UDK: 633.41/.44
OZUQAVIY QIYMATIGA TA`SIRI.
S.Y. Babajanova, G.J. Sabirova Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Ekologiya va hayot
faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya: Bizga ma`lumki, qishloq xo`jalik o`simliklaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun muayyan o`simlik navlarining bioekologik xususiyatlarini inobatga olgan holda agrotexnik tadbirlarni o`z muddatlarida sifatli qilib o`tkazmoq ayni muddao hisoblanadi. Sholg`om nafaqat oziqa sifatida ishlatiladi,uning tarkibida nafas borligi uchun dorivor o`simlik sifatida xam undan foydalaniladi. “Namangan mahalliysi”, “Samarqand mahalliysi” kabi sholg`om navlarining hosildorligiga ekish muddatlarining ta`sirini o`rganish orqali sholg`omdan yuqori va sifatli hosil olish.
Kalit so`zlar: sholg`om o`simligi, sholg`om o`simligining tarkibi, ekish muddatlari, dorivorlik xususiyati, o`g`itga bo`lgan talabi, hosildorlik.
Аннотация: Как известно, для получения высоких и стабильных урожаев сельскохозяйственных растений необходимо своевременно и качественно проводить агротехнические мероприятия с учетом биоэкологических особенностей тех или иных сортов растений. Репа используется не только в пищу, но и как лекарственное растение, поскольку содержит химические вещества, способные лечить респираторные заболевания и болезни глаз. Получение высоких и качественных урожаев репы путем изучения влияния сроков посадки на урожайность сортов репы «Наманганская местная» и «Самаркандская местная».
Ключевые слова: репа, состав репы, сроки посадки, лечебные свойства, потребность в удобрениях, урожайность.
Abstract: As we know, in order to obtain high and stable yields from agricultural plants, it is necessary to conduct agrotechnical measures in a timely manner, taking into account the bioecological characteristics of certain plant varieties. Turnip is used not only as food, but also as a medicinal plant, since it contains chemicals that cure respiratory diseases and eye diseases. To obtain high and quality yields from turnips by studying the effect of planting dates on the yield of turnip varieties such as "Namangan local", "Samarkand local".
Keywords: turnip plant, composition of turnip plant, planting dates, medicinal properties, fertilizer requirements, yield.
Kirish.Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining barqaror o`sishi ekinlarni yetishtirishda resurs va energiya xarajatlarni kamaytirish, atrof muhitning ekologik xavfsizligini saqlab qolish va o`zgaruvchan ob-havo hodisalari, hosil sifatini yaxshilash bilan birga uning begona o`tlar, turli xil kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish, yuqori mahsuldor agrofitosenozlarni yaratishga qaratilgan texnologik jarayonlarning kuchayishi bilangina bog`liqdir[1].
O`zbekistondagi qulay iqlim sharoiti, suniy sug`orish imkoniyati va tuprog`ining unumdorligi bu yerda xilma xil sabzavot ekinlari o`stirish va ulardan mo`l-ko`l hosil olish imkonini beradi.
Bizga ma`lumki,qishloq xo`jalik o`simliklaridan yuqori va barqaror hosil olish uchun muayyan o`simlik navlarining bioekologik xususiyatlarini inobatga olgan holda agrotexnik tadbirlarni o`z muddatlarida sifatli qilib o`tkazmoq ayni muddao hisoblanadi. Shularni hisobga olgan holda Xorazm vohasi sharoitlarida dehqonchilik qilishni o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarur. Ya`ni vohamizning iqlimi keskin o`zgaruvchan bo`lib, bahori kech ba`zida erta, kuzi esa doimo erta tugaydi[2,5].
Keyingi paytlarda qishloq xo`jalik ekinlarini yetishtirishda ayniqsa sabzavot ekinlarini asosiy va takroriy ekin sifatida almashlab ekishni qo`llanilishi orqali tuproqning unumdorligini oshirishga, bundan tashqari almashlab ekishni to`g`ri tashkil qilish orqali ekinlar hosildorligini oshirishga, hamda ekinlarning kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishini oldini olishga ham erishilmoqda.
Shunday sabzavot ekinlaridan bir turi,bozor peshtaxtalaridan hamisha o`rin olgan halqimiz sevib istemol qiladigan ildizmevali ekinlardan biri sholg`om o`simligidir[3].
Sholg`om o`simligi tarkibida yengil hazm bo`luvchi oqsil va uglevodlar mavjuddir.Shuning uchun ham sholg`om o`simligi oziq ovqat ekini sifatida yetishtirib kelinmoqda. Sholg`om o`simligining ildizmevasi xomligicha, qovurilgan, dimlangan va qiymalangan holda iste`mol etiladi, shuningdek chorva mollariga yem xashak sifatida xam beriladi.Sholg`om nafaqat oziqa sifatida ishlatiladi,uning tarkibida nafas borligi uchun dorivor o`simlik sifatida xam undan foydalaniladi[4].
Sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi yozning oxirida va kuzda yetiladi. Lekin aholini sabzavot mahsulotlari bilan ta`minlashdagi bunday mavsumiylikni yo`qotish uchun himoyalangan yer sabzavotchilik maydonlarini oshirish, shimoliy viloyatlarda va mintaqalarni ta`minlash uchun janubda sabzavot yetishtirishni ko`paytirish, ochiq yerda sabzavot yetishtirish mavsumini uzaytirish, mahsulotlarni yaxshi holatda va uzoq saqlanishini tashkil etish kerak bo`ladi.Yetishtirilayotgan sabzavotlar xilini va ularni kam tarqalgan turlarini ko`paytirish lozim.
Sabzavot mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun oliy navlarni maqbul texnologiya bo`yicha yetishtirish, shuningdek, ularni o`z vaqtida tashib keltirish hamda yaxshi saqlash hisobiga erishiladi.
Biz ovqat(ya`ni o`simlik va hayvon) mahsulotlaridan quyidagi moddalarni: 20 xil aminokislota;12 xil vitamin;7 xil ferment;15 xil mineral modda;3 xil yog`li kislotalarni olamiz.Odam organizmining normal rivojlanishi va ishlab turishi uchun ba`zi bir mineral birikmalar, chunonchi, temir, fosfor, kaliy, kaltsiy, natriy, magniy tuzlari, yod va boshqa elementlar zarur, ana shu birikmalarni yetkazib beruvchi asosiy manba sabzavot va mevalar hisoblanadi.Ismaloq, salat, petrushka (bargi), pomidor va bodring temir moddasiga ayniqsa boy. Organizmga natriy yetishmasa toshma chiqadi, kalsiy, kaliy, magniy yetishmasa bo`yi o`smaydi, kalsiy, magniy, ftor yetishmasa tishning kariyes kasalligi rivojlanadi. Yod, kaliy, magniy, mis, natriy, fosfor, xrom, rux elementlari yetishmaganda srunkali charchoq kuzatiladi. Sholg`om ildizmevasi tarkibida ayniqsa kaliy, kaltsiy, fosfor kabi minerallar ko`p bo`lib, natriy, magniy, temir elementlarining miqdori xam boshqa sabzavotlarnikidan qolishmaydi, yani 1 jadvalda keltirilgan sabzavotlar ichida sholg`om tarkibidagi natriyning miqdori bo`yicha 2- o`rinda, kaliy va kaltsiy miqdori bo`yicha 3-o`rinda, fosfor va temir moddalarini tutishi bo`yicha 5-o`rinda, magniy miqdori bo`yicha oxirgi o`rinda turishini ko`rishimiz mumkin.
1-jadval.
Sabzavotlarning mineral tarkibi (100 gr ho`l sabzavotda mg hisobida)
Natriy
Kaliy
Kaltsiy
Magniy
Fosfor
Temir
Rediska 10 255 39 19 34 1,0
Turp 17 450 35 22 26 1,2
Sholg`om 20 400 49 17 34 0,9
Salat 8 300 57 40 34 0,6
Ismaloq 62 750 140 82 83 3,0
Shovul 15 400 47 85 130 2,0
Yorilgan lablar va sochlar to`kilishiga sabab organizmda B 2 -vitamin yetishmovchiligidir. B 2 -vitamini tuxum, pista, soya qaylasi, nok, gulkaram, pomidor tarkibida bo`ladi.Terini po`st tashlashi A va B 2 vitamini yetishmasa sodir bo`ladi.
Sabzavotlar tarkibida turli vitaminlar xar-xil miqdorda bo`ladi. Shunga qarab sabzavotlardan xar kuni xar bir katta odam qancha miqdorda sholg`om va boshqa sabzavotlardan iste`mol qilishini bilishi kerak. Masalan quyidagi 2-jadvalda sholg`om, ravoch, salat bargidan sutkasiga qancha istemol qilish kerakligi to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan. Agar sholg`om navlari ekish muddatiga, sug`orish va oziqlantirish tartibi hamda me`yorlariga rioya qilgan holda parvarishlab yetishtirilganda uning xar 100 gramm mahsuloti tarkibida vitamin -S ning miqdori 14 mg, vitamin -A ning miqdori 0,04 mgdan kam bo`lmaydi. Bu esa sholg`om ildiz mevasini oziq ovqatlik qiymatini oshishiga sabab bo`ladi. Ushbu jadvalda sholg`om ildizmevasi tarkibidagi vitamin-S ravoch hamda salat bargidagiga nisbatan ko`pligi bilan ajralib turganligini guvohi bo`lamiz.
2-jadval
Sabzavotlarda vitaminlarning miqdori.
100 gr ho`l sabzavotda mg
hisobida
Sog`lom katta kishiga yangi
sabzavotning sutkalik miqdori,
gr
Vitamin C
(askorbin
kislota)
A vitamini
(karatin)
B1vitamini
(tiamin)
B2 vitamini
(riboflavin)
C vitamin
bo`yicha
A vitamin
bo`yicha 1 2 3 4 5 6 7 Sholg`om 14 0,04 - - 360 10000 Rovoch 12 0,12 - - - 330 Salat 10 0,9 0,08 0,06 500 400 Bizga ma`lumki kuzgi yoki ikkilamchi ekin sifatida ekiladigan sabzavot ekinlarini 20- iyuldan boshlab 15 –avgustgacha bo`lgan muddatlarda ekishimiz va ulardan yuqori hosil olishimiz mumkin. Sholg`omning “Namangan mahalliysi” va “Samarqand mahalliysi” navlarini biz tajriba maydonlariga ikki xil muddatlarda ekib ilmiy tadqiqotlarimizni olib borganmiz. Biz olib borgan tadqiqotlarimizda sholg`om navlarini asosan 2 xil muddatlarda ekib yetishtirganmiz. Ekish muddatlari quyi (3-jadval)dagi ma`lumotlarda aks ettirilgan.
3-jadval
Sholg`om navlarining hosildorligiga ekish muddatlarini ta`siri. № Sholg`om
navlari
Ma`danli o`g`itlar
meyori
Ekish
muddatlari
Hosild
orlik,
t/ga 1-variant Namangan
N120 P90 K60kg/ga 01.08.2022 40 2-variant Samarqand
N120 P90 K60kg/ga 01.08. 2022 32 3-variant Namangan
N120 P90 K60kg/ga 10.08. 2022 30 4-variant Samarqand
N120 P90 K60kg/ga 10.08.2022 24 3-jadvalning 1-variantida sholg`omning “Namangan mahalliysi” navini 1 avgustda ekilib, gektariga N120P90 K60kg/ga ma`danli o`g`it bilan oziqlantirilganda xar bir gektardan 40 tonnadan hosil olingan. Shu jadvalning 2-variantida sholg`omning “Samarqand mahalliysi” navini 1 avgustda ekib, gektariga N120 P90 K60 kg/ga ma`danli o`g`it bilan oziqlantirilganda gektaridan 32 tonnadan hosil olingan. 3-variantida esa sholg`omning “Namangan mahalliysi” navini 10 avgustda ekib, gektariga N120 P90 K60kg/ga ma`danli o`g`it bilan oziqlantirilganda xar bir gektardan 30 tonnadan hosil yetishtirib olingan. 4-variantda sholg`omning “Samarqand mahalliysi” navini 10 avgustda ekilib, gektariga N120 P90 K60kg/ga ma`danli o`g`it bilan oziqlantirilganda xar bir gektardan 24 tonnadan hosil olinganligi ko`rinib turibdi. Demak sholg`om navlari erta muddatlarda ekilsa hosildorlik yuqori bo`lishi, muddatidan 10 kun kech ekilganda hosildorlik 25% gacha kamayib ketishi ko`rinib turibdi. Bu esa sholg`om navlarining tarkibidagi foydali elementlar va vitaminlarning kamayishiga natijada uning foydalilik hususiyatlarini susayishiga sabab bo`ladi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Xalq tabobati xazinasidan “Sabzavotlarning shifobaxsh xususiyatlari haqida mo`jaz maslahatlar” Toshkent 2016 y. 2. Zohidov H. “Shifo xazinasi”. Toshkent, 2000. 3. B.Zuev, Q.Qodirxo`jayev ,Odilov M.M,, Akramov U.I. “Sabzavotchilik va polizchilik” 2009y. 4. X.Ch.Bo`riyev “Sabzavot ekinlari biologiyasi” Toshkent “O`zMEDIN ”-2002y. 5. Babajanova, S. Y., Matkarimov, N. B., & Ibadullyeva, S. M. (2019). The influence offertilizer standardson the grain quality of fresh and perspective wheat sort. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 4(2), 110-117.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.