ResearcherUz LogoResearcherUz
Dergiyi Görüntüle

DEVELOPING PUPILS’ THINKING ABILITIES THROUGH SOLVING NON-STANDARD PROBLEMS IN PRIMARY SCHOOL MATHEMATICS LESSONS

Özet

The relevance of this topic lies in the fact that in traditional lesson processes, pupils’ skills of independent thinking, logical analysis, and making correct decisions in problem situations are not always formed at a sufficient level. Therefore, the use of non-standard problems is considered an important factor in developing pupils’ creative and critical thinking. The article also substantiates that in the process of solving such problems, pupils’ thinking becomes more active, their ability to approach a problem from different points of view improves, and their skills of drawing logical conclusions and applying knowledge in practice are developed. This issue is of great importance in developing methodological recommendations for primary school teachers.


Tam PDF Belgesi

İlgili Makaleler

Tam metin

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA NOSTANDART MASALALARNI

YECHISH ORQALI O‘QUVCHILARNING FIKRLASH QOBILIYATLARINI

RIVOJLANTIRISH.

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 1-kurs magistranti.

Ilmiy rahbar: P.f.f.d. (PhD), dots. Salomov G‘ulom Yo‘ldoshevich

Annotatsiya: Mavzu dolzarbligi shundaki, an’anaviy dars jarayonlarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy tahlil qilishi va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishi ko‘nikmalari yetarli darajada shakllanmaydi. Shu bois, nostandart masalalardan foydalanish o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek bunday masalalar yechish jarayonida o‘quvchilarning tafakkuri faollashishi, muammoga turli nuqtai nazardan yondashish, mantiqiy xulosalar chiqorish hamda bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari rivojlanishi asoslab berilgan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar ishalab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, nostandart masalalar, matematika darsi, mantiqiy fikrlash, ijodiy tafakkur, muammoli vaziyat, mustaqil fikrlash.

STANDARD PROBLEMS IN PRIMARY SCHOOL MATHEMATICS LESSONS

Termiz University of Economics and Service

Master’s student of Theory and Methodology of Education and Upbringing

Primary Education, 1st year

Scientific supervisor: Salomov G‘ulom Yo‘ldoshevich

Associate Professor, PhD in Pedagogical Sciences

Abstract. The relevance of this topic lies in the fact that in traditional lesson processes, pupils’ skills of independent thinking, logical analysis, and making correct decisions in problem situations are not always formed at a sufficient level. Therefore, the use of non-standard problems is considered an important factor in developing pupils’ creative and critical thinking. The article also substantiates that in the process of solving such problems, pupils’ thinking becomes more active, their ability to approach a problem from different points of view improves, and their skills of drawing logical conclusions and applying knowledge in practice are developed. This issue is of great importance in developing methodological recommendations for primary school teachers.

Keywords: primary education, non-standard problems, mathematics lesson, logical thinking, creative thinking, problem situation, independent thinking.

РАЗВИТИЕ МЫСЛИТЕЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ ЧЕРЕЗ

РЕШЕНИЕ НЕСТАНДАРТНЫХ ЗАДАЧ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССАХ

Бегалиев Мансурбек Райимназар угли

Термезский университет экономики и сервиса

магистрант 1-го курса специальности

«Теория и методика образования и воспитания»

направление: начальное образование

Научный руководитель: Саломов Гулом Юлдошевич

доцент, доктор философии по педагогическим наукам (PhD)

Аннотация. Актуальность данной темы заключается в том, что в традиционном учебном процессе навыки самостоятельного мышления, логического анализа и принятия правильных решений в проблемных ситуациях у учащихся не всегда формируются на достаточном уровне. Поэтому использование нестандартных задач считается важным фактором развития творческого и критического мышления учащихся. В статье также обосновывается, что в процессе решения таких задач активизируется мышление учащихся, развивается умение подходить к проблеме с разных точек зрения, делать логические выводы и применять знания на практике. Данный вопрос имеет важное значение при разработке методических рекомендаций для учителей начальных классов.

Ключевые слова: начальное образование, нестандартные задачи, урок математики, логическое мышление, творческое мышление, проблемная ситуация, самостоятельное мышление. Kirish: Hozirgi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘quvchilarning nafaqat bilim olishiga, balki ularning mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilmoqda. Ayniqsa boshlang‘ich ta’lim bosqichi o‘quvchilarning tafakkurini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli matematika darslarini samarali tashkil etish, o‘quvchilarda mantiqiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. An’anaviy dars jarayonida asosan standart masalalarga e’tibor qaratilishi o‘quvchilarning fikrlash doirasini cheklab qo‘yishi mumkin. Nostandart masalalar esa o‘quvchini izlanishga undaydi, turli usullarni qo‘llashga majbur qiladi va natijada ularning tafakkur faolligini oshiradi.Bunday masalalar orqali o‘quvchilar nafaqat matematik bilimlarni o‘zlashtiradilar, balki mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, umumlashtirish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradilar. Maqsadiboshlang‘ich sinf matematika darslarida nostandart masalalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali usullarini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida nostandart masalalarni qo‘llash o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Nostandart masalalar- bu an’anaviy formulalar yoki tayyor algoritmlar asosida emas, balki mantiqiy izlanish, tahlil va ijodiy yondashuv orqali yechiladigan topshiriqlardir. Masalan ,,bir daraxtda 5 ta qush bor edi, ovchi bittasini otib oldi. Daraxtda nechta qush qoldi?’’ kabi savollar o‘quvchini oddiy hisob-kitobdan tashqariga chiqib, vaziyatni mantiqan tahlil qilishga majbur qiladi (to‘g‘ri javob; 0 ta, chunki qolgani uchib ketadi).Yoki geometrik shakllar yordamida berilgan topishmoq masalalar o‘quvchilarning tasavvur qilish va solishtirish qobilyatini oshiradi. Ilmiy nuqtai nazardan, bunday yondashuv o‘quvchilarda kognitiv faoliyatni faollashtiradi, muammoli vaziyatlarni hal etish kompetensiyasini rivojlantiradi va tanqidiy fikrlashni shakllantiradi. Pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nostandart masalalardan muntazam foydalanish o‘quvchilarning bilimni chuqur o‘zlashtirishiga, mustaqil qaror qabul qilishiga va ijodiy tafakkurining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida nostandart masalalarni yechishdan foydalanish o‘quvchilarning nafaqat hisoblash ko‘nikmalarini, balki ularning mantiqiy, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini ham sezilarli darajada rivojlantiradi. Dars jarayonida nostandart masalalardan muntazam foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularni faol ishtirok etishiga rag‘batlantiradi. Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobiliyati rivojlanib, ular bilimlarni chuqurroq o‘zlashtiradi hamda amaliy vaziyatlarda qo‘llay olish darajasi ortadi. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida nostandart masalalardan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi tavsiyalarni keltirishimiz mumkin.

1. Nostandart masalalarni tizimli qo‘llash.

2. O‘quvchilarning yosh va bilim darajasini hisobga olish.

3. Turli yechim yo‘llarini rag‘batlantirish.

4. Savol-javob va muhokama metodlaridan foydalanish.

5. Ko‘rgazmali va interaktiv usullardan foydalanish.

6. Xatolar ustida ishlashni yo‘lga qo‘yish.

7. Mustaqil ishlashga undash. Ushbu tavsiyalar amaliyotga joriy etish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va matematika ta’limining samaradorligini oshirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. To‘xtaxodjayev N. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi –Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2018. 2.Ismoilov B., Xolmatov A. Matematika darslarida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish yo‘llari – ,,xalq ta’lim jurnali, 2020-yil, 3-son. 3.Jumayeva M. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi –Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2016.

Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.