--⊱⊱ 222 ⊰⊰--
PSIXOLOGIK RIVOJLANISHGA TAʼSIRI
Raxmanqulova Maftuna Oʻktam qizi
Toshkent viloyati Ohangaron Shahar
MMTT boʻlimi tasarrufidagi 6-sonli
DMTTda tarbiyachi ISFT universitetining
“Pedagogika va psixologiya” Yoʻnalishi 4-
kurs talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada erta yoshdagi bolaning jismoniy va psixologik parvarishi, shuningdek, bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash masalalari yoritilgan. Maqolada tarbiyachilar va pedagoglar uchun bolalarning hissiy holatini tushunish, oʻz histuygʻularini boshqarish va boshqalar bilan sogʻlom munosabatlar oʻrnatish koʻnikmalarini shakllantirishdagi muhim jihatlar tavsiflangan.
Kalit soʻzlar: ilk yoshdagi bola, psixika, rivojlanish davri, nerv sistemi, ijtimoiy-emotsional rivojlanish
Аннотация: статья рассматривает физическую и психическую заботу о ребенке раннего возраста, а также поддержку социально-эмоционального развития для воспитателей детских садов. Подчеркивается важность роли педагогов в формировании навыков понимания эмоций детей, управления своими чувствами и правильного взаимодействия с окружающими.
Ключевые слова: ребенок раннего возраста, психика, младенческий возраст, нервная система, социально-эмоциональное развитие
Annotation:The article addresses the physical and psychological care of young children, highlighting the importance of supporting socio-emotional development in early childhood. It emphasizes the crucial role of educators in helping children understand emotions, manage their own feelings, and interact appropriately with others.
Keywords: child at an early age, psyche, infancy, nervous system, socio-emotional development
Erta bolalik davri va ijtimoiy-emotsional rivojlanish
1,5–3 yoshdagi bola uchun erkin harakat qilish, atrof-muhitni oʻrganish va ijtimoiy aloqalarni boshlash davri juda muhim hisoblanadi. Shu yoshda bolaning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi tez surʼatlarda sodir boʻladi. Bola oʻz his-tuygʻularini anglab, ularni ifodalashga, boshqalarning hissiyotlariga eʼtibor berishga intiladi.
Shu bois, erta yoshda emotsional barqarorlikni shakllantirish, oʻzini va boshqalarni tushunishga oʻrgatish, sogʻlom ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish muhimdir.
Ijtimoiy-emotsional rivojlanish tushunchasi.Ijtimoiy-emotsional rivojlanish bolaning oʻz his-tuygʻularini boshqarish, boshqalarning his-tuygʻularini anglash, muloqot qilish, hamdardlik koʻrsatish va muammolarni ijobiy hal qilish kabi koʻnikmalarini oʻz ichiga oladi. Har bir bola oʻziga xos rivojlanish yoʻliga ega boʻlib, uning emotsional ehtiyojlari, muomala uslubi va ijtimoiy tajribasi tarbiyachilar va ota-onalarning individual yondashuvini talab qiladi.
Maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat yurituvchi tarbiyachilar bolalarning ruhiy dunyosini tushunib, ularni qoʻllab-quvvatlash va sogʻlom muhit yaratishda muhim rol oʻynaydi.
--⊱⊱ 223 ⊰⊰--
Bolalarning ijtimoiy-emotsional koʻnikmalari.Bolalar rivojlanib ulgʻaygani sari, ijtimoiyemotsional koʻnikmalar ularga jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish, oʻzaro munosabatlarni boshqarish va emotsional barqarorlikni saqlash imkonini beradi. Emotsional jihatdan rivojlangan bola oʻz his-tuygʻularini boshqaradi, boshqalar bilan muloqot qiladi,jamiyatda oʻzini qanday tutishni biladi va ularning hissiyotlarini tushunib, mos ravishda javob qaytaradi.
Har bir rivojlanish bosqichida bola oʻz ichki va tashqi dunyosini shakllantiradi, histuygʻularni boshqarishni oʻrganadi va jamiyat bilan muloqotga kirishadi.
1–3 yosh (Birinchi bosqich).Erta yoshdagi bolalarda birinchi bosqichda ular oʻzini atrofmuhitdan ajratib, alohida shaxs sifatida anglashni boshlaydi. Bola oʻzini va boshqalarni farqlashni oʻrganadi. Shu davrda u ota-onasi va tarbiyachilarining hissiyotlarini sezadi, ularning kayfiyatlari va harakatlariga eʼtibor beradi.Bola oʻz hissiy holatini ifodalashni boshlaydi, lekin dastlab bu til orqali emas, balki mimikalar, ovoz intonatsiyasi va harakatlar orqali sodir boʻladi. Shu bosqichda emotsional koʻnikmalarni shakllantirishning poydevori qoʻyiladi.
3–5 yosh (Ikkinchi bosqich). Ushbu bosqichda bolaning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi yanada chuqurlashadi. Bola oʻz hissiy tajribalarini aniqroq anglab, ularni boshqarishni oʻrganadi. Shu bilan birga, u jamiyat va guruh ichida qanday munosabatda boʻlishni tushunadi.Bolalar doʻstlar bilan oʻynash, ijtimoiy rollarda oʻzini ifoda etish,hamkorlik koʻnikmalarini egallaydi. Shu davrda ular boshqalarning his-tuygʻularini ajrata boshlaydi, bu esa emotsional intellektning rivojlanishiga yordam beradi.
Tarbiyachi ijtimoiy-emotsional rivojlanishda katta va asosiy rol oʻynaydi. U bolalar bilan aloqada boʻlib, ularning hissiy holatini tushunadi va emotsional qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydi. Bola oʻz his-tuygʻularini toʻgʻri ifoda etish va boshqalar bilan ijobiy munosabatlar oʻrnatish uchun tarbiyachining yordamini oladi.
Doʻstlik va jamoaviy ishning ahamiyati katta. Tarbiyachi bolalarni bir-biriga yordam berishga, birgalikda jamoa boʻlib ishlashga oʻrgatadi. Shu jarayonda ular sabr-toqat, hamdardlik va boshqalarning his-tuygʻulariga eʼtibor qilish kabi ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantiradi.
Pedagogik metodlar — oʻyinlar, badiiy adabiyotlar, suhbatlar, guruhli faoliyatlar — bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashda samarali vositadir. Shuningdek, har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish va turli metodlardan foydalanish pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatini oshiradi.
Har bir bola uchun yondashuv individual va maxsus boʻlishi kerak, chunki psixologik rivojlanish bir-biridan farq qiladi. Shu bois, ijtimoiy-emotsional rivojlanish jarayoni bolaning sogʻlom va muvaffaqiyatli jamiyat hayotiga tayyorlanishining poydevorini tashkil etadi.
Jismoniy oʻsish va rivojlanish - erta bolalik davrida miyada, xususan frontal loblarda asab tolalarining sezilarli darajada sinaptik oʻsishi va miyelinatsiya jarayoni kuzatiladi. Masalan, 2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan davr miya rivojlanishi jihatidan keyingi bosqichlarga nisbatan tezroq kechadi. Miyaning rivojlanishi kognitiv qobiliyatlarning oʻsishi bilan uygʻunlikda sodir boʻladi. Taxminan besh yosh atrofida bolalar ravon va toʻliq gapira boshlaydi, qoʻllari va koʻzlarini ongli ravishda turli mimikalar bilan boshqarish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ijtimoiy-emotsional oʻsish va rivojlanish davri -bu davr bolalarda hissiy ifodalar, bogʻlanish va shaxsiyat rivojlanishini oʻz ichiga oladi. Bolalar qorongʻulikdan va yirtqich hayvonlardan qoʻrqishi mumkin, va uch yoshga toʻlgach, ular oʻz jinsini anglashni boshlaydi. Oʻgʻil bolalar koʻproq tajovuzkor boʻlishi mumkin boʻlsa, qizlar esa mehribonlik va hamdardlik koʻrsatadi. Shu bosqichda individual farqlar aniq seziladi.
--⊱⊱ 224 ⊰⊰--
Ilk bolalik davrida bolalarda paydo boʻlgan tengdoshlar bilan qiziqish maktabgacha yoshga yetgach, suhbat va muloqot qilish ehtiyojiga aylanadi. Birgalikda oʻyin oʻynash, topshiriqlarni hamkorlikda bajarish bolalarda ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantiradi. Maktabgacha taʼlim muassasalarida jamoa ichida bolalar bir-biri bilan turli aloqalarni oʻrnatadi va shu jarayonda ijtimoiy qobiliyatlari shakllanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Jabborova M. Bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanish asoslari, Ilm ziyo nashriyoti, Toshkent, 2020, 198 b.
2.Karimova Z. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi, Oʻzbekiston pedagogika nashriyoti, Toshkent, 2021, 240 b.
3. Mahmudova S. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy tarbiyani shakllantirish”, Pedagogik izlanishlar, 2021, No2, 45–50-betlar.
4. Nasriddinova D. Maktabgacha taʼlimda tarbiyaviy ishlar metodikasi, OʻzRTA Pedagogika instituti nashriyoti, Toshkent, 2022, 154 b.
5.Gʻulomova R. Maktabgacha taʼlim psixologiyasi, Fan va texnologiya, Toshkent, 2019, 216 b.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.