CHAQQONLIGINI RIVOJLANTIRISH.
Maxsumov I.A., pedаgogikа fаnlаri bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD), dotsent. mahsumovislomjon@gmail.com
Annotatsiya
KIRISH
maqolada muallif mshg‘ulotning boshlang'ich tayyorgarlik bosqichida yosh futbolchilarning umumiy chaqqonligini rivojlantirishning ahamiyati va zaruriyati keltirilgan. Murabbiyning turli bosqichlarida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik va chaqqonlikning foiz nisbati keltirilgan.
MAQSAD
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yosh futbolchilarning umumiy chaqqonligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik vositalar, usullar hamda kompleks mashqlar tizimining samaradorligini va ularning ko‘rsatkichlar dinamikasiga ta’sirini tajriba asosida aniqlashdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR
Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport tayyorgarligi markazida 11–12 yoshli 32 nafar futbolchi (16 nafar nazorat va 16 nafar eksperimental guruh) ishtirokida 9 oy davomida (2024–2025-yillar) pedagogik tajriba o‘tkazildi. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlar tahlili, kompleks sinov va baholash testlari (to‘psiz va to‘p bilan bajariladigan muvofiqlashtirish mashqlari, jonglyorlik qilish) hamda matematikstatistika metodlaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
tajriba yakunida eksperimental guruhda yangilik elementlariga ega kompleks mashqlar va o‘yin usulini qo‘llash natijasida to‘psiz umumiy chaqqonlik testlarida o‘sish ko‘rsatkichi nazorat guruhiga nisbatan 18,8% ga, to‘p bilan bajarilgan murakkab koordinatsion topshiriqlarda esa 26,4% ga yuqori bo‘lgani qayd etildi (xususan, to‘p bilan jonglyorlik qilishda tajriba guruhida 22,8% va nazorat guruhida 12,3% o‘sish kuzatildi).
XULOSA
boshlang‘ich bosqichda umumiy jismoniy tayyorgarlik doirasida chaqqonlik mashqlariga vaqtning 70–75% ajratilishi hamda mashg‘ulotlarning psixofiziologik funksiyalar va differensial yondashuvga asoslanishi maxsus chaqqonlikni shakllantirishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
Kalit so‘zlar: futbolchilarning ko‘p yillik tayyorgarligi, umumiy va maxsus chaqqonlik, rivojlantirish vositalari va usullari, chaqqonlikni testlash va baholash, mashqlar samaradorligi, testlarning informativligi.
РАЗВИТИЕ ОБЩЕЙ ЛОВКОСТИ У ФУТБОЛИСТОВ НА ЭТАПЕ НАЧАЛЬНОЙ
ПОДГОТОВКИ.
Максумов И.А., доктор философии по педагогическим наукам (PhD), доцент
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ
в статье, представленны важность и значение развития общей ловкости футболистов на этапе начальной подготовки. Описаны процентные соотношения общей и специальной физической подготовки и ловкости на различных этапах тренировок.
ЦЕЛЬ
экспериментальное определение эффективности средств, методов и комплекса упражнений, направленных на развитие общей ловкости юных футболистов на этапе начальной подготовки.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ
педагогический эксперимент проводился в течение 9 месяцев (2024–2025 гг.) на базе Чирчикского центра олимпийской и паралимпийской подготовки с участием 32 футболистов в возрасте 11–12 лет (16 в контрольной и 16 в экспериментальной группах). Использовались методы анализа литературы, педагогического контроля, комплексного тестирования ловкости (упражнения с мячом и без мяча, жонглирование) и математической статистики.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ
внедрение в тренировочный процесс экспериментальной группы инновационных комплексов упражнений с элементами новизны и игрового метода позволило превзойти результаты контрольной группы: в тестах на общую ловкость без мяча прирост составил 18,8%, а в сложных координационных тестах с мячом — 26,4% (в частности, в жонглировании мячом прирост составил 22,8% против 12,3% в контрольной группе).
ЗАКЛЮЧЕНИЕ
выделение 70–75% времени на упражнения по развитию общей ловкости на начальном этапе тренировок с учетом психофизиологических функций и индивидуального подхода обеспечивает надежную базу для развития специальной ловкости футболистов.
Ключевые слова: многолетняя подготовка футболистов, общая и специальная ловкость, средства и методы развития, тесты и оценка ловкости, эффективность упражнений, информативность тестов.
DEVELOPMENT OF GENERAL AGILITY IN FOOTBALL PLAYERS AT THE INITIAL
TRAINING STAGE.
Maksumov I.A., Doctor of Philosophy (PhD) in Pedagogical Sciences, Associate Professor.
Annatation
INTRODUCTION
the article presents the importance and importance of developing the general dexterity of football players at the stage of initial training. The percentages of general and special physical training and agility at various stages of training are described.
AIM
to experimentally evaluate the effectiveness of targeted pedagogical tools, methods, and exercise complexes designed to enhance general agility among young football players during the initial preparation stage.
MATERIALS AND METHODS
a 9-month pedagogical experiment (2024–2025) was conducted at the Chirchik Olympic and Paralympic Training Center involving 32 football players aged 11–12 (16 in the control group and 16 in the experimental group). Methods included literature review, pedagogical testing, complex dexterity and agility assessments (with and without the ball, including juggling), and mathematical-statistical analysis.
DISCUSSION AND RESULTS
implementing innovative exercise complexes with novelty elements and game-based approaches led to significantly superior gains in the experimental group: general agility tests without the ball improved by 18.8% over the control group, while ball-handling coordination tests showed a 26.4% advantage (specifically, ball juggling increased by 22.8% in the experimental group compared to 12.3% in the control group).
CONCLUSION
allocating 70–75% of training time to general agility exercises during the initial training phase, alongside an emphasis on psychophysiological functions and differentiated instruction, effectively lays the groundwork for developing specialized athletic agility.
Keywords: long-term training of football players, general and special agility, means and methods of development, tests and assessment of agility, effectiveness of exercises, informativeness of tests.
Dunyoda futbolchilarni tayyorlash tizimi malakali futbolchilarni tayyorlashning birlamchi tarkibiy qismi bo‘lib, sportchi shaxsini rivojlantirishni asosiy poydevorini yaratishga qaratilgan. Turli mamlakatlardagi futbolchilarni tayyorlash tizimi amaliyotida, mashg‘ulotlarning shakllarini, vosita va usullarini aniqlash bilan bog‘liq umumiy muammolarni xal qilishga intilish kuzatilmoqda. Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi xususan umumiy va maxsus chaqqonlikni majmuaviy rivojlantirish o‘quv-mashg‘ulot tizimida alohida o‘rin tutib, uning asosiy vazifasi sifatida bolalarni barkamol rivojlanishini ta’minlash, sog‘lom, va mukammal sportchini tarbiyalashga qaratilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, futbol sport turi tizimiga yangicha yondashuvlarni joriy qilish, keng spektrdagi iqtidorli yosh futbolchilarni saralash va jalb qilish dasturlarini ishlab chiqish, maxsus chaqqonlikni innovatsion texnologiyalar orqali majmuaviy rivojlantirish yo‘llarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: yosh futbolchilarning salomatligini mustahkamlash, morfofunksional imkoniyatlarini oshirish, harakat sifatlarini tarbiyalash va takomillashtirish.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik ajratiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik jismoniy (UJT) qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirishni, maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) esa tanlangan sport turiga xos bo‘lgan jismoniy sifatlar va funktsional imkoniyatlarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning asosiy vositalari sifatida turli sport turlari (suzish, gimnastika, yengil atletika va sport o‘yinlari) qo‘llaniladi. (4; 7).
Futbolda maxsus jismoniy tayyorgarlik o‘yin faoliyatining xususiyatini hisobga olgan holda quriladi, texnik va taktik mahoratni takomillashtirish va samarali qo‘llashga yordam beradi. maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashqlar nafaqat to‘p bilan - maksimal tezlikda dribling, aldab o‘tish, ustunlarni aylanib o‘tish, to‘pga zarba berish va to‘pni o‘yinga kiritish, to‘pni olib qo‘yish va sakrab to‘pni ushlab qolish, balki to‘psiz ham bajariladi (3;6.).
Ko‘p yillik mashg‘ulotlar jarayonida umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus jismoniy tayyorgarlikning hajmi va vositalari nisbati asta-sekin o‘zgarib boradi, bunda yildan-yilga maxsus jismoniy tayyorgarlikning ulushi ortib boradi. Shunday qilib, dastlabki bosqichda umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashqlar hajmi 70-75 foizni, maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha mashqlar 25-30 foizni tashkil etadi.
Maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun asos bo‘ladigan umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi oshgani sayin, sport ixtisoslashuvi bosqichida maxsus jismoniy tayyorgarlikning ulushi 50-60% gacha ortadi. Sport mahoratini oshirish bosqichida maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarining hajmi 70-80% ni tashkil etadi. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalarining oqilona nisbatida yosh futbolchilar mahoratini doimiy ravishda oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yuzaga keladi (1;2,8). Ushbu ko‘rsatilgan qoidalar chaqqonlik kabi muhim jismoniy sifatga to‘liq taalluqlidir (4,5,6).
Futbolchilarni ko‘p yillik tayyorlash jarayonida uning boshlang‘ich bosqichida (10-12 yosh) umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlariga vaqtning 75 foizigacha ajratiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi oshgani sayin maxsus jismoniy tayyorgarlik katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Sport ixtisoslashuvi bosqichida maxsus jismoniy tayyorgarlik mashqlari hajmi yanada ortadi (1; 2; 5). Jismoniy tayyorgarlik jarayonida mashg‘ulot yuklamasini kattaligi va yo‘nalishi bo‘yicha individuallashtirish muhim o‘rin tutadi, chunki bir xil yoshdagi yosh futbolchilar jismoniy tayyorgarlik darajasi va sifatlarini rivojlantirish jihatidan bir-biridan ancha farq qiladi. Turli o‘yin ampluasidagi futbolchilarni tayyorlash munosabati bilan mashg‘ulot yuklamalarini individuallashtirish ham zarur.
Dastlabki bosqichda ko‘p qirrali mashg‘ulotlar eng samarali hisoblanadi. Yuqori darajada ixtisoslashtirilgan mashqlarga haddan tashqari berilish ko‘pincha keyingi bosqichlarda mahorat o‘sishining kechikishiga olib keladi. 10-12 yoshdagi bolalarda epchillik va tezkorlikni rivojlantirish uchun eng qulay imkoniyatlar mavjud (2,3,5). Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida chaqqonlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u muvofiqlashtirish jihatidan murakkab harakatlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun asos yaratadi.
Bunda ushbu bosqichda chaqqonlikni tarbiyalash, avvalo, uning umumiy asosini shakllantirish yo‘lidan borishi kerak, buning natijasida tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida futbolchining maxsus chaqqonligi tarbiyalanadi (4,7,8,9). Ushbu bosqichda futbolchilarga turli xil harakat harakatlarining keng doirasi o‘rgatiladi. Ushbu bosqichda epchillikni tarbiyalashning eng keng tarqalgan usuli o‘yin bo‘ladi. Yangi harakatlarni o‘zlashtirish qobiliyati sifatida chaqqonlikni tarbiyalashda qo‘llaniladigan mashqlar doimo yangilik elementlarini o‘z ichiga olishi kerak. Ko‘nikma avtomatlashgan sari bu mashqning chaqqonlikni tarbiyalash nuqtai nazaridan ahamiyati pasayadi (1; 5; 8; 10).
Umumiy chaqqonlikni rivojlantirish uchun ochiq o'yinlar, turli xil harakatlar majmuasiga ega estafetalar (yugurish, sakrash, burilish, uloqtirish va to'pni ushlash), akrobatika mashqlari (oldinga va orqaga siljish, sakrashdan keyin siljish, burilishlar bilan siljish kombinatsiyasi), sakrash mashqlari (uzunlikka sakrash, balandlik, uch, besh marta, bilan 90°, 180° burilish, cho‘ktirish va h.k.), yugurish mashqlari ("sakkiz" bo'ylab yugurish, o'ng va chap yoy, xoch va yon qadam, belgilarda yugurish va boshqalar). (5; 6; 11). Chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar tezda charchashga olib keladi. Shuning uchun ularni mashg‘ulotlar boshida, shuningdek, dam olish intervallaridan keyin o‘tkazish maqsadga muvofiq.
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida tezkorlik-kuch sifatlarini, umumiy va tezkorlik chidamliligini tarbiyalashga qaratilgan maqsadli mashg‘ulotlar, qoida tariqasida, o‘tkazilmaydi. Bu sifatlarni tarbiyalash asosan kompleks yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.
Futbolchining umumiy chaqqonligini sifati, shuningdek, pedagogik eksperimentda va umuman sport tayyorgarligida uning dinamikasini nazorat qilish uchun uni baholashning obyektiv metodikasi zarur.
Bizning fikrimizcha, futbolchilarning umumiy epchilligini bunday kompleks sinovdan o‘tkazish, shuningdek, bir qator mualliflarning fikriga ko‘ra (1;2;5;6). Quyidagi talablarga javob berishi lozim:
a) test futbolchining musobaqa faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o‘yin vaziyatlarini taqlid qilishi kerak;
b) futbolchining diqqatini, xotirasini, ko‘rish qobiliyatini va oraliqdagi tasavvurini baholashi kerak;
v) test topshirig‘ini bajarishda vestibulyar apparatga turlicha xarakter va yuklamalar, yugurish, akrobatika va zarba berish harakatlariga tabaqalashtirilgan baho berish.
g) yorug‘lik va eshitish signaliga oddiy va murakkab reaksiyalarning tezligini baholash, ayniqsa, harakatlanayotgan jismga reaksiyaning aniqligi va tezligini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
d) qo‘llaniladigan test boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida barcha futbolchilarga topshiriqlarni tashkil etish va bajarishda oddiylik va ishonchlilikni ta’minlashi kerak.
Tadqiqotimizning keyingi maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida futbolchilarning umumiy chaqqonligini rivojlantirishga qaratilgan vositalar va usullarning ta’sir darajasini aniqlashdan iborat bo‘ldi.
Pedagogik tajriba Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport tayyorgarligi markazi bazasida o‘tkazildi. Unda 11 va 12 yoshli 16 nafar eksperimental va 16 nafar nazorat guruhidagi futbolchilar ishtirok etdi. Tajriba 9 oy davomida (2024-yil sentabridan 2025-yil mayigacha) o‘tkazildi.
Tajriba boshida barcha futbolchilar harakat sifatlari va umumiy epchillik darajasi bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Har bir mashg‘ulotda eksperimental guruhga umumiy epchillikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar guruhlari kiritildi. Ularga yuqori darajadagi muvofiqlashtirish murakkabligi va yangilik elementlari mavjud mashqlar taklif etildi. Aniqrog‘i, buyumlar bilan bajariladigan mashqlar, tez-tez o‘zgarib turadigan muhitdagi o‘yinlar, psixofiziologik funksiyalarga ustuvor yo‘naltirilgan mashqlar, fazo va vaqt tuyg‘usini rivojlantirish bo‘yicha mashqlar, shuningdek, mushak harakatlarining darajasi, muvozanat va statik holatlarning barqarorligi bo‘yicha mashqlar.
O‘rganilayotgan sifatni rivojlantirish metodikasi asosiga kompleks yondashuv va umumiy epchillikning u yoki bu ko‘rinishiga tanlab ta’sir etish tamoyili, shuningdek, o‘yin usuli qo‘yildi.
Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh futbolchilarning umumiy epchilligini rivojlantirish, har bir aniq mashg‘ulotda, asosan, mashg‘ulotning tayyorgarlik qismining oxirida va asosiy qismining boshida, o‘quvchilarning organizmi tez, aniq va konsentratsiyali harakatlarni bajarishga to‘liq tayyor bo‘lganda va charchoq alomatlari hali sezilmaganda amalga oshirildi. Tezkorlik-kuch sifatlarini, chidamlilik va egiluvchanlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar darsning asosiy va yakunlovchi qismlarida to‘liq qo‘llanildi.
Nazorat guruhi mashg‘ulotlarni an’anaviy vositalar va usullardan foydalangan holda o‘tkazildi. Ammo shuni ta’kidlash joizki, umumiy guruhlardagi mashg‘ulotlar vaqti va ularning hajmi bir xil bo‘lgan.
Natijalar. Tajriba yakunida olingan test natijalarini boshida olingan ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda, ikkala guruhda ham umumiy epchillik rivojlanish dinamikasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Biroq, ko‘rsatkichlarning yaxshilanish darajasi sezilarli darajada farq qiladi.
Masalan, nazorat guruhida “Bir oyoqda muvozanatni saqlash” harakat testini bajarish tahlil qilinganda, ko‘rsatkichning o‘sishi 11,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, eksperimental guruhda bu ko‘rsatkich 20,6 foizga teng bo‘lgan. Harakatlarni muvofiqlashtirish qobiliyatini test yordamida o‘rganishda: "bir qator dumalab tushish, yarim cho‘kkalab o‘tirish holatidan oldinga bir dumalab tushish, orqaga bir dumalab tushish" natijasi mos ravishda 9,6% va 18,1% ni tashkil etdi. "Skameykadan ikki oyoqda sakrash" testida nazorat guruhida 10,4% va tajriba guruhida 21,4% natija qayd etildi (1- diagramma).
1-rasm. Nazorat va eksperimental guruhlarda to‘psiz mashqlarda umumiy
chaqqonlikni sinash natijalari dinamikasi.
Keyingi testlar guruhi to‘p bilan aloqada murakkab muvofiqlashtirilgan harakatlarni bajarishni nazarda tutgan. Bu yosh futbolchilarning psixosomatik xususiyatlariga chidamlilik talablarini
nazorat guruhi
tajriba guruhi
Muvozanat Umbaloq oshish Sakrashlar
11,3 9,6 10,4
20,6
18,1
21,4
nazorat guruhi tajriba guruhi qo‘yadigan oldindan bajarilgan harakatlar oddiy texnik elementlarning bajarilish aniqligiga qanday ta’sir qilishini aniqlash bilan bog‘liq edi (2- diagramma).
2-rasm. Nazorat va eksperimental guruhlarda to‘p bilan bajariladigan topshiriqlarda
umumiy chaqqonlikni tekshirish natijalari dinamikasi.
Masalan, “To‘pga aniq zarba berib, qo‘nganidan so‘ng o‘z o‘qi atrofida 180о burilib, yuqoriga sakrash” testida nazorat guruhida o‘sish 8,1 foizni, eksperimental guruhda esa 19,3 foizni tashkil etdi. “To‘pni 30 metr masofaga olib yurish. 4 ta ustunni aylanib o‘tish, marra chizig‘ida to‘pni qo‘yish” testida natijalar quyidagicha: mos ravishda 10,4% va 15,1%.
“To‘p bilan jonglyorlik qilish” kabi test topshirig‘iga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Bizning holatda, bu topshiriq umumiy epchillikni rivojlantirish va baholash vositasi sifatida xizmat qiladi 2,3,5,6,7. Boshlang‘ich futbolchi jonglyorlik qilish orqali vestibulyar apparatni mashq qildiradi, "muvozanat tuyg‘usini" rivojlantiradi. Harakatlar aniqligini oshiradi, barcha turdagi reaksiyalar tezligini yaxshilaydi. Juggling ko‘proq umumiy epchillikka taalluqli ekani, barcha turdagi shou va tomoshalarda maxsus o‘qitilgan odamlar to‘pni yuzlab va minglab marta to‘xtovsiz uloqtirib, futbol o‘ynashga mutlaqo yaroqsiz bo‘lishi mumkinligi bilan namoyon bo‘ladi. Bizning ishimizda nazorat guruhida to‘p bilan jonglyorlik qilish 12,3 foizga, eksperimental guruhda esa 22,8 foizga yaxshilandi, bu deyarli 10 foizlik farqni tashkil etadi.
Umuman olganda, eksperimental guruh futbolchilarining to‘psiz umumiy chaqqonlikni baholash ko‘rsatkichlarida nazorat guruhiga nisbatan ustunligi 18,8 foizni tashkil etadi. Biroq, to‘p bilan bajariladigan testlarda xuddi shu sifatni baholashdagi farq 26,4 foizdan sezilarli darajada yuqori. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan materiallar 10-12 yoshli yosh futbolchilarning umumiy epchilligini rivojlantirish orqali biz maxsus epchillikni samarali rivojlantirish uchun zamin tayyorlayotganimizni tasdiqlaydi. Bunda 13-15 yosh oralig‘ida texnikani takomillashtirishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘lsa, 16-18 yosh oralig‘ida texnik-taktik harakatlarga urg‘u berish zarur bo‘lishi mumkin.
1. Futbolchilarni ko‘p yillik tayyorlash jarayonida uning boshlang‘ich bosqichida (10-12 yosh) umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘limida umumiy epchillikni rivojlantirish mashqlariga 70-75%
Nazorat guruhi
Tajriba guruhi
To‘pga sakrab zarba
berish
To‘pni dribling qilib
ustunlarni aylanib
o‘tish
To‘p bilan jonglyorlik
qilish
8,1 10,4 12,3
19,3
15,1
22,8
Nazorat guruhi Tajriba guruhi vaqt ajratiladi, maxsus epchillikka esa 25-30%. Tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida yosh oshgani sayin, umumiy va maxsus epchillikni rivojlantirish vositalarining foiz nisbati maxsus epchillik foydasiga oshadi. Bunda mashqlarning muvofiqlashtirish murakkabligini tanlashda individual yondashuv maqsadga muvofiq, chunki bir xil yoshdagi yosh futbolchilar qobiliyatlari jihatidan bir-biridan ancha farq qiladi.
2. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘tuvchi epchillikni rivojlantirishda yosh va tayyorgarlik darajasiga mos keladigan yuqori muvofiqlashtirish murakkabligidagi mashqlar eng samarali hisoblanadi. Qo‘llaniladigan vositalar yangilik unsurlariga ega bo‘lishi kerak. Mashqlar psixofiziologik funksiyalarni rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratgan holda tanlanadi. Ya’ni: fazo va vaqt tuyg‘usini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar; mushak harakatlarining darajasi; muvozanatni saqlash mashqlari; statik holatlarning barqarorligi; barcha turdagi reaksiyalarning tezkorligi.
3. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida umumiy epchillikni rivojlantirishning asosiy usuli kompleks yondashuv va ushbu sifatning turli tarkibiy qismlariga tanlab ta’sir etishdan iborat. Shuningdek, quyidagi uslubiy usullarga rioya qilish maqsadga muvofiq:
- g‘ayrioddiy va noqulay holatlardan mashqlar bajarish;
- harakat tezligi yoki sur’atini o‘zgartirish;
- harakatlarni "ko‘zgu" usulida bajarish;
- qo‘shimcha to‘siqlar kiritish (flojkalar, ustunlar, kurashchilar, to‘p va boshqalar);
- mashq bajarilayotgan muhitni o‘zgartiruvchi buyumlarning to‘satdan paydo bo‘lishi.
4. Ishda qo‘llanilgan umumiy epchillikni baholash testlari yetarli darajada ma’lumotli bo‘lib chiqdi va nazorat va eksperimental guruhlardagi yosh boshlang‘ich futbolchilarning o‘rganilayotgan sifat bo‘yicha rivojlanish darajasidagi farqlarni aniqlashga imkon berdi. To‘psiz testlarda eksperimental guruhning ustunligi 18,8 foizni, to‘p bilan bajarilgan testlarda esa sezilarli darajada yuqori - 26 foizni tashkil etdi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Варюшин В.В. Специализированные игровые упражнения в тренировке
футболистов. – М.: ФОН. 2003 г. 2. Литвинов, Р.В. Игровой потенциал футболистов: понятие, оценка, развитие и
совершенствование : матлы III Межрегион. Конф. «Актуальные вопросы развития
детского и юношеского футбола», ноябрь, 2008, г. Омск / Р. В. Литвинов, О.П.
Головченко. – Омск : Сиб ГУФК, 2008. – С. 51–57. 3. Nurimov R.I. Futbol nazariyasi va uslubiyati darslik 2015 Yil Toshkent 153-155- b. 4. Nurimov R.I., Davletmuratov S.R., Davletmuratov O.R., Maxsumov.I.А. (Futbol bo‘yicha
sport maktablarida yosh futbolchilarning tanlov tizimi va selektsiyasi) Uslubiy
tavsiyanoma. -Toshkent 2020. 44 b. 5. Талипджанов А.И. Современная система подготовки высоко квалифицированных
футболистов. Учебное пособие. Ташкент-2011-160 c. 6. Губа В.П. Комплексный контроль интегральной физической подготовленности
футболистов: Монография В.П.Губа, А.А.Шамардин.-М.: Советский спорт, 2015-
282 с.; 7. Губа, В. П. Теория и методика футбола : учебник / В. П. Губа, А. В. Лексаков, М. С.
Полишкис, В. А. Выжгин, А. В. Антипов, В. И. Колосков, В. В. Варюшин, М. М.
Полишкис; под общ. Ред. В. П. Губы, А. В. Лексакова - Москва : Спорт, 2018. - 624
с. 8. Исеев Ш.Т. Планирование подготовки футболистов в годичном цикле.
Методическое пособие. Ташкент-2016 С. 24. 9. Kerimov F.A. Sportda Ilmiy tadqiqotlar darslik – Toshkent: Ilmiy texnika axboroti – press
nashriyoti 2021. –380 b. 10. Махсумов. И.А. Развитие общей ловкости юных футболистов на этапе начального
обучения Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy jurnali
O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari, 2024, [1/10/1] ISSN 2181-7324 11. Maxsumov I.A. Yosh futbolchilаr mаxsus chаqqonligini innovаtsion texnologiyalаr orqаli
mаjmuаviy rivojlаntirish. Dissertatsiya. p.f.b.f.d. (PhD). – Chirchiq: UzDJTSU, 2024. -
160 b. 12. I.A.Maxsumov. Yosh futbolchilarning maxsus chaqqonligini majmuaviy rivojlantirish.
Monografiya. “ILM-ZIYO-ZAKOVAT” nashriyoti, 2025 y. – 160 b.
Metin PDF'den otomatik olarak çıkarılmıştır ve hatalar içerebilir.