan olingan bo'lib) “Xonandalarning ha.mmunosa.ba.tda. birlashib kuylashlari”- dir. Bunda; Vokal uslubining bir- birovi bilan uzviy bog’langanlik jarayonida ovozlar turlanishlarga ajratiladi. Bular: maktabgacha va uzluksiz ta’limdagi bolalar xori, ayollar xori, erkaklar xori va aralash xor jamoalaridir. Bilvosita; xor ovozlari uchun yaratilgan janrlar musiqiy asarning
bir ovozli, ikki ovozli, uch yo maxsus intonasiyalar qo’shilishida to’rt ovozli
birlashgan differensialligining partiyasini tashkil etadi va Xormeyster rahbarligida uslubiy konsepsiyasiga bo’y sunadi!.»-
«XOR san’ati- bu, Jahon davlatlarining o’zlik maqomidagi milliylik ramzi, iftihori, shaxs sifatida har bir fuqarosining faxri va g’ururi, ma’naviy ruhiyyatining badiiyligini ifodalovchi oynayu- omilidir!..Qadimda u yo bu jarayonlarda, ya’ni fol’klor- (mahalliy) yo milliy- (professional) saroy xor jamoasi, harbiylar xori, havasmandlar xorida alohida e’tibor qaratib kelingan. Xor - nafaqat inson tarbiyasida shaxsni ajdodlar ruhida tarbiyalash vositasida kamolotga yetkazish hatto ramziy hollarda insoniyat hayotini ham saqlab qolganligi va hamdo’stlikni kuchayib borishida ham ruhiy jihatdan o’z taassirotini yetkazib turganligi haqida rivoyatlar mavjud.
Tarix sarchashmalarida rivoyat qilishicha, kunlarning birida “Har ikkala qo’shni davlat kelishmovchiligidan jang maydonini tanlab, qo’shinlarini bir- biroviga qarshi qaratib saf tortib turgan emish. Jang boshlanishidan oldin birining otasi yo tog’osi, akasiyu- ukasi, kuyavi va boshqa qarindoshlari bir - biroviga qarshi dushman sifatida qarab turgan paytda, u va bu tomondagi mashhur aka-ukalarning biri shoir va ikkinchisi esa nay ijrochisi bo’lgan ekan. Akasi- ukasiga qarab har ikkala tomon xalqlariga mashhur bo’lgan va gohida xor bo’lib kuylashgan “Inson ul-peshravi hayot yo shayton al- fatxi mamot” deb, nomlangan she’riyatini baland ovozda suxanronlik qilgan holda ukasi tomon ohista-sekin qadam bosib boribti, ularga qarshi turgan ukasi Nay cholg’usini olib, she’riyatga jo’r bo’lgan holda ohista- sekin qadam tashlab akasining yoniga boribti. Uning orqasidan esa qo’shinlar ham bir-biroviga qarab ushbu so’zlarni tong otguncha xor bo’lib kuylashgan va jang masofasidan chiqib bir -birovlariga qo’shilib, chatishib borishibti va shu tariqa ushbu she’riyat ramzlariga aylanib, harbiylar “Madxiya” si yuzaga kelganligi va jang emas, hamdo’stlik bayramlariga aylanib borganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Boshqa risolalarda esa, har ikkala tomon ham o’zlarining “madxiya” larini o’qib tugatishi bilanoq, jangga kirishib borganligi va qaysi davlat g’alabaga erishgan bo’lsa, unda “Madhiya” si yanada jozibali va tantanavor tarzda yangragankim, buni uzoq masofadan ham aholi anglab bilganligi haqida maqollar bitilgan.
Masalan, "Ho-zamzam” qo’shig’ini Tojikistonda fol’klor uslublarida aytilishini uchratish mumkin. Bu qo’shiq davrlar o’tib ancha takomillashib, zamonaviy musiqa ijrochiligida o’z o’rniga ega bo’lgan. Uning fol’klor uslubiga birmuncha yaqinligi, usul tartiblari Buxoroning «ufar»iga o’xshab ketadi. Biroq, Buxoro an’anaviy ufarining ijro etilish xususiyatini o’zga biror etnik guruh yoki xalqniki bilan solishtirib bo’lmaydi. U faqat Buxoroga xos uslubiy shaklda ekanligi bilan alohida ajralib, sezilib turadi. R.Abdullaev tadqiqotida, asosan o’zbek, turkman, qozoq, qirg’iz va qoraqalpoq kabi turkiyzabon aholi bilan birga, fors-tojik vakillari ham yondosh yashashi natijasida milliy an’analarning musiqiy-ma’naviy hayotda ko’plab urf- odatlar, bayramona bazmlar, diniy marosimlarning naqadar qo’shilib-chatishib ketganligi haqida qiziqarli fikr-mulohazalar yuritadi
San’atshunos olim S.B.Saidiyning tadqiqotlarida: “Qadimdan bizga ma’lum cholg’ular tarannumidan tashqari "chapak", "qars" hamda qo’lga angishvona taqib, likopchalarga zarb berib, xor bo’lib kuylash udumlari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Masalan, Zardushtiylarning qadimgi Kushon davri san’atiga xos diniy bayram usullari va harbiy xor jamoasining qo’shiqlari, ya’ni "Mozandaron" harbiy qo’shig’i, “Qini Siyovush” (Siyovush qasosi) - marsiyasi yoki qadimgi Buxoro umum- guruh jamoasi an’analaridan "Yazno-Nofarin" qo’shig’i,“Ho-zamzam” usullari hozirgi davrda M.Tursunzoda nomidagi Tojikiston xalq konservatoriyasi o’qituvchilarining tashabbuskorligi bilan talabalar va o’qituvchilardan tashkil topgan aralash xor dastasi va turli xil ansambllar dasturidan o’rin olgan1. Ammo Buxoroda bu yo’nalishlar sho’rolar hukmronligi davrida asta-sekin e’tibordan chetga chiqib qolgan. Biroq, turli aholi qatlamlari orasida hanuzgacha shunday ijro uslublarining ayrim tartibnamunalari saqlanib qolgan.Buyuk Kushoniylar davrining 300 ta talabadan iborat “Shoxona” professional Saroy XOR jamoasining repertuari, Buxoro “Dabiriston” maktabi er.avv.470 yil o’z mavq’eiga ega bo’lgan. Yuqorida nomi keltirilgan qo’shiqlar turli xil tasniflanishlar va eng muhimi muayyan turkumiylikda qismlardan qismlarga to’xtovsiz o’tish jarayonlari, o’ziga xos usullari, ushbu usullar ritm-o’lchovlari hamda temp [tezlik] jihatlari bilan ajralib turadi.
ADABIYOTLAR
1. Ражабов, Т. И. (2020). Тическая классификация узбекской детской народной музыки и игр. Наука, образование и культура, (3 (47)), 61-63.
2. Ражабов, Т. И., & Ибодов, У. Р. (2020). Обеспечение национального наследия в обучении песням бухарского детского фольклора на уроках музыки. Вестник науки и образования, (21-2 (99)), 55-58.
3. Ражабов, Т. И. (2021). Усовершенствование научно-методических возможностей обучения бухарским детским фольклорным песням в средней общеобразовательной школе. Наука, техника и образование, (2-2 (77)), 84-86.
4. Ражабов, Т. И. (2020). Педагогические возможности использования детских фольклорных песен в духовно-нравственном воспитании младших школьников. Вестник науки и образования, (5-2 (83)), 34-37.
5. Абдуллаев К. Ф., Умурова М. Ё. Педагогические особенности урока пения в начальной школе //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MATHEMATICAL
THEORY AND COMPUTER SCIENCES. – 2023. – Т. 4. – №. 2. – С. 66-69.
6. Umurova M. Y. Educational Significance of Children's Folklore Songs
//AMERICAN JOURNAL OF SCIENCE AND LEARNING FOR DEVELOPMENT.
– 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 148-152.
7. Umurova M. Y. Formation of Patriotic Feeling in Youth Students through Folk Songs //Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 99-103.
8. O’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’sini shakllantirishda badiiy adabiyot va musiqaning roli U.M. Yoshiyevna - Central Asian Research Journal for …, 2022
9. Yoshiyevna U. M. The method of organizing" group singing" in teaching" musical culture" in secondary schools //Modern Journal of Social Sciences and Humanities. – 2022. – T. 4. – S. 271-274.
10. O‘.X.Ramazonova. Talabalarda ma'naviy-ahloqiy tushunchalarni shakllantirish, guruh bilan ishlash va uni boshqarish tamoyillari. Scientific progress 1 (5), 2021
11. Umurova, M. Yo. "Oilaviy marosim qo‘shiqlarini o‘rganishni to‘garak va milliy bayramlar asosida amalga oshirish." Экономика и социум 3-2 (106) (2023): 317-321.
12. Ma'rifat Umurova. "The development of enlightenment ideas and their history." центр научных публикаций (BUXDU. UZ) 14.14 (2022).
13. Yoshiyevna, Umurova Ma’Rifat. "O‘quvchilarda vatanparvarllik tuyg ‘usini shakllantirishda badiiy adabiyot va musiqaning roli." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) Special issue (2022): 87-91.
14. Раджабов, Т. И. (2019). Описание вековых ценностей в песне” тутовое дерево-балх” и его место в воспитании учащейся молодежи. In РоссияУзбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 70-71).
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.