Folklorda gul va bulbul obrazi
Xolboyeva Muslima Usmonjon qizi
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori
instituti tayanch doktoranti
Annotatsiya. Gul va bulbul obrazi mumtoz adabiyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan obrazlardandir. Xalq og‘zaki ijodining ko‘pgina janrlarida ham bu obrazlar yetarli darajada foydalanilganligini ushbu maqolada ko‘rib chiqamiz. Jumladan, xalq qo‘shiqlari, askiya va ertaklarda ularning o‘rni tahlilga tortilgan. Har bir janrdan kichik parchalar orqali izohlashga harakat qilingan.
Kalit so‘zlar: askiya, ertak, gul , bulbul, tabiat, jamiyat.
Абстрактный. Образ цветка и соловья – один из самых употребляемых образов в классической литературе. В этой статье мы будем считать, что эти образы достаточно используются во многих жанрах фольклора. В частности, анализируется их место в народных песнях, аскиях и сказках. Была предпринята попытка объяснить каждый жанр с помощью небольших отрывков. Ключевые слова: сказка, сказка, цветок, соловей, природа, общество.
Abstract. The image of a flower and a nightingale is one of the most used images in classical literature. In this article, we will consider that these images are sufficiently used in many genres of folklore. In particular, their place in folk songs, askiya and fairy tales is analyzed. An attempt has been made to explain each genre through small excerpts.
Key words: fairy tale, fairy tale, flower, nightingale, nature, society.
“Yozma adabiyotda u yoki bu so‘z , iboraning mukammal badiiy obraz darajasiga ko‘tarilishida xalq og‘zaki ijodining alohida o‘rni bor , chunki har qanday so‘zning dastlabki ifodasi (garchi, u poetik obraz sifatida shakllanmagan bo‘lsa ham) xalq og‘zaki ijodida uchraydi. Davrlar o‘tishi bilan ijodkorlarning so‘zga yuklagan umumiy ma’nosi kengayib, chuqurlashishi natijasida uning g‘oyaviy- badiiy qimmati ortib borgan”.1 Xalq og‘zaki nutqida “gul tashlamoq” (qishda oynalarning muz naqshi bilan qoplanishi), “gul qilmoq” (obod qilmoq), “o‘n gulidan bittasi ham ochilamagan” (yosh, navqiron), qo‘li gul (mohir) yoki “bulbul” (xushovoz xonanda), “bulbuligo‘yo” 1 Bozorova N.Alisher Navoiy g‘azallarida ko‘ngil obrazi. –T.: “Fan”, 2009 (notiq yoki ko‘p gapiradigan), “bulbul” (xalq amaliy san’atida qo‘llaniladigan naqsh), “bulbulnavo” (bulbuldek kuylovchi)2 kabi so‘z va iboralarning qo‘llanilishi gul va bulbul so‘zlarining oshiq va ma’shuqdan ham tashqari boshqa mavzularda keng qo‘llanilishiga ishora qiladi. Hattoki xalqimizda sovchilik an’analariga nazar solsak, onalarimiz sovchilikka borganda , so‘z boshlashda ayrim hollarda: “Sizda bir gul, bizda esa bir bulbul” bor deya urf-odatni boshlab berishadi. Xalq hayotining ildizlarigacha yetib borgan bu obrazlar terma qo‘shiqlarda , asosan , bulbul oshiq, gul ma’shuqni ifodalab kelgan.
Bulbul sahar sayraydir,
Modasidan ayrilib.
Qiz bolalar yig‘laydir,
Suyganidan ayrilib.
Yoki:
Qizil olma gullagandek,
Qizil gulligim yorim ,
Og‘zida novvot bormi,
Shirin so‘zligim yorim.
Yuqoridagi “bulbul bo‘lib sayrayman” deganda oshiq o‘zini bulbulga qiyoslab, yorini gul ekanligini oshkora ifodalamasdan (rashk tuyg‘usi sababli) uning makoniga ya’ni gulzorga urg‘u berib ketmoqda.
Xalq qo‘shiqlarida insonning ichki xis tuyg‘ularidan tashqari hayotiy voqealar, muammolar, birovga aytib bo‘lmaydigan dardlar ham kuylangan. Ularda achchiq qismatdan kuyganlar, “kundoshlik, ko‘ngil g‘ashligi baxtga yetaklaydigan, xursandlikka chorlovchi, hijronga sabab bo‘lgan zo‘ravonliklarni aks ettiradigan qo‘shiqlar bor”3:
Saharda sayragan bulbul,
Xudoga nola aylaydir:
“Nodonga ko‘ngil bersang, 2 O‘zbek tilining izohli lug‘ati. A.Madvaliyev tahriri ostida. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2005 3 Muzayyana Alaviya. O‘zbek xalq ijodi. Oq olma, qizil olma. –T.: “Fan”, 1981.
Yurak –bag‘ringni dog‘laydir”.
Xalq qo‘shiqlarida maishiy ma’nolar ham ifodalanib, yuqoridagi parchani o‘z sevganiga yeta olamagan oshiq yoki turmushida baxt ko‘rmagan ayol qismatiga ham o‘xshatish mumkin. Ya’ni tongda turib Allohdan duo qilib so‘raydi, unga o‘z dardlarini aytadi. Yoki:
Sayra, bulbul , sayra,
Qizil gul shoxi sinsin.
Yor ayrilaman deydi.
Ayrilib ko‘ngli tinsin.
Oilaviy ajrashishlar haqidagi mavzuni tasvirlagan yuqoridagi to‘rtlikda , qizil gul deya gulning rangiga alohida ahamiyat berilmoqda. Qizil gul muhabbatning ramzidir. Odatda bulbul gulning shoxiga qo‘nib , uning go‘zalligidan bahramand bo‘lib kuylaydi. Bu parchada bulbul shu darajada sayraydiki, qizil gulning shoxi uni ko‘tara olmay sinib ketadi. Yoki turkiylarda gulning rangiga urg‘u beruvchi gul va bulbul bilan bog‘liq bir qancha afsonalar bor. Shulardan birida oq gul shoxiga qo‘nib kuylayotgan bulbulga gul parvo qilamydi. Natijada uning shoxidan yiqilgan bulbulni gulning tikanlari tilib yuboradi. Bulbulning qonidan gul qizil rangga kiradi.
Hovlichangda gul ko‘rdim,
Shoxida bulbul ko‘rdim.
Hech ko‘rmagan yorimni,
Uxlab tushimda ko‘rdim.
Xalq og‘zaki ijodiga xos xususiyatlaridan biri yorni tushda ko‘rish, unga ko‘ngil bog‘lash va izlab yo‘lga tushish. Yuqoridagi to‘rtlikda aynan shu xalq dostonlariga xos an’ana qalamga olingan. Yorni o‘zini ko‘rmagan lekin uni ma’lum darajada tasavvur qiladigan oshiq yorini tushida ko‘radi. Avvalo, tasavvufiy ma’noga urg‘u bersak, inson Allohga ko‘rmasdan oshiqdir. Uni o‘z dunyoqarashiga ko‘ra tasavvur qiladi, bandalik qiladi. Agar bu to‘rtlik xalqning maishiy hayotiga tatbiq qilinsa, o‘tmishda ayollar yuzini ko‘rsatmagan, bo‘lajak yorining yuzini har kim o‘zicha tasavvur qilgan.
Qo‘shiqlar orasida alla eng ahamiyatlisidir. Allalarda go‘dak farzand gulga qiyoslangan, yoki uning hidi gul hidiga o‘xhsatilgan.
…Bog‘ ichida chaman gullar,
Sayraydi shaydo bulbullar,
Sendan kelar gul isi,
Xalq og‘zaki ijodining zukkolik asosiga qurilgan ijod namunalaridan biri askiya bo‘lib, unda “inson tafakkurining hozirjavobligini, zehn o‘tkirligini, aql-idrok donoligini bildiradi, uning negizida so‘z o‘yinlari, qochiriqlar, chandishlar, kinoyalar, mubolag‘alar yotadi”4. Askiyalarda turli mavzular qamrab olinadi. Fikrlash musobaqasidan iborat bu so‘z o‘yinida gul va bulbul bilan bog‘liq qochirimlar ham mavjud. Ularning orasida eng mashxuri “Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz” bo‘lib, bunda savol- javob orqali turli mavzularda savol-javob qilinadi. Yoki “Namangan gullari” da:
…
Ibrohimjon: Rasuljon domla, yaxshiyam kelganimiz, dilimiz ochildi, mana bu qizil gullar ichida.
Mirzaxon: Bog‘ xushbo‘y bo‘lib ketdi, mana bu atir gul sochib o‘tiripti!
Qishning uzoq tunlarida ishlab chiqarish faoliyati va jismoniy faollik to‘xtab qolganda, odamlar bir joyga to‘planib, bir joyda yig‘ilgan va aqliy faoliyat bilan shug‘ullangan. Bu yig‘inlarda og'zaki adabiyot mahsulotlari o'yin-kulgi, hazil va zavqlanish vositasi sifatida o'rin oldi. Jamiyatdagi qadriyatlar, his-tuyg‘ular,
tajriba bilimlarining davomiyligi topishmoqlar, dostonlar, ertaklar, hikoyatlar, xalq qo‘shiqlari orqali o‘rnatildi. Bu janrlarda shaxs va jamiyatning ichki dunyosini tashkil etuvchi aql/hissiyot tuzilishi ochib beriladi. Shaxsning ichki dunyosidagi tashqi olamning in’ikosi sifatida ko‘rish mumkin bo‘lgan his-tuyg‘ular tilda namoyon bo‘ladi. Har bir tilning his-tuyg'ulari va fikrlarini ifodalash usuli bir-biridan farq qiladi. Hissiy xotira o'zining ogohlantiruvchi jihati bilan birinchi o'rinda turadi, u inson ongida doimiy iz qoldiradi. Tillarning his-tuyg'ularini ifodalash usullari sakkizta hissiyotlarda qayd etilgan: quvonch, qayg'u, sevgi, jirkanish, qo'rquv, g'azab, uyat va hayrat. Ertaklarda jamiyatning his-tuyg'ulari, fikrlari olami aks etadi. Ular tilning 4 Askiya. O‘zbek xalq ijodi./ To‘plovchi R.Muhammadiyev. – T: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1970. emotsional vazifasi va tarbiyaviy funksiyasi jihatidan boy mazmunga ega. O‘zbek xalq ertaklarida gul va bulbul bilan bog‘liq “Sunbul va gul” , “Oltin bulbul”, “Kulsagul, yig‘lasa-dur”, “Bulbuligo‘yo”, “Bulbul” kabi ertaklar mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bozorova N.Alisher Navoiy g‘azallarida ko‘ngil obrazi. –T.:
“Fan”, 2009
2. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. A.Madvaliyev tahriri ostida. – T.:
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti, 2005
3. M.Alaviya. O‘zbek xalq ijodi. Oq olma, qizil olma. – T., 1972
4. Askiya. O‘zbek xalq ijodi./ To‘plovchi R.Muhammadiyev. – T:
G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1970.
5. Akkoyun, T. (2023). “Altın Bülbül” Masalının Duyguların Dil
Bildirimi Açısından İncelenmesi. Korkut Ata Türkiyat Araştırmaları Dergisi,
10, 823-834.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.